Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
146
ODIL YOQUBOV ROMANLARIDA INSONIY QADRIYATLAR
Jahongir KOMILJONOV
Namangan davlat universiteti, mustaqil izlanuvchi, KIUT, Xorijiy tillar
kafedrasi o‘qituvchi
Annotatsiya. Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Odil Yoqubov
romanlarida aks ettirilgan insoniy qadriyatlar chuqur tahlil qilinadi. Yozuvchi
asarlarida adolat, halollik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, inson sha’ni va or-nomus
kabi yuksak axloqiy g‘oyalarni talqin etgan. Ushbu maqolada aynan shu
qadriyatlarning qahramonlar xarakteri orqali qanday ifodalangani, ularning
hayotiy voqealar fonida qanday namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Shuningdek,
bugungi yosh avlod tarbiyasida Odil Yoqubov ijodining roli yoritiladi va uning
romanlari orqali o‘quvchilarda ma’naviy ongni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Odil Yoqubov, insoniy qadriyatlar, adabiyot, axloqiy tarbiya,
vatanparvarlik, halollik, roman, ma’naviyat, obraz tahlili, yoshlar tarbiyasi.
O. Yoqubov rang-barang adabiy tur va janrlarda ijod qiladi. U hikoya, qissa,
drama va publisistikada tajriba orttirgach, nasrning eng murakkab turi hisoblangan
romanga qoʻl urdi. Uning “Er boshiga ish tushsa” (1969), “Diyonat” (1973),
“Ulugʻbek xazinasi” (1974), “Koʻhna dunyo” (1983), “Oqqushlar, oppoq qushlar”
(1988), “Adolat manzili” (1997), “Osiy banda” (2007) kabi romanlarida turli
davrlarda yashagan turli tabiatli insonlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi,
iztirob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan.
“Er boshiga ish tushsa” romani – O. Yoqubov ijodidagi dastlabki yirik asar.
Adib asarda ikkinchi jahon urushi davrida front ortidagi oʻzbek qishloqlarida
Mashrab, Qoʻchqor, Gulchehra, Muyassar, Barno, Ertoev kabi qator obrazlar bilan
yuz bergan voqealarni hayotiy va badiiy mantiqqa muvofiq tasvirlagan. Urushga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
147
yaraydigan erkaklarning hammasi jangda boʻlganidan front ortidagi eng ogʻir
yumushlar xotin-qizlar va oʻsmirlar zimmasida qolgani, ularning tinim bilmay
ogʻir mehnat qilishiga qaramay, oʻsha kunlarda ham, oʻziga yarasha quvonchli,
yorugʻ damlarni boshidan kechirgani asarda ta’sirli ifoda etilgan. Dunyo boʻylab
urush borayotgani, har kuni minglab odamlar oʻldirilayotgani, front ortidagi hayot
jangdagidan battaroq ekani, dushman ustidan qozoniladigan gʻalaba odamning
qadru qiymati va hatto jonidan ham ortiq hisoblanishiga qaramay, asar
qahramonlari boʻlgan oʻspirinlar uchun bu kunlar qaytarilmas va eslaganda
entiktiradigan davr hisoblanadi. Romanda qahramonlarning xatolari, azoblari,
quvonchlari, rohatlari, shumligu shoʻxliklari aks ettirilgan. Xullas, kechirilgan
toʻlaqonli hayotning tasviri kitobxonni oʻziga rom etadi.
Asar bosh qahramonlaridan biri – shoirtabiat yigit Mashrab qoʻshni qiz
Muyassarga oshiq. Ammo qizning oʻziga munosabati qandayligini bilmaydi.
Asarda yigitchaning shaftoli terayotgan Muyassar bilan Gulchehra oʻzlari haqida
gaplashganlarini eshitgandagi holati: “
Nazarimda, togʻlar ortidan koʻtarilgan
oftob u yoqda qolib, oʻz koʻkragidan boshqa bir oftob chiqqanday, bu oftob butun
olamni yashnatib yuborganday, bogʻlarga koʻmilgan katta qishloq pastdagi soylik,
toʻgʻon boʻyidagi laylak uya qoʻygan oq teraklar, suvga salom berib oʻsgan
majnuntollar
–
hammasi toʻsatdan boʻlakcha bir joziba kashf etganday boʻldi
”
tarzida ifodalanadi. O. Yoqubov roman qahramonlarini “yoʻrigʻiga” yuritmaydi,
ularni oʻz holiga qoʻyadi. Aytaylik, handalak oʻgʻirlab, qoʻlga tushgan
Mashrablarning bu qiligʻi kimlargadir bolalik shoʻxligi tuyulsa, qay birovlarga atay
qilingan dushmanlik boʻlib koʻrinadi. Muallif oʻz qarashini oʻtkazishga urinmaydi.
Yigitlarning qizlar, ota-onalari, xoʻjalik rahbarlari bilan munosabatlarida ham shu
tabiiylik saqlanadi.
Asarda Komilning yarador boʻlgach, urushdan qishloqqa qaytishi va muayyan
lavozimga ega boʻlgach, zulmu zoʻravonlik iskanjasidagi qahramonlar hayotiga
erkin ruh olib kirishi ishonarli koʻrsatiladi. Sofdil, samimiy, sodda bu yigit, avvalo,
Mashrablarni balo-qazolardan asrashga urinadi. Qolaversa, koʻpchilikka zugʻum
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
148
oʻtkazayotganlarga qarshi kurashishga bosh qoʻshgani tasviri har qanday sharoitda
ham yaxshi odamlar boʻlishiga kishida ishonch uygʻotadi. Mashrabga tengdosh
yigitlarning Komil boshchiligida qoʻshni qozoq qishloqlaridan urugʻlik olib kelish
yoʻlidagi qiyinchiliklari, mashaqqatlari, ularning beozor shoʻxliklari juda tabiiy va
yuqumli tasvirlangan. Romanda chinakam erkak boshiga ish tushganda, juda tez
yetilib, koʻpchilikning koriga yaraydigan kishiga aylanishi mumkinligi shoʻx va
qaytmas oʻspirinlar taqdiri tasviri misolida yaqqol koʻrsatiladi.
Odil Yoqubovning mashhur asarlaridan biri “Diyonat” romanidir. Romanda
muallif XX
asrning 70-yillarida
shoʻrolar mamlakatida ildiz otgan
koʻzboʻyamachilik, sun’iylik, zoʻravonlik singari illatlarning insonlar taqdirida
qoldirgan izlarini tasvir etgan. Adib asarda jamiyat uchun “katta ishlar qildim”
degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olib, qonunlarni ham, odamiylikni
ham oyoqosti qilishdan toymaydigan rahbar obrazini yaratish, uning parvozi va
inqirozi asnosida tuygʻularini koʻrsatishni maqsad qilib qoʻyadi.
Ma’lumki, ijtimoiy mavzularni tasvirlashga majbur boʻlgan shoʻro davri
oʻzbek adabiyotida XX asrning 50-60-yillarida ham oʻzboshimcha rahbar xodimlar
obrazi koʻp yaratilgan. Ularning koʻpchiligi nuqul salbiy xususiyatlar
qorishmasidan iborat tarzda biryoqlama koʻrsatilardi. O. Yoqubov bu yoʻldan
bormadi. Romanda Otaqoʻzi murakkab tabiatli, kuchli va ojiz tomonlari bor tirik
odam tarzida tasvirlangan. Otaqoʻzining fikrlari sogʻlom, bilim doirasi keng, ishlab
charchamaydi, katta tashkilotchilik qobiliyatiga ham ega. Erta-yu kech xoʻjalik ishi
bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh-urugʻlar taqdirini ham
oʻylaydi. Boshda u dilkash, tanti odam sifatida koʻrinadi. Ammo u oʻzi ham
bilmagan va xohlamagan holda, bora-bora oʻjar, magʻrur, oʻzboshimcha,
shafqatsiz, toshbagʻir kimsaga aylana boradi. Oʻz manfaatlariga zid kelib qolsa,
haqiqatning yuziga oyoq qoʻyish, boshqalarni oyoq uchida koʻrsatish, qanday
yoʻllar bilan boʻlsada, obroʻ-e’tibor orttirish yoʻliga oʻta boshlaydi. Oʻgʻlining
natijalari hali amaliyotda tasdiqlanmagan dissertasiyasini himoya qildirishga jon-
jahdi bilan intiladi. Oʻgʻli mashinasida odam bostirganida ham uning aybini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
149
yopishga urinadi. Asarda Otaqoʻzi tomonidan oʻtkazilgan zugʻumlar,
oʻzboshimchaliklarning natijasi ham ishonarli koʻrsatilgan. Hayot uddaburon va
zoʻravon Otaqoʻzi boshiga ham chigal savdolar soladi. Har qanday mushkulotni
hal qilaman deb oʻylaydigan Otaqoʻzi oʻzi va yaqinlari hayotiga yorugʻlik kirita
olmay, iztirob chekadi, qiynaladi.
