Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
208
SUD TIBBIYOTI TEKSHIRUVLARNING PROTSЕSSUAL
ASOSLARI VA METODOLOGIYASI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI PATOLOGIK ANATOMIYA VA
SUD TIBBIYOTI KAFEDRASI ASSISTENTI
NAUMANOV MASHRABJON MAXMUDOVICH
Annotatsiya: Sud tibbiyoti dastavval huquqshunoslik talablarini qondirishga
ehtiyoj borligi sababli paydo bo‘ldi va rivojlandi. Huquqshunoslikning amaliy,
nazariy masalalari va vazifalariga oid qidiruv, tergov hamda sud yurgizish
jarayonlari davomida vujudga kelgan savollarga javoban ilmiy-amaliy asosga ega
bo‘lgan tekshirishlar xulosasi sud tibbiyoti ekspertizasi mohiyatini tashkil etadi.
Sud tibbiyoti eksperti ekspertiza ishlarini olib borish uchun jinoiy va jinoiy
protsessual fuqarolik kodeksi, fuqarolik protsessual kodekslarini puxta bilishi
lozim. Ekspert o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri tushunishi, o‘z huquqi,
burchini anglashi hamda sud ishlarini yurgizish jarayonida o‘z o‘rnini bilishi
uchun sud tuzilishi to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi kerak.
Kalit so‘zlar: Sud tibbiyot ekspertizasi, tergov, fuqarolik protsessual
kodekslari, taftish jarayonlari, ekspertiza tayinlanishi, ekspertning huquqlari,
ekspertiza turlari.
Annotation: Forensic medicine first appeared and developed due to the need
to meet the requirements of jurisprudence. The essence of the forensic medical
examination is the conclusion of investigations with a scientific and practical basis
in response to the questions that arose during the search, investigation and trial
processes related to the practical and theoretical issues and tasks of jurisprudence.
Forensic medicine expert must have a thorough knowledge of criminal and
criminal procedural civil codes, civil procedural codes in order to carry out expert
work. The expert must have a general understanding of the structure of the court
in order to correctly understand the tasks assigned to him, to understand his rights
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
209
and duties, and to know his place in the process of conducting court proceedings.
Keywords: Forensic medical expertise, investigation, civil procedural codes,
audit processes, appointment of expertise, expert's rights, types of expertise.
Kirish
Sud tibbiyoti - tibbiyotning bir boʻlimlaridan biridir. Dastlabki tergov va sud
amaliyotida yuzaga keladigan tibbiy va biologik muammolarni oʻrganadi.
Sud tibbiyoti fani dastavval huquqshunoslik talablarini qondirishga ehtiyoj
borligi sababli paydo bo‘ldi va rivojlandi. Huquqshunoslikning amaliy, nazariy
masalalari va vazifalariga oid qidiruv, tergov hamda sud yurgizish jarayonlari
davomida vujudga kelgan savollarga javoban ilmiy-amaliy asosga ega bo‘lgan
tekshirishlar xulosasi sud tibbiyoti ekspertizasi mohiyatini tashkil etadi. Sud
tibbiyoti eksperti ekspertiza ishlarini olib borish uchun jinoiy va jinoiy protsessual
fuqarolik kodeksi, fuqarolik protsessual kodekslarini puxta bilishi lozim. Ekspert
o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri tushunishi, o‘z huquqi, burchini anglashi
hamda sud ishlarini yurgizish jarayonida o‘z o‘rnini bilishi uchun sud tuzilishi
to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi kerak.
Sud — bu odil sudlov organidir. Sud tushunchasi sudya va xalq
maslahatchilari, qonunda belgilangan hollarda sud raisi va sud a’zolaridan iborat
sud tarkibini nazarda tutadi. Sud tibbiyoti bilimlarini sud, tergov, dastlabki taftish
jarayonlarida ishlatilishi sud tibbiyoti ekspertizasi deb ataladi, sud tibbiyoti
ekspertizasi ashyoviy dalillarni to‘plab beradi. O‘zbekiston jinoyat protsessual
kodeksining tegishli moddalarida dalillar to‘plash va ulardan foydalanish holida
suz yuritiladi.
Kodekslar — bu qonunlar to‘plamidir. Qonunlar majmui O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ishlab chiqiladi va so‘ng amaliyotga joriy
etiladi.
