Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
19
SUV OLISH INSHOOTLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR. SUV OLISHNI QО‘LLANISH SHARTLARI VA
TASNIFI
Ahatov Bekzod
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
+99888 112 96 26
Eshpo‘latov Nasimjon
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi
Safarov Sherbek
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi
Annotatsiya.Maqolada suv xo‘jalik soxasida qo‘llaniladigan suv olish
inshootlari to’g’irisida malumotlar va suv xo’jaligida hozirgi kundagi
ishlatilayotgan suv olish inshootlari haqida malumotlar keltirilgan.Suv olish
inshootlari joylashish o‘rni haqida atroflicha so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:gidrotexnika, gidrouzel, suv omborlar, to‘g‘onlar nasos, suv
olish, o‘zanli, cho‘kindilar.
Abstract. The article provides information on water intake structures used
in the water management sector and information on water intake structures
currently used in water management. The location of water intake structures is
discussed in detail.
Keywords: hydraulic engineering, hydraulic unit, reservoirs, dams, pumps,
water intake, aquifers, sediments.
Suv olish haqida tushuncha.
Xо‘jalik va ichimlik maqsadlarda
foydalaniladigan suv manbalari xilma-xildir, bularga daryolar, daryolardagi va
soylardagi suv omborlari, kо‘llar, hovuzlar va boshqalar kiradi. Har bir manbadan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
20
suv olinganda suv oluvchi inshoot qurilma yoki moslama bilan jihozlanadi va u
suvni suv о‘tkazuvchi inshootga yoki bevosita iste’molchiga uzatadi.
Suv olish inshootlari о‘zi oqar va suvni mexanikaviy (nasoslar) kо‘tarib
beradigan turlariga bо‘linadi. Bundan keyin suv manbalardan yoki havzalardan
(suv omborlari) suvni bosh va derivatsiya kanallariga, ayrim hollarda novlar va
tunnellarga faqat о‘zi oqar suv olishga mо‘ljallangan gidrotexnika inshootlari
kо‘rib chiqiladi. Ularni kanallar deb ataymiz. Bunday suv olish inshootlari suvni
irrigatsiyaga, yaylovlarni suv bilan ta’minlashga, derivatsiya GES-lariga, hamda
о‘zi oqar suv olishda va boshqa iste’molchilarga, masalan, issiqlik va atom
gidroelektrostansiyalariga va ba’zi bir hollarda xо‘jalik va ichimlik suv ta’minotiga
qо‘llaniladi.
Suv olish gidrouzellarining tasnifi.
Past bosimli suv olish gidrouzellarni
bir nechta asosiy belgilarga kо‘ra tasnifga bо‘lish mumkin: suv olish manbaining
turiga kо‘ra-daryo, kо‘l, dengiz, sizot suvlari; suv olish inshootdan suvni
transportlash sharoitiga kо‘ra-о‘zi oqar va suvning mexanikaviy kо‘tarish (nasoslar
orqali); daryo о‘zaniga nisbatan joylashuvi bо‘yicha-о‘zanda va qirg‘oqda;
chо‘kindilarga qarshi kurashishda qо‘llaniladigan vositalar turi bо‘yicha –
yuvuvchi yо‘lak bilan, yuvuvchi galereyalar bilan, shag‘al ushlovchi bilan, ikki
qavatli, oraliq va yon devorlardagi tirqishlar, novlar va shu kabilar bilan.
Suv olishning vazifalari.
Har qanday turdagi suv olishga quyidagi talablar
qо‘yiladi: 1) suv iste’moli grafigi asosida manbadan (daryodan) kafolatli uzluksiz
suv olishni ta’minlash; 2) tub chо‘kundilar, muzlar va suzgichlarni kanalga kirib
qolishdan saqlash; 3) suv olish inshootidan suvni о‘tkazishda katta bosim
yо‘qolishiga yо‘l qо‘ymaslik; 4) suv olish inshooti va uning alohida qismlarini
tozalash, yuvish, ta’mirlash vaqtida va avariya holatida ishlashini va tо‘xtatib
qо‘yishni ta’minlash; 5) baliq himoyalovchi va baliq yо‘naltiruvchi qurilmalar
yordamida baliqlarni qо‘riqlashni ta’minlash.
Ba’zi bir hollarda suv oluvchi inshootlarga maxsus talablar qо‘yiladi,
masalan, suv manbasining minimal temperatura va yuqori zichlikka ega bо‘lgan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
21
qatlamidan suv olinadi. Bundan tashqari suv olish gidrouzeli tarkibiga kiruvchi
inshootlar va ularning qismlari gidrotexnika inshootlariga qо‘yiladigan
mustahkamlik, ustuvorlik, uzoq muddat ishlashi va foydalanishga qulay
talablariga javob berishi kerak.
