Mualliflar

  • Shermamatova Zamira Nurmamat kizi

Muallif biografiyasi

  • Shermamatova Zamira Nurmamat kizi

    Student of the State World Languages University of Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90625

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Tarjima bevosita va bilvosita tarjima frazeologizm terminologiya muammolar yutuqlar. Ключевые слова: Перевод прямой и косвенный перевод фразеология терминология проблемы достижения. Keywords: Translation direct and indirect translation phraseologism terminology problems achievements.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu maqola tarjima nazariyasi va bu sohadagi amaliy va nazariy muammolarni yoritishga bag’ishlanadi. Bundan tashqari, tarjima tarixi, tarjima usullari, frazeologizmlar  tarjimasi, tarjima metodlari hamda tarjima sohasidagi muammolar va yutuqlar borasida ham so’z boradi. Tarjima sohasining alohida fan sifatida shakllanishi to’g’risida ma’lumot beriladi.

Аннотация: Статья посвящена теории перевода и освещению практических и теоретических проблем в этой области. Кроме того, будут обсуждаться история перевода, методы перевода, перевод фразеологизмов, приемы перевода, а также проблемы и достижения в области перевода. Приведены сведения о формировании переводческой деятельности как отдельной дисциплины.

Annotation: This article is devoted to the theory of translation and the practical and theoretical problems in this field. In addition, the history of translation, translation methods, translation of phraseologisms, translation methods, as well as problems and achievements in the field of translation are discussed. Information is provided on the formation of the field of translation as a separate discipline.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

308

TARJIMANING AMALIY VA NAZARIY MUAMMOLARI PRACTICAL

AND THEORETICAL PROBLEMS OF TRANSLATION

Student of the State World Languages University of Uzbekistan

Shermamatova Zamira Nurmamat kizi

Tel number: +99897 333 32 08

Email:

shermamatovazamira2@gmail.com

.

Annotatsiya: Ushbu maqola tarjima nazariyasi va bu sohadagi amaliy va

nazariy muammolarni yoritishga bag’ishlanadi. Bundan tashqari, tarjima tarixi,

tarjima usullari, frazeologizmlar tarjimasi, tarjima metodlari hamda tarjima

sohasidagi muammolar va yutuqlar borasida ham so’z boradi. Tarjima sohasining

alohida fan sifatida shakllanishi to’g’risida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar: Tarjima, bevosita va bilvosita tarjima, frazeologizm,

terminologiya, muammolar, yutuqlar.

Аннотация: Статья посвящена теории перевода и освещению

практических и теоретических проблем в этой области. Кроме того, будут

обсуждаться история перевода, методы перевода, перевод фразеологизмов,

приемы перевода, а также проблемы и достижения в области перевода.

Приведены сведения о формировании переводческой деятельности как

отдельной дисциплины.

Ключевые слова: Перевод, прямой и косвенный перевод, фразеология,

терминология, проблемы, достижения.

Annotation: This article is devoted to the theory of translation and the

practical and theoretical problems in this field. In addition, the history of

translation, translation methods, translation of phraseologisms, translation

methods, as well as problems and achievements in the field of translation are

discussed. Information is provided on the formation of the field of translation as a


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

309

separate discipline.

Keywords: Translation, direct and indirect translation, phraseologism,

terminology, problems, achievements.

Tarjima va tarjimonlik uzoq asrlardan buyon dunyo xalqlari tarixi va

madaniyatida shakllanib kelayotgan ko’hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Yer

yuzining turli qit’alari va mintaqalarida bir necha ming yildan buyon

umrguzaronlik qilib kelayotgan odamzod nasllari o’z ijodkorlik havaslari,

qiziqishlari, imkoniyatlari, manfaatlarini tarjima vositasida namoyon qildi.