Fuqarolik kodeksi — fuqarolik huquqining muayyan tizim asosida
belgilangan ifodasidir.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
210
Fuqarolik protsessual kodeksi — fuqarolar protsessual huquqi tizimini ifoda
etuvchi qonunlar majmuasidir. Fuqarolik protsessual huquqi — fuqarolik huquqi,
sudda fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish tartibini, sudning, sud ijrochisining
va jarayon ishtirokchilarining faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasidir.
Jinoyat kodeksi — jinoyat qonunlari to‘plamidir. Kodeksning umumiy
qismida jinoiy javobgarlikning asosiy prinsiplari, umumiy qoidalari, jinoyat
tushunchasi, jazodan ozod qilish asoslari, sudlanganlik muhlatlari ko‘rsatilgan
bo‘lsa, jinoyatning konkret sohalari va sodir qilingan jinoyat uchun belgilangan
jazo chorasi, uning turlari jinoyat kodeksining maxsus qismida ifodalangan.
O‘zbekiston jinoyat kodeksi davlat tuzumini, shaxsni va fuqarolarning huquqlarini
jinoiy tajovuzdan qo‘riqlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi hamda jamoat uchun
xavfli bulgan har qanday harakatlar jinoyat hisoblanishini aniqlaydi va jinoyat
qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi lozim bo‘lgan jazolarni belgilaydi.
Ekspertiza tayinlanishi va o‘tkazilishi tartibi O‘zbekiston jinoyat protsessual
kodeksi moddalarida aniq belgilangan. Ekspert xolisona va har tomonlama
tekshiruv o‘tkazish asosida o‘z xulosasini bildiradi va buning uchun qonun oldida
javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Ekspertning huquqi, burchi va mas’uliyati
(javobgarligi).
Surishtiruvchi shaxs, tergovchi, prokuror va sud chaqirig‘iga asosan hozir
bo‘lib, savollarga javoban xolisona fikrini ma’lum qilish sud tibbiyoti ekspertining
burchi hisoblanadi. Agar berilgan savollar ekspertning mutaxassisligiga muvofiq
kelmasa yoki fikrnoma (ekspertning fikri) berish uchun tegishli hujjatlar
yetishmasa, unda u ekspertiza o‘tkazish mumkin emasligini aytishi, qo‘shimcha
hujjatlarni talab qilishi mumkin. Ekspertning quyidagi huquqlari kafolatlangan:
•
ish hujjatlari bilan tanishib chiqish;
•
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish;
•
tergov, sud suroqlarida qatnashib ayblanuvchi, sudlanuvchiga
savollar berish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
211
Metodologiya:
Ushbu tadqiqotda O'zbekistonda sud tibbiyoti ekspertizasining protsessual
asoslarini o'rganish uchun quyidagi metodlardan foydalanildi:
1.
Huquqiy
hujjatlarni
tahlil
qilish:
O'zbekiston
Respublikasining tegishli qonunlari, kodekslari, qarorlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlari sud tibbiyoti ekspertizasi protsessining huquqiy
asoslarini o'rganish uchun tahlil qilindi.
2.
Sud
amaliyotini
o'rganish:
O'zbekiston
Respublikasi
sudlarining sud tibbiyoti ekspertizasi bilan bog'liq bo'lgan sud qarorlari va
hukmlari tahlil qilindi.
3.
Sud
tibbiyoti
ekspertlari
bilan
suhbat:
O'zbekiston
Respublikasi sud tibbiyoti ekspertlari bilan suhbatlar o'tkazilib, ularning sud
tibbiyoti ekspertizasi protsessi bo'yicha amaliy tajribalari o'rganildi.
4.
Statistik
ma'lumotlarni
tahlil
qilish:
O'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Oliy sudining sud tibbiyoti
ekspertizasi bilan bog'liq bo'lgan statistik ma'lumotlari tahlil qilindi.
Olingan natijalar:
Tadqiqot
elementi
Natijalar
Huquqiy
asoslar
O'zbekiston Respublikasining "Sud ekspertizasi
to'g'risida"gi qonuni, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik
protsessual kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
sud tibbiyoti ekspertizasi protsessining huquqiy asoslarini
belgilaydi.
Sud
amaliyoti
Sud
amaliyoti
sud
tibbiyoti
ekspertizasining
o'tkazilishi va ekspert xulosasining baholanishi bo'yicha
turli xil yondashuvlarni ko'rsatdi.
Ekspertlar
tajribasi
Ekspertlar sud tibbiyoti ekspertizasining o'tkazilishida
ko'plab
amaliy
qiyinchiliklarga
duch
kelishlarini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
212
ta'kidladilar, masalan, ekspertiza o'tkazish uchun zarur
bo'lgan resurslarning yetishmasligi va ekspert xulosasining
sud tomonidan noto'g'ri baholanishi.
