160
butunlay o lib tashlanishi mumkin yokiqaror qabul qilishda joylashuvi, hajmi va
chekuvchilarda bemorning chekishni tashlashda ishtirok etishi kabi boshqa
omillarni hisobga olish kerak. O‘rtacha va og‘ir epitelial displaziya uchun jarrohlik
davolash tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘yxati
:
1.
Камилов, X., Кадырбаева, А., Арипова, Д., & Фазплбекова, А. (2021).
Лейкоплакия полости рта: клиника, диагностика, лечение. Медицина и
инновации, 7(2), 44
-49.
2.
Ибрагимова
М.X., 3.X.
Адилходжаева, and Ш. II. Самадова.
«Этиопатогенетическое и клиническое обоснование лечения красного
плоского лишая». Медицинский журнач Узбекистана 2 (2020): 71
-77.
3.
Ибрагимова
М
., et al.
«Защитная система слизистой оболочки полости
рта при хроническом рецидивирующем афтозном стоматите на фоне
хронического холецистита». Медицина и инновации 1.3 (2021): 265
-270.
4.
Кадирбаева
А., Тураев
А., & Дадамукхамедов S. (2019).
Assessment of
treatment of oral leukoplakia.
Актуальные проблемы стоматологии и
челюстно
-
лицевой хирургии, (1), 51
-
52. извлечено от
https://inhbrary.uz/
index.php/actual-dentistry/article/view/14409.
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ASOSIY STOMATOLOGIK
KASALLIKLARNI OLDINIOLISH
Xushboqova. Sh. A., Abduazimova-Ozsoylu L.A.
Tashkent davlat stomatologiya instituti, Uzbekistan
Dolzarbligi.
Profilaktika (yunon. prophylaktikos xavfsizlik) –
kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish, salomatlikni himoya
qilish va mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Tish
kasalliklarining oldini olish og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining paydo bo‘lishi va
rivojlanishining oldini olish hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalish zamonaviy stomatologiyada ustuvor hisoblanadi. Ko‘pgina
amlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, stomatolog xodimlarning oddiy
miqdoriy o‘sishi, stomatologik xizmatni moliyalashtirish va moddiy jihatdan
ta’minlash, tish karieslari va periodontal kasalliklarning tarqalishi va
intensivligida mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun etarli bo‘lmaydi. Jahon
stomatologik amaliyoti ishonchli profilaktik dasturlarini qo‘llash tishlarning
karies intensivligi va periodontal kasalliklar jadalligini keskin pasayishiga olib
keladi, bolalarda tishlarning erta yo‘qotilish hollari kamayishiga va sun’iy tishlari
bo‘lgan bolalar va o‘smirlar sonini kamayishiga muhim o‘rin tutadi.
Ishonchli dalillar shundan iboratki, profilaktika usullarining qiymati
o‘rtacha hisobda tish kasalliklarini davolash narxidan 20 marta past.
161
Hozirgi kunda oddiy va arzon narxlarda profilaktik ogohlantirish bilan
oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarni davolash uchun muhim moddiy
resurslarni sarflashni davom ettirish mantiqiy jihatdan to‘g‘ri emas. Shu sababli,
tish kasalliklarining oldini olish tish kasalliklari uchun xavf omillarini bartaraf
etadigan shart-sharoitlarni aratishga qaratilgan ijtimoiy va individual kompleks
profilaktika choralari tizimini joriy etishni nazarda tutishi kerak. Mamlakatimizda
stomatologik kasalliklar etarlicha ko‘p uchraydi, holatning shu tarzda davom
etishi kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan sharoitlarni ma’lum
yo‘nalishda o‘zgartirilmasa, ularning yanada oshishini kutish kerak. Ayniqsa,
bolalar orasida stomatologik kasalliklar oldini olish uchun butun jamiyatning
sa’yharakatini yo‘naltirish maqsadga muvofiq.
Tish cho‘tkasi va pastasi og‘iz gigienasi uchun bolalarning
umumiygigienasining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning samaradorligi asosan
tish va tishlarni tozalash usullariga bog‘liq. Har bir bola og‘iz bo‘shlig‘ini
ehtiyotkorlik bilan va to‘g‘ri parvarish qilish eng muhim profilaktik va yordamchi
terapevtik muolaja ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Tish shifokorining
vazifasi bemorlarni tish kariyeri va periodontal kasalliklarni oldini olish uchun
etarli bo‘lgan og‘iz gigienasini saqlab qolish uchun lozim amaliyotlarni uqtirishni
o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi.
Kichikmaktab yoshdagi bolalarda asosiy stomatologik
kasalliklarning oldini olish.
Materiallar va usullar.
Toshkent shahri aholisining asosiy stomatologik
kasalliklari profilaktikasi doirasida Toshkent davlat stomatologiya instituti
xodimlari sut prikusi davrida bolalarda birlamchi profilaktika tadbirlarini ishlab
chiqdilar va o‘tkazdilar. Bunda 7 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan 60 ta bola
tekshirildi. Ular ikki guruhga: asosiy va nazorat guruhiga ajratildi. Asosiy guruhga
164-maktabning 45 nafar o‘quvchisi, nazorat guruhiga ushbu maktabning 15
nafar o‘quvchisi kiritildi.
Natijalar va munhokama.
Birinchi bosqichda ushbu maktabga tashrif
buyuradigan bolalarning ota-onalari bilan stomatologik kasalliklar profilaktikasi
yuzasidan sanitariya-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Suhbat davomida ota-onalar
tishlarni tozalashning standart usuli, flosslardan foydalanish bilan tanishdilar.
Bolalar tish pastasi va cho‘tkalarini individual tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bolalarga tarkibiga ftor saqlovchi tish pastalarini tanlash tafsiya qilindi.
Ota-onalarga bolaning tishlarini har kuni ikki marta tozalashni nazorat qilish
tavsiya etildi. Uglevodlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari, ya’ni shakarlarning og‘iz
bo‘shlig‘ida ortiqcha miqdori va davomiyligini kamaytirishning ahamiyati
tushuntirildi. Ratsional ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ftorid
qo‘shimchalarining tashuvchisi sifatida yodlangan-ftorli tuzni iste’mol qilish tavsiya
etildi. Suhbat davomida ota-onalarning bolalarni tekshirish hamda gigienik va
profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ixtiyoriy roziligi olindi.
Ikkinchi bosqichda bolalar guruhlarida “tishlarni sog‘lom saqlash”,
“tishlarni tozalash usuli”, “ratsional ovqatlanish va sog‘lom tishlar” salomatlik
darslari o‘tkazildi. Maktab o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi, unda sut
162
tishlari davrida og‘iz bo‘shlig‘ining sifatli gigienasini o‘rgatish zarurligi
ta’kidlandi. Bu yoshda o‘qituvchining o‘rni bolalar uchun muhim rol o‘ynashi
hisobga olindi. O‘qituvchilar sog‘liqni saqlash darslarida faol ishtirok etdilar.
Tadqiqotning uchinchi bosqichida bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining dastlabki gigienik
holati aniqlandi. Tishlar holatini baholash umumiy qabul qilingan usul bo‘yicha
soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi (OHI – S, Green-Vermillion, 1964)
yordamida amalga oshirildi. Bolalarda individual og‘iz gigiena (OHI-S0) dastlabki
darajasi qoniqarsiz edi (1,91±0,15 dan 2,31 ± 0,17 gacha). Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, ota-onalar farzandlarining tishlari gigienik holatiga etarlicha e’tibor
bermaydilar. To‘rtinchi bosqichda bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ining mustaqil
individual gigienasi darajasi baholandi. Shu maqsadda o‘quvchilar bilan suhbat
o‘tkazildi, ularning yoshi uchun sodda va tushunarli bo‘lgan, tishlarni muntazam
tozalash, tish cho‘tkasi, pastalari, floss, og‘iz yuvish vositalarining ahamiyati
tushuntirildi.
Uglevodlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘pligi, ya’ni shirinliklar
iste’moliga alohida e’tibor qaratildi. Keyin barcha bolalar modellarda tishlarni
tozalashning standart usuli o‘rgatildi. 1 oydan so‘ng bolalarda shaxsiy og‘iz bo‘shlig‘i
gigienasi darajasi qayta aniqlandi. Soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi
ko‘rsatkichlari bir oz yaxshilandi. Natijada bolalar individual og‘iz bo‘shlig‘i gigiena
darajasi qoniqarliligi (0,73±0,06 0,93±0,09 dan) (OHI-S1) aniqlandi.
Xulosa:
og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi chora-tadbirlarini muntazam o‘tkazish
uchun motivatsiyalash, ratsional ovqatlanish haqida suhbat, asosan uglevodlarni
o‘z ichiga olgan mahsulotlar soni va miqdorini kamaytirish, bolalar va ularning
ota-onalari, o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan ftoridlardan foydalanishning tishlar
uchun ahamiyatini tushuntirish, sut prikusi davrida bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining
gigienik holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam berdi. Grin-Vermillion
soddalashtirilgan indeksining motivatsion ishlaridan bir oy o‘tgach ko‘rsatkichlar
normallashdi, bu esa yaxshi og‘iz gigienasiga mos keldi. 7-9 yoshli bolalarda
tishlarni standart usulda yuvish yuzasidan ta’lim berish, gigienik vositalar, ya’ni
tish cho‘tkasi va pastalarini individual tanlash, flossdan foydalanish bo‘yicha
o‘quv, gigienik indeks OHI-S ko‘rsatkichlarining normallashuviga olib keldi.
Stomatolog shifokor tomonidan tish yuvishni muntazam nazorat qilish juda
samarali bo‘ldi. Soddalashtirilgan Grin-Vermillion indeksi baholanganda og‘iz
gigienasi asosiy guruhdagi barcha bolalarda qoniqarli ekani aniqladi. Gigiena va
profilaktika tadbirlarini o‘z ichiga olgan, bolalar muassasasida stomatolog
shifokorining ishi eng yaxshi natijalarga erishishga imkon berdi. OHI-S gigiena
indeksiga ko‘ra, 7-9 yoshidagi barcha bolalarda og‘iz gigienasi yaxshilandi.
Sut prikusi davrida bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigiena holatini yaxshilashga
erishish uchun, tishlarini to‘g‘ri va doimiy yuvish ko‘nikmalarini shakllantirish,
uzoq vaqt davomida shifokor-stomatolog va bola o‘rtasida doimiy hamkorlikni
talab qiladi. Sut prikusi davrida bolalar o‘rtasida asosiy stomatologik kasalliklar
profilaktikasi dasturini amalga oshirishda kafedra xodimlari va maktab
muassasasi o‘quvchilarining yaqin hamkorligi gigiyena va profilaktika chora-
tadbirlari kompleksida yaxshi natijalar joriy etish imkonini berdi.
163
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘yxati
:
1.
Камилов
X.П.
«Эффективность
терапии
при
действии
комбинированного низкоинтенсивного ультрафиолетового и инфракрасного
лазерного облучения у больных с хроническим пародонтитом».
Российский
стоматологический журнал, 3 (2002): 18
-21.
АМБУЛАТОР СТОМАТОЛОГИК КЎРИКДА ОҒИЗ БЎШЛИҒИ ШИЛЛИҚ
ҚАВАТИДАГИ “ПРЕКАНЦЕРОЗ” ҲОЛАТЛАРДА ЛЮМИНОСКОПИК
ТЕКШИРУВ УСУЛИНИНГ АҲАМИТИ
Ибайдуллаева Б.А., Ибрагимова Н.С.
Ташкент давлат стоматология институти, Узбекистон
Долзарблиги.
Оғиз бўшлиғи шиллиқ қавати
(ОБШҚ) саратон олди
касалликлари тарқалишининг ортиб бориши ҳозирги кунда долзарб муаммо
сифатида қаралмоқда. Ўэ вақтида қўйилган ташхис ва беморлар
маршрутизацияси касаллик оқибатини белгилайдиган мухим омил ва ушбу
“занжир”нинг мухим бўғини умумий амалиёт стоматологидир. Кўпгина
преканцероз ҳолатларнинг клиник кечишининг ўзига хос хусусияти кўпинча
шикоятларнинг йўқлиги ва симптомларнинг ноаниқлиги билан
ифодаланади.
ОБШҚдаги
ўзгаришларни
визуализация
қилишни
осонлаштириш учун оптик модуллар билан такомиллаштирилган ва ёруғлик
оқимининг нурларида тўқималарнинг бирламчи люминесценция
қобилиятига асосланган онкоскрининг люминесцент тизимлар таклиф
етилган. Илмий адабиётларда Fusion DOE, Visilite, Vescope тизимларидан
фойдаланиш хусусиятлари ва турли клиник вазиятларда қўлланилганда
афзалликларига еътибор қаратилган. 2011
-
йилдан буён ўтқазилган илмий
тадқиқотлар натижасида (Awan et al.
(2011) Autofluorescence vs. COE and oral
biopsy) VELscope® люминоскоп тизими ўрганилганда қизил ясси
темираткали ва лейкоплакияли беморларга аппаратнинг сенсиблизацияси
84.1% ни спецификлиги 15.3% ни ташкил етган яъни люминоскопия
зарарланиш соқасидаги хавфнинг юқори ёки пастлигинии аниқлаш даражаси
паст лекин ОБШҚдаги касалликларга юқори кўрсаткичда ташхис қўйаолади
.
Ишдан мақсад ушбу тадқиқот ОБШҚ касалликларини аниқлаш учун
амбулатор стоматолог қабулида люминоскопик тизимдан фойдаланишнинг
диагностик аҳамиятини ўрганишдан иборат.
Тадқиқот усули ва материали.
Oral ID тизими, илмий адабиётлар,
25та илмий мақола, беморлар касаллик тарихи. Тадқиқот оғиз бўшлиғи
санацияси ва ОБШҚдаги ўзгаришларга шикоят билан келган беморларда
ўтқазилди (15та беморда қизил
ясси темиратка, 6та беморда лейкоплакия,
3та беморда сурункали дескваматив глоссит, 5та беморда сурункали
рецидивланувчи афтоз стоматит, беморлар 19
–
72 ёш оралиғида).