Ma’lumki, jahon tamaddunining beshigi Sharq hisoblanadi. Aleksandr

Makedoniskiy Sharqni istilo qilganida qadimgi Hindistonda rivojlangan tabiiy

fanlarning yutuqlari, ko’hna Eron madaniyati tajribalarini o’zlashtirib, G’arb ilm-

fani va madaniyati muvaffaqiyatlarini o’zaro omuxta qilgan holda Yunonistonda

antik davr uyg’onishi sodir bo’ldi. O’sha vaqtda, jumladan, “ Avesto” ning to’liq

nusxasini Makedoniyaga olib ketib, tabiat, geografiya, dehqonchilik, tabobatga oid

qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan ekan. O’z navbatida, agarda yunon va

Sharq madaniyatining uyg’nlashuvi bo’lmagada, mumtoz musulmon madaniyati

yuksak darajaga erisha olmagan bo’lardi. Gap shundaki, arab xalifaligi davrida

Bag’dodda tashkil qilingan “Bayt ul – hikma” akademiyasida turli joylardan

iste’dodli kishilar to’planib, yunon, yahudiy, Sanskrit, va fors tillaridagi ilmiy va

falsafiy asarlari arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanishgan va ularni butun

musulmon yurtlarga tarqatishgan. Shu tariqa Sharq o’lkasiga tarjima sohasi kirib

kelgan.

Tarjima nazariyasiga to’xtaladigan bo’lsak, u tarjima amaliyoti, tarjima

asoslari, tarjima jarayonlari, tarjimon faoliyati, tarjima tarixi va ularni o’rganish

asosida tug’ilgan til bilan chambarchas bog’liq, tarjimaning qonun- qoidalari, yo’l-

yo’riqlarini aks ettiradi va umumlashtiradi. Tarjima nazariyasi tarjimaning keng

jonli amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-

barang tajribalarni ilmiy- tanqidiy o’rganadi, tarjima qoidalari va tamoyillarini,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

310

ularning chegaralari, me’yorlarini bayon qiladi. Tarjima sohasining o’zini bir

necha tarmoqlarga bo’lishimiz mumkin:

Bundan tashqari, tarjimaning quyidagicha usullari ham mavjud:

-

Adekvat

-

Erkin

-

Ijodiy

-

So’zma – so’z

Adekvat tarjima

– har jihatdan mos, aynan teng, asl nusxaga mazmun va shakl

jihatdan muvofiq tarjima. Bunday tarjima deyilganda, asl nusxaning shakli va

mazmuni o’rtasidagi o’ziga xos munosabatlarni saqlab qola bilish, tarjima

qilinayotgan tilda bu xususiyatlarni qayta tiklash yoki o’shanga mos funksional

xususiyatlar yarata olish yo’li bilan qilingan tarjima tushuniladi.

Erkin tarjima

– bu asl nusxaning g’oyaviy mazmuni va badiiy xususiyatlarini

o’zgatiruvchi, uni har jihatdan boshqa izga solib yuboruvchi tarjima prinsipidir.

Bunday tarjimalarda muallif uslubi emas, balki tarjimon uslubi ustun turadi.

Ijodiy tarjima

– esa g’oyasi va badiiy o’ziga xosligini o’zgartirishni emas, balki

unga ijodiy munosabatda bo’lish orqali mazmuni, intonatsiyasi, uslubini yangi

tilda tiklash demakdir. Ijodiy tarjima so’zma – so’z tarjimaga ham, o’zgartiruvchi

UZOQ TILLARDAN TARJIMA

YAQIN TILLARDAN
TARJIMA

QADIMIY TILDAN
TARJIMA


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

311

erkin tarjimaga ham zid tushuncha hisoblanadi.

So’zma – so’z tarjima

- “…… so’zma – so’z va hijjalab tarjima qilish degan ikkki

xil tushunchani almashtirmaslik kerak. Hijjalab tarjima qilish – turli – tuman

tillarning so’zlari o’rtasidagi nuqul tashqi, shakliy o’xshashlikka asoslangan

mexanik tarjimadir. So’zma – so’z tarjima esa “ so’zni- so’z” bilan, hech narsani

almashtirmasdan yoki qayta guruhlashtirmasdan qilingan tarjimadir’’.

