Mualliflar

  • Seilxanova Rita Nurniyazovna

Muallif biografiyasi

  • Seilxanova Rita Nurniyazovna

    Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90766

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ingliz tilini o‘qitish kreativ kompetensiya model metodika bosqichlar tayyorgarlik universallik. Ключевые слова: обучение английскому языку креативная компетенция модель методика этапы подготовка универсальность. Keywords: English language learning creative competence methodology stages preparation versatility.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida nofilologik talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan. Ushbu bosqichlarlar orqali ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning natijalari haqida so‘z yuritilgan.

Аннотация. В данной статье обсуждаются вопросы разработки этапов развития креативной компетенции у студентов-нефилологов в процессе обучения английскому языку. Через эти этапы обсуждаются результаты развития креативной компетенции в преподавании английского языка в образовательном процессе.

Abstract. This article discusses the development of stages for developing creative competence in non-philology students in the process of teaching English. Through these stages, the results of developing creative competence in teaching English in the educational process are discussed.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

71

INGLIZ TILINI OʻQITISHDA KREATIV KOMPETENSIYANI

RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI HAQIDA

Seilxanova Rita Nurniyazovna

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi

rita.8211@icloud.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida nofilologik

talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqish

masalalari muhokama qilingan. Ushbu bosqichlarlar orqali ta’lim jarayonida

ingliz tilini o‘qitishda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning natijalari haqida

so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: ingliz tilini o‘qitish, kreativ kompetensiya, model, metodika,

bosqichlar, tayyorgarlik, universallik.

Аннотация. В данной статье обсуждаются вопросы разработки

этапов развития креативной компетенции у студентов-нефилологов в

процессе обучения английскому языку. Через эти этапы обсуждаются

результаты развития креативной компетенции в преподавании английского

языка в образовательном процессе.

Ключевые слова: обучение английскому языку, креативная компетенция,

модель, методика, этапы, подготовка, универсальность.

Abstract. This article discusses the development of stages for developing

creative competence in non-philology students in the process of teaching English.

Through these stages, the results of developing creative competence in teaching

English in the educational process are discussed.

Keywords: English language learning, creative competence, model,

methodology, stages, preparation, versatility.

Belgilangan tamoyillardan kelib chiqib, olimlarning (I.A.Zimnyaya,

L.V.Shkerin, A.V.Xutorskaya, V.A.Yasvin va boshqalar) ishlari tahlili asosida


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

72

kreativ kompetensiyani rivojlantirish modelida to‘rt bosqichga: tayyorlovchi,

kiruvchi, rivojlantiruvchi, tahliliy bosqichlar keltirilgan.

I. Tayyorgarlik bosqichi.

Bu bosqichda oliy ta’lim bakalavriati kreativ

kompetensiyasining mazmuni va tuzilmasi hamda uning mutaxassis kasbiy

kompetensiyasidagi o‘rni, shuningdek, ingliz tilini o‘qitish jarayonida ushbu

kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari aniqlanadi.

Kreativ kompetensiyaning rivojlanish tuzilmasi va mezonlariga mos kreativ

yo‘naltirilgan topshiriqlar majmuasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, ushbu bosqichda kreativ kompetensiyaning rivojlanganlik

darajasini aniqlash uchun diagnostika vositalari ishlab chiqiladi. Monitoring

vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerakligini ta’kidlaymiz [1]:

yaxlitlik

(alohida bilim va ko‘nikmalarni emas, balki kompetensiyani

o‘lchash); ishonchlilik (o‘lchash aniqligi, shunday sharoitlarda o‘lchashni

takrorlashda natijalarning barqarorligi);

obyektivlik

(kompetensiyani o‘lchash natijalarining uni kim o‘lchashiga

bog‘liq emasligi);

texnologik

(baholash vositalaridan foydalanish, foydalanish qulayligi);

oshkoralik

(baholash mezonlari ta’lim oluvchilarga oldindan ma’lum qilinadi).

Tayyorgarlik bosqichida ishlab chiqilgan diagnostika vositalari yordamida ikkinchi

bosqich amalga oshiriladi.

II. Kirish bosqichi.

Uning maqsadi talabalarda kreativ kompetensiyaning

rivojlanganlik darajasini belgilashdan iborat: past, o‘rta, yuqori.

III. Rivojlantiruvchi bosqich

ingliz tili fanlarini o‘qitish jarayonida

nofilologik talabalarning kreativ kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini

oshirishga qaratilgan. Bu bosqich talabalarni o‘qitish kurslariga mos uchta kichik

bosqichdan iborat: (1-, 2-, 3-kurs).

Ajratilgan bosqich va kichik bosqichlarning har biri o‘zaro bog‘liq va o‘zaro

aloqador komponentlar bilan tavsiflanadi: maqsad (ingliz tilini o‘qitish jarayonida

kreativ kompetensiyani rivojlantirish), o‘qitish usullari va shakllari, o‘qitish

mazmuni, o‘qitish vositalari.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

73

Bunday turlarga tayyorlangan ma’ruza, izlanish seminari, seminar-loyihalar

taqdimoti, davra suhbati, ishbilarmonlik o‘yini va boshqa interfaol o‘qitish,

shuningdek, guruhlararo o‘zaro ta’sir, shaxslararo va kasbiy (mutaxassislik)

muloqot turlarini kiritish mumkin. Bunda darslarni tashkil etish talabaga tushunarli

va yaqin bo‘lgan, ya’ni talabalarning shaxsiy hayotiy tajribasidan foydalanishni

nazarda tutadi. Ikkinchi bobda ingliz tilini o‘qitishning har bir bosqichida kreativ

kompetensiyani rivojlantirish metodikasiga to‘xtalamiz.

IV. Tahlil bosqichi

yuqorida aytib o‘tilgan o‘qitish usullari, turlari, mazmuni

va vositalaridan foydalanish samaradorligini ta’lim jarayonining barcha subyektlari:

o‘qituvchilar (shu jumladan ixtisoslik fanlari), ish beruvchilar (dars o‘qituvchilari

va o‘quv yurtlarining vakillari), talaba (kreativ kompetensiyaning rivojlanish

darajasini o‘z-o‘zini baholash).

Tashxis quyidagi usullar yordamida amalga oshirildi: kreativlikni shaxsning

shaxsiy xususiyati yoki uning faoliyati mahsuli sifatida baholash imkonini beruvchi

metodikalar (Gilford, Torrance [2] va Mednik [3] testlari); kreativlik

kompetensiyasining rivojlanish mezonlari bilan bog‘liq bo‘lgan va uning rivojlanish

darajasini (past, o‘rta, yuqori) aniqlash imkonini beruvchi kreativlikka

yo‘naltirilgan topshiriqlar [4]. Talabalarning KK rivojlanishida Gilford metodikasi

[5] darajani oshirishga yordam beradigan leksik topshiriqlarning xarakterlaydi.

Bunda talabalarning quyidagi ingliz tilidagi leksik leksik birliklarni o‘zlashtirish

motivlariga quyidagi holatlarga e’tibor qaratish lozim:

1) topshiriqlar tanlanishi kerak;

2) topshiriqlar talabalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lib,

o‘qishga yuqori motivatsiya hosil qilish;

3) topshiriqlarni mazmunli grafik bilan berish tavsiya etiladi;

4) mavzuga mos rasmlar, audio, video materiallar, dasturlar;

5) topshiriqlarning murakkablik darajasi talabalarning bilim va ko‘nikmalari

darajasiga mos bo‘lishi kerak;

6) topshiriqlar talabaning bajarish vaqtining tejamliligi va sharoitiga mos

bo‘lishi kerak. Masalan: 1-kurs "Ingliz tili" fanida talabalarning KK rivojlanishiga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

74

qaratilgan "Beginning (end) of a story "Waterfall," "Profile of a famous person,"

"Suggestions about protecting the environment," "Pros and cons of the Internet for

children" mavzulari bo‘yicha KK rivojlanishiga qaratilgan mashqlar olib borilsa

bo‘ladi.

Bu topshiriqlarni talabalarga ko‘proq mustaqil ishlarni bajarish jarayoniga olib

borgan ma’qulroq. Bu ularda "Workbook" hamda qo‘shimcha adabiyotlar va

internet materiallari asosida bajariladi.

Psixologik-pedagogik

adabiyotlarni tahlil qilish natijasida ta’lim

oluvchilarning kompetensiyalari rivojlanganlik darajasini baholash usulining

muhimligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda uning mazmun-mohiyati bo‘yicha yagona

tushuncha mavjud emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqotchilar baholash obyektining

muayyan me’yorga muvofiqligiga (V.A.Buxvalova, Ya.G.Pliner), "bu sohada

ishlayotgan yetakchi mutaxassislarning evristik imkoniyatlariga, bilim, tajriba va

intuitsiya asosida o‘rganilayotgan hodisalarni baholash imkonini berishiga" e’tibor

qaratadilar [6]. Shunday ekan, bizningcha talabalarda KKni rivojlantirishda

quyidagi vazifalarga e’tibor qaratish kerak:

Rejalashtirishga tayyorlik

- bu fikrlarni tartibga solib, keyin ularni izchil

bayon qila olish;

Moslashuvchanlik

- talabalar boshqa talabalarning g‘oyalarini ijobiy qabul

qilish qobiliyati. Bu qobiliyat unga turli ma’lumotlar asosida o‘z g‘oya va fikrlarini

shakllantira olishi uchun zarur.

Qattiqqo‘llik

- talabalar murakkab muammoni yuqori darajadagi aqliy

qobiliyatini ishga solib, sabr-toqat bilan hal qila olishi. Qattiqqo‘llik talabalarga dars

jarayonida katta natijalarga erishishga yordam beradi.

O‘z xatolarini tuzatishga tayyorlik

- talabalarning o‘z xatolarini tan olish va

ular asosida ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan to‘g‘ri xulosalar chiqarish qobiliyati.

Anglash

- o‘zining fikrlash faoliyatini kuzatish, fikrlashning borishini kuzatib

borish qobiliyati.

D.A.Ivanov ekspert baholashni "ekspert baholashning obyekti va predmeti

haqida maxsus bilimlarni, shuningdek, professional ko‘nikmalarni (loyihalash,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

75

tahlil, nazorat, boshqarish va h.k.) talab qiladigan, natijasi asoslangan xulosa berish

bo‘lgan ekspert-tahliliy faoliyatning alohida usuli" deb ta’riflaydi [7]. Nofilologik

talabalarning kreativlik kompetensiyasini baholash holatida ekspert baholashning

maqsadi uning rivojlanish mezonlarining paydo bo‘lishini sonli baholash va

natijalarga rasmiy ishlov berish orqali intuitiv-mantiqiy tahlil qilishdan iborat.

Ingliz tilini o‘qitishda talabalarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish

jarayonida keltirilgan tamoyillar amalga oshirilishi uchun bir qator shartlarga amal

qilish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ефремова Н.Ф. Подходы к оцениванию компетенций в высшем

образовании: учебное пособие. – М.: Исследовательский центр проблем

качества подготовки специалистов, 2010. – C. 106.

2. https://www.testingmom.com/tests/torrance-test/?srsltid=AfmBOop-e-

dPbMfAAuIeQ0h7oIDLCBV0-qtO24_W5bPaqLmwDz9RKHox

3.

Статьи | Тест на креативное мышление Медника (RAT)

4. Бекешева (Егорова) И.С. Специальный комплекс креативно-

ориентированных математических заданий, направленных на формирование

креативной компетентности будущих бакалавров-учителей: учебное пособие.

– Абакан: Издательство Хакасского государственного университета им.

Н.Ф.Катанова, 2017. – 48 с.

5.

Пройти тест: Тест социального интеллекта Гилфорда

6. Лобок А. Профессиональная педагогическая экспертиза: как

преодолеть миражи // Воспитание. Образование. Педагогика: биб-ка «Первого

сентября». – 2008. – № 13. – С. 43.

7. Иванов Д.А. Экспертиза в образовании: учебное пособие для вузов. –

М.: Академия, 2008. – C. 240.