Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
192
O‘QITUVCHILARDA FASILITATORLIK XUSUSIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI
Mamanova Dinora Olimjonovna
Xalqaro Nordik Universiteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 2-kurs
magistranti
Annotatsiya: ushbu maqola zamonaviy ta'limda fasilitator tushunchasi va
uning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Maqolada fasilitatsiya jarayonining asosiy
tarkibiy qismlari, fasilitatorning o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘zgarishlarga
tayyorlashning psixologik va pedagogik yo‘nalishlari, o‘quvchilarning mustaqil
faoliyatini tashkil etishda fasilitatorlik yondashuvining roli tahlil qilinadi.
Shuningdek, maqolada fasilitatorlik funksiyalari, ta'lim jarayonida motivatsiya va
maqsadga yo‘nalganlikni oshirish omillari muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar: psixologik fasilitatsiya, fasilitator, ta'lim, o‘qituvchi, o‘quvchi,
motivatsiya, faoliyat, ta'lim texnologiyalari.
Aннотация: Данная статья рассматривает понятие фасилитатора
в современном образовании и его значение. В статье анализируются
основные составляющие процесса фасилитации, психологические и
педагогические направления подготовки к изменениям в деятельности
учителя как фасилитатора, а также роль фасилитативного подхода в
организации самостоятельной деятельности учащихся. Кроме того, в
статье обсуждаются функции фасилитации, факторы, повышающие
мотивацию и целеустремленность в образовательном процессе.
Ключевые слова: психологическая фасилитация, фасилитатор,
образование, учитель, ученик, мотивация, деятельность, образовательные
технологии.
Annotation: This article examines the concept of a facilitator in modern
education and its importance. The article analyzes the main components of the
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
193
facilitation process, the psychological and pedagogical directions of preparing for
changes in the teacher's activity as a facilitator, and the role of the facilitation
approach in organizing students' independent activities. The article also discusses
the functions of facilitation, factors that increase motivation and goal-orientation
in the educational process.
Keywords: psychological facilitation, facilitator, education, teacher,
student, motivation, activity, educational technologies.
KIRISH
Pedagogik fasilitatsiya – o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va
o‘tkazishning muhim vositasi.
Fasilitatsion taʼlimda o‘qituvchi zarur maʼlumotlarni ijodiy egallash, fikr
yuritishni shakllantirish, maʼlum materialdagi yangi muammolarni topish,
imkoniga ega bo‘ladilar. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi bilan va o‘zaro
hamkorlikda ko‘proq dialogik munosabatlarga kirishadi, muloqotda tashabbuskor
bo‘lib, o‘qituvchiga ko‘plab savollar bilan murojaat qiladi, asosan o‘quv
masalalarini bajarish bilan ko‘proq band bo‘ladi; kognitiv faoliyatning yanada
yuqori darajalarini aniqlaydi.
“Fasilitatsiya” inglizcha fasilitate so‘zidan olingan bo‘lib, yengillashtirish,
yordamlashish, ko‘maklashish maʼnolorini anglatadi.[1]
Ushbu tushuncha psixolog Karl Rodjers tomonidan kiritilgan bo‘lib, ingliz
zabon mamlakatlarining taʼlim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989-yildan
buyon Xalqaro yetakchi fasilitatorlar assotsiatsiyasi (The International Association
of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63
davlatning 1200 nafar aʼzosi ishtirok etmoqda. [2]
ASOSIY QISM
Fasilitator
faoliyati
turli
modellarda
uchraydi.
Hozirgi
vaqtda
fasilitatsiyaning ijtimoiy va pedagogik turlari ajratilib ko‘rsatiladi. Ijtimoiy
fasilitatsiya ijtimoiy psixologik fenomen hisoblanadi. Ijtimoiy fasilitatsiya lotin
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
194
tilida – “sosialis fasilitator” – ijtimoiy qulaylashtirish degan maʼnoni anglatadi.