¹

Bevosita tarjima

– bir tildagi asarning ikkinchi tilga to’g’ridan – to’g’ri asliyatdan

o’girilishi. Bu – eng to’g’ri va maqbul yo’l bo’lsa-da, barcha tillardan bevosita

tarjima qilish imkoniyati hamisha ham mavjud emas. Shuning uchun vositachi til

xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.

Bilvosita tarjima

– bir tildagi asarning ikkinchi tilga vositachi til orqali tarjima

qilish. Masalan, mustaqillikgacha G’arb adabiyoti namunalari o’zbek tiliga

ularning rus tilidagi tarjimasi orqali tarjima qilib kelingan.

____________________________________________________

¹

Ko’chirma quyidagi kitobdan olindi: Salomov G’. Til va tarjima. – Toshkent:

“Fan”, 1966, 272 – 273- betlar.

Odatda, erkin birikmalarni tarjima qilish muammo tug’dirmaydi. Agar erkin

birikmadagi so’zlardan biri ko’chma ma’noda qo’llansa, uni tarjimada berish

qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralar( frazeologizm)ning bir necha turi mavjud bo’lib,

ularning har birini tarjima qilishda alohida yondashuv talab etiladi. Masalan, ingliz

tilidagi “ a medical man” birikmasini tarjima qilishda “ a stout man” birikmasini

tarjima qilishda qo’llangan usuldan foydalanib bo’lmaydi. Ingliz tilidagi “ a stout

man “ o’zbek tiliga “to’ladan kelgan” deb tarjima qilinsa, “ a medical man”

birikmasi esa o’zbek tiliga tarjima qilishda so’zma-so’z to’g’ri kelmaydi. Bu yerda

ikki so’z bitta ma’noni ifodalaydi va u “shifokor” deb tarjima qilinadi. Turg’un

birikmalarni tarjima qilish erkin birikmalarni tarjima qilishdan farq qiladi. Turg’un

birikmalar tarjimasi haqida gapirishdan avval ularning o’z va ko’chma yoki obrazli

turlarini farqlab olish lozim. O’z ma’nosida qo’llangan turg’un birikmalarni

tarjima qilish ma’lum bir prinsiplarga asoslanadi. Eng muhim prinsiplardan biri


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

312

tarjima tili normalarini unutmaslik hisoblanadi. Shunday qilib, frazeologizm va

unga yondosh bo’lgan terminologiya sohasidagi so’zlarni tarjima qilishda ayrim

qoida va prinsiplarga tayanish talab etiladi. Tarjima qilish faoliyati bir nechta

metodlarni ham o’z ichiga oladi. Masalan,

kompressiya

metodi. Bu jarayon

tarjimada ma’lumotni ixchamlash, uni kam so’zlar bilan ifoda etish va asosiy

ma’noni berish bilan ifodalanadi. Semantik kompressiya; bu jonli otlar o’rniga

olmoshlarning ishlatilishidir. Masalan: Tom and john went to the garden – ular

bog’ga ketishdi kabi.

Qaytarish

tarjimonlarni tayyorlashda eng muhim usullardan

biridir. Bu usul quloq eshitgichlar yordamida qo’llaniladi. Bu usulda odatda ona

tilidagi gapni eshitib va uni bir vaqtning o’zida shu ona tilida qaytarishga

o’rgatiladi, chet tiliga tarjima qilib qaytarish keyingi bosqichda amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni yodda saqlab qolish

tarjima davomida muhim narsalardan biri

hisoblanadi. U o’z ichiga doimiy, qisqa, o’rta va uzoq muddatli xotirani talab

qiladi:

a)

Matnlarni eslatma yozuv orqali belgilab olish;

b)

Chet tilidagi kishi ismlarini diqqat bilan eshitish, raqamlarni va hajmlarni

esda saqlab qolish qobiliyatiga ega bo’lish.

