Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
222
HIKOYADA SHAXS KONSEPSIYASINING O‘ZGARISHI VA USLUBIY
MODIFIKATSIYALAR: ADABIYOTDAGI YANGILANISHLAR
Toirova Zubayda Omongaldiyevna
Urganch Ranch texnologiya universiteti
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqola hikoyada shaxs konsepsiyasining o‘zgarishi va
uslubiy modifikatsiyalarni tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada hikoyada shaxs
tasvirining tarixiy va zamonaviy davrlar o‘rtasidagi farqlari, shuningdek, adabiy
uslubdagi yangilanishlar va evolyutsiyalar o‘rganiladi. Shaxsiy tasvirning
psixologik, falsafiy va ijtimoiy jihatlari ko‘rib chiqilib, zamonaviy hikoyalarda
yangi uslublar va shaxs konsepsiyalarining qanday shakllanganligi yoritiladi.
Kalit so‘zlari: Modifikasiya, yozuvchi ijodiy uslubi, shaxs konsepsiyasi,
hikoya, roman, qissa, arxetiplar , individual uslub , oʻzbek prozasi, streotiplar.
Abstract. This article is aimed at analyzing the changes in the concept of
personality in the story and stylistic changes. The article studies the differences in
the image of personality in the story between historical and modern periods, as
well as innovations and evolutions in literary style. The psychological,
philosophical and social aspects of the image of personality are considered, and
how new styles and concepts of personality are formed in modern stories are
highlighted.
Keywords: Modification, creative style of the writer, concept of personality,
story, novel, short story, archetypes, individual style, Uzbek prose, template.
Абстрактный. Целью данной статьи является анализ изменений в
концепции личности и стилистических модификаций в рассказе. В статье
исследуются различия в изображении личности в повествовании между
историческими и современными временами, а также нововведения и
эволюции литературного стиля. Рассматриваются психологические,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
223
философские и социальные аспекты образа себя, а также подчеркивается,
как в современных историях формируются новые стили и концепции себя.
Ключевые слова: Модификация, творческий стиль писателя, концепция
личности, рассказ, повесть, роман, новелла, архетипы, индивидуальный
стиль, узбекская проза, стереотипы.
Yozuvchi badiiy asar yozarkan, uning dunyoqarashini shakllantirishda va
oʻziga xos tarzda yondashishda konseptual ifoda tigʻizligiga alohida e’tibor
qaratadi. Aynan badiiy uslub bu kabi tushunchalarni sintezlaydi, qahramonlarni
saralaydi, davr va zamon suratini ham chizishga mudomi intilib yashaydi. Shu
ma'noda, ramziy, majoziy ifodalar boʻlsa ham, tarixiy aspektdagi an’anaviy surtlar
tasvirida ham, bitta jihat yozuvchini qalam olib, uning butun-murakkabligini ochib
berishga xizmat qiladi. Shaxs konsepsiyasi haqida soʻz borarkan, yozuvchi ham
ana shu tamoyilning bir uzvi ekanligi ayonlashadi. Negaki, bir-birini mustaqil
toʻldiruvchi
ifodalar sintezi – tarixiy aspektdagi ijtimoiy-madaniy
umumlashmalarni keng qamrovli rakursda ifodalashga yoʻnaltiriladi.
Ma’lumki, badiiy adabiyotda modifikasiya hodisasi – oʻzgaruvchan ahamiyat
kasb etadi. Darvoqe, hikoya yoki roman, qissada mazkur masala turli xil darajada
farqlanadi. U ijodkorning olam va odamni tasvirlashdagi tafakkur sarhadlarining
chuqurligi va oʻziga xosligi bilan belgilanadi: “
Modus
– oʻlchov, mezon, usul,
yoʻl, tariqa, tarz degan ma'nolarni bildirib keladi. Predmetning muayyan
holatlardagi xususiyatini ifodalaydi.