Irrigatsiyaga suv olishning о‘ziga xos xususiyatlari.
Daryodan irrigatsiya
maqsadlarida suv olishda, kо‘p hollarda muallaq va tub chо‘kindilar kanalga
о‘tadi. Suv olish tugunlarining vazifasi shundan iborat bо‘ladiki, tub
chо‘kindilarni kanalga о‘tmasligini ta’minlash va ularni gidrouzel pastki byefiga
tashlab yuborishdir. Kanalga о‘tgan muallaq zarralar esa uning bosh qismida
о‘rnatilgan tindirgichlarda chо‘ktiriladi.
Suvni maydonga о‘zi oqar tarzda о‘tkazishda suv sathlari orasidagi bosim
yо‘qolishi minimal bо‘lishini va о‘z navbatida suv olish inshootidan suv sarflarini
о‘tkazishda ham bosim yо‘qolishini minimumgacha yetkazishni ta’minlashdir.
Irrigatsiya maqsadlari uchun foydalaniladigan daryolar, masalan, О‘rta
Osiyoda muzliklar erishidan tо‘yinadi. Bu holda suv iste’moli grafigini daryoning
gidrografigi joylashtirilganda unga mos tushadi va oqimni mavsumiy boshqarish
uchun suv ombori qurish zarurati tug‘ilmaydi. Shu sababli irrigatsiya
gidrouzellarining vazifasi kanalga suvni о‘tkazish uchun zarur bо‘ladigan
dimlangan sathni ta’minlashdir.
Bir va ikki tomonga suv olish.
Suv iste’molchilari qirg‘oqning u yoki bu
qirg‘og‘ida joylashgan bо‘lishi mumkin. Shuning uchun tо‘g‘onli gidrouzellardan
bir tomonga va ikki tomonga suv olish mо‘ljallanadi. Ikki tomonga suv о‘tkazishni
mustaqil ikki tomonga joylashgan suv olish inshooti yordamida amalga oshirish
mumkin, ulardan har biri suvni faqat bir qirg‘oqqa uzatadi. Suvni ikki tomonga
uzatishni bir tomonga suv olish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu holda suv
sarfining bir qismi suv tashlash tо‘g‘onida qurilgan dyuker yordamida amalga
oshirish mumkin.
Suv olish koeffitsiyenti
. Suv olish inshootining suv olishi suv olish
koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. U kanalga olinadigan suv sarfining daryodagi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
22
suv sarfi nisbati kо‘rinishida bо‘ladi. Suv olish koeffitsiyenti tub chukindilarning
kanalga о‘tishiga jiddiy ta’sir qiladi. Suv olish koeffitsiyentining raqamli
qiymatlari katta orliqda о‘zgaradi; ba’zi bir hollarda u birgacha yetadi – suv
manbaidagi hamma suv sarfini suv olish inshooti oladi. О‘rta Osiyo va Kavkaz
daryolari uchun maksimal suv sarfining minimalga nisbati 100 va undan katta
bо‘ladi.
Suv olish gidrouzellari inshootlari tarkibi.
Ularning turlari (tо‘g‘onsiz va
tо‘g‘onli) tizimning suv berish usuli, daryoning gidrogeologik va о‘zan rejimlari
va boshqa kо‘pgina mahalliy sharoitlarga bog‘liq bо‘ladi.
Umuman irrigatsiya gidrouzellari asosiy inshootlari tarkibiga suv oluvchi
bosh inshoot, suv о‘tkazuvchi tо‘g‘onlar, mahalliy materialdan barpo etiladigan
ustidan suv о‘tkazmaydigan tо‘g‘onlar, yuqori va pastki byeflardan о‘zanni
rostlovchi dambalar, muz tashlagichlar, tindirgichlar, hamda kо‘priklar kiradi.
Agar daryodan kompleks holda foydalaniladigan bо‘lsa, gidrouzel tarkibiga
gidroelektrostansiya binosi, kema о‘tkazuvchi shlyuzlar, baliqlarni о‘tkazib
yuboradigan hamda yog‘och oqizish inshootlari ham kiradi.
Suv olish gidrouzellarini joylashtirish.
Gidrouzellarni joylashtirishda
ularning asosiy va ikkinchi darajali inshootlarini о‘zaro joylashuvi xalq xо‘jaligi
va texnik talablarni qondiradigan ushbu inshootlarning birgalikda ishlash sharoitini
taminlashi lozim.
Gidrouzellarni ratsional joylashuvini tanlash pirovard natijada turli xil
variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Bunda kо‘proq
atrof-muhit himoyasi talablariga rioya etilgan va boshqa bir xil sharoitlarda va eng
yuqori texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarda asosiy inshootlar ekspluatatsiyasi
ishonchliligi, montaj va ta’mirlash uchun qulay sharoit yaratilgan, material
resurslarni iqtisod qilinishi, kelajakda sug‘orishni rivojlantirish ta’minlangan
variant tanlab olinadi.
I va II sinf gidrouzellar inshootlarini joylashtirish tajribaviy tadqiqotlar
natijasida asoslanishi lozim. III va IV sinf gidrouzellar uchun bunday tadqiqotlar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
23
faqat ishlab chiqarishda sinab kо‘rilmagan sxemalar uchun о‘tkaziladi.
Gidrouzellarni joylashtirishni ishlab chiqish vaqtida inshootlarning bir
vaqtning о‘zida ekspluatatsion funksiyalarini bajarilishini imkoniyatlar va texnik
maqsadga muvofiqligi; inshootlarni barpo etish va ularni navbati bilan
ekspluatatsiyaga topshirish; sug‘orish tizimlariga suv uzatish; energiya ishlab
chiqarish; qurilish davrida kema va baliqlarni о‘tkazib yuborish qarab chiqilishi
lozim.
Gidrouzel stvori joylashtiriladigan uchastkadagi topografiya va geologik
sharoitlar bosimli inshootlar minimal uzunligini; hududni suv bosmasligi, turar
joylar va asosiy yordamchi korxonalarni joylashtirish imkoniyatini yaratishni
hamda yо‘l tarmoklarini barpo etishni; gidrouzel qurilgan hududda landshaft va
о‘simliklar dunyosi uchun tabiiiy sharoitlarni saqlanishini ta’minlashi lozim.
Gidrouzellarni qurish davrida: beton xо‘jaligini jamlashni, betonli
inshootlarning gruntli inshootlar bilan minimal darajada kesishuvini, barpo etishda
materiallari bir xil bо‘lgan inshootlarni ixcham joylashtirishni; zaminni
mustahkamlash bо‘yicha bajariladigan ishlari uchun sharoitlar yaratishni; qurilish
suv sarfini tо‘xtovsiz о‘tkazib yuborishni; gidrouzelni eng qisqa muddatlarda
barpo etishni; qazima va kо‘tarma maksimal balansini va karyer, rezerv, otval va
sh.k. lar hajmini qisqartirishni kо‘zda tutilishi lozim.
Uzluksiz
ekspluatatsiya
qilishni ta’minlash
uchun
gidrouzellarni
joylashtirishda barcha inshootlarning eng qulay rejimda ishlashiga; ularni navbati
bilan ekspluatatsiyaga topshirish imkoniyatini yaratishga; ikkala byefda ham qulay
gidravlik rejimni yaratishga, ayniqsa suv toshqinlari va muzlarni о‘tkazish davrida;
meliorativ tizimlarga tub chо‘kindilarni minimal darajada о‘tkazishga harakat
qilish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bakiev M., Nosirov B., Xo‘jaqulov R. Gidrotexnika inshootlari. T., «Bilim»,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
24
2004.
2. Bakiyev M., Nosirov B., Xo’jaqulov R. Gidrotexnika inshootlari. T.,
“Talqin”, 2007.
3. Bakiyev M., Majidov I., Xo‘jaqulov R., Nosirov B., Rahmatov M.,Saidov I.
Gidrotexnika inshootlari. Darslik (2-jild,tо‘ldirilgan qayta 2-nashri).T.: 2015.
4. Ahatov Bekzod, & Qosimov Abdulla. (n.d.). SUV RESURSLARINING
TABIIY VA ANTROPOGEN OMILLAR TASIRIDA SARFLANISHI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 55(5), 89-
92.
Retrieved
October
19,
2024,
from
jl.org/index.php/obr/article/view/666
5. Б.Э.Ахатов. (2024). Марказдан қочма насосларда содир бўладиган
вибрация сабаблари. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 67(4),
124-131.
https://scientific-jl.org/new/article/view/7629
6. Ahatov Bekzod. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI TO'G'RISIDA
TUSHUNCHA
VA
ULARNING
TASNIFLANISHI.
(2025).
ILMIY
TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
,
4
(02), 12-
https://worldlyjournals.com/index.php/ituy/article/view/10268
7.Ahatov Bekzod. TYPES AND CLASSIFICATION OF RESERVOIRS
(SUV HAVZULARNING TURLARI VA TASNIFI). (2025).
Luchshie
intellektualnye
issledovaniya
,
43
(1),
8. Xusanxо‘jayev Z. X. Suv omborlaridagi gidrotexnika inshootlari. T., Mehnat,
1986.