Pedagogik fasilitatsiya esa taʼlim oluvchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
asosida taʼlimning (o‘qitish, tarbiya) samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bunda pedagog tomonidan alohida muloqot usulining kasbiy-pedagogik jarayonda
qo‘llanilishi natijasida sifat jihatdan rivojlanishga erishiladi. Fasilitatsiyaning
yuqorida aytib o‘tilgan ikki turini maʼlum shart-sharoitlar bog‘lab turadi. Yaʼni,
fasilitatsiya har qanday faoliyat, shu jumladan pedagogik faoliyat samaradorligini
oshirishi, shubhasiz. Fasilitatsiyaning bu ikki turi orasidagi asosiy farq shundaki,
ijtimoiy sohada faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda subyektning xatti-harakatlari asos
sifatida xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda esa, fasilitatsiya pedagogning
o‘quvchilar bilan individual muloqot usuli va taʼlim oluvchi shaxsiga samarali
taʼsir etish bilan bevosita bog‘liq.
Fasilitatsiya deganda, eng avvalo, guruhiy muammolarni hal etishning
samarali texnologiyasi tushuniladi. Fasilitatsiya shunday jarayonni qamrab oladiki,
bunda fasilitator barcha guruh aʼzolariga maʼqul keladigan, neytral qaror qabul
qilishga haqqi yo‘q, yaʼni u guruhiy muammolarni hal etishga ko‘maklashadi.
“Fasilitatsiya” tushunchasi anglanilgan va maqsadga yo‘nalgan faoliyatning
ko‘rinishi bo‘lib, pedagogning bevosita ishtirokini taqozo etadi. Fasilitatsion
yondashuvning asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Faoliyat – shaxsni rivojlanishidagi asosiy hal qiluvchi vositasi va odamni
ko‘pqirrali faol maqsadga yo‘naltiradi. A.N.Leontev[3] “Faoliyat hayotning
birligidir va psixikaning asoslangan aksidir” deb taʼkidlaydi. G.P.Shedroviskiy[4]
esa faoliyatga shunday taʼrif beradi: “Faoliyatsiz ishlab chiqarish vositalari ham,
belgilari ham, sanʼat namunalari ham yo‘qdir: faoliyatsiz insonlarning o‘zi ham
yo‘q hisobi”
Turli xil harakatlarda ishtirok etish bilan anglanilgan faoliyatda qatnashish
turli xil narsalardir. Psixologiyada shaxsning muhim xususiyatlari sifatida
quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
- onglilik (anglanganlik) va faollik;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
195
- psixika-subyektivliligi, faollik, moslashganlik;
- onglilik – qayg‘urish, bilim va munosabatlar;
- faoliyat – faollik, onglilik, maqsadga yo‘nalganlik, motivlarga egalik.
Barcha xususiyatlar bilish jarayoniga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ammo anʼanaviy
taʼlim tizimida bu jihatlar hamma vaqt ham hisobga olinmaydi.
Psixologik adabiyotlarda keltirilishicha, bevosita faoliyat jarayonida, yaʼni
o‘zida rejalashtirish, tashkillashtirish, natijalarni tahliletish va referent guruhlar
blanmuloqotni mujassamlashtirgan insongina ongli ravishda anglangan faoliyat
maʼnosini tushunib yetadi. Faqat ana shu asosga tayangan insonda g‘oyalarning
paydo bo‘lishi, motivlar shakllanishi va munosabatga yo‘nalganlik kuzatiladi. Bu
formulani A.V.Shedroviskiy “yangi bilimlarni ishlab chiqish”, deb taʼkidlab
o‘tadi.[7]
Har qanday faoliyat, xususan bilishga oid faoliyat o‘zida o‘zaro bir-biri
bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlarni mujassam etadi:
- motivlar, qiziqishlar ehtiyojlari bloki – “psixologik motor” faoliyati;
- operatsion – shaxsning aniq maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari;
- faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik va shaxslararo munosabat.
To‘g‘ridan to‘g‘ri va qayta aloqalar shuni ko‘rsatadiki, bitta tarkibiy qismning
o‘zgarishi, boshqalarining ham o‘zgarishga uchrashiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar
konstruktiv yoki destruktiv yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Mazkur holatda rivojlanish
va faoliyatning susayishi yaqqol kuzatiladi. Fasilitatsiya taʼlimning androgen
modelida pedagog pozitsiyasini o‘zgarishini talab qiladi. Bunga pedagogika oliy
taʼlim muassasalaridagi o‘qitish jarayonlarini ham kiritish mumkin. Operatsion-
harakat bosqichi orqali harakat qilinsa, o‘qituvchi ratsionallikka asoslangan holda
fasilitatsiyani amalga oshiradi, yaʼni o‘quvchilarni aniq faoliyatga yo‘naltiradi,
yordam beradi va boshqaradi.
Shuningdek taʼlim oluvchilarni bilish faoliyatini faollashtiruvchi yangi
pedagogik texnologiyalarni izlab topadi yoki bo‘lmasa interfaol taʼlim sharoitida
pedagog ingibitor (ingibitor lotin tilida, inhiberi, inhibitium – ushlab turmoq,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
196
to‘xtatmoq maʼnolarini anglatadi) roliga kirishadi va taʼlim oluvchilarni faolligini
pasaytiradi yoki to‘xtatib turadi. Ingibitsiyani psixologik nuqtayi nazardan ko‘rib
chiqilganda uni jarayon va ezilishning natijasi sifatida yoki bo‘lmasa qandaydir
reaksiyalar, jarayonlarni, faoliyatni, faollikning pasayishi, hattoki to‘xtashi deb
izohlash mumkin.
XULOSA
Shunday qilib axborotlarga boy taʼlim muhitida asosiy shaxs taʼlim oluvchi
bo‘lib, u o‘zining shaxsiy faoliyatida “o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi subyekt”
sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi esa taʼlim muhitining imkoniyatlarini qo‘llab, uni keyingi
rivojlanish maqsadini ko‘zlagan holda faoliyatga yo‘naltiradi. Shu tarzda
fasilitatsiya taʼlimning androgen modelida pedagog faoliyatining maxsus
ko‘rinishidir. Qadimgi yunonlarda shunday hikmatli so‘z bo‘lgan: “Uzoq yo‘l
nasihat orqali, qisqasi esa o‘rnak, ibrat orqalidir”. Aynan shu “qisqa yo‘l”ni
ko‘rsatish fasilitatorning vazifalaridir.
Faoliyat subyekti.
Fasilitatsion yondashuvda faoliyat subyektlariga o‘z
motivlariga javob bera oladigan, o‘z faoliyati davomida uni maqsadga ko‘ra
amalga oshira oladigan individ, guruh va jamoani kiritish mumkin.
Fasilitatsion yondashuvning funksiyalariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- faoliyatga qiziqtirish va faoliyatni rag‘batlantirish;
- faoliyatning maxsus turi;
- zamonaviy pedagogikaning yetakchi tamoyili;
- taʼlim jarayonini boshqarish tamoyili;
- faoliyat texnologiyasi;
- ijodiy taʼlim muhitini yaratish.
Shuningdek, fasilitatsiyaga asoslangan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlovchi
shaxslar har jihatdan kuchli va mas’uliyatlidirlar. J.A.Hattienning[5] fikricha,
muhitning o‘zi “omad keltiruvchi vaziyatlarga” sharoit yaratib beradi. Aynan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
197
maʼlum muhitda shaxs ishonch qozonadi va qadriyat sifatida tan olinadi. O‘z
o‘rnida muhit taʼlim oluvchilarni ijodiy faoliyatga rag‘batlaydi. K.Rodjersning[6]
fikricha “Bu tarzdagi munosabatlar o‘qitish jarayoniga mos kelib, har jihatdan
samaralidir”.