Atribut
(oʻziga xoslik)dan shu jihati bilan
farq qiladi. Spinozaga koʻra, modus substansiyaning barcha oʻtkinchi (koʻchuvchi)
holatlarini ifodalovchi vosita hisoblanadi. Uning borligi oʻziga emas, substansiya
va uning xossasiga bogʻliq boʻladi. Modusda, oʻzining paydo boʻlishini yagona,
abadiy, chegarasiz moddiy subtansiyada topadigan narsalarning abadiy
koʻpayuvchanligi va koʻchuvchanlik sifati aks etadi”, [8.290] - deya “Falsafiy
lugʻat”da izohi berilgan. Mana shuu tamoyil ham, dunyo adabiyotida – hikoya
janrining “pir”i, “ustasi” deb tan olingan ulugʻ toʻrtta yozuvchi borligini e'tirof
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
224
etishadi. Bular R.Tagor, J.London, A.Chexov va A.Qahhor [6.76-78]ning badiiy
olamida yanada tiniqrov gavdalanadi. Bu hodisaning zamirida har bir yozuvchi
oʻzining individual uslubini topa olgan degan oʻtkir falsafiy aqida koʻz oldimizda
gavdalanadi.
Ta’kidlash joziki, “Zamonaviy milliy hikoyachiligimiz haqida soʻz
yuritayotib uch muhim jihatni tilga olmogʻimiz lozim. Birinchidan, zamonaviy
realistik oʻzbek hikoyachiligining oʻq tomiri xalq ogʻzaki ijodi namunalariga,
shuningdek, qadimiy mumtoz adabiy meroslarimizga, jumladan, Rabgʻuziy,
Amiriy, Navoiy, Bobur, Xoja, Gulxaniy, Anbar Otin ijodida alohida oʻrin tutgan
nasriy asarlarga borib taqaladi, bu holat mutaxassislar tomonidan alohida e'tirof
etilgan. Ikkinchidan, milliy hikoyachiligimizning yana bir oʻq tomiri Bokkachcho,
Servantes va Edgar Po singari adiblar asos solgan hamda turli millat hikoyachiligi
namoyandalari tomonidan necha yuz yillar mobaynida davom ettirilgan holda
bunyod etilgan jahon hikoyachiligi maktabidan bevosita bahramand ekanligini
ham ta'kidlamogʻimiz lozim. Uchinchidan, bir asrlik tarixga ega oʻzbek milliy
hikoyachiligi shu davr mobaynida juda katta shakllnish, yuksalish yoʻlini bosib
oʻtdi, oʻz qiyofasi, oʻz mahorat maktabini yaratdi, yanada muhimi, oʻzbek
hikoyachiligi jahon hikoyachiligining ajralmas va salmoqli sahifasini tashkil
etadigan darajaga koʻtarildi”. [7.224]. Anglashiladiki, yangi davr oʻzbek
hikoyachiligining dastlabki ildizlari va taraqqqiyot tendensiyalari XX asr jadid
adabiyoti vakillari poetik izlanishlarining mantiqiy davomi sifatida boʻy koʻrsatdi.
Buning eng muhim sabablaridan biri shuki, insonga munosabat oʻzgarishi boʻldi.
Oldindari Markaziy Osiyo xalqlaridagi kayfiyat odamga xoʻjalik mehnatini qilib
yuruvchi va tepadan nima buyurilsa, “labbay” tarzida bajaaruvchi bir olomon
sifatida qaraganligidadir. Buni hech bir olim yoki tarixchi inkor qilishi mumkin
emas.
