78
TA’LIM MUASSASASIDA NIZOLAR, SABABLARI, TURLARI VA SAMARALI HAL
ETISH YO’LLARI
Ismatova Umida Nematullayevna
Xalqaro Nordik Universiteti magistranti
Tel: +998943619312
Email: umidaismatova8@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15730256
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim muassasasida nizolar, sabablari, turlari va samarali hal
etish yo’llari ko'rib chiqiladi Ta’lim muassasasidagi nizolarning sabablari va smarali hal etish
haqida zarur ma’lumot va bilimga ega bo‘lish har ta’lim muassasasini boshqarayotgan rahbar
uchun foydalidir. Nizolarni hal etish ta’lim muassasasi boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan
bo'lishi kerak.
Kalit so’zlar:
ta'lim muassasasi, boshqaruv, nizolarni boshqarish, boshqaruv
funktsiyalari, nizo turlari.
Abstract:
The article examines conflicts in educational institutions, their causes, types
and effective ways of resolving them. Having the necessary information and knowledge about
the causes and effective resolution of conflicts in educational institutions is useful for every
leader managing an educational institution. Conflict resolution should be aimed at improving
the management of the educational institution
Keywords:
educational institution, management, conflict management, management
functions, types of conflict.
KIRISH
Bugungi kunda ta’lim muassasalari nafaqat bilim berish balki ijtimoiy-psixologik
munosabatlar shakllanadigan muhim muhit hamdir. Bu muhitda turli manfaatlar, fikrlar va
ehtiyojlar to‘qnashuvi oqibatida nizolar vujudga keladi. Nizolar o‘z vaqtida aniqlanmasa va
to‘g‘ri boshqarilmasa, ta’lim sifatiga, jamoa ichidagi muhitga va o‘quvchilarning ruhiy holatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Zamonaviy dunyoda nizolar jamiyatdagi inson hayotining ajralmas
qismidir. Ular insonga, shu jumladan kasbiy faoliyat jarayonida hamrohlik qiladi. Bu borada
ta’lim muassasalari ham bundan mustasno emas. Umumiy qonunlarga bo'ysunish, ta'lim
muassasidagi nizolar bir qator omillar tufayli o'ziga xos xususiyatlarga ega. Muayyan
sharoitlarda ziddiyatli vaziyatlar ta'lim muassasasining barqaror faoliyatini buzishi va uning
faoliyati samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pedagogik jamoada
ziddiyatning kuchayishiga olib keladigan omillarni tahlil qilish, shuningdek, uyg'un
munosabatlarni o'rnatish boshqaruv faoliyatining jihatlaridan biridir.
Ta’lim muassasida sodir bo‘layotgan har qanday nizo rahbariyat nufuziga putur
yetkazishi mumkin. Sodir bo‘lgan nizodan ta’lim muassasasinin mavqeyi keskin pasayadi,
jamoada nosog‘lom muhit hukm suradi. Shuning uchun rahbardan nizolarning oldini olish
tadbirlarini tashkillashtirish va agar sodir bo‘lgan paytda esa ularni malakali tarzda hal etish
qobiliyati talab etiladi. Rahbar shaxsi, hatto, nizoli vaziyatni yumshatishdagi asosiy omil bo‘lib
ham ishtirok etishi mumkin. Rahbarning shahsiy madaniyati, nizoli va muammoli vaziyatga
munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Rahbar ijodiy bo‘lsa, muammoga ko‘p tomonlama
yondosha olsa, asta- sekin bu xislat uning qo‘l ostidagi xodimlar xulqida ham namoyon bo‘la
boshlaydi , keskin vaziyatga nisbatan rahbarning sokin munosabati, sovuqqonlik bilan
mushohada qila olish qobiliyati nizoning yumshatiga shart-sharoit yaratadi.
79
Muhtaram Prezidentimizning 2019-yil 24-apreldagi “ O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 20230-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli
Farmonida umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini yuqori bosqichga
ko‘tarish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish talab etilishi haqida ustvor
vazifalar belgilab berilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Ta’lim muassasasida yuzaga keladigan nizolar turli omillar natijasida kelib chiqadi. Asosiy
sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Muloqotdagi uzilishlar – o‘qituvchi va o‘quvchi, rahbar va xodim o‘rtasidagi noto‘g‘ri
tushunishlar.
Rollar va vazifalarning noaniqligi – xodimlar yoki o‘qituvchilarning vazifalari aniq
belgilanmagan hollarda kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi – resurslar, lavozimlar yoki imkoniyatlar bo‘yicha raqobat.
Shaxslararo munosabatlar – xususan, qarama-qarshi xarakter, turli temperament, shaxsiy
adovatlar.
Ta’lim tizimidagi islohotlar – o‘zgarishlarga moslashish jarayonida qarshiliklar va
noroziliklar paydo bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida uchraydigan nizolarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish
mumkin:
Shaxsiy (intrapersonal) nizolar – shaxsning ichki ziddiyatlari, masalan, o‘quvchi o‘ziga
bo‘lgan ishonchsizlik, yoki o‘qituvchining ichki ruhiy bosimi.
Shaxslararo (interpersonal) nizolar – o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi,
o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar.
Guruhlararo nizolar – sinflar, bo‘limlar, pedagogik jamoa ichidagi guruhlar o‘rtasidagi
ixtiloflar.
Tashkiliy nizolar – rahbarlik uslubi, boshqaruvdagi kamchiliklar, ish sharoitiga oid
muammolar.
Nizolarni hal etishning samarali yo‘llari
Ta’lim muassasasida yuzaga keladigan nizolarni samarali boshqarish uchun quyidagi
yondashuvlar muhim:
Profilaktik yondashuv – nizolarni oldindan aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni bartaraf etish.
Muloqotni rivojlantirish – ochiq, aniq va do‘stona muloqot muhitini yaratish.
Vositachilik (meditatsiya) – nizo ishtirokchilari o‘rtasida uchinchi shaxs (vositachi) orqali
murosaga erishish.
Kompromiss va hamkorlik – har ikki tomon manfaatini inobatga olgan holda o‘zaro
yechim ishlab chiqish.
Ta’lim va treninglar – o‘qituvchi va xodimlarga konfliktologiya, psixologiya asoslari
bo‘yicha muntazam treninglar o‘tkazish.
Adolatli boshqaruv – rahbarlikda shaffoflik va adolatni ta’minlash, har bir xodim va
o‘quvchining fikrini inobatga olish.
Nizolarni aniqlash jarayonining mohiyati asosiy boshqaruv funktsiyalarini amalga
oshirishdan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazoratdir. Nizolarni aniqlash
80
jarayoniga nisbatan rejalashtirish funktsiyasi muammoli vaziyatni hal qilishda muhim
ahamiyatga ega.
Rejalashtirish funksiyasi orqali ta'lim muassasa rahbari o'qituvchilarning kayfiyati, ularni
qiynayotgan muammolarni bilib oladi. Ushbu munosabat nizolarni aniqlashda va ularni ha
qilishda ta’lim muassasasi rahbariga pedagogik psixolog jihatdan katta yordam berishi
mumkin. Nizolarni aniqlash bo'yicha rejalashtirish jarayonida ishonchli ma'lumot olish
usullari sifatida sotsiometriya va anketadan foydalanish mumkin.
Nizolarni boshqarish jarayonining mohiyati asosiy boshqaruv funktsiyalarini amalga
oshirishdan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat. Mojarolarni boshqarish
jarayoniga nisbatan rejalashtirish funktsiyasi muammoli daqiqalarni aniqlash, faoliyatning
maqsad va vazifalarini aniqlashdir
Rejalashtirish ta'lim muassasa rahbariga o'qituvchilar tarkibidagi kayfiyat, mavjud
norasmiy guruhlar to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanishi kerak. Shu munosabat bilan, kadrlar
bo'yicha pedagogik psixolog katta yordam berishi mumkin. Nizolarni boshqarish bo'yicha
faoliyatni rejalashtirish jarayonida ishonchli ma'lumot olish usullari sifatida sotsiometriya va
anketadan foydalanish mumkin.
Ta'lim muassasasining o'ziga xos shartlaridan (o'qituvchilarning yoshi, asosan ayollar)
nizoli vaziyatlar aniq o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ular tomonlar o'rtasidagi yashirin
qarama-qarshilikda, nizoli vaziyatda ishtirokchilarning hissiyotlarini kuchaytirishda namoyon
bo'lishi mumkin.
Ta'lim tashkilotining pedagogik jamoasida ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo'lishining
sabablari orasida I. V. Milushkina uchta asosiy sabab guruhini aniqlaydi:
- birinchi guruh muvaffaqiyatli ishlashga to'sqinlik qiluvchi sabablardan iborat (noqulay
mehnat sharoitlari, ish haqi tizimining nomukammalligi, xususan, ish haqi fondining
rag'batlantiruvchi qismini taqsimlash, o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha qarashlarning
farqlari, fikrlarning kelishmovchiligi); kasbiy vazifani hal qilish bo'yicha nuqtai nazar);
- ikkinchi guruhni pedagogik jamoa a’zolarining ijtimoiy munosabatlarining xarakterini
aks ettiruvchi sabablar: Bir-biriga nisbatan noxolis va salbiy munosabat, ishbilarmonlik va
norasmiy muloqot me’yorlarini buzish
- o'zaro ta'sir ishtirokchilarining shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan sabablar:
jamoaning alohida a'zolarining psixologik mos kelmasligi
V. Milushkina ta'lim muassasasidagi konfliktli vaziyatlarning keng tarqalgan turi bu
rahbar va o'qituvchilar o'rtasidagi nizolar ekanligini ta'kidlaydi. Mojarolarning sababi
o'qituvchilarning o'z xizmat vazifalarini noto'g'ri bajarishi (ob'ektiv sabab), rahbarning
muayyan faoliyat to'g'risida o'z g'oyalarini yuklashi bo'lishi mumkin.
Aniqlanishicha, mehnat jamoalarