Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
139
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I BO‘YICHA HOSIL BO‘LGAN SALBIY
FARQNI QOPLASHGA OID XORIJ TAJRIBALARI TAHLILI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mustaqil izlanuvchi
Erkayev Nodir Xudayberdiyevich
Annotatsiya: Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish
ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan
qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada qo‘shilgan
qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi
ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining
shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari
qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan
o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar
shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq, budjet
siyosati, budjet, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki,
soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari.
Kirish:
Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy
tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan iqtisodiyot
sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS ma’muriyati sohasida
o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasini qoplashning barcha
korxonalarga joriy etilishi o‘z navbatida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun
xam katta rol o‘ynaydi. Sababi qo‘shilgan qiymat solig‘ini butun dunyo bo‘ylab 137
ta davlat qo‘llaydi. Xususan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yevropa davlatlari va
boshqa ko‘plab davlatlarning soliq siyosatida ham amalga oshiriladi. Rossiya
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
140
Federasiyasida ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgani kabi QQS to‘lovchilari
hisobga olingan QQS summasi hisoblangan soliqdan kattaroq bo‘lganda qaytarib
olish huquqiga ega. Albatta o‘z navbatida ushbu davlatda ham budjetdan QQSni
qaytarishda korxonalar ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkin. Avvalo,
deklarasiyani to‘ldiriladi va deklarasiya bilan birga QQSni qaytarish uchun Federal
soliq xizmatiga ariza topshiriladi. Soliq organlari pulni qaytarish to‘g‘risida qaror
qabul qilishdan oldin, taqdim etilgan deklarasiyani kameral tekshiruvidan
o‘tkazadilar. QQS deklarasiyasining kameral tekshiruvi odatda 2 oy davom etadi,
ammo inspektorlar muddatni 3 oygacha uzaytirish huquqiga ega.
2021-yildan boshlab, agar kompaniyaning qaytarib berish summasi oldingi
uch-yil uchun soliqlardan oshmasa va kameral tekshiruvida shubhali operasiyalar
aniqlanmasa, kameral tekshiruvi 1 oyda yakunlanishi mumkin. Agar kameral
tekshiruvi paytida aniqlashtirilgan va to‘g‘irlangan deklarasiya taqdim etilsa,
muddat qaytadan boshlanadi. Tuzatish faqat zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa
yoki xatolar soliq summasining kam baholanishiga olib kelgan bo‘lsa, kiritilishi
kerak. Shuning uchun, kichik qoidabuzarliklar uchun, masalan, hisob-faktura
raqamidagi xato, shunchaki tushuntirish berish mumkin. Odatda, kameral
tekshiruvlari tekshiruv binolarida amalga oshiriladi, ammo agar hisobotda to‘lanishi
kerak bo‘lgan miqdor ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki tekshirish paytida nomuvofiqliklar
aniqlansa, inspektorlar korxonaning bino inshoatlari tekshirishga haqli.
Tekshiruv davomida inspektorlarda qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish olish
huquqi berilgan. QQS hisobotlarini tekshirishda barcha ma’lumotlar almashinuvi
elektron shaklda amalga oshirilishi kerak. Bizning soliq tizimimizdan farqli
jixatlaridan biri agar soliq organlariga zarur xujjatlar qog‘ozda yuborilsa, u taqdim
etilmagan deb hisoblanadi. Agar soliq organlari tomonidan so‘ralgan xujjatlar o‘z
vaqtida taqdim etilmasa, ular QQSni qaytarishni rad etadilar. Agar hisobotlar
xatosiz to‘ldirilgan bo‘lsa va barcha tasdiqlovchi hujjatlar tartibda bo‘lsa, soliq
organlari QQSni qaytarishni rad etish uchun qonuniy asoslarga ega emas. Albatta
o‘z navbatida savol tug‘iladi, agar hamma xujjatlar to‘liq va to‘g‘ri bo‘lsa QQS
qancha muddatda qaytariladi?
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
141
- agar soliq xodimlari qonunbuzarliklarni aniqlamasa, kameral tekshiruvi 2
oydan ortiq davom etmaydi. Keyin, 7 kun ichida Federal soliq xizmati rahbari
soliqni qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va 5 kun ichida korxonaga
xabarnoma yuboradi. G‘aznachilik qaror qabul kundan keyin 5 kun ichida
korxonaga pul o‘tkazib beradi.
QQS yoki boshqa federal soliqlar bo‘yicha qarzlaringiz bo‘lsa, inspektorlar
birinchi navbatda bu qarzni to‘laydilar. Agar inspektorlar deklarasiyani to‘ldirishda
qoidabuzarliklarni aniqlasa, QQSni qaytarish muddati ikki baravarga oshiriladi.