Prof. A.Rasulova bu haqda shunday mulohazalarni ilgari suradi: “Badiiy
ijodda gʻoyaning pishiq-puxtaligi qanchalik muhim boʻlsa, ilmiy tadqiqotda
metodologiyaning asosliligi shunchalik ahamiyatlidir. Ijodkor gʻoyani qanchalik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
225
pishitsa, sarlavha, ilk jumla, matn, timsolu xarakterlar, badiiy qurilma joziba,
tiniqlik kasb etadi. Olim metodologik asosni toʻgʻri belgilasa, “izm”lar labirintidan
qiynalmay chiqib ketadi, nozarur dalil, tafsilotga berilmaydi. Badiiy gʻoya ijodkor
jonu jahonidan sizib chiqadigan betakror topilma. Metodologik asos – ilmiy xodim
ongida kechadigan murakkab jarayonlar hosilasi. Oʻqish, oʻrganish, qiyoslash,
tajriba orttirish, ruhiy-aqliy izlanish samarasi oʻlaroq badiiy gʻoya asar boʻlib
tugʻiladi; ilmiy-nazariy tadqiqotda tutib turadigan metodologik tayanch
mustahkam gʻoyaday diqqatni tortadi”. [4.85] Darhaqiqat, prof.A. Rasulov
masalaning ikkala tomoniga jiddiy toʻxtalib oʻtish zaruratini keltirar ekan,
mashishiy turmush bilan murakkab hayot kechmishlari orasida ijodkor botinidagi
rosa pishib etilgan adabiy hodisa – nazariy konseptual aqidalar zamirida yuzaga
chiqar ekan, undan manfaatli istifoda qilish yozuvchi shaxsiyati bilan bogʻliq
degan gʻoyani ilgari surmoqda. Ayniqsa, badiiy uslub nihoyatda keng tushuncha.
Uning tabiatida inson fenomenini talqin etib, olam va odam sirlarini bilishga olib
boruvchi ixlma-xil fragmentlar galeriyasi oʻz tajassumini topishi darkor degan,
konsepsiya yuzaga kelmoqda. Demak, yozuvchi har qanday sharoitda oʻz
individual uslubini topmas ekan, yozishga oʻtirgan ondan boshlangan tugʻyon
etarlicha oʻquvchi qalbiga yoʻl topishiga erishish qiyinlashadi. Ana shu tamoyil
nazariy jihatdan toʻgʻri ochiqlanishi uchun yozuvchi-qahramon-muhit uchligi
uygʻun ravishda tashkillantirilishi lozim.
XX asr boshlaridan to hozirga qadar iste'molda boʻlgan tasvir me'yorlariga
diqqat qaratadigan boʻlsak, uslubning oʻzi nima, badiiy uslubning ijodkor
fenomenini qayta idrok etishda nimalarga e'tibor berishi lozim degan oʻzgarmas
qonuniyat tamoyili har bir tafakkurli insonni oʻylantirishi tabiiy holdir. Har bir
davrning oʻziga xos badiiy-ijodiy yoʻriqnomasi sifatida olam va odamni istifoda
qiluvchi fragmentlar boʻladiki, busiz inson shaxsi ham, xarakteri ham, davrning
diqqatga sazovor maishiy manzarasi ham yuzaga etarlicha chiqishi murakkablik
tomon oʻsib boradi. Dunyo adabiyotida badiiylikning oliy kategoriyalari mavjudki,
bu haqda shaxs va qahramon intellekti namoyishi oʻziga xos halqani tayin etishi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
226
muqarrardir. Negaki, XX asrning 60-yillarida oʻzini ifoda qilish an'anasi
Oʻ.Umarbekov, Sh.Xolmirzaev, Oʻ.Hoshimov, E.A’zam, M.M.Doʻst kabi
yozuvchilarda xilma-xil ifoda uslublarining dielektik aloqasini namoyon etdi. Ayni
paytda shoʻro siyosati, mafkuraviylashgan badiiy mezonlar asta-sekinlik bilan
oʻzining oʻzanida, yanada namoyon boʻla boshladi. Bu milliy tuygʻu va ongda
kechuvchi mental xususiyatlar bilan bogʻliqligi hamda ularning davrdan oʻzib
borayotgan tafakkur sarhadlarining kengayishi bilan bogʻliq jarayon ekanligi
oydinlashdi.
