Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
178
DAVLAT ULUSHIGA EGA BO‘LGAN YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR
MA’MURCHILIGI 2024-YIL TAHLILI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mustaqil izlanuvchi
Erkaboev Nuriddin Axmadjonovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatda soliq sohalarida tadbirkorlik
faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes doiralarning
ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni
takomillashtirishda hududlararo soliq inspeksiyasini o‘rni va ahamiyati
yoritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston soliq tizimida Davlat ulushiga ega bo‘lgan
amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar o‘rganilib, xorij tajribasi,
mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar: soliq siyosati, soliq tushumlari, tahlika-tahlil, xavflar,
samaradorlik, raqamli platforma, usullar va vositalar, hududlararo soliq
inspeksiyasi, tahlil, optimallashtirish, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi.
Kirish.
So‘nggi yillarda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston soliq tizimida
muhim islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar ko‘pincha iqtisodiy o‘sishni
ta’minlaydigan, investitsiyalarni rag‘batlantiradigan va davlat funksiyalari uchun
yetarli daromad yig‘ilishini ta’minlaydigan yanada samarali, shaffof va adolatli
soliq tuzilmasini yaratish zarurati bilan bog‘liq. Soliq tizimidagi islohotlar
mamlakatning iqtisodiy manzarasini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, jahon amaliyotida yirik soliq to‘lovchilarning soliq
ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda. Xususan, yirik soliq to‘lovchilar faoliyati samaradorligini baholash
ko‘rsatkichlarini aniqlash, yirik soliq to‘lovchilarga audit va soliq nazoratini
qo‘llab-quvvatlash majburiyatini to‘liq bajarish, nazorat funksiyalarini tarmoqlar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
179
bo‘yicha tuzilmalash, qoidalarga birgalikda rioya etish tamoyilini amalga oshirish,
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashni to‘xtatishning samarali mexanizmini ishlab
chiqish masalalarining dolzarbligi ularning yetarlicha nazariy va normativ jihatdan
o‘rganilmaganligi va zamonaviy iqtisodiy sharoitda yuqori amaliy ahamiyati bu
boradagi tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Yirik soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlari ustidan maxsus nazorat
o‘rnatilgan bo‘lib, faoliati muntazam ravishda tahlil qilinadi. Soliq to‘lovlarining
o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlanlaydi. Soliq ma’murchiligi
jarayonlarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish maqsadida elektrona hisobot
tizimlari v avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmov joriy etilgan. Davlat ulushiga
ega bo‘lgan ayrim korxonalarga maxsus soliq imtiyozlari v va preferensiyalar
taqdim etilishi mumkin.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq nazorati tadbirlari natijalari:
2024-yilning 12 oyi davomida 771 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlari
o‘tkazilib (o‘tgan yil mos davrida 327 ta 2 724,5 mlrd.so‘m), 3386,4 mlrd.so‘m
qo‘shimcha soliqlar hisoblangan. Shuningdek, dekabr oyida 101 ta subyektda
kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib (o‘tgan yil mos davrida 20 ta 17,9
mlrd.so‘m), 131,6 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliqlar hisoblangan. 2024-yilning 12
oyi davomida 119 ta subyektda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib (o‘tgan yil mos
davrida 39 ta), natijada 2304,6 mlrd.so‘mlik tovar moddiy boyliklar tafovuti
aniqlangan. Sayyor soliq tekshiruvi natijasida 513,1 mlrd.so‘m soliq va moliyaviy
jarimalar hisoblangan. Bundan tashqari, dekabr oyida 8 ta subyektda sayyor soliq
tekshiruvi o‘tkazilgan (o‘tgan yil mos davrida 3 ta), natijada 3,8 mlrd.so‘mlik
mahsulotlar kamomadi aniqlangan. 2024-yilning 12 oyi davomida 195 ta soliq
auditi va jinoyat ishlari bo`yicha taftish tadbirlari tashkil etilib (o‘tgan yil mos
davrida 217 ta 1051,7 mlrd.so‘m), 1004,5 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq
hisoblangan. Jumladan, dekabr oyida 12 ta soliq auditi tadbirlari tashkil etilib
(o‘tgan yil mos davrida 32 ta 59,2 mlrd.so‘m), 130,7 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq
hisoblangan.
