Mazkur maqolada shaxmatning o‘sib kelayotgan yoshlarning aqliy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot shaxmat o‘yinining mantiqiy tafakkur, xotira, strategik rejalashtirish, qaror qabul qilish va kreativ tafakkurni rivojlantirishdagi rolini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, shaxmatning ta’lim jarayonidagi o‘rni va uning yoshlarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ta’siri muhokama qilinadi. Ilmiy manbalar va tadqiqot natijalariga asoslangan holda, shaxmatning maktab va oliy ta’lim tizimiga integratsiyasining dolzarbligi tahlil qilinadi.