Prof.S.Toʻlaganova badiiylikning yuzaga chiqish omillari nomli maqolasida
ijodkor shaxsi haqida quyidagi mulohazalarini bayon qiladi: “Ijodkor shaxsi
nihoyatda murakkab tushuncha. Ijodkor tarjimai holini uning oʻzi yaratgan asarlari
bilan uzviy bogʻlab oʻrganish adabiyotshunoslikda masalaning biz shu kungacha
e'tibor qilmagan jihatlarini anglashimizda muhim vosita vazifasini bajaradi.
Biografik metod asoschisi Sent-Byov: “Har qanday badiiy asar bu – soʻzlayotgan
shaxsdir, shaxs yoki insonni asaridan ayro tushunmaslik kerak”, deb aytganidek
ijodkor hayoti va ichki dunyosidagi iztirob va kechinmalar uning har bir asarida iz
qoldirishi aniq. Aslida, badiiy asar bu ijodkor tafakkuri nusxasining
koʻchirmasidir”. [5.] Binobarin, XX asrning 80-yillarida badiiy nasrga kirib kelgan
Asad Dilmurod ana shunday ijodkorning tafakkur tarzi bilan bevosita
uygʻunlashib, muvofiq tushuncha va fragmentlar silsilasida namoyon boʻlishiga
erishgan yozuvchilardan biri sanaladi.
Argentinalik yozuvchi va shoir, faylasuf Xorxe Luis Borxesning quyidagi
mulohazalariga tayanadigan boʻlsak, yozuvchi Asad Dilmurodning har bir asarida
insonni fikrlash orqali oʻzligini, oʻzligi orqali kelajagiga ishonch tuygʻusining
ortishini namoyon qila boradi. Deylik oddiy hikoya shiddati oʻta ogʻir, silliq
ramzlar, kutilmagan burilishlar, syujetning bir-birini toʻldiruvchi arxetiplari
qahramon ong ostida kechuvchi situasiyalar bilan bezatiladi: “Fikrlash –
umumlashtirish demakdir va shunday ekan, biror narsani tasdiqlash uchun biz
Platonning arxetip”lariga(
Arxetip (yunoncha: arche – boshi va typos - obraz –
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
227
destavvalgi obraz, gʻoya, analitik psixologiyaning asosiy kategoriyalaridan
biri.)
murojaat qilishimiz kerak. Shunday ekan, adabiy janrlar mavjudligini tan
olish uchun bizga nima xalaqit beradi? Bunga oʻzimning mulohazalarimni ham
qoʻshgan boʻlardim: janr, ehtimol, matnning oʻzi bilan emas, koʻproq uni oʻqish
vositasi bilan aniqlanadi. Estetik dalil oʻquvchi va matnninng birikishi natijasida
paydo boʻladi. Zero, kitobning oʻzi shunchaki moddiy obyektdir. Kitob oʻzining
haqiqatdan mavjudligiga uni oʻquvchi ochgan paytdagina ega boʻladi. Faqat
oʻshandagina oʻz ahamiyayati boʻyicha uning yaratilish ongiga teng boʻlgan
favqulodda hodisa roʻy beradi”. [1.160] Haqiqatdan ham, yozuvchi – oʻzining
individual uslubiga ega boʻlishi uchun yillar davomida oʻz ongu shuurida, tajriba
va intilishlari negizida erishishi tayin. X.L.borxesning mana shu iqtibosida ham
fikrlashning umumlashma koʻrinishiga kirib borish, dunyoning bizga qorongʻu
puchmoqlarida roʻy berishi mumkin boʻlgan hodisalarga quloq tutish, hech
boʻlmagan taqdirda ularni sinovdan oʻtkazish, sintezlash masalasini tushunishimiz
lozim. Dunyoning biz anglamagan botiniy xilqatimizdagi hali yuzaga chiqmagan
ong osti hislarimiz “ramz” va “majoz” tilida oʻta murakkab bir sharoitdagi tasvirlar
galeriyasi bilan boshqacha tarzda namoyon boʻlishi ham ehtimoldan holi emas!