Yozuvchi Otaqoʻzi timsolini yaratishda me’yorni saqlaydi, uning tabiatidagi
insoniy xususiyatlarni ham koʻrsatishga erishadi. Otaqoʻzining domla vafot
etgandan keyingi holatlari, fikr-oʻylari ayniqsa, tabiiy va hayajonli: “
Ilgarilari
oʻksitganing
yetmaganidek,
umrining
eng
soʻnggi
daqiqalarigacha,
byetgachoparlik qilmadingmi bu halol va hokisor odamga? Soxta obroʻ, yuksak
lavozim va oʻtkinchi shon-shuhratni deb, uning yaxshi niyatlarini rad etib, yaxshi
gaplarini oyoqosti qilmadingmi? Hatto peshonang devorga tekkanda ham oʻz
obroʻ-e’tiboring uchun olishayotganing yoʻqmi? Bas! Boʻldi! Loaqal endi, bu
maqaddas qabr tepasida munofiqlik qilma, loaqal endi, hayotning rahmsiz hukmi
oldida halollikni, diyonatni oʻyla, Otaqoʻzi!
”
“
Otaqoʻzilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha koʻrsatish uchun unga
qarshi turadigan ...katta shaxs zarur edi, –
deydi yozuvchi
. –
Baxtimga men
hayotda faqat Otaqoʻzi kabi... kimsalarni emas Normurod Shomurodovga
oʻxshagan pok, halol insofli, diyonatli insonlarni ham uchratgandim
”. Bu hol
yozuvchiga kalondimogʻ Otaqoʻzi bilan barobar Normurod domla hayotini ham
mahorat bilan ochish imkonini beradi.
Domla shonli hayot yoʻlini bosib oʻtgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga
koʻp kulfatlar, ogʻir sinovlar solgan. U – bor kuchini, umrini fanga bagʻishlab,
evaziga hech narsa talab va ta’ma yetmaydigan shaxs. Normurod domla roman
mohiyatni aks ettirgan diyonatning timsolidir. U e’tiqod, hallolik, adolat yoʻlida
hech kimni, shu jumladan oʻzini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u bir umr
tuban kimsalar bilan olishishga majbur boʻladi. Bu olishuvlar Normurod domla
dilini vayron etadi. Domlada diyonat, adolat, e’tiqod yoʻlidagi qat’iylik, chuqur
insonparvarlik, mehr, hamdardlik tuygʻulari bilan yoʻgʻrilib ketgani uchun ham
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
150
undagi oʻjarlik, qat’iylik joziba kasb etadi.
Asarda ilm yoʻlidagi halolligi tufayli fandagi korchalonlar tomonidan chetga
surilib tashlangan Normurod Shomurodovning shaxsiy va ijtimoiy fojiasi ham
yorqin aks ettirilgan. U – oʻz sohasining yetuk mutaxassisi, bilimdon professor.
Ammo shaxsiy hayoti fojiali: yolgʻiz oʻgʻli jangda halok boʻlgan, fanda tengsiz
boʻlishiga qaramay, tarafkash chalamullalar tomonidan siqib qoʻyilgan. Bu azoblar
uning oʻzidan ham koʻra diyonatli, mushfiq-mehribon ayoliga zarba boʻlib tushadi
va uning oʻlimini tezlatadi. Tamomila yolgʻizlanib, shaharga sigʻmay qolgan
domla yiqqan kitoblarini olib, qishlogʻiga qaytishga majbur. Qishloqda esa unga
yaqin birgina kishi rais Otaqoʻzi.