Statistik
ma'lumotlar
Statistik ma'lumotlar sud tibbiyoti ekspertizasi
sonining yildan-yilga ortib borayotganini ko'rsatdi.
Xulosa:
Tadqiqot natijalari O'zbekistonda sud tibbiyoti ekspertizasi protsessining
huquqiy asoslari mavjudligini, ammo amaliyotda ko'plab qiyinchiliklar
mavjudligini ko'rsatdi. Sud tibbiyoti ekspertizasining samaradorligini oshirish
uchun qonunchilikni takomillashtirish, sud amaliyotini birxillashtirish va
ekspertlarning malakasini oshirish zarur.
O‘zbekistonda tuman, tumanlararo, viloyat, respublika sud tibbiyoti
ekspertizasi bo‘linmalari mavjud. Sud tibbiyoti muassasalari, sud tibbiyoti
ekspertlari hamda sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida ma’muriy va xo‘jalik
tobeligi mavjud. O‘zbekiston Respublikasida Sud tibbiyoti ilmiy-o‘quv amaliy
birlashmasi ixtiyoriy uyushma bo‘lgani tufayli, uning tarkibiga kirgan kafedralar
va ekspertiza byurolari o‘z ma’muriy tobeligiga ega.
O‘zbekistonda Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limlarida sud tibbiyoti ekspertizasi
byurolari mavjud Sud tibbiyoti ekspertiza byurosining tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
jabrdiyda, ayblanuvchi va boshqalar ekspertiza bo‘limi yoki qisqacha
aytganda tirik shaxslar ekspertizasi (ambulatoriya);
•
murdalarni tekshirish bo‘limi gistologiya bo‘limchasi bilan;
•
sud tibbiyotining daliliy ashyolarni tekshirish bo‘limi (sud tibbiyoti
laboratoriyasi) quyidagi bo‘limchalari bilan:
o
Sud biologik tekshiruvi.
o
Fizik-texnik tekshiruvi.
o
Sud kimyosi tekshiruvi.
Sud tibbiyoti ekspertizasining obyektlari uch qismdan iborat: birinchidan,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
213
tirik odam, yuridik terminologiya buyicha
•
tirik shaxslar,
•
murdalar,
•
daliliy ashyolar, ya’ni turli qurol-aslahalar, buyumlar, ashyolar.
Sud tibbiyoti ekspertizasi turlari, ularni hujjatlashtirish. Sud tibbiyoti
ekspertizasi, bu huquqbuzarlikni aniqlash va asoslab berish maqsadida
uyushtirilgan ilmiy-amaliy tekshiruvidir. Dastlabki ekspertizadan keyin, tergov
organlarining talablariga muvofiq ekspertlar qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazishi
mumkin. Tergov jarayonida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi qo‘shimcha
ekspertiza o‘tkazilishiga asos bo‘ladi. Ushbu holatlarda ekspert avval bergan
xulosasiga aniqlik kiritadi. Ekspertiza takroriy (ikkilamchi) bulishi ham mumkin.
Agar ekspertning fikri aniq va to‘liq bo‘lmasa yoki asossiz bo‘lsa, unda tergovchi
JPK ning tegishli moddasiga muvofiq takroriy ekspertiza belgilaydi. Takroriy
ekspertiza o‘tkazilishi uchun byuro ekspertizasidan sud tibbiyoti ekspertlari taklif
qilinadi. Byuro tashabbusi bilan nazorat ekspertizasi ham o‘tkazilishi mumkin.
Masalan, byuro mutaxassislari o‘tkazilgan ekspertizada kamchiliklar topsalar,
unda tergov yoki sud organlarini bu haqida ogohlantirib takroriy (nazorat)
ekspertiza o‘tkazish lozim ekanini ta’kidlaydilar.
Ekspertiza hujjatlarini rasmiylashtirish eng muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Ekspertizada asosan ikki tur hujjat tuziladi. Hujjatning har bir turi
qayd etilgan zaruriy qismlarning barchasini o‘z ichiga oladi.
Tergov va sud organlari ekspertiza obyektini yozma yo‘llanmasi bilan
yuborsa, unda sud tibbiyoti dalolatnomasi tuziladi. Tibbiyot ekspertizasi
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori bilan yoki sud ajrimi bilan o‘tkazilsa,
unda fikrnoma tuziladi.