O‘ta yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq nazorati tadbirlari natijalari:
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
180
2024-yil davomida 59 ta subyektda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib
(o‘tgan yil mos davrida 70 ta 1581,6 mlrd.so‘m - asosiy qismi “O‘ZTRANSGAZ”
hamda “OKMK” hissasiga to‘g‘ri keladi), 359,7 mlrd.so‘mlik soliq hisobotlariga
tuzatishlar kiritish haqida talabnomalar yuborilgan. Jumladan, dekabr oyida 6 ta
subyektda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilib 75,7 mlrd.so‘mlik soliq
hisobotlariga tuzatishlar kiritish haqida talabnomalar yuborilgan. 2024-yilning 12
oyi davomida 9 ta subyektda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib (o‘tgan yil mos
davrida 7 ta), natijada 54,1 mlrd.so‘mlik mahsulotlar kamomadi aniqlangan.
Sayyor soliq tekshiruvi natijasida 17,4 mlrd.so‘m soliq va moliyaviy jarimalar
hisoblangan. Joriy yilning dekabr oyida o‘ta yirik soliq to‘lovchilarda sayyor soliq
tekshiruvi o‘tkazilmagan va mahsulotlar kamomadi va ortiqchaligi holatlari
aniqlanmagan. 2024-yil 12 oy davomida 59 ta soliq auditi tadbirlari tashkil etilib
(o‘tgan yil mos davrida 71 ta 621,8 mlrd.so‘m), 2249,9 mlrd.so‘m qo‘shimcha
soliq hisoblangan. Shunigdek, dekabr oyida 8 ta soliq auditi tadbirlari tashkil etilib
(o‘tgan yil mos davrida 9 ta 32,2 mlrd.so‘m), 1 830,5 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq
hisoblangan.
Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish borasida yirik soliq to‘lovchilar
toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarni aniqlash mezonlari qayta ko‘rib chiqilib,
Adliya vazirligida 2024-yil 1-iyulda 3172-3-son bilan ro‘yxatga olindi hamda DSQ
buyruqlari bilan jami 957 ta (shundan 60 tasi elektron tijorat asosida faoliyatini
amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari hamda holati nofaol (yakuniy va
bankrotlik asosida tugatilgan va boshqa korxona tarkibiga qo‘shilganlar)
bo‘lganlar 56 ta) yirik soliq to‘lovchilar tarkibi qayta tasdiqlandi. Mazkur yirik
soliq to‘lovchilarning 691 nafariga Yirik soliq to‘lovchilarga ximat ko‘rsatish
bo‘limi tomonidan kuratorlik asosida xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Bo‘limga 2024-yilning yakuni bo‘yicha jami 13 966,1 mlrd.so‘m soliq
tushumlari rejasi tasdiqlangan bo‘lib, 13 225,0 mlrd.so‘mga yoki 95 foizga
bajarilishi ta’minlandi. Bundan tashqari, yanvar-dekabr oylarida belgilangan
prognoz ijrosini ta’minlash maqsadida yirik soliq to‘lovchilarga biriktirilgan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
181
mas’ul hodimlar tomonidan korxonalar bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga
oshirildi.
Bo‘lim tomonidan budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish hamda yirik
soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bazasini kengaytirish maqsadida
korxonalar soliq hisobotlari muntazam ravishda tahlil qilinib, 2024-yilning IV
choragi davomida o‘tkazilgan tahlillar natijasida 285,6 mlrd.so‘mga qayta
hisobotlar olinib, mablag‘lar to‘liq undirilishiga erishildi.
Xususan, oktabr-dekabr oylarida, dastlabki tahlil natijalariga asosan yirik
soliq to‘lovchilardan 150,5 mlrd.so‘m soliqlar qo‘shimcha aniqlanib, bartaraf
etilishi yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etilishi yuzasidan xabarnomalar
jo‘natildi. Shu bilan bir qatorda joriy yilning IV choragida Soliq qoʻmitasining
tegishli xodimlari bilan hamkorlikda davlat ulushi mavjud boʻlgan 53 ta yirik soliq
toʻlovchi korxonalarning 2023-yil yakuni boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizi
miqdorida ajratma va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi hamda
budjetga undirilishi yuzasidan moliyaviy va foyda soligʻi hisobotlari tahlil qilinib,
ushbu korxonalarga 10-iyun kuni xabarnomalar yuborildi. Mazkur yo‘nalishda
tashkil etilgan ishlar natijasida hozirgi kunga qadar 3 187 358 mln.so‘m budjetga
undirilishi ta’minlandi.
