Авторы

  • O‘ktam Jo‘rayev
    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.113024

Аннотация

Tijorat banklarining investitsiya strategiyasi moliyaviy resurslarini optimal joylashtirish orqali maksimal daromad olishga qaratilgan kompleks faoliyat yo‘nalishidir. Bu strategiya bank resurslarining tuzilmasi, likvidligi, riskka tolerantlik va umumiy iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda shakllantiriladi. Tijorat banklari investitsiya strategiyasi orqali nafaqat mavjud kapitalini samarali boshqaradi, balki iqtisodiyotdagi investitsion muhitga ham faol ta’sir o‘tkazadi. Strategik yondashuv bankka resurslar taqchilligi sharoitida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu boisdan, investitsiya strategiyasi bank risklarini boshqarish, barqaror foyda olish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi.


background image


87

TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA STRATEGIYASINI

SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Jo‘rayev O‘ktam Panji o‘g‘li

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734648

Tijorat banklarining investitsiya strategiyasi moliyaviy resurslarini optimal joylashtirish

orqali maksimal daromad olishga qaratilgan kompleks faoliyat yo‘nalishidir. Bu strategiya bank
resurslarining tuzilmasi, likvidligi, riskka tolerantlik va umumiy iqtisodiy vaziyatni inobatga
olgan holda shakllantiriladi. Tijorat banklari investitsiya strategiyasi orqali nafaqat mavjud
kapitalini samarali boshqaradi, balki iqtisodiyotdagi investitsion muhitga ham faol ta’sir
o‘tkazadi. Strategik yondashuv bankka resurslar taqchilligi sharoitida ustuvor yo‘nalishlarni
belgilash, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu
boisdan, investitsiya strategiyasi bank risklarini boshqarish, barqaror foyda olish va iqtisodiy
o‘sishga hissa qo‘shish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi.

Tijorat banklarining investitsiya strategiyasi odatda bir nechta asosiy yo‘nalishlarni o‘z

ichiga oladi: davlat va korporativ obligatsiyalarga investitsiya kiritish, qimmatli qog‘ozlar
bozori orqali operatsiyalarni amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri real sektor loyihalariga
resurslar ajratish, shuningdek, vositachilik xizmatlarini ko’rsatish. Qimmatli qog‘ozlarga
sarmoya kiritish qisqa muddatli va likvid vositalar hisoblanib, daromadlilik va xavfsizlikni bir
vaqtning o‘zida ta’minlashga xizmat qiladi. Real sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar esa
iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bilan birga, bank uchun uzoq muddatli
foyda manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, strategik portfel diversifikatsiyasi bank
kapitalining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tijorat banklarining investitsiya strategiyasini shakllantirishda ichki va tashqi omillar

majmuasi muhim rol o‘ynaydi. Ichki omillarga bankning kapital bazasi, riskga bo‘lgan
tolerantlik darajasi, likvidlik holati va boshqaruv sifati kiradi. Tashqi omillar esa
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, pul-kredit siyosati, inflyatsiya sur’atlari, moliya bozorining
holati va tartibga soluvchi organlar talablaridan iborat. Shu bois, banklar investitsiya
qarorlarini qabul qilishda muntazam ravishda tahlil va prognoz modellari asosida strategik
baholashlar olib boradi. Bank faoliyatini boshqarish portfelida uning rahbariyati quyidagi
investitsiya strategiyalarini doimiy ravishda maqbullashtiradi:

1)

o‘sish strategiyalari kurs bo‘yicha qiymati o‘sib boruvchi kompaniya

aksiyalaridan shakllanadi. Strategiyalarni mazkur turining maqsadi – nisbatan yuqori
dividendlar olish bilan birga, qimmatli qog‘ozlar portfeli kapital qiymatining o‘sishiga
erishishdir. Biroq dividend to‘lovlari kichik miqdorda amalga oshiriladi;

2)

agressiv o‘sish strategiyalari bank jamg‘armasining maksimal ravishda

qo‘shimcha o‘sishiga mo‘ljallangan. Ularning tarkibiga yosh, tez o‘sayotgan kompaniyalar
aksiyadorlik strategiyalari kiradi. Shu kompaniyalar kabi bank portfelidagi investitsiyalar ham
yetarli darajada riskga egadir, lekin u bir vaqtning o‘zida eng yuqori daromadni keltirishi bilan
ajralib turadi;

3)

konservativ o‘sish strategiyalari eng kam riskli hisoblanadi. Ularga asosan kurs

qiymati o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmasada, barqarorligi bilan ta’riflanadigan yirik, yaxshi
tanilgan kompaniyalar aksiyaldorlik strategiyalaridan iborat. Bunda bank portfeli tarkibi uzoq


background image


88

vaqt davomida barqaror bo‘lib qoladi. Konservativ o‘sish investitsiya strategiyalari
jamg‘armani saqlab qolishga mo‘ljallangan;

4)

o‘rtacha o‘sish strategiyalari agressiv va konservativ o‘sishning moliyaviy

instrumentlari, investitsiya xususiyatlarining uyg‘unlashuvidan iboratdir. Strategiyaning
mazkur turini amalga oshirishda uzoq muddatga sotib olinadigan ishonchli qimmatli qog‘ozlar
bilan birga tarkibi muntazam yangilanadigan riskli fond dastaklari qo‘llanadi. Bunda
jamg‘armaning o‘rtacha o‘sishi va qo‘yilmalarni mo‘tadil risk darajasi kafolatlanadi. Ishonchlilik
konservativ o‘sishning qimmatli qog‘ozlari bilan, daromadlilik esa - agressiv o‘sishning
qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanadi. O‘rtacha o‘sish strategiyalari qimmatli qog‘ozlar
portfelining eng keng tarqalgan modeli hisoblanib, yuqori riskka intilmagan banklarda
qo‘llanadi;