F.f.d. M.Qoʻchqorova yozishicha: “Hozirgi oʻzbek prozasi uslub va ijodiy
originallik yaratishda XX asrda yashab, ijod etgan oʻzbek prozasining yirik
vakillari va asoschilari A.Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Behbudiy, Hamza, A.Qahhor,
Gʻ.Gʻulom, Oybek, A.Muxtor singari ijodkorlarning adabiy mahorat maktabidan
oʻrgandi. Buni oʻzbek prozasining individual qiyofasini yaratishdagi birlamchi
adabiy omil sifatida baholash mumkin. Bundan tashqari, Sharq mumtoz adabiyoti
an'analari, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining hayotbaxsh ta'siri ham hozirgi oʻzbek
prozasining shakllanishida asosiy poydevor vazifasini bajardi. Biroq tilga olingan
omillardan tashqari, bugungi kun yozuvchilari uchun dunyo adabiyotining yirik
adiblari, jumladan, M.F.Dostoevskiy, E.Xeminguey, U.Folkner, Herman Hesse,
G.G.Markes,
F.Kafka,
A.Kamyu,
J.Joys, Dino Busatti,
M.Bulgakov,
Ch.Aytmatovlarning proza sohasidagi ulkan ijodiy tajribalari, kutilmagan badiiy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
228
shartli topilmalari bilan bogʻliq mahorat maktabi, ijodiy ta'sir maydoni boʻlib
xizmat qildi”. [3.33] Keltirilgan iqtibosdan shunisi ayonlashadiki, hayotning har
bir oʻlchovi ma'lum bir uslublar tigʻizligida namoyon boʻladi. Modda va ruh aynan
yozuvchi uslubi orqali rivojlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, badiiylik xilma-xil
ifodalar sintezidan oziqlanadi. U mavhumlikdan – aniqlik sari oʻtib turuvchi
tushunchalarni akslantira borishida ham yanada yaqqol koʻzga tashlanadi.
Yozuvchi Asad Dilmurodning –
hikoyadan – qissaga – qissadan – romanga,
romandan – essega
oʻtib, oʻsib, sayqallanib boruvchi badiiy uslubi ana shu
konsepsiyani oʻzida mujassamlashtira olganligi bilan real mohiyatga evriladi. Buni
quyidagi tavsiflarda ham oʻziga xos tarzda talqin etishimiz mumkin:
1. Yozuvchi ilk jumla, hikoyadagi tugun, tugundan keyin keluvchi kompozision
vositalarni koʻpincha oʻzining nutqi orqali tushuncha berishdan boshlaydi.
2. Adib koʻp hollarda avval gʻoyani aniqlashtirib, syujetga evrilish
bosqichlariga toʻxtalib oʻtsa, mavhum qoliplash uslubi F.Kafka, Borxes, A.Kamyu,
Dostoevskiy kabi jahon adiblari uslubini eksperiment qilganligida qabarib
koʻrinadi.
3. Yozuvchining 1980 yillardagi ilk ijodiy izlanishlarida oʻzi tugʻilib oʻsgan
Samarqand qishloqlari, talabalik davridagi oddiy qishloq odamlarining hayot
kechirishi, oʻzi tanigan, bilgan va yaqindan xarakterlarini oʻrgangan
hamqishloqlari tabiatini talqin etganligida seziladi.
4. Yozuvchi keyinchalik jahon adabiyoti bilan yaqindan tanishuvi natijasida,
ayniqsa, Gʻarb va Amerika badiiy tafakkurininng oʻzbek adabiyotiga rus tili yoki
toʻgʻridan-toʻgʻri kirib kelishi bilan bogʻliq streotiplar fonida oʻzlashtirilishida
ochiqlanadi.