Yirik soliq to‘lovchi korxonalarga biriktirilgan mas’ul kuratorlar tomonidan
korxonalar faoliyatida soliq masalalarida yuzaga kelayotgan muammolarni hal
qilish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida gruppalar ochilib, zarur
ma’lumotlarni o‘zaro tezkor almashish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, soliq
to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
Elektron hujjat almashish axborot tizimi orqali 2024-yil IV choragida
korxonalarning 4 078 ta murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar tegishliligi
boʻyicha oʻrganilib, har bir korxonaga javob xatlari yuborildi. Telegram, EDO
tizimi orqali dekabr oyi davomida korxonalarda mavjud 405 dan ziyod muammolar
bartaraf qilindi. Shuningdek, oktabr-dekabr oylarida 310 tadan ortiq korxonaning
tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilishi boʻyicha savol hamda murojaatlari
oʻrganilib, kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
182
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi “Soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4389-sonli qarori hamda “YST ma’murchiligi” axborot tizimini
ishlab chiqish va sinov tariqasida amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi Soliq
qo‘mitasining 2024-yil 25-sentabrdagi 302-son buyrug‘lari bilan 2024-yilning 1-
oktabridan bo‘limning faoliyati samaradorligi KPI baxolash tizimi orqali amalga
oshirish amaliyoti joriy etildi. Mazkur ATga jami 28 nafar soliq xodimlari
biriktirilgan bo‘lib, ushbu xodimlarning faoliyati 26 ta mezonlar bo‘yicha
belgilanadigan 100 balli samaradorlik ko‘rsatkichi orqali baholanib ushbu ball
tizimi orqali rag‘batlantirilmoqda. AT orqali 2024-yil IV choragida bo‘lim
erishgan o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 72 ballni (yaxshi) shundan, oktabr
oyida 71 ballni, noyabr oyida 70 ballni, dekabr oyida 74 ballni tashkil etdi. AT
mezonlari va ma’murchilik bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bartarafi natijasida
2024-yilning oktabr-dekabr oylarida bo‘lim xodimlari tomonidan byudjetga jami
2 929,7 mlrd. so‘m (ixtiyoriy taqdim etilgan qayta hisobotlar bilan) soliqlar
qo‘shimcha hisoblanishida bevosita o‘z hissasini qo‘shdi.
Xulosa va takliflar.
Soliq ma’murchiligi samaradorligini yaxshilash hamda yangicha yondashuv
mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan quyidagilar taklif etiladi.
Davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan 2023 yil yakuni bo‘yicha
to‘lanishi lozim bo‘lgan 5,9 trln so‘m dividendning joriy yil 1 avgust holatiga
undirilmasdan qolgan 3 trln so‘mini byudjetga to‘liq to‘lanishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, 2023 yil yakuni bilan davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat
banklarining ustav jamg‘armasini oshirish uchun qoldirilgan 3,1 trln so‘mlik
dividend to‘lovlari byudjet daromadlari va xarajatlarida aks ettiriladi. Ma’lumot
uchun: 2022-2023-yillarda davlat ulushi bor bo‘lgan banklar sof foydasi
5,6 trln so‘mni tashkil etib, shundan 3,9 trln.so‘m dividend to‘lashi lozim bo‘lgan
mablag‘lardan 243 mlrd.so‘mi byudjetga to‘langan hamda 581 mlrd.so‘mi ustav
jamg‘armasiga yo‘naltirilgan. Joriy yil 1 avgust holatiga taqsimlanmagan
mablag‘lar 3,1 trln so‘mni tashkil etmoqda.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
183
Korrupsion holatlar hamda malakali kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish va
xizmat vazifasini sidqidildan bajaradigan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida
yirik soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladigan soliq nazorati tadbirlari natijasida
qo‘shimcha undirilgan soliqlarga hisoblangan jarima va penya summasining
40 foizini soliq organlarining maxsus jamg‘armasiga o‘tkazish taklif etiladi.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari.