Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarida nutqiy aktlarning voqelanishi, ya’ni ularning illokutsional va perlokutsional xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollar faqatgina til birliklari emas, balki ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarni ifoda etuvchi pragmatik vositalar sifatida ko‘riladi. J. Ostin va J. Searlning nutqiy akt nazariyalari asosida maqollarning assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ turlariga mansubligi aniqlanadi. Shuningdek, maqollar orqali bajariladigan kommunikativ vazifalar – nasihat qilish, ogohlantirish, undash, baholash kabi illokutsional maqsadlar va ular orqali tinglovchiga ta’sir o‘tkazish (perlokutsional samaradorlik) yoritiladi. Maqola tilshunoslikda pragmalingvistik tahlilning amaliy namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega.