Mualliflar

  • Nurdinov Javharbek Bahromjon o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Nurdinov Javharbek Bahromjon o‘g‘li

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

    Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi koordinatori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90642

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. halollik korrupsiyaga qarshi kurash nazariya antik davr falsafasi Sharq falsafasi sotsiologiya psixologiya yondashuv.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu tezisda halollikni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Halollik ijtimoiy hodisa sifatida sotsiologik, falsafiy, psixologik va huquqiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Tezisda turli nazariy konsepsiyalar va metodlar orqali halollikning davlat boshqaruvidagi ahamiyati ochib berilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

180

“HALOLLIK” KATEGORIYASINI TADQIQ ETISHNING

NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Nurdinov Javharbek Bahromjon o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi koordinatori

Annotatsiya. Ushbu tezisda halollikni tadqiq etishning nazariy-metodologik

asoslari yoritilgan. Halollik ijtimoiy hodisa sifatida sotsiologik, falsafiy, psixologik

va huquqiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Tezisda turli nazariy konsepsiyalar

va metodlar orqali halollikning davlat boshqaruvidagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar. halollik, korrupsiyaga qarshi kurash, nazariya, antik davr

falsafasi, Sharq falsafasi,sotsiologiya, psixologiya, yondashuv.

Halollik jamiyatning asosiy ijtimoiy va axloqiy me’yorlaridan biri bo‘lib, uni

o‘rganish sotsiologiya, falsafa, huquqshunoslik, iqtisod va psixologiya kabi fanlar

chorrahasida amalga oshiriladi.

Ushbu qismda antik davr, sharq falsafasi, zamonaviy falsafiy, sotsiologik va

psixologik yondashuv va nazariyalar bo‘yicha halollikni tadqiq etish ko‘rib

chiqiladi.

Falsafa fanida halollik insoniy fazilat va axloqiy me’yor sifatida qadimdan

tadqiq etilgan. Falsafiy yondashuvlar halollikni odob-axloq, huquq va ijtimoiy

tuzilmalarga bog‘liq ravishda tahlil qiladi.

Antik davr falsafasi halollikni insoniy fazilat, axloqiy tamoyil va ijtimoiy

tartibning ajralmas qismi sifatida tushungan. Ushbu davrda halollik davlat

boshqaruvi, iqtisodiyot, huquq va kundalik hayot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.

Yunon va Rim falsafachilari halollikni adolat, erkinlik va fuqarolik burchi bilan

uyg‘unlashtirgan holda izohlaganlar.

Sokrat halollikni insonning ichki vijdoni va bilim bilan bog‘liq tushuncha


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

181

sifatida ko‘rib chiqadi. Unga ko‘ra, halollik bilish va aql bilan chambarchas

bog‘liq. Agar inson yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi farqni bilsa, u doimo halol

bo‘lishni tanlaydi. Halollik tug‘ma fazilat emas, balki o‘rganiladigan xulq-atvorligi

sababli inson doimo o‘zini tarbiyalashi kerak, deb hisoblagan

1

.

Platon o‘zining “Davlat” asarida davlat boshqaruvida halollikning ustuvor

bo‘lishi muhimligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, davlat rahbarlari va amaldorlar halol

bo‘lmasa, jamiyat inqirozga yuz tutadi. Uning ta’kidlashicha, halollik faqat

individual xulq-atvor bilan cheklanmaydi, balki davlat boshqaruvining asosiy

tamoyili bo‘lishi kerak

2

.

Aristotelning “Nikomax axloqi” asarida davlat xizmatchilari va fuqarolar

halollik tamoyillariga rioya qilishi kerakligi haqida ko‘plab fikrlar keltirgan. U

shuningdek, halollikni uch asosiy omil orqali tushuntiradi:

1. Shaxsiy fazilat – odamning ichki odobi va axloqiy tamoyillariga bog‘liq.

2. Ijtimoiy mas’uliyat – insonning jamiyat oldidagi burchi.

3. Huquqiy tamoyil – davlat qonunlari orqali mustahkamlanadigan halollik

me’yorlari.

Rim davlatchiligida halollik huquqiy me’yorlar bilan chambarchas bog‘liq

bo‘lgan. Rim huquqida “honestum” (halollik) tushunchasi asosiy axloqiy tamoyil

sifatida qaralgan.

Rim imperatori Mark Avreliy (mil. 121–180) stoik falsafani rivojlantirib,

halollikni davlat boshqaruvining asosi deb bilgan

3

. Stoiklar nazarida halollik –

inson tabiatiga mos bo‘lish va o‘z vazifasini sidqidildan bajarishdir. Mark Avreliy

ta’kidlaganidek, davlat xizmatchisi halol bo‘lishi kerak, chunki xalq faqat shunday

odamga ishonadi.

Sitseron (mil. av. 106–43) Rim huquqshunosligi va siyosiy falsafasida

halollikning ahamiyatini keng yoritgan. Uning fikriga ko‘ra, yaxshi davlat halol

qonunlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Sitseron Rim huquqshunosligida “Ius

1

Xenophon. Memorabilia. – p. 134.

2

Plato. The Republic. – Cambridge University Press, 1997. – p. 210.

3

Transparency International. CPI 2023. – p. 28.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

182

natural” (tabiiy huquq) konsepsiyasini ilgari surgan va unga ko‘ra, qonunlar

insonning tabiiy halolligiga mos bo‘lishi lozim

4

.

Antik davrda halollik ijtimoiy tartibning muhim qismi bo‘lib, uni falsafa,

huquq va siyosat orqali shakllantirishga harakat qilingan. Yunon faylasuflari

halollikni axloqiy va falsafiy jihatdan asoslagan bo‘lsa, Rim huquqshunoslari uni

amaliy qonuniy tizimga aylantirgan. Ushbu qadriyatlar keyinchalik Yevropa

sivilizatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri sifatida rivojlanishda davom etgan.

Sharq falsafasi halollikni insoniy fazilat, axloqiy tamoyil va ijtimoiy

tartibning asosiy qismi sifatida tushuntiradi. Sharq mutafakkirlari halollikni

nafaqat axloqiy burch, balki jamiyatni barqaror tutuvchi omil sifatida ham

ko‘rishgan. Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo mutafakkirlari halollik

tushunchasini o‘z diniy, huquqiy va axloqiy tizimlari orqali rivojlantirishgan.

Xitoy falsafasi, ayniqsa Konfutsiy va Mozi ta’limotlarida, halollik davlat

boshqaruvi va insoniy fazilat sifatida muhim o‘rin egallagan. Konfutsiy (mil. av.

551–479) halollikni jamiyat barqarorligining asosi deb bilgan. Konfutsiy

hukmdorlar uchun “De” (fazilatli boshqaruv) konsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga

ko‘ra, davlatni kuch bilan emas, halollik va axloqiy fazilatlar bilan boshqarish

kerak.

Mozi (mil. av. 470–391) halollikni “universal muhabbat” g‘oyasida (jian ai)

insonlar o‘rtasidagi tenglik va adolat bilan bog‘lagan. Unga ko‘ra, hamma

odamlarga teng munosabatda bo‘lish halollikning asosi ekanligi, halollik hamma

uchun umumiy qonuniyat bo‘lishi lozimligi, aks holda adolatsizlik kuchayishi

ilgari surilgan.

Hind falsafasi halollikni “Dharma” (axloqiy burch) tushunchasi orqali talqin

qiladi. Hinduizm, buddizm va jaynizm halollikni hayotning ajralmas qismi deb

hisoblaydi.

Musulmon olamida halollik huquqiy jihatdan ham mustahkamlangan. Shariat

qonunlariga ko‘ra, firibgarlik, poraxo‘rlik va noqonuniy yo‘l bilan boylik orttirish

4

Justinian. The Institutes of Justinian. – p. 56.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

183

taqiqlangan.

Markaziy Osiyo mutafakkirlari halollikni nafaqat diniy, balki siyosiy va

falsafiy nuqtai nazardan ham o‘rgangan.

Al-Farobiy (872–950) fazilatli jamiyat nazariyasida halollikni jamiyat

barqarorligining asosiy sharti deb bilgan. U halollik davlat boshqaruvining eng

muhim omili ekanini, shuningdek, adolatli hukmdor davlatning ravnaq topishiga

sabab bo‘lishini qayd etgan

5

.

Ahmad Yassaviy (1103–1166) o‘z hikmatlarida halollikni axloqiy

tarbiyaning eng muhim tamoyillaridan biri sifatida targ‘ib qilgan. U halollik va

adolat Allohga yaqinlikni ta’minlashini, halol mehnat esa insonning ruhiy

poklanishiga xizmat qilishini ma’lum qilgan.

Halollik bugungi kunda nafaqat axloqiy tushuncha, balki siyosiy, iqtisodiy va

institutsional muammo sifatida ham tahlil qilinadi. Zamonaviy sotsilogiya va

falsafada bu masalaga John Rawls, Amartya Sen, Max Weber, Douglas North va

Immanuil Kant kabi mutafakkirlar turlicha yondashgan. Ularning g‘oyalari

bugungi kunda davlat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurash va ijtimoiy adolat

nazariyalarida keng qo‘llanilmoqda.

Rawlsning “Adolat nazariyasi” (A Theory of Justice, 1971) halollikni ijtimoiy

adolatning ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, adolatli jamiyatda

barcha fuqarolar halollik tamoyillariga asoslangan hayot kechirishi lozim. Rawls

shaffoflik va davlat hisobdorligini halollikning asosiy elementi deb bilgan

6

.

Amartya Sen halollikni rivojlanish va taraqqiyotning muhim qismi deb

hisoblagan. Uning “Erkinlik va taraqqiyot” (Development as Freedom, 1999)

kitobida halollik qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashning markaziy elementi

sifatida ko‘rsatilgan

7

. Sen fikricha, halollik yo‘qligi jamiyatda tengsizlikni

kuchaytiradi va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi. Davlat boshqaruvida korrupsiya

kuchaygan sari, iqtisodiy imkoniyatlar ham qisqaradi. A.Sen davlat idoralarida

5

Al-Farabi. On the Virtuous City. – p. 142.

6

Rawls J. A Theory of Justice. – p. 152.

7

Sen A. Development as Freedom. – p. 134.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

184

halollik yuqori bo‘lsa, jamiyat ishonchi oshishini ta’kidlaydi. Bunga misol sifatida

u Skandinaviya davlatlarining tajribasini keltirgan.

Max Weberning “Iqtisodiyot va jamiyat” (Economy and Society, 1922) asari

halollikni davlat boshqaruvidagi eng muhim omillardan biri sifatida tahlil

qilingan

8

. Weberga ko‘ra, zamonaviy davlat halol va samarali ishlashi uchun

professional byurokratiya zarur. Byurokratiya shaxsiy manfaatlardan holi bo‘lishi

kerak. Davlat xizmatchilari shaxsiy manfaatlariga emas, balki jamiyat

manfaatlariga xizmat qilishi kerak.

Douglas North iqtisodiy rivojlanishda halollik va institutlarning o‘rni haqida

tadqiqot olib borgan. Uning “Institutlar, institutsional o‘zgarishlar va iqtisodiy

samaradorlik” asarida halollikni jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ko‘rsatilgan

9

.

Northga ko‘ra, Halollik nafaqat individual fazilat, balki institutsional muammo

hamdir. Agar davlat institutlari halollikka asoslangan bo‘lsa, iqtisodiy rivojlanish

tezlashadi. Qonun ustuvorligi va halollik jamiyat farovonligining asosidir. Agar

huquqiy institutlar yaxshi ishlasa, odamlar o‘z mehnatlarining natijasini olishiga

ishonch hosil qiladi.

Immanuil Kant (1724–1804) halollikni axloqiy tamoyillarga asoslangan

holda tushuntirgan eng muhim faylasuflardan biri hisoblanadi. Uning falsafasi

deontologik yondashuv bilan bog‘liq bo‘lib, bu yondashuvga ko‘ra inson o‘z

axloqiy burchini bajarishi lozim, natija esa ikkinchi darajali masala. Kant uchun

halollik shunchaki foydali yoki jamiyat tomonidan talab qilinadigan xulq emas,

balki insonning axloqiy majburiyatidir.

Psixologik yondashuvlar halollikni shaxsiy ong, qaror qabul qilish jarayonlari

va inson motivatsiyasi nuqtayi nazaridan tushuntiradi.

Halollikning psixologik yondashuvlari:

1. Kognitiv yondashuv (J.Piajе, L.Kolberg)

Bu yondashuvga ko‘ra, insonning halollik haqidagi tushunchasi uning aql-

idroki rivojlanishi bilan bog‘liq. Jan Piajе va Laurens Kolberg axloqiy rivojlanish

8

Weber M. Economy and Society. – p. 221.

9

North D. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. – p. 92.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

185

bosqichlarini tahlil qilib, odamlar halollikni turli yosh davrlarida qanday

tushunishini o‘rganishgan.

2. Behavioristik yondashuv (B.Skinner, J.Watson)

Biheviorizm tarafdorlari halollikni insonning tashqi muhit va rag‘batlantirish

tizimi orqali shakllanadigan xatti-harakati sifatida tushuntiradi. Burrhus Skinner va

Jon Watson halollikni mukofot va jazo tamoyili bilan tushuntirgan.

3. Gumanistik yondashuv (A.Maslou, K.Rojers)

Bu yondashuv insonni o‘zini rivojlantirish va kamolotga intilish jarayoni

orqali tushuntiradi. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasiga ko‘ra, asosiy ehtiyojlar

qondirilsa, inson halollikka moyil bo‘ladi. Ijtimoiy qabul qilinish va o‘zini anglash

bosqichida inson halollikni o‘z qadriyatiga aylantiradi

10

. Karl Rojers nazariyasiga

ko‘ra, shaxsning o‘zini anglash darajasi oshgani sari u halollikka ko‘proq moyil

bo‘ladi. Yolg‘on yoki firibgarlik insonning ruhiy holatiga zarar yetkazadi va ichki

ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Agar inson o‘zini hurmat qilsa va o‘zligini anglab

yetsa, halollikka ongli ravishda amal qiladi.

4. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi (A.Bandura)

Bu yondashuvga ko‘ra, halollik inson atrofdagilarni kuzatish va ulardan

o‘rganish orqali shakllanadi. Modellash nazariyasiga ko‘ra, odamlar boshqalarning

halol yoki nohalol xatti-harakatlarini kuzatib, ularga taqlid qiladi. Agar jamiyatda

halollik qadriyatlari targ‘ib qilinsa, insonlar bu me’yorlarga rioya qiladi.

Halollikka oid ijtimoiy kampaniyalar va ta’lim dasturlari ijobiy natija berishi

mumkin

11

.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Xenophon. Memorabilia. – p. 134.

2.

Sh.Sodiqova. Boshqaruv sotsiologiyasi. - Toshkent, “Akademiya” 2020.

3.

Sh.Sodiqova. Yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida

tarbiyalashda keksalarning o‘rni. Risola. Toshkеnt: Yangi asr avlodi, 2016.

10

Maslow A. A Theory of Human Motivation, 1943, p. 370.

11

Bandura A. Social Learning Theory, 1977, p. 150.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

186

4.

Plato. The Republic. – Cambridge University Press, 1997. – p. 210.

5.

Transparency International. CPI 2023. – p. 28.

6.

Justinian. The Institutes of Justinian. – p. 56.

7.

Al-Farabi. On the Virtuous City. – p. 142.

8.

Rawls J. A Theory of Justice. – p. 152.

9.

Sen A. Development as Freedom. – p. 134.

10.

Weber M. Economy and Society. – p. 221.

11.

North D. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. –

p. 92.

12.

Maslow A. A Theory of Human Motivation, 1943, p. 370.