Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
242
TALABALARDA MILLIY IFTIXOR TUYG’USINI RIVOJLANTIRISH
YO‘NALISHLARI
Sharopov Dilshod Shirinboy o‘g‘li –
BuxDPI “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” fakulteti II bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy
iftixor tuyg‘usini rivojlantirish muammo sifatida qaralib, uning yo‘nalishlari tahlil
qilingan. Shuningdek, ushbu maqolada talabalarda milliy iftixor tuyg’usini
rivojlantirishning asosiy vazifalari, asosiy omillari aniqlashtirilgan hamda ilmiy-
pedagogik jihatdan tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, milliy iftixor, ta’lim-tarbiya, islohot, rivojlanish,
harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sport o‘yinlari, milliy g‘urur,
Vatanga sadoqat.
Абстрактный: В статье рассматривается проблема развития
чувства национальной гордости у студентов высших учебных заведений и
анализируются ее направления. В статье также раскрываются основные
задачи и ключевые факторы развития чувства национальной гордости у
студентов, дается их анализ с научно-педагогической точки зрения.
Ключевые слова: высшее образование, национальная гордость,
образование, реформа, развитие, военный патриотизм, духовно-
просветительская работа, спортивные игры, национальная гордость,
верность Родине.
Abstract: This article considers the development of a sense of national pride
in students of higher educational institutions as a problem and analyzes its
directions. Also, this article clarifies the main tasks and main factors of developing
a sense of national pride in students and analyzes them from a scientific and
pedagogical perspective.
Keywords: higher education, national pride, education, reform, development,
military patriotism, spiritual and educational work, sports games, national pride,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
243
loyalty to the Motherland.
Xalqimizning boy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida talabalarda
milliy iftixor tuyg’usini rivojlantirish borasida muhim islohotlar amalga oshirib
kelinayotgani hech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev takidlaganidek, “Meni doimo o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan
yana bir dolzarb masala bu – yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy
saviyasi, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasi bilan bog‘liq. Biz bu yo‘nalishda katta
ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yanada kuchaytirish
uchun bir qator masalalarga jiddiy e’tibor berishimiz zarur” [1, 257]. Bu yoshlarni
yanada shijoatli, mard va jasur, milliy g‘ururi yetuk, ma’naviy salohiyatli,
jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlarida yoshlarda milliy
iftixor tuyg‘usini tarbiyalashning bir qator dolzarb vazifalari belgilab berilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-
ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasi” da
konsepsiyani amalga oshirish ishlari uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan
hamda quyidagi masalalarga:
buyuk tariximiz, ulug‘ alloma va mutafakkirlarimiz, milliy urf-odat, an’ana
va qadriyatlarning mohiyatini, ajdodlar boy merosining hayotimizdagi o‘rni va
ahamiyatini chuqur tushuntirishga;
qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, milliy o‘zlikni anglash va
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga;
Vatan himoyasi muqaddas va harbiylik sharafli kasb ekanligi, jonajon yurti
istiqboli va ravnaqi uchun kerakli mutaxassislikni tanlash zarurligiga;
yorqin misollar, adabiy asarlar, kino va teatr spektakllardagi qahramonlar
orqali ular qalbida harbiy kasbga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
244
kuchaytirishga;
harbiy tartib-intizom, odob-axloq, qat’iy ijrochilik, javobgarlik va mas’uliyat
tushunchalarini singdirishga;
yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va qat’iy e’tiqodni, milliy o‘zlik va muqaddas
dinimizdagi yuksak axloqiy mezonlar orqali ularda turli ko‘rinishdagi yot
g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga;
talabalarning turli fan yo‘nalishlari, chet tillari va axborot texnologiyalari, shu
jumladan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini
mustahkamlashga;
ta’lim muassasasida va sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tkaziladigan
«Temurbekning izdoshlari», «O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur» kabi tanlov va
sport musobaqalarida faol ishtirok etishiga asosiy e’tibor qaratiladi.
Har qanday og‘ir va murakkab vaziyatda Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek
asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim
tushunchalarni, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat, shuningdek,
milliy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab
singdirib borish orqali vatanparvar, sadoqatli hamda shijoatli yoshlarni kamol
toptirish Konsepsiyaning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Shu o‘rinda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini
himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim
darajada olib borilmayatganligini inobaga olib, sportning texnik va amaliy turlarini
rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, xususan:
sportning mazkur turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puxta tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
sport kadrlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning
samarali tizimi joriy etilmagan;
terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar o‘tkazish uchun sport
infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;
aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
245
ommalashtirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayatganligi ta’kidlanib o‘tildi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan,
ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur
kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada
jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi:
-
ma’ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;
-
boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan,
madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan
shaxslar bilan uchrashuvlar;
-
ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan
mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;
-
to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;
-
jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish;
-
teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy
asarlar, askar qo‘shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron
o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
-
urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar qatnashchilari, davlat va
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
-
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o‘tkazish va
ekskursiyalar uyushtirish.
Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli
burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va
qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan
dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Talabalarda milliy iftixor tuyg’usini rivojlantirish quyidagi pedagogik-
psixologik omillar orqali amalga oshiriladi:
- auditoriya va auditoriyadan tashqari harbiy mashg‘ulotlar jarayonida
fanlarning maqsadli bog‘liqligi;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
246
- Vatan tarixi va buguni haqida suhbat hamda munozaralar tashkil etish;
- tarbiyaviy ishlar: milliy qahramonlar va davlat arboblari Jaloliddin
Manguberdi, Amir Temur va shu kabilar) faoliyatiga bag‘ishlangan kechalar
uyushtirish;
- harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyotini amalga
oshirish;
- habiy sohadagi bellashuvlar va sport musobaqalarini tashkil etish;
- harbiy va sport to‘garaklarida tayyorlagan mashqlarni ko‘rsatish va shu
kabilar.
Talabalarda milliy iftixor tuyg’usini rivojlantiruvchi omillarini quyidagi
rasmda ko‘rishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm. Talabalarda milliy iftixor tuyg’usini rivojlantirish omillari.
Milliy iftixor tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o‘z yo‘lidan
rivojlanayotgan Vatanimiz uchun, g‘urur, Qurolli Kuchlarga nisbatan muhabbat,
jangovar va mehnat urf - odtlarimizga sadoqat, harbiy mehnatga hurmat hissini har
taraflama rivojlantirish, ozodlik va mustaqilligimizni, qo‘limizdagi qurol bilan
TALABALARDA MILLIY IFTIXOR TUYG’USINI RIVOJLANTIRISH
OMILLARI
Milliy ma’naviy
dunyoqarash
Samarali omillar
Milliy g‘urur tuyg‘usini
rivojlantirish omillari
Harbiy to‘garaklar
Shaxsiy omllar
Ob‘yektiv omillar
Tadbirlar
Sub’yektiv omillar
Harbiy va jismoniy
omillar
Musobaqalar
Texnik omillar
E’tiqod, ishonch,
iroda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
247
muhofaza qilishga doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z fuqarolik burchini ado
etishdir. Vatanga sadoqat tarbiyasi yoshlarda harbiy xizmatga qiziqishni
rivojlantirish, harbiy kasblarni egalash, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari safida xizmatga tayyorlashga yordam berishni ko‘zda tutadi.
Milliy iftixor tarbiyasining maqsadi Vatanni himoya qilish uchun tayyorlikni
ta’minlaydigan fikr, ishonchini, dunyoqarashni shakllantirish, unga bor kuchni,
kerak bo‘lsa hayotini ham berish, shuningdek, bo‘lajak jangchilarning ma’naviy –
ruhiy, axloqiy – intizomiy, jangovar xislatlarini tarbiyalashdan iborat.
Oliy
ta’lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg’usini
rivojlantirishning asosiy vazifalarini aniq bilishlari kerak, bular:
1.
Talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va fuqarolik tarbiyasi sohasida
davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.
2.
Yosh avlodda milliy iftixor, Vatanga xiz mat qilishga tayyorlik va
uning qurolli mudofaa tuyg‘ularini yuksaltirish.
3.
Vatan va ona yurt tarixi va madaniyatini o‘rganish.
4.
Vatan himoyachilari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha tadbirlarni
tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etish.
5.
O‘zbekiston armiyasining eng yaxshi an‘analarini o'tkazish va
rivojlantirish.
6.
Yoshlar o‘rtasida siyosiy va diniy ekstremizm ko‘rinishlariga qarshi
kurashish.
7.
Talabalarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish.
8.
Talabalarni harbiy xizmatga tayyorlashda ishtirok etish.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg’usini rivojlantirish
ularda yuksak vatanparvarlik ongini, o‘z Vataniga sadoqat tuyg‘usini, Vatan
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy
majburiyatlarini bajarishga tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan tizimli va
maqsadli faoliyatdir. Insonning yoshlik davridagi eng muhim yutug‘i – o‘ziga
ishonish, bilgan va qila oladigan narsasiga ishonish, o‘zini o‘zi qadrlashdir. Bu
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
248
fazilatlar vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida turli vositalar va usullar orqali
shakllanishi kerak. Qahramonlar kurashi, eng yaxshi Vatan o‘g‘lonlarining
jasoratlari vatanparvarlik tarbiyasining asosiga aylanishi kerak. Qahramon
shaxslar haqida gapirganda, ularning axloqiy tamoyillari va harakatlarining
motivlarini ta’kidlash kerak, chunki bu bolaning ruhiga ta’sir qilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent:
O‘zbekiston. 2021. – B 257.
2.
Ismoilova Z.K. Milliy g‘oya va ma’naviy – axloqiy tarbiya. O‘quv
qo‘llanma. – T., Moliya, 2007. - 71 b.
3.
Olimov Sh.Sh. “Ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari”- T.: “Fan va
texnologiya” nashriyoti, 2015 y. -228 b.
4.
Ro‘zieva D.I. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida vatanparvarlik
tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Dis. ... ped.fan.dok.-T.,
2007.-328 b.