Tarjima sohasidagi muammolarga kelsak, tarjimon xabarning dallilar bayonoti,

taklif, buyruq yoki hazil ekanligini bilishi lozim. Misol uchun, “men

bilmayman” (“ I don’t know”) faqatgina bayonot kabi tarjima qilinmaydi,

balki ikkilanish (“ko’ramiz”) degan ma’noni ham anglatishi mumkin. “What

gives” Amerika shevasida “ ishlar qalay” degan mazmundagi savolni beradi.

Bu tarjima xabarni lingvistik va madaniy to’siqlar orqali o’tkazish jarayonidir.

Shunday qilib, tarjima yuzlashadigan eng qiyin muammolardan biri buyumlar

yoki voqea – hodisalarning leksik ekvivalentini topishdir. Tarjimon faqatgina

ikki tilni emas, balki ikki madaniyatni taqqoslaydi. Madaniyatlarning farqi

tufayli tarjima qilinadigan tildagi tushunchalarda tarjima qilinayotgan tilde

leksik ekvivalent bo’lmasligi mumkin. Bu geografiya, urf-odatlar, e’tiqodlar,

dunyoqarashlar va boshqalarning turlicha bo’lishi farq qilishi mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

313

Tarjimon bunday vaziyatda tushunchalarni ifodalash uchun tarjima tilida

yangi yo’l va usllarni topishi zarur. Tarjima nazariyasi fani tilshunoslikdan

ajralib chiqqan. U asosan, semantikaga oid bo’lgan barcha savollarini o’z

ichiga oladi. Tilning ijtimoiylashuvi natijasida alohida fan sifatida shaklandi.

Tarjima nazariyasining asosiy maqsadi bir nechta turdagi matnlarni tarjima

qilish usullarini aniqlashdan iboratdir. U tarjima nazariyasida ko’rsatilgan

matnga mos variantlar tanlashda turli xil qoida, tamoyillar tarjima bo’yicha

olimlarning turli cil fikrlari haqida ma’lumot beradi. Tarjima nazariyasi va

madaniyatining umumiy, tabiiy va shaxsiy mavzulari haqida axborot berishga

harakat qiladi. Tarjima va madaniyat tushunchalari o’zaro ajralmasdir. Zero,

tarjima jarayonida xorijiy davlatlar bilan yuzlashamiz. Shu sababdan ham,

tarjimada muvaffaqiyatimiz xorijiy madaniyatni qanchalik tushunishimizga

bog’liq. Shu kunga qadar, ma’lumki, deyarli dunyoning barcha davlatlari

bilan madaniyatlararo munosabatlarni samarali yo’lga qo’yganmiz. Bu orqali

o’zaro dunyoqarash va tajribalarimizni almashyapmiz. Bularning barchasi

tarjima sohasi uchun qaratilgan sa’y – harakatlar natijasi o’laroq,

mamlakatimizning siyosiy hayotida ham muhim rol o’ynamoqda. Yana bir

yutuqlardan biri sifatida bugungi kunda jahonning durdona asarlarini o’zbek

tiliga tarjima qilishni keltirish mumkin. Hozirda yurtimiz kutubxonalarida

istalgan kitobni mutolaa qilish imkoniyati ham tarjima sohasidagi

“topilmalarning” samarasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Tarjima nazariyasi: I. G’ofurov, O. Mo’minov, N. Qambarov. – Toshkent :
Tafakkur- Bo’stoni, 2012. 26-176 betlar.

2.

Tarjima nazariyasi: E. Ochilov, N. Xodjayeva. – Toshkent : 2020. 25-86
betlar.

3.

Tarjima nazariyasi asoslari: Q. Musayev. – Toshkent: “Fan”, 2005.

4.

Tarjima nazariyasiga kirish : G’. Salomov. – Toshkent: “Fan”, 1980

5.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: E. Ochilov. – Toshkent: Sharqshunoslik
institute, 2012.