108
BOLALAR RAQSI: XOREOGRAFIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI
Dilafruz Dosjanova
О‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi о‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597922
Annotatsiya
Mazkur maqolada О‘zbekistonda xoreografiya ta’limi orqali bolalarni ijodiy qobiliyatini
oshirish bо‘yicha tavsiyalar berilib, ta’lim usullari tadqiq qilingan.
Kalit sо‘zlar:
ruhiyat, bolalar olami, о‘yinli raqslar, raqs ta’limi, konseptual asoslar,
qobiliyat, metodlar, xoreograf-pedagog mahorati.
Bugungi kunda kelajagimiz uchun barkamol va yetuk yosh avlodni tarbiyalash, uning
badiiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyatga ega. Muhtaram
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 2023-yilning 22-dekabr sanasida Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan
uchrashuv jarayonida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi
qilinadigan ustuvor vazifalarni belgilab berdilar [1]. Jumladan, musiqa va raqs san’atini ravnaq
toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Xususan, “Bahor” raqs
ansambli ilgari Filarmoniya joylashgan mashhur san’at saroyida faoliyat yuritishi; taniqli
ashula va raqs ansambllarining xorijga gastrol safarlari kо‘paytirilishi; musiqa va raqs san’ati
masalalarini ilmiy о‘rganish, sohada ilmiy kadrlarni kо‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar
uchun grantlar joriy qilinishi ta’kidlandi.
Belgilangan vazifalarni jamiyatimiz ravnaqi yо‘lida samarali va sifatli natijasini kо‘rsatish
uchun, yuqori intellektual, о‘zining mustaqil noan’anaviy va innovatsion yondashuvi bilan
dolzarb muammolarning yechimini topa oladigan ijodiy soha vakillarini jalb qilish maqdadga
muvofiqdir. Bunday talab о‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda yangicha uslub va
shakllarni izlashga undaydi. Mazkur yondashuv aynan bolalar dunyosi tadqiqotchilarida katta
qiziqish uyg‘otadi, chunki bu jarayonda ularning “shaxs” sifatida ulg‘ayishi, ma’naviy
dunyoqarashi, о‘zini erkin his qilish va idrok etish tomonlari shakllanadi. Bu davrda esa ularga
tо‘g‘ri yо‘nalish va tarbiya berish ota-onalarning va ustozlarning mas’uliyatli vazifalaridandir.
Ma’lumki, bolalik davri psixologik nuqtai nazardan ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda
eng yaxshi davr hisoblanadi. Kichik yoshida bolalar о‘ta qiziquvchan bо‘lib, olamni katta
ishtiyoq bilan anglaydi. Bu borada ota-onalar ularning qobiliyatlarini о‘stirish, qiziqishlarini
tо‘liq shakllantirish maqsadida turli xil ijodiy tо‘garaklarga jalb qiladi. Bilim va tajribani
oshirish esa - kelgusi ijodiy faoliyat uchun mustahkam zamin yaratib beradi. Qolaversa,
bolalarning fikrlash darajasi, kattalar ongida mustahkam о‘rnashib qolgan qonun - qoidalar,
qо‘yilgan chegaralarga nisbatan birmuncha erkin va mustaqil bо‘ladilar. Bu muhim jihatlarni
vaqtida payqash va har tomonlama rivojlantirish darkor. Xoreografiya san’ati esa - bolalarning
aqliy va jismoniy jihatdan barkamol ulg‘ayishlarida muhim ijobiy rol о‘ynaydi.
Bolalarni ularning yoshiga munosib о‘yinli raqslar vositasida tarbiyalash masalasining
samaradorligi mazkur san’atning sintezlashgan xarakterida, xususan, musiqa, ritmika, tasviriy
san’at, teatr va plastik harakatlarning mujassam etilishida kо‘rinadi. Mazkur maqola
muallifining “Роль педагога-хореографа в детских танцевальных коллетивах” [2.31]
109
sarlavha ostidagi maqolasida bolalarning yoshiga muvofiq, о‘yin orqali о‘rgatiladigan raqslar
metodikasi borasida amaliy illyustrativ tavsiyalar berib о‘tilgan.
Kichkintoylarni estetik tarbiyalashda xoreografiyaning о‘rni beqiyos bо‘lsa ham, uning
asl imkoniyatlaridan bugungi kunga qadar tо‘liq foydalanilmay kelinmoqda. Sababi,
xoreografiyaga ixtisoslashgan о‘quv maskanlari asosiy e’tiborni raqs ta’limiga qaratgani holda,
emotsional, ruhiy va tarbiyaviy tomonlari biroz chetda qolayotganga о‘xshaydi. Xoreografiya
san’atida bolalarni estetik tarbiyalashning kо‘plab shakllari mavjud. Xususan, mazkur san’at
о‘sib kelayotgan yosh avlodga vizual, eshitish, harakat qilish, hissiyot, emotsional ta’sirlanish
yordamida olamni idrok etishga о‘rgatadi, aqliy toliqishning oldini olib, kelajakka intilish
uchun kuch beradi.
Bolalarning sahnada mahorat bilan erkin, yengil va parvozli raqs ijro etishlari ortida
bolalar va ustozlarning mashaqqatli mehnati turganligini ba’zida unutmaslik kerak. Yosh
avlod bilan ishlash
-
bu har daqiqani mas’uliyat bilan his qilish, barkamol shaxs bо‘lib
ulg‘ayishlari uchun bolalarga о‘zining hayotiy va ruhiy kuchini baxshida etish demakdir.
Bunday murakkab jarayon bolalar bilan taqdirini bog‘lagan har bir mutaxassisga taalluqli.
Respublikamizda ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun ishlab chiqarilayotgan
dasturlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topishi, ularni mustaqil hayotga
tayyorlab, jamiyat va davlatimiz ravnaqi uchun yetuk inson bо‘lib yetishishlariga qaratilgan.
Axloqiy tarbiya tushunchasini ilk bor amaliyotga F. Shiller kiritgan bо‘lib, uning zamirida
nafaqat san’atni idrok etish, tushunish, balki estetik tarbiya yordamida barkamol insonni
shakllantirish maqsadi mujassam.
Xoreografiya mashg‘ulotlaridagi estetik tarbiya jarayonida har bir bolaning maxsus,
individual qobiliyati shakllanadi. Kо‘pincha bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, eng
avvalo, badiiy ijod turini tanlash yoki ma’lum yо‘nalishga yо‘naltirishdan boshlab ularning
xohish-istagi, intilishlari, tabiatan ato etilgan moyilligi va iste’dodiga qarab tanlanadi. Raqs
san’ati yordamida estetik vazifalar boshqa ta’lim turlari bilan о‘zaro jipslikda amalga
oshiriladi. Ma’rifiy-estetik tarbiya axloqiy tarbiya tizimiga kirib, aniq maqsadga yо‘naltirilgan
pedagogik jarayon sifatida bolalarda san’atni tushunish, his qilish, zavq olish, rohatlanish
hamda ijodiy faoliyat davomida ushbu badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Raqsni о‘rgatish jarayoni bolalarda о‘tkir ijodiy salohiyatning va estetik didining
о‘sishiga turtki bо‘ladi. Raqs leksikasini о‘zlashtirish orqali yoshlar nafaqat gо‘zallikni idrok
etishni, balki, ma’lum qiyinchiliklarni yengib, о‘z maqsadini qо‘lga kiritish uchun harakat
qilishni о‘rgatadi. Ijod jarayonida idrok etilgan gо‘zallik tufayli bolalar о‘zga san’at turlari va
hayotning barcha jabhalarida nafosatni chuqurroq his qiladilar. Qadimgi yunon faylasufi
Demokrit bu borada quyidagi qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan edi: “Agar о‘qimasa na san’at,
na donishmandlikka erishish mumkin” [3].
Pedagogika sohasining rivojiga katta hissa qо‘shgan yetuk olimlardan Y.A.Komenskiy,
insonda yoshlik chog‘larida singib borgan narsalar mustahkam va kuchli bо‘ladi deb yozadi [3].
Darhaqiqat, xoreograf - baletmeysterlar tomonidan yillar davomida orttirilgan katta tajriba
bevosita bolalar bilan ishlash jarayonida muqobil yо‘llarni ishlab chiqishga undamoqda.
Xususan, xoreografik jamoalar, raqs tо‘garaklari hamda maktablarda bolalarning badiiy
tarbiyalanishida raqsning о‘rni va mohiyatini yoritish, maqsad va vazifalarini belgilash,
uslubiyotini ishlab chiqish, bolalar raqslarining repertuarini shakllantirish kabi masalalar
alohida ahamiyatga ega.
110
Yuqoridagilardan kelib chiqqan tarzda ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda
bolalar xoreografiya ta’limini tо‘g‘ri yо‘ldan rivojlanishiga turtki beruvchi jihatlarni qо‘llash,
ularni amaliyotga tadbiq etish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ijtimoiy
tarmoqlar, pedagog-xoreograflar uchun uslubiy qо‘llanmalar va adabiyotlar orqali soha
mutahassislari tomonidan kerakli tavsiyalar berilmoqda. Mutaxassislar tomonidan amalga
oshirilgan ishlar qatoriga xoreografiya san’atida bolalar tabiati va imkoniyatidan kelib chiqib
ular uchun maxsus ishlab chiqilgan, professional ta’lim mezonlariga javob beruvchi raqs
harakatlarining katta va kichik hajmi aniqlab berilganligini kо‘rsatishimiz mumkin. Xususan,
oldimizda turgan katta vazifalardan biri sifatida klassik, milliy, xalq, tarixiy-maishiy va
zamonaviy raqslar harakati yordamida rang-barang kо‘rinishda, yuqori saviyali bolalar
raqslari jamlanmasidan iborat konseptual bazislar bо‘yicha tayyorlangan repertuarni yaratish
masalasi dolzarb bо‘lib qolmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Prezident: Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga
2.
Nafosat olami. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi nashri, №2, 2022. 31-bet.
3.
https://socratify.net/quotes/demokrit
4.
https://biographe.ru/znamenitosti/yan-komenskiy/