Quyidagi jadvalda Rossiya Federasiyasining soliq kodeksida nazarda tutilgan
maksimal muddatlar ko‘rsatilgan. Nazariy jihatdan, har bir bosqich tezroq ketishi
mumkin. Ammo, odatda, budjetdan mablag‘larni qaytarishda soliq organlari qonun
hujjatlarida belgilangan barcha muddatlardan to‘liq foydalanadi. Tovarlarni eksport
qiluvchi korxonalarga mamlakatimizdagi kabi Rossiya Federasiyasida ham alohida
e’tibor qaratilgan, biroq tovar eksport qiluvchilar uchun QQSni qaytarish tartibi
uzoq davom etadi va bundan ham qiyinroq bo‘ladi. Boshqa barcha QQS
to‘lovchilari kabi ular faqat hisob-fakturalar asosida hisobga olinadigan QQSni
asoslashdan tashqari ular eksportni tasdiqlovchi hujjatlarni, ya’ni shartnomalar,
bojxona deklarasiyasi, schyot-fakturalar va boshqalarni ilova qilishlari kerak.
Shuning uchun eksportyorlar uchun QQSni qaytarish muddati barcha hujjatlarni
yig‘ish uchun zarur bo‘lgan vaqtga ko‘payadi — 180 kun. Xom ashyo ro‘yxati
Hukumatning 2018-yil 18 apreldagi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan – bu neft va
neft mahsulotlari, metallar, yog‘och va boshqalar.
Mamlakatimizda ham faqat eksport korxonalariga qaytarishni qoldirib, ichki
bozor va import hisobiga hosil bo‘lgan salbiy farq summasini qaytarish tartibini
bekor qilish lozim.
Qozog‘iston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish soliq
kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risida so‘rov
taqdim etilgan soliq davri uchun jami soliq solinadigan savdo aylanmasining
kamida 70 foizini tashkil etuvchi nol stavka bo‘yicha soliq solinadigan savdo
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
142
aylanmasini amalga oshirish-ellik besh ish kuni ichida;
boshqa hollarda – yetmish besh ish kuni ichida.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish muddati
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha deklarasiyani taqdim etish uchun belgilangan
muddatdan boshlab o‘ttiz kalendar kuni o‘tganidan keyin boshlanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish uchun quyidagilar
asos bo‘ladi:
- qaytarish uchun taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha
summasining haqiqiyligini tasdiqlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi;
- Kodeks 152-moddasining 13-bandida nazarda tutilgan holatda tuzilgan soliq
tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha xulosa.
Quyidagi xollarda qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi
qaytarilmaydi:
- quyidagilar uchun belgilangan maxsus soliq rejimlarida budjet bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi.
a. ichik korxonalar;
b. dehqon yoki fermer xo‘jaligi;
s. qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, suv xo‘jaligi mahsulotlari (baliqchilik) ishlab
chiqaruvchilari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari;
Ortiqcha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi
soliq tekshiruvi o‘tkazmasdan ortiqcha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishni
nazarda tutadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ortiqcha summani qaytarish talabini
ko‘rsatgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha deklarasiyalarni taqdim etgan
va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchining qo‘shilgan qiymat
solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash huquqiga quyidagi
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ega bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
bo‘yicha deklarasiyani taqdim etish sanasi uchun soliq hisobotlarini taqdim etish
bo‘yicha bajarilmagan soliq majburiyati:
- ketma-ket kamida o‘n ikki oy davomida soliq monitoringini o‘tkazish;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
143
- o‘z ishlab chiqarishi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ro‘yxatini
vakolatli organ va soliq siyosati sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda
savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli organ tasdiqlaydi;
- xomashyo eksportchilari soliq davrida olingan valyuta tushumlarining
kamida 50 foizini konvertasiya qilganda.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soddalashtirilgan tartibda
qaytarish soliq organiga soliq davri uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
deklarasiyani taqdim etish oxirgi muddat o‘tgandan keyin o‘n besh ish kuni ichida
amalga oshiriladi.
Xulosa va takliflar.
Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik
faoliyatini yuritishda soliq va ma’muriy javobgarlik sohasini qisqartirish, soliq
qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning
tartibini soddalashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga
soliqqa tortish tizimini va tamoyillarini, soliq to‘lovlarining amalga oshirilishini
hisobga olish tizimini imkon qadar soddalashtirsak, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda
to‘g‘ri ishlash mexanizmi yuzaga kela boshlaydi va soliqlardan qochish holatlari
kamayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Kodeks (2020) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi - Toshkent: G‘afur
G‘ulom nashriyot uyi.- 640 b.