Normurod Shomurodov tabiatan halol va toʻgʻrisoʻz. Agar ilmiy jihatdan etuk
boʻlmasa, oʻz shogirdlariga ham yordam bermaydi. Buni domlaning oʻz jiyani
Otaqoʻziga qarata: “
Nega endi men... qarigan chogʻimda... sening oʻgʻlingni deb,
vijdonimga qarshi ish tutar ekanman
”, – deganida yaqqol koʻrish mumkin boʻladi.
U Otaqoʻzining qishloqdagi boshqa nojoiz ishlariga, jumladan, chorvachilik
kompleksi qurish uchun Mingbuloqning goʻzal tabiatiga zarar yetkazishiga ham
qarshi chiqadi. Otaqoʻzi tomonidan unga berilgan uy boshqa bir oilaning haqi
ekanini eshitib, bu uyda turmay, kutubxonasini maktabga koʻchiradi. Bularning
hammasi togʻa va jiyan oʻrtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Bu esa
domlaning salomatligini emirib boradi.
Muallif Normurod domla obraziga xos yetakchi fazilatlar: diyonat, halollik,
e’tiqodning jozibasini, ta’sir kuchini, qudratini ham koʻrsatgan. Bir qarashda,
domla musibatlar girdobida qolgan shaxs. Ayni paytda, kitobxon bu odam
ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi. Bu adolatparvar, diyonatli odam
qarshisida har qanday nopok shaxs dovdirib qoladi.
Romanda inson diyonat va xiyonat oraligʻida umr kechirishi, agar imonga
darz ketsa, kishi xiyonat tomon ogʻib ketishi hech gap emasligi Otaqoʻzi taqdiri
misolida koʻrsatib berilgan boʻlsa, halol odamlar duch kelishi mumkin boʻlgan
qiyinchiliklar Normurod Shomurodov siymosida haqqoniy aks ettirilgan.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
151
Odil Yoqubov XX asr oʻzbek adabiyotida, xususan, oʻzbek nasrida burilish
yasagan,
oʻziga
xos
davr
yaratgan
soʻz
san’atkoridir.
Oʻzbek
adabiyotshunoslarining koʻrsatishlaricha, Odil Yoqubov asarlarining oʻzgachaligi
ulardagi shakliy izlanishlarning originalligidan ham koʻra mazmunning teranligi,
ularda aks etgan inson obrazining sof milliy tabiatga egaligi, tasvir tarzining
oʻzgacha ekanida namoyon boʻladi. Bu jihatlar adib asarlarini oʻqigan kishilarda
ezgulikka muhabbat, yuksak ma’naviy xususiyatlarga intilish, xalqimizga azaldan
xos boʻlgan axloqiy sifatlarga mehr uygʻotadi. Ayni shuning uchun ham
umumta’lim maktablarida Odil Yoqubovning asarlariga kengroq oʻrin berish
kerak. Negaki, uning ham badiiyati yuksak, ham mazmuni teran asarlari bilan
ertaroq tanishuv umumta’lim maktablari oʻquvchilarida ezgu insoniy sifatlarning
ertaroq va mustahkamroq qaror topishiga olib keladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
Yo‘ldoshev Q. Adabiy saboqlar 8 (8-sinf “Adabiyot” darsligi uchun
metodik qo‘llanma). –T.: “Sharq”, 2004.
2.
Yo‘ldoshev Q. Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiy saboqlar 9 (9-
sinf “Adabiyot” darsligi uchun metodik qo‘llanma). –T.: “Yangiyo‘l
Poligraph service”, 2006.
3.
To‘xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (majmua). Akademik
litseylarning birinchi bosqich o‘quvchilari uchun. –T.: Cho‘lpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.
4.
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (majmua).
Akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun. –T.: Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.
5.
To‘xliyev B., Shermurodov T., Isayeva Sh. Adabiyot (majmua).
Akademik litseylarning uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun. –T.: Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.
6.
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili.
Adabiyot. O‘zbek tili (5-9-sinflar). –Yangiyo‘l: “Yangiyo‘l poligraf
service”, 2010.