5. Badiiy uslubning ikkki yoʻsinda: tarixiy haqiqat va badiiy toʻqima, hayotiy
ziddiyatlar hamda koʻhna tarix obidalaridan xabar beruvchi asarlar negizida
sayqallab borganligidan dalolat beradi.
6. Adib oʻziga haqiqat deb bilgan mifologik kartinalardan oʻquvchining
fikrlash kreaktivligini rivojlantirishga mantiqiy urgʻu berganligida yuazaga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
229
chiqadi.
Mana shu tasnfilarning oʻziyoq yozuvchi ijodiy uslubi va shaxs konsepsiyasi
tigʻizlashuvini toʻlaqonli dalolatlab, insoniyat oldida turgan olamshumul
muammolar mohiyatini xilma-xil obrazlarda keng istifoda qilish tamoyilini
tartiblashuviga katta zamin hozirlaydi. Zukko adabiyotshunos N.Mallaev qayd
etishicha: “Hikoya Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlar adabiyotida keng tarqalgan
janrlardan biridir. Hikoya – yozma adabiyot bilan ogʻzaki ijodiyotni bir-biriga
bogʻlangan muhim omil. Xalq hikoyalari bilan kitobiy hikoyalar oʻzoro chunon
yaqinki, ularni qat'iy chegaralash koʻpincha amri maholdir. Chunki hikoya xalq
rivoyatlaridan kitobga, kitobdan xalq hikoyachiligiga oʻtib borgan. Shu bilan birga,
ma'lum bir xalqning adabiyoti (yoki folklori) zaminida vujudga kelgan hikoya
ikkinchi bir xalq tomonidan qayta ishlanib, “oʻzlashib”, uning adabiyoti bisotiga
qoʻshilib ketar edi. Binobarin, syujet va kompozisiya, obrazlar sistemasi jihatdan
bir-biriga monand hikoyalar, bir tomondan, ijtimoiy hayot,tarixiy sharoitning
oʻxshashligi natijasida bir-biridan mutasno gʻolatda vujudga kelsa, ikkinchi
tomondan, adabiy aloqalarning mahsuli sifatida paydo boʻladi”. [2.188] Jumladan,
turkiy xalqlar adabiyotidagi nazmiy asarlarning – hikoya shakliga oʻtishi, bir-ikkki
asr mobaynida taraqqiy etish pallasiga kirgan. Shunday ekan, joriy kunda gʻarb
adabiyoti, hamda sharq an'analari negizida qayta shakllanib, rivojlanib
borayotganligi yuqoridagi mulohazaalarimizni toʻlaqonli dalolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Borxes Luis Xorxe. “Sirli moʻjiza”. –T: “Yangi asr avlodi”. 2019. –B.160.
2.
N.Mallaev.Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti.Gʻ.Gʻulom nomidagi adabiyot
san’at nashriyoti. 1974.-B.188.
3.
Qoʻchqorova M. Hozirgi oʻzbek nasrida badiiy shartlilik. Filol.fan.dok.
diss.si. –T., 2020. –B.33.
4.
Rasulov A. Konsepsiya zarurati. T: “Adib”. Ozod vatan saodati. . –B.85.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
230
5.
Toʻlaganova
S.
Ijodkor
shaxsiyati
va
badiiy
qahramon.//https://core.ac.uk/download/pdf/230427848.pdf
6.
Xolmirzaev Sh. Hikoya haqida// Sharq yulduzi. 1971 yil, 1-son. –B.76-78
7.
Xurshid Doʻstmuhammad. Milliy hikoya: izlanishlar, yutuqlar, istaklar.
Ozod vatan sogʻinchi. Adabiy tanqid. Toshkent “Adib”2004. 224.b
8.
Философский словарь. – Москва: Политиздат, 1987. – С. 290.