Авторы

  • Nargiza Akramova
    “Mikrokreditbank” ATB Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Ijtimoiy kreditlar bo‘limi boshlig‘i (ijtimoiy menejer).

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.113003

Аннотация

Bugungi kunda sug‘urta bozori bank tizimi bilan o‘zaro integratsiyasi kuchayib bormoqda. Xususan, moliyaviy xizmatlar bozorida universal moliyaviy guruhlarning shakllanishi, bank-sug‘urta (bancassurance) modellari asosida xizmatlar ko‘rsatishning kengayishi ushbu integratsiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, risklarni boshqarish va xizmatlar doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.


background image


45

KREDIT RISKLARINI BOSHQARISHDA SUG‘URTANING ROLI VA AMALIY

AHAMIYATI

Akramova Nargiza Nutfillayevna

“Mikrokreditbank” ATB Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Ijtimoiy kreditlar bo‘limi

boshlig‘i (ijtimoiy menejer).

G-mail: akramovan129@gmail.com

THE ROLE AND PRACTICAL IMPORTANCE OF INSURANCE IN CREDIT RISK

MANAGEMENT

Akramova Nargiza Nutfillayevna

Head of the Social Credit Department (social manager) of the Bukhara Regional

Department of JSCB "Mikrokreditbank".

G-mail: akramovan129@gmail.com

РОЛЬ И ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ СТРАХОВАНИЯ В УПРАВЛЕНИИ

КРЕДИТНЫМ РИСКОМ

Акрамова Наргиза Нутфиллаевна

Начальник отдела социального кредитования (социальный менеджер)

Бухарского областного управления АКБ «Микрокредитбанк».

G-mail: akramovan129@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15725806

Bugungi kunda sug‘urta bozori bank tizimi bilan o‘zaro integratsiyasi kuchayib

bormoqda. Xususan, moliyaviy xizmatlar bozorida universal moliyaviy guruhlarning
shakllanishi, bank-sug‘urta (bancassurance) modellari asosida xizmatlar ko‘rsatishning
kengayishi ushbu integratsiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank va sug‘urta
tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, risklarni boshqarish va xizmatlar doirasini kengaytirishga
xizmat qiladi.

Sug‘urta va bank tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ayniqsa, kredit risklarini

minimallashtirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Banklar, ayniqsa, uzoq muddatli kreditlash,
jumladan, ipoteka kreditlari, avtomobil kreditlari va iste’mol kreditlari bo‘yicha qarzdorlarning
to‘lovga layoqatsizlik riskini kamaytirish maqsadida kreditlar bilan birga majburiy sug‘urtalash
amaliyotini joriy etmoqda. Bunday sug‘urtalash shakllari nafaqat kreditorning manfaatlarini
himoya qiladi, balki qarzdorga ham qo‘shimcha moliyaviy xavfsizlik kafolatini beradi. Bank-
sug‘urta integratsiyasi doirasida quyidagi 1-rasmda keltirilgan asosiy yo‘nalishlarni ajratish
mumkin.


background image


46

1-rasm. Bank-sug‘urta integratsiyasi doirasidagi asosiy yo‘nalishlar

Tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari o’rtasidagi integratsiya jarayoni

rivojlanayotgan davlatlar, xususan, O‘zbekiston moliya tizimi uchun ham dolzarbdir.
Respublikamizda tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida strategik hamkorlik
aloqalari tobora mustahkamlanmoqda. Jumladan, ipoteka kreditlarini sug‘urtalash, kichik
biznes subyektlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha kafolatlar va ixtiyoriy mulkiy sug‘urtalash
mahsulotlari kengaymoqda.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, sug‘urta va bank tizimlarining integratsiyasi nafaqat

moliyaviy sektorning barqarorligini oshiradi, balki aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy himoyasini ham mustahkamlab, iqtisodiyotda uzoq muddatli investitsion faollikni
rag‘batlantiradi.

Shu nuqtai nazardan, kredit operatsiyalarini amalga oshirishda sug‘urta oluvchilarning

mulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi risklarni sug‘urtalash tizimini rivojlantirish dolzarb
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmoqda.


Jahon tajribasida tijorat banklarining kredit risklarini boshqarish maqsadida turli

sug‘urtalash modellaridan foydalaniladi. Ularni quyidagi tashkilotlar amalga oshirishi mumkin:

mustaqil yuridik shaxslar sifatida tashkil etilgan sug‘urta kompaniyalari;
davlat tomonidan boshqariluvchi sug‘urta tashkilotlari;
tijorat banklari badallaridan tashkil topgan o‘zaro sug‘urta jamiyatlari.
Sug‘urta tashkilotining huquqiy shakliga qarab, bunday tashkilotlarni barpo etish mavjud

qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin. O‘zbekiston amaliyotida kredit
risklarini sug‘urtalash orqali muammoli kreditlar hajmini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda bank tizimi barqarorligini
ta'minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash va moliyaviy vositachilik samaradorligini oshirish
maqsadida kredit risklarini sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha izchil harakatlar
amalga oshirilmoqda. Ushbu yondashuv tijorat banklariga kredit bo‘yicha to‘lovlarni
qaytarmaslik xavfini kamaytirish, qarzdorlik darajasini pasaytirish, shuningdek, qarz
oluvchilar bilan munosabatlarda ishonchli huquqiy himoya yaratish imkonini beradi (1-jadval).

2- jadval

Kredit risklarini transfer qilish

•banklar kreditlar bo‘yicha asosiy risklarni (hayotni yo‘qotish, nogironlik, mulk zararlanishi)

sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazadi.

Moliyaviy mahsulotlarning diversifikatsiyasi

•banklar o‘z mijozlariga kredit bilan birga sug‘urta mahsulotlarini ham taklif etadi (masalan,

kredit bo‘yicha hayot sug‘urtasi).

Resurslardan samarali foydalanish

•bank infratuzilmasi orqali sug‘urta mahsulotlarini targ‘ib qilish marketing va xizmat ko‘rsatish

xarajatlarini kamaytiradi.

Risklarni kompleks boshqarish

•bank-sug‘urta alyansi moliyaviy xavflarga tizimli yondashuvni shakllantiradi.


background image


47

O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida ixtiyoriy sug‘urta mukofotlarining

sinflar (klasslar) bo‘yicha taqsimoti [11]

Klass nomi

Sug‘urta mukofoti hajmi

(mln. so’mda)

O‘zgarishi,

%

2023-yil

2024-yil

1

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot

shart sug‘urta qilish

51 456

92 405

79,6

2 Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta

qilish

65 156

88 784

36,3

3

Yer usti transport vositalarini

sug‘urta qilish

1 208 220

1 423 262

17,8

4

Harakatlanadigan temir yo‘l

tarkibini sug‘urta qilish

14 618

3 797

-74,0

5

Aviatsiya sug‘urtasi

107 680

99 288

-7,8

6

Dengiz sug‘urtasi

350

1460

317,0

7

Yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta

qilish

123 210

143 173

16,2

8

Mol-mulkni olovdan va tabiiy

ofatlardan sug‘urta qilish

1623

746

-54,0

9

Mol-mulkni zarardan sug‘urta

qilish

1812

3838

111,8

10

Avtofuqarolik javobgarligini

sug‘urta qilish

205

360

76,2

11

Aviatsiya sug‘urtasi doirasidagi

javobgarlikni sug‘urta qilish

21328

24772

16,1

12

Dengiz sug‘urtasi doirasida

javobgarlikni sug‘urta qilish

1289

1191

-7,6

13 Umumiy fuqarolik javobgarligini

sug‘urta qilish

200327

210518

5,1

14

Kreditlarni sug‘urta qilish

1300848

2098063

61,3

15

Kafillikni (kafolatlarni) sug‘urta

qilish

12316

24006

94,9

16

Boshqa moliyaviy

tavakkalchiliklardan sug‘urta

qilish

315940

140818

-55,4

17

Huquqiy himoya qilish bilan

bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish

-

-

-

18

Tibbiy sug‘urta

11266

8568

-23,9

Jami

7 142 835

8 866 280

24,1


2024-yilda O‘zbekistonda umumiy ixtiyoriy sug‘urta mukofotlari hajmi 8,87 trillion

so‘mga yetib, 2023-yilga nisbatan 24,1 foizga o‘sdi. Aksariyat sug‘urta klasslarida o‘sish


background image


48

kuzatilgan bo‘lsa-da, ba’zi yo‘nalishlarda (masalan, temir yo‘l, mol-mulkni tabiiy ofatlardan
sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta) keskin pasayish mavjud.

Shu bilan birga, kredit risklarini sug‘urtalash klassi (14-klass) eng muhim va tez

sur’atlarda o‘sayotgan segmentlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2023-yilda 1,3 trln. so‘mni tashkil
etgan bu ko‘rsatkich 2024-yilda 2,1 trillion so‘mga yetgan, ya’ni 61,3 foiz o‘sishga erishgan. Bu
ixtiyoriy sug‘urtaning umumiy hajmidagi eng yirik ulushlardan birini tashkil etadi — ya’ni jami
mukofotlarning 23,7 foizi aynan kredit sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bu holat quyidagi omillar bilan izohlanadi:
Bank sektorining o‘sishi va kreditlash hajmining ortishi;
Bank-sug‘urta integratsiyasining kuchayishi (bancassurance modeli);
Kredit bo‘yicha risklarni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosati va tarmoqdagi talabning

ortishi;

Qarz oluvchilarning moliyaviy himoyasini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj.
Kredit risklarini sug‘urtalash segmenti nafaqat sug‘urta bozorining eng faol

rivojlanayotgan yo‘nalishi, balki bank tizimi barqarorligi va kredit portfeli sifatining oshishiga
bevosita xizmat qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Uning jami sug‘urta mukofotlari
tarkibidagi yirik ulushi, bu yo‘nalishning strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bois,
ushbu yo‘nalishda chuqur tahlil, normativ huquqiy baza takomillashtirilishi va mahsulotlar
xilma-xilligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kredit risklarini sug‘urtalash
banklar uchun xavf-xatarlarni diversifikatsiya qilish va ehtimoliy yo‘qotishlarni moliyaviy
jihatdan qoplash vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, muammoli kreditlar
ulushining kamayishiga va kreditlash faoliyatining yanada faol rivojlanishiga zamin yaratadi.

Kredit risklarini sug’urtalash, muammoli kreilar hajmini kamaytirishda banklar va

sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik kengaytirilishi zarur. Bu bank mijozlari uchun
ham foydali bo‘ladi. Banklar o‘z xizmatlar assortimentini kengaytirmoqchi, sug‘urta
kompaniyalari esa har qanday holatda bank oldidagi majburiyatni bajarish imkonini beruvchi
mahsulotlarni taklif qilmoqda.

Ayniqsa, chakana xizmatlar bozorida sug‘urta mahsulotlariga talab ortmoqda. Masalan,

ko‘chmas mulk garovi bilan bog‘liq kreditlar sek’yuritizatsiyasi va refinanslash uchun risklarni
qoplovchi sug‘urtalar allaqachon paydo bo‘lgan. Bu sug‘urtalar kreditlar uchun garov, kafillik
va boshqa ta’minot vositalari kabi zaruriy elementga aylanmoqda.

Shunday istiqbolli yo‘nalishlardan biri – bu o‘zaro sug‘urta jamiyatlari (OSJ) ni yaratishdir.

Bunday jamiyatlar tijorat banklarining birlashuvi asosida tashkil qilinadi. Ular notijorat
hisoblanadi, daromad sug‘urta zaxiralariga yo‘naltiriladi va har bir bank a’zo-hissador sifatida
ishtirok etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Страхование. Современный курс: Учебник/Под ред. Е.В. Коломина. — М.: Финансы

и статистика, 2006. — 416 с.: ил. С 215,216.
2.

Шахов В.В. Страхование: Учебник для вузов. — М.: ЮНИТИ, 2001. — 311 с.

3.

Никитина Т.В. Страхование коммерческих и финансовых рисков. — СПб.: Питер,

2002. — 240 с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»).


background image


49

4.

Основы ипотечного кредитования/ Науч. ред. и рук. авт. колл. Н.Б. Косарева. — М.:

Фонд «Институт экономики города»: ИНФРА-М, 2007. — 576 с.
5.

Мигранян А. В. Особенности развития конкурентоспособности страны на этапе

перехода к рыночной экономике // Общество и экономика. 2004. № 10
6.

Abduraxmonov, I. (2020). Sug‘urta bozorini tartibga solish va prudensial nazoratning

samarali mexanizmlarini joriy etish,“. Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali, 2.
7.

Хаасен У., Ван дер Берг Л. Страхование в условиях рыночной экономики. М.: 1992.

8.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb sayti ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tayyorlandi –

https://www.imv.uz/

Библиографические ссылки

Страхование. Современный курс: Учебник/Под ред. Е.В. Коломина. — М.: Финансы и статистика, 2006. — 416 с.: ил. С 215,216.

Шахов В.В. Страхование: Учебник для вузов. — М.: ЮНИТИ, 2001. — 311 с.

Никитина Т.В. Страхование коммерческих и финансовых рисков. — СПб.: Питер, 2002. — 240 с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»).

Основы ипотечного кредитования/ Науч. ред. и рук. авт. колл. Н.Б. Косарева. — М.: Фонд «Институт экономики города»: ИНФРА-М, 2007. — 576 с.

Мигранян А. В. Особенности развития конкурентоспособности страны на этапе перехода к рыночной экономике // Общество и экономика. 2004. № 10

Abduraxmonov, I. (2020). Sug‘urta bozorini tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish,“. Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali, 2.

Хаасен У., Ван дер Берг Л. Страхование в условиях рыночной экономики. М.: 1992.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi – https://www.imv.uz/