Авторы

  • Nigora Muxitdinova
    Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Zarnigor Saidova
    Buxoro davlat pedagogika instituti 1 bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.108632

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim jismoniy faollik pedagogik yondashuv harakatli o‘yinla rag‘batlantirish integratsiya bolalar rivojlanishi sog‘lom turmush tarzi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ta’lim metodlari

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy faolligini oshirishda samarali pedagogik yondashuvlar qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida kuzatuv, so‘rovnoma va eksperimental usullar yordamida mavjud holat o‘rganilib, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining faollashtiruvchi omillari tahlil qilindi. O‘yin texnologiyalari, integratsiyalashgan, individual va rag‘batlantiruvchi yondashuvlarning samaradorligi amaliy misollar asosida asoslab berilgan. Maqola natijalarida jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha takliflar berilib, ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan.


background image


110

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY FAOLLIKNI

RAG‘BATLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Muxitdinova Nigora Mexriddinovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Saidova Zarnigor Urokovna

Buxoro davlat pedagogika instituti 1 bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15699069

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy

faolligini oshirishda samarali pedagogik yondashuvlar qo‘llanilishi muhokama qilinadi.
Tadqiqot davomida kuzatuv, so‘rovnoma va eksperimental usullar yordamida mavjud holat
o‘rganilib, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining faollashtiruvchi omillari tahlil qilindi. O‘yin
texnologiyalari, integratsiyalashgan, individual va rag‘batlantiruvchi yondashuvlarning
samaradorligi amaliy misollar asosida asoslab berilgan. Maqola natijalarida jismoniy faollikni
oshirish bo‘yicha takliflar berilib, ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom
rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan.

Kalit so‘zlar

maktabgacha ta’lim, jismoniy faollik, pedagogik yondashuv, harakatli o‘yinla,

rag‘batlantirish, integratsiya, bolalar rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari, ta’lim metodlari


Kirish

Maktabgacha yosh davri inson hayotining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu

davr bola shaxsining har tomonlama shakllanishi, ayniqsa, jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy
jihatdan rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar
shuni ko‘rsatadiki, aynan 3–6 yosh oralig‘ida bolaning asab tizimi, mushaklari,
muvofiqlashtiruvchi harakatlari, ixtiyoriy e’tibor, mayda va yirik motorik ko‘nikmalari faol
shakllanadi. Shu sababli bu bosqichda berilgan tarbiya va ta’lim kelgusida bolalarning
salomatligi, jismoniy holati va harakatchanlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Jismoniy tarbiya bu jarayonda yetakchi o‘rin tutadi. U bolaning umumiy sog‘lig‘ini

mustahkamlash, yurak-qon tomir, nafas olish va mushak tizimlarini rivojlantirish, shuningdek,
muvozanat, koordinatsiya, chaqqonlik, epchillik, tezkorlik kabi sifatlarni shakllantirishga
xizmat qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar orqali bolalarda harakatga nisbatan ijobiy munosabat,
jamoaviy faoliyatga tayyorlik, qat’iyatlilik va mustaqillik kabi muhim fazilatlar tarkib topadi.
Shuningdek, bu mashg‘ulotlar bolalarda o‘ziga ishonch hissini oshirish, stress va zo‘riqish
holatlarini kamaytirish, ijobiy emotsional holatni saqlab qolishda ham yordam beradi. Biroq,
amaliyotda jismoniy tarbiyani samarali tashkil etishda turli muammolar mavjud. Masalan,
ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari yetarli darajada
muntazam va sifatli tashkil etilmaydi. Mashg‘ulotlarning metodik asoslarining yetarli emasligi,
pedagogik yondashuvlarning eskirganligi, bolalarning individual jismoniy holatini inobatga
olmaslik kabi omillar natijasida mashg‘ulotlar kutilgan natijani bermaydi. Bundan tashqari,
texnik vositalarning yetishmovchiligi, sport maydonchalarining torligi yoki mavjud emasligi,
sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilinmasligi kabi holatlar ham
jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image


111

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan

jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari alohida e’tibor va zamonaviy yondashuvni talab qiladi. Bu
jarayonni takomillashtirish orqali biz nafaqat sog‘lom avlodni voyaga yetkazamiz, balki
bolalarda harakat madaniyatini shakllantirish, ularni faol hayot tarziga yo‘naltirish, o‘z
salomatligiga e’tiborli bo‘lishni o‘rgatishga erishamiz. Biroq, zamonaviy maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalarning jismoniy faolligi ko‘plab omillar sababli yetarli darajada
ta'minlanmayapti. Shu sababli pedagogik jarayonda jismoniy faollikni rag‘batlantirishga
qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.

Asosiy qism

Pedagogik yondashuv — bu ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga erishish uchun tanlab

olinadigan usul, prinsip, tamoyil va metodlar majmuasidir. Oddiy qilib aytganda, pedagogik
yondashuv — bu o‘qituvchi (yoki tarbiyachi)ning bolalarga bilim, ko‘nikma va tarbiyani qanday
yo‘l bilan yetkazishi, ularga qanday munosabatda bo‘lishi, qanday usullarni qo‘llashidir.

Pedagogik yondashuvning asosiy jihatlari:

1.

Nazariy asos – yondashuv ma’lum bir pedagogik nazariyaga asoslanadi (masalan,

konstruktivizm, faoliyatga asoslangan yondashuv).

2.

Amaliy metodlar – qanday usullar, vositalar va faoliyat turlari qo‘llanadi (masalan, o‘yin,

muammo yechish, guruhda ishlash).

3.

Shaxsga munosabat – bola markazida bo‘ladimi yoki o‘qituvchi markazida (individual

yondashuv, demokratik yondashuv va h.k.).

4.

Maqsadga yo‘naltirilganlik – yondashuv qanday natijani ko‘zlaydi (bilim, qobiliyat,

tarbiya, jismoniy faollik va boshqalar).

Jumladan

O‘yin orqali o‘qitish yondashuvi — ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mos.

Bolalar o‘yin orqali bilib oladi, harakat qiladi, jismoniy faollashadi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv — har bir bola alohida shaxs sifatida e’tiborga olinadi.

Uning yoshi, temperamenti, qiziqishi hisobga olinadi.

Muammoli yondashuv — bolalar muammoni hal qilish orqali faol fikrlashga undaladi, bu

ham jismoniy, ham intellektual rivojga xizmat qiladi.

Integratsiyalashgan yondashuv — bir nechta fan yoki faoliyat turi birlashtirilib, jismoniy

tarbiya boshqa o‘quv jarayonlari bilan bog‘lanadi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, odatiy mashg‘ulotlarda qatnashayotgan 25 nafar boladan

o‘rtacha 12-14 nafari faol harakatda bo‘ladi, qolganlari esa mashg‘ulot jarayonida passiv
kuzatuvchi rolida qolmoqda. Bu holat, mashg‘ulotlarning mazmuni, pedagogning yondashuvi
va bolalar bilan individual ishlash darajasi yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, tarbiyachilarning 68 foizi harakatli o‘yinlardan
muntazam va maqsadli foydalanmasliklarini tan olishdi. Ko‘pchilik tarbiyachilar, jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarini faqat reja asosida o‘tkazib, bolalarning ichki motivatsiyasini
shakllantirishga e’tibor qaratmayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida, eksperimental guruhlarda quyidagi pedagogik

yondashuvlar joriy etildi:

1. O‘yin texnologiyalari
Harakatli o‘yinlar bolaning jismoniy faolligini oshiruvchi eng qulay vositalardan biridir.

Eksperiment davomida har kuni jismoniy mashg‘ulotlarga moslab tanlangan dinamik o‘yinlar


background image


112

(masalan, “Kim chaqqon?”, “To‘siqlardan o‘tish”, “Topib yugur”) joriy etildi. Bu orqali bolalarda
qiziqish, raqobat ruhini shakllantirish, jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmalari kuchaydi. O‘yin
shaklida o‘tilgan mashg‘ulotlarda bolalarning ishtiroki 2–3 barobar ortdi. Faol qatnashuvchilar
soni 60% dan 85% gacha oshdi.

2. Integratsiyalashgan yondashuv
Jismoniy faollikni faqat jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida emas, balki boshqa

mashg‘ulotlar (matematika, nutq o‘stirish, atrof-muhitni o‘rganish) bilan bog‘lash orqali
rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Masalan, sonlarni o‘rganish mashg‘ulotida har bir sonni
harakat bilan ifodalash, “tez javob ber — tez yugur” kabi topshiriqlar orqali harakatli o‘yinlar
o‘quv topshiriqlari bilan uyg‘unlashtirildi. Bu esa bolalarning diqqat, xotira, tafakkur kabi
intellektual ko‘nikmalarini jismoniy harakat orqali mustahkamlashga xizmat qildi.

3. Individual yondashuv
Bolalarning yoshiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga, temperamentiga va qiziqishlariga

qarab individual topshiriqlar va faoliyat shakllari taklif qilindi. Har bir bola o‘zining
imkoniyatiga qarab mashg‘ulotlarda ishtirok eta oldi. Masalan, faolroq bolalarga yuqori
dinamikadagi topshiriqlar, sustroq bolalarga esa asta-sekinlik bilan qiziqarli, rag‘batlantiruvchi
harakatlar berildi. Bu yondashuv bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirib, ularda o‘z
muvaffaqiyatiga ishonch uyg‘otdi.

4. Rag‘batlantiruvchi metodlar
Tarbiyachilar tomonidan bolalarning har bir faol ishtiroki rag‘batlantirib borildi. Buning

uchun “Yulduzcha”, “Qahramon bola”, “Faol ishtirokchi” kabi belgilar va ramziy mukofotlar
(medalchalar, kartochkalar) joriy etildi. Haftaning eng faol bolasi tanlab olinib, kichik mukofot
bilan taqdirlandi. Ushbu metod bolalarda o‘zini namoyon etish, faol bo‘lishga intilish, jamoa
oldida ijobiy baho olish istagini kuchaytirdi.

Ushbu yondashuvlarning sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular nafaqat bolalarning

jismoniy faolligini oshirdi, balki ularning o‘yin faoliyatida faol ishtirok etishi, ijtimoiy aloqalarni
kuchaytirishi, o‘zini anglash va ifoda etish ko‘nikmalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Xulosa

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy faollikni rag‘batlantirish – bolalarning

sog‘lom o‘sishi, psixofiziologik rivojlanishi, harakat ko‘nikmalari va ijtimoiy moslashuv
darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalik davrida shakllanadigan harakat
faoliyati, odatlar va sog‘lom turmush tarzi asoslari insonning butun hayotiga ta’sir qiladi. Shu
sababli, pedagogik jarayonda jismoniy faollikni ongli va tizimli tashkil etish dolzarb
hisoblanadi. Pedagogik yondashuvlar jismoniy faollikni rivojlantirishda turlicha metod va
vositalardan foydalanishni nazarda tutadi. Jumladan, o‘yin asosidagi yondashuv bolalarda
harakatga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ularni faol ishtirok etishga undaydi. Shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuv har bir bolaning yosh, individual xususiyatlari va rivojlanish
darajasini hisobga olgan holda harakat faoliyatini tashkil etishga imkon beradi. Integrativ
yondashuv esa jismoniy mashg‘ulotlarni boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirib, bolalarning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘qituvchi-tarbiyachining har tomonlama
tayyorgarligi, metodik savodxonligi va ijtimoiy-emosional kompetensiyasi ham jismoniy
faollikni samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, oilada ham harakatli turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashadi.


background image


113

Bugungi kunda raqamli vositalar va zamonaviy texnologiyalar yordamida ham jismoniy

faollikni rag‘batlantirish mumkin, biroq bu texnologiyalardan maqsadga muvofiq va me’yorda
foydalanish talab etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan

pedagogik yondashuvlar ilmiy asoslangan, tizimli, bolalarning ehtiyoj va imkoniyatlariga mos
ravishda olib borilishi zarur. Bu esa sog‘lom, faol, intellektual rivojlangan, ijtimoiy jihatdan
moslashgan shaxsni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-2707- sonli qarori (29.12.2016 y.)
2.

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-

3261 - sonli qarori (09.09.2017 y)
3.

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.)
4.

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017-yil)
5.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 155 - sonli “Davlat

maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi
buyrug‘i (30.08.2019 y).
6.

А.V.Keneman, D.V. Хuхlаyeva “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy

tarbiyalash nazariyasi va metodikasi” Т.,1988
7.

Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyoti” Toshkent 2005

8.

M.Х. Tadjiyeva , S.I.Хusanхodjayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya

nazariyasi va metodikasi” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2017

Библиографические ссылки

-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707- sonli qarori (29.12.2016 y.)

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261 - sonli qarori (09.09.2017 y)

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.)

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 155 - sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi buyrug‘i (30.08.2019 y).

А.V.Keneman, D.V. Хuхlаyeva “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi” Т.,1988

Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyoti” Toshkent 2005

M.Х. Tadjiyeva , S.I.Хusanхodjayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2017