Avvalo, fasilitator haqqoniy shaxs bo‘lishi, har bir lahzani o‘ylab, his etib
yashashi lozim. Qachonki, bu haqqoniylik o‘zida o‘quvchiga nisbatan qadriyatli
munosabatni, g‘amxo‘rlikni, ishonch va hurmatni mujassam etsa, samarali taʼlim
olish muhiti paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, mazkur jarayon o‘zida hissiy va
empatik idrok etishni jam etsa, haqiqatdan ham erkinlik muhiti qaror topib, taʼlim
olishda tashabbuskorlik va ilgarilash yuzaga keladi.
Motiv
– maʼlum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi
kuch va sabab. O‘qituvchi faoliyati taʼlim oluvchilarning subyektiv talablarigagina
asoslanib qolmay, balki obyektiv, bugungi kundagi va kelajakdagi ehtiyojlarni
shakllantiradi va mustahkamlaydi.
Maqsad
– natijaga erishishning ideal yo‘li bo‘lib, muvaffaqiyatga yo‘nalgan
harakatdir.
“Faoliyat usuli”
tushunchasi keng maʼnoga ega bo‘lib, taʼlim faoliyat
sifatida o‘zida bilim, ko‘nikma, malakalar, qobiliyatlar, motivlarning dastlabki
ko‘rinishini o‘zida aks ettiradi.
“Faoliyat jarayoni”
tushunchasi “subyekt”, “predmet” va “natija”
mazmunini ochib beradi. Shu bilan birga “jarayon” tushunchasining mazmunini
“metod” va “vosita” kabilar ham ochib berishga xizmat qiladi.
Keng maʼnoda “vosita” so‘zi maʼlum bir jarayonni predmetli qo‘llab-
quvvatlashni aks ettiradi. Taʼlim vositalari xilma-xil bo‘lib, pedagog faoliyat
maqsadiga mos vositani tanlab olishi muhim ahamiyatga ega. Fasilitator norasmiy
taʼlimda anchagina mustahkam o‘rin egallamoqda. Fasilitatorni, istiqboli porloq
bo‘lishi bashorat qilinayotgan, alohida kasb sifatida ajratish taklif qilinmoqda.
Demak, fasilitatsiya – o‘quvchiga ijobiy taʼsir etish yo‘li bo‘lib, guruhda ijobiy
muhitni hosil qilish, taʼlim oluvchilarni o‘z kuchlariga ishonishlariga erishish va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
198
mustaqil faoliyatlari jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlashdir.
ADABIYOTLAR
1.
Я. Нурумбекова, Д. Тоштемиров, Ё. Фахриддинов. Умумий
педагогика. Дарслик.– ГулДУ-2022.
2.
Rogers, Carl, Lyon, Harold C., & Tausch, Reinhard (2013) On Becoming
an Effective Teacher—Person-centered Teaching, Psychology, Philosophy,
and Dialogues with Carl R. Rogers and Harold Lyon. London: Routledge,
ISBN 978-0-415-81698-4.
3.
Леонтев А.Н. Проблеми развития психики. – Москва. «Мысль». –1965.
4.
E. G‘oziyev. Psixologiya. Darslik. «O‘qituvchi» nashriyotmatbaa ijodiy uyi.
– Toshkent. – 2008.
5.
Димова О.И. Педагогические условия развития способности к
фасилитирующему взаимодействию у будущих учителей: дисс. …
канд. пед. наук: 13.00.01 / О.И. Димова. – Хабаровск: Хабар, гос. пед.
ун-т, 2002. – 199 с.
6.
B.X.Xodjayev, Z.T.Saliyeva, N.B.Matkarimova. Pedagogikaning pragmatik
aspektlari [Matn]: maqolalar – Toshkent: «Ijod Nashr» nashriyoti. 2023 –
408 b.
7.
Bondorevskaya Ye.V., Kulnevich S.V. Psixologika. 2004. № 10.
.