Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
326
MAKTABLARDA PEDAGOGLARGA QOʻYILADIGAN
TALABLARNING PSIXOLOGIK TALQINI
S-Xodjaeva Dilnoza Maxmudjanovna
Toshkent shahar Olmazor tumani 315-sonli umumtaʼlim maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy
bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar, ta’lim samaradorligini
ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rni, pedagogik
faoliyatda,shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalari,
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini
tarbiyalash xususida to’xtalindi. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar,
tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar: Pedagogik maqsad va vazifa,metod, pedagogik faoliyat,
ta’lim-tarbiya
KIRISH
Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un talablar qatoriga
kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish
mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada, ammo o‘qituvchi
faoliyati uchun katta yordam beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar
jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir
o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat
tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning
kasbi bilan bog‘lik xislatlariga qaratilganligidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida qonun,
Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
327
foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish,
analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha
ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-
bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va
natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik
vaziyatdagi turli-tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv,
mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu
turlituman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik
funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan obyektiv va
subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks
etadi:
1.
Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad
va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, ayniqsa yosh psixologiyasi va
pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi,
hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi, hozirgi zamon pedagogikasining
metodologik asoslarini egallaganligi, maktab yoshidagi bolalarning psixologik-
pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi,
o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi, ota-onalar va
jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.
2.
O‘z kasbiga xos xislatlari: o‘qituvchining kuzatuvchanligi, o‘z
diqqate’tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi,
o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi,
pedagogik takt, nutqning emotsional ifodalanishi;
3.
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlari uchun zarur
materiallarni tanlay bilishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi,
ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
328
rejalashtira olishi, pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni
rejalashtira olish, bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini
rejalashtirishni bilishi, o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi; o‘zining ta’lim-
tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.
4.
Tashkilotchilik malakalari: bolalar jamoasini uyushtira bilishi, turli
sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi, bolalarni nimalar bilandir
qiziqtirib, ularni faollashtira olishi, amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim
va tajribalarini ustalik bilan tez qo’llay olishi.
5.
Kommunikativ malakalari: bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi; bolalar va
ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi,
bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga
solishni bilishi, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.
6.
Gnostik malakalari: bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay
bilishi, o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila
olishi, boshqa o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy
tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi, psixologik-pedagogik adabiyotlardan
foydalanishni bilishi, o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori
sabablarini tushuntirishni bilishi.
7.
Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi,
o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish
qobiliyati, o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari
bilan qaray olishi; avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga
yangicha qaray olish qobiliyati, o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini
oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida
quyidagilar keltiriladi: shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi; pedagogik
mahorat va qobiliyati; xarakterining psixologik xususiyatlari; bilish faoliyati;
o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy
taraqqiyoti. Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
329
kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning
samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa,
shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta
ko‘rsatish zarurdir. Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida
N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga boladi:
1.
Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga
erishadi, dars qoldirmaydi.
2.
Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo
pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
3.
Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga tashlanadi.
O‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar ekan,
muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur
bo‘lgan vaziyatlar xususida o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo‘lajak
o‘qituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Pedagog doimo psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi kerak. Uni muntazam
ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan
tanishib borishi darkor, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita
bog‘liqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari
psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi
shuningdek,
psixologiya
va
boshqa
fanlar
chegarasidagi
tibbiyot,
patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya. Pedagogning kasbiy faoliyati
davomida juda zarur jiddiy jihat - bu o‘zo‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik
holati va xulq-atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda
muqobil harakatlana olishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari
bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira,
nutq shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
330
munosabati.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur
bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol
pedagoglarni talab qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni oqilona hal
qilishning eng muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi
jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz
ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan
biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi.
O‘qituvchining shaxsiy namunasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida
bolada qat’iy nuqtayi nazarning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
XULOSA
O‘qituvchi eng avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni
esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi,
o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kimligini namoyish
etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy
sifat va fazilatlarni to‘liq egallagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar
o‘quvchilar bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr
almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar.
O‘qituvchi bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini o‘quvchilarga
singdirishga qaratib, o‘quvchilar e’tiborini kechinmalarini va o‘zlashtirish
imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. O‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan
bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat
va javobgarlikni chuqur his etish o‘quvtarbiya jarayoni samaradorligini
ta’minlashning eng muhim omillaridir. Talabalarda kasbni egallashning
shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan
bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa,
bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
331
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.:
O‘zbekiston, 2020.
2.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz. –
T.:O‘zbekiston, 2017.
3.
Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya».
— Т.: TDPU. 2009.
4.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash.