Авторы

  • Zebiniso Jo’rayeva
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich magistranti
  • I. Kurbanbayev
    Ilmiy rahbar: f.f.n., dots.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.108634

Ключевые слова:

munaqqid fenomen bilim eruditsiya salohiyat faoliyat ijod.

Аннотация

Maqolada yuksak intellektual bilim, kuchli intuitiv qobiliyat va teran ijodiy eruditsiya birligi filologiya fanlari doktori, prof. K.Quramboyev munaqqidlik faoliyati misolida tadqiq qilinadi. Unda qardosh tillardan tarjima malakasi, adabiy aloqalar tadriji hamda ijodiy ta’sir omillariga e’tibor qaratiladi, buyuk siymolar ijodi tahlili tekshiriladi. XX asr 70-yillarida fan sahniga chiqqan mutaxassis nazariy tajribasi joriy adabiyotshunoslik aspektida umumlashtiriladi.


background image


104

KARIMBOY QURAMBOYEV MUNAQQIDLIK FENOMENI

Jo’rayeva Zebiniso Ergashevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich magistranti

I.Kurbanbayev

Ilmiy rahbar: f.f.n., dots.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15694586

Annotatsiya:

Maqolada yuksak intellektual bilim, kuchli intuitiv qobiliyat va teran ijodiy

eruditsiya birligi filologiya fanlari doktori, prof. K.Quramboyev munaqqidlik faoliyati misolida
tadqiq qilinadi. Unda qardosh tillardan tarjima malakasi, adabiy aloqalar tadriji hamda ijodiy
ta’sir omillariga e’tibor qaratiladi, buyuk siymolar ijodi tahlili tekshiriladi. XX asr 70-yillarida
fan sahniga chiqqan mutaxassis nazariy tajribasi joriy adabiyotshunoslik aspektida
umumlashtiriladi.

Tayanch so’zlar:

munaqqid, fenomen, bilim, eruditsiya, salohiyat, faoliyat, ijod.


Karimboy Quramboyev 1942-yilning 10-noyabrida Toshhovuz viloyatining Toshhovuz

tumanidagi Oltmish qishlog’ida ziyoli oilasida tavallud topdi. Qishloqdagi 20-o’rta maktabni
tugatgach, 1960-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy
universiteti|)ning o’zbek filologiyasi fakultetiga o’qishga kiradi. Uni muvaffaqiyatli
tamomlagandan so’ng, Toshhovuz tumani Hallang qishlog’idagi 2-umuta’lim maktabida o’zbek
tili va adabiyoti o’qituvchisi sifatida ishlay boshlaydi. 1967-1970-yillarda maktab direktori
o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. Ilm-fanga mayl uni O’zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga yetaklaydi.

XX asr 70-yillarida o’zbek adabiy tanqidchiligi maydoniga kirib kelgan K.Quramboyev

ilmga tashnaligi, qiziquvchanligi va yuksak slohiyati bilan keng ilmiy jamoatchilik nazariga
tushdi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti "Adabiy
aloqalar" bo’limiga aspiranturaga qabul qilingan mutaxassis muddatidan avval, 1972-ilda
O’zbekiston FA muxbir-a’zosi Yusuf Sultonov ilmiy rahbarligida "Adabiyotlarning o’zaro ta’siri
va yozuvchi ijodining o’ziga xosligi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli
himoya qiladi, 1992-yili esa K.Quramboyev Ashxobodda, Turkmaniston FA Maxtimquli
nomidagi Til va adabiyot institutining ixtisoslashgan ilmiy kengashida "O’zga millat poetik
tajribasi va uning milliy adabiyotlarning rivojlanishidagi roli" mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini himoya etadi. Yillar kesimida muallif qalamiga mansub 300 ga yaqin imiy
maqola va tezislar, "Xidir Deryayev" (1977), "O’zbek-turkman adabiy aloqalari" (1978),
"Maxtimquli she’riyati O’zbekistonda" (1984), "Ko’ngil bermish so’zimga…" (1992), "G’afur
G’ulom va adabiy aloqalar" (G.Quramboyeva bilan hammualliflikda, 2006), "Adabiy ta’sirdan
ijodiy o’ziga xoslikka" (2007), "Tarjima va tarjimon mas’uliyati" (2007), "Adabiy jarayon, ijod
mas’uliyati, adabiy aloqalar" (2009) va "Maxtimquli – ilhom chashmasi" (2012) monografiya,
risola, o’quv qo’llanma, darsliklar o’quvchi hukmiga havola etiladi.

Olim fenomenini bir nechta qismga ajratish maqsadga muvofiq: adabiy aloqalar, tarjima

nazariyasi, hozirgi adabiy jarayon! Munaqqid keng ilmiy jamoatchilikka jonkuyar,
zahmatkash, talabchan mutaxassis mashhur, uning ilmiy talqinida nozik kuzatish va jonli
mushoda bir-birini to’ldiradi, ilmiy matn xaritasini aniq chizish olim iqtidorini tavsiflaydi.
Harakatdagi ijtimoiy-estetik hodisa sifatida adabiy tanqid sarhadlarini kengaytirishga
intiladigan olim doimiy tarzda nazariy qarashlarni yangilab turadi, tamoyil, mezon va


background image


105

baholash sathlarini o’zgartirish iqtidorli adabiyotshunos faoliytini bezash uchun xizmat
qiladi.

Farazdan faktga o’tish jarayonida muallif tavsiflash, adabiy an’aalarni ilg’or

adabiyotshunoslik tajribasiga payvandlash, tanqidchilik paradigmasini belgilashda tafakkur
vositachilik vazifasini belgilashda olim nazariy qarashlari muhim o’rin tutadi. O’zbek,
qoraqalpoq, qozoq va turkman badiiy tizimini tadqiqot obyekti sifatida o’rganishga jazm
qilgan mutaxassis madaniy hamkorlik rishtalariga e’tibor qaratadi, tahlil va talqinni fikrlash
malakasi mustaqilligiga yo’naltiradi. Ayniqsa, adabiy aloqalar tagmatnida muallif nazariy
ta’limoti yorqin namoyon boladi, mushohadalar zalvorli, mantiqiy asoslangan, kuzatish
tezkorligi va tahlil teranligi olim siyratiga ajib bir harorat bag’ishlaydi. Har bir xalq ijod
ruhiyatini puxta o’rganadigan munaqqid ijodiy fenomenida nazariy kenglik qabarib ko’rinadi.

Umuman, prof. K.Quramboyev ilmiy-ijodiy fenomeni fakt va faraz aloqasini qayta tiklash

mahorati, tahlil malakasida teranlashuv, falsafa hamda mantiq o’ziga xosligini hisobga olishida
bo’rtib turadi. Olim talqinida ifoda va tasvir uyg’unlashadi, nazariy aqida va amaliy tasdiq bir-
birini to’ldiradi, milliy va mental xususiyatlar daxlsizlanadi. Mutaxassis har bir maqola, tezis,
risola, monografiyada kichik mavzuda katta falsafiy-umumnazariy qarashlar shiddatini
taqdim etadi, adabiy ma’lumotlarni saralaydi, boyitadi, tartibga soladi. Joriy holatda muallif
kredosi jamiyat ilmiy-ijtimoiy tafakkuriga uzluksiz ravishda ta’sir o’tkazadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va yangi O’zbekiston. – T.: O’zbekiston, 2024.

2.

Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik, 2-jild. – T.: Fan, 1979.

3.

Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. – T.: Muharrir, 2013.

4.

Quramboyev K. Tarjima va tarjimon mas’uliyati. – T.: Cho’lpon, 2007.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va yangi O’zbekiston. – T.: O’zbekiston, 2024.

Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik, 2-jild. – T.: Fan, 1979.

Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. – T.: Muharrir, 2013.

Quramboyev K. Tarjima va tarjimon mas’uliyati. – T.: Cho’lpon, 2007.