Dalolatnoma va fikrnoma urtasida ma’lum farq bor. Dalolatnomaning oxirida
ekspert o‘z fikrini yozadi. Fikrnomаning oxirida esa ekspert o‘z xulosasini
chiqaradi. Kirish qismida ekspertizaning qaysi kun, oy va yilda, qayerda, qaysi
muassasada o‘tkazilganligi, obyektning kim tomonidan keltirilganligi, qaysi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
214
tergovchi (kim) tomonidan qarorp (ajrim, yo‘llanma) chiqarilganligi, qanday
savollar qo‘yilganligi, tekshirish materiallari qay holatda yuborilganligi, qaysi sud-
tibbiyoti eksperti tomonidan ekspertiza o‘tkazilganligi, uning staji, ilmiy darajasi,
ixtisosi, shu qatori ekspertiza o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchilarning ismi,
sharifi yoziladi. Ikkinchi kismida —yig‘in bayonida tekshirish olib borish
usullarining mazmuni, tekshirilishi lozim bo‘lgan obyektlarning to‘liq nomini
ifodalash, tekshirishda qo‘llaniladigan ilmiy vosita va usullar haqida bayon
qilinadi. Uchinchi, xulosaviy qismida (dalolatnoma tuzilsa) ekspertning tekshiruv
natijasi haqida qat’iy fikri ifodalanadi.Ayrim vaqtlarda ekspert o‘z xulosalarivi
tasdiqlash uchun rasm, jadval va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldiradi.
Fikrnomaning ikkinchi qismi (yig‘in bayonining) yakunida ekspert va ekspertiza
paytida qatnashgan kishilar imzo qo‘yadilar. Xulosa qismidan keyin esa faqat
ekspertning o‘zi imzo qo‘yadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Iskandarov A.I., Kuldoshev D.R. Yakubov X.X. «Tirik shaxslar sud tibbiy
ekspertizasi» talabalar uchun ukuv uslubiy kullanma. –Toshkent : 2007y.
2.
G‘iyosov Z.A. Sud tibbiyoti. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
darslik. - Toshkent, Global Books nashriyoti, 2018.
3.
«Patologicheskaya anatomiya bolezney ploda i rebenka» ( Pod red.
T.E.Ivanovskoy i L.V. Leonovoy.- M. 1989.
4.
Sudebnaya meditsina pod redaktsiyey G.A. Pashinyana. M.Moskva 2001god
5.
Sudebnaya meditsina i sudebnaya psixiatriya Paukov V.S., Jivoderov N.N.
M.Moskva. 2000g.
6.
Sudebnaya meditsina pod redaktsiyey Tomilina. Moskva. 2000g
7.
Praktikum po sudebnoy meditsine i testoviy kontrol pod redaktsiyey
Kryukova P.M. 1998.
8.
A.I. Iskandarov, D.R. Kuldoshev., Sud tibbiyoti; Uchebnik dlya vuzov.
Tashkent; “MERIYUS” XMNK. 2009.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
215
9.
Shamsiyev E.S. Iskandarov A.I i dr. Sudebnaya meditsina: Uchebnik dlya
vuzov.- Tashkent: TGYUI ,2003.
10.
Jalolov J.J “Sud tibbiyeti: Darslik” - Tashkent: 1-ToshDavTi.1996.
11.
“Sudebnaya meditsina”: Uchebnik dlya vuzov. (Uchebnik pod red. prof.
V.N.Kryukova), M.Meditsina, 1990).
12.
Atlas po Sudebnoy meditsine. Soloxin A.A., Smolyaninov V.M., Shirinskiy
P.P., Melnikov Yu.L. M.; Meditsina 1981, 264 s.
13.
Jalolov J . J.Sud tibbiyoti: Tibbiyot in-tlari talabalari uchun darslik.— T.:
Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr, 1996.
14.
Sudebnaya meditsina pod redaktsiyey Tomilina. Moskva. 2000g
15.
Praktikum po sudebnoy meditsine i testoviy kontrol pod redaktsiyey
Kryukova P.M. 1998
16.
Ziauddin, F. (2024). Localization Through Optical Wireless Communication
in Underwater by Using Machine Learning Algorithms.
17.
Ziauddin, F. (2023, October). Multi-objective African Vultures
Optimization for Energy Efficient Wireless Sensor Network. In 2023 International
Conference on Evolutionary Algorithms and Soft Computing Techniques
(EASCT) (pp. 1-7). IEEE.