5)

daromad strategiyalari foizlar va dividend to‘lovlari hisobiga yuqori daromad

olish uchun mo‘ljallangan. Daromadlar asosan kurs qiymati o‘sishi mo‘tadil va dividendlari
yuqori bo‘lgan aksiyalardan, investitsiya xususiyati joriy to‘lovlari yuqoriligidan iborat
obligatsiyalar hamda boshqa qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlardan shakllanadi.
Strategiyalar mazkur turining xususiyati shundaki, ularning maqsadi – konservativ investorlar
uchun maqbul bo‘lgan riskning minimal darajasiga teng bo‘lgan daromadning minimal
darajasini olishdir. Shuning uchun mazkur strategiyaning ob’ektlari barqaror to‘lanadigan foiz
va kurs qiymatining yuqori nisbatiga ega fond bozorining yuksak ishonchli dastaklardir;

6)

o‘sish va daromad strategiyalari banklarning fond bozoridagi kurs qiymatining

pasayishidan hamad, dividend va foiz to‘lovlari pastligidan ehtimolli yo‘qotishlarini oldini olish
maqsadida shakllantiriladi.

Mazkur strategiya tarkibiga kiradigan moliyaviy aktivlarning bir qismi bank uchun

jamg‘arma qiymatini o‘stiradi, boshqasi esa – daromad keltiradi. Bunda bitta qismdan ko‘rilgan
zarar, ikkinchidan olingan daromad bilan qoplanishi mumkin. Shunday qilib, tijorat
banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini iqtisodiy mohiyati va
ahamiyati shundaki, turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni tijorat banklarga jalb qilish
yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish, foyda olish maqsadida xo‘jalik
yurituvchi su’ektlarni bo‘sh moliyaviy resurslarini investitsiyalarga samarali joylashtirish va
investitsiya faoliyati natijasida tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarini mulkiy va intellektual
boyliklarini daromad shakli va boshqa foyda samaradorligiga yo‘naltirishdan iboratdir.

Tijorat banklarining investitsiya strategiyasida risklarni aniqlash, baholash va ularni

minimallashtirish asosiy ustuvorliklardan biridir. Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq asosiy risk
turlari sirasiga foiz, kredit, likvidlik va bozor riski hisoblanadi. Ushbu risklar uchun banklar har
bir investitsion yo‘nalish bo‘yicha maxsus limitlar belgilaydi, sug‘urtalash, hedj qilish (hedging),
portfel diversifikatsiyasi, shuningdek, stress-test va ssenariy tahlillari orqali ularni boshqaradi.
Risklarni monitoring qilish tizimi strategiyaning samaradorligini ta’minlashda va potentsial
yo‘qotishlarning oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi. Zero, investitsion xavfsizliksiz
daromadlilikka erishish amalda mumkin emas.

Raqamli texnologiyalar va moliyaviy innovatsiyalar taraqqiyoti banklarning investitsiya

strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga olib kelmoqda. Bugungi kunda ko‘plab tijorat banklari
sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyalari, “big data” va tahliliy platformalardan foydalanib,
investitsiyaviy qarorlarni tez va ishonchli qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bundan
tashqari, yashil investitsiyalar (green investments), ESG tamoyillariga asoslangan sarmoyalar,


background image


89

fintex kompaniyalari bilan hamkorlik kabi yangi strategik yo‘nalishlar shakllanmoqda. Ushbu
yondashuvlar banklar uchun nafaqat moliyaviy foyda, balki ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va
barqaror rivojlanishga xizmat qilish imkonini beradi. Kelgusida investitsiya strategiyalari
yanada murakkab, moslashuvchan va texnologik jihatdan ilg‘or shaklga ega bo‘lishi kutilmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Игонина Л. Л. Инвестиции. – М.: Магистр, 2014. – 752 с.

2.

Кузнецова, О.С. Инвестиционная деятельность российских банков и проблемы ее

осуществления // Вестник Гуманитарного университета. – 2018. – № 1. – С. 22-25. –
[Электронный ресурс] – Режим доступа:

https://e.lanbook.com/journal/issue/307407

3.

Якутина Э.В. Инвестиции в банковской деятельности // Economics. – 2017. – № 5

(26). – С. 59-62.
4.

Райзберг, Б.А. Современный экономический словарь / Б.А. Райзберг, Л.Ш.

Лозовский, Е.Б. Стародубцева; 6-е изд., перераб. и доп. – М.: ИНФРА-М, 2017. – 512 с.

Библиографические ссылки

Игонина Л. Л. Инвестиции. – М.: Магистр, 2014. – 752 с.

Кузнецова, О.С. Инвестиционная деятельность российских банков и проблемы ее осуществления // Вестник Гуманитарного университета. – 2018. – № 1. – С. 22-25. – [Электронный ресурс] – Режим доступа: https://e.lanbook.com/journal/issue/307407

Якутина Э.В. Инвестиции в банковской деятельности // Economics. – 2017. – № 5 (26). – С. 59-62.

Райзберг, Б.А. Современный экономический словарь / Б.А. Райзберг, Л.Ш. Лозовский, Е.Б. Стародубцева; 6-е изд., перераб. и доп. – М.: ИНФРА-М, 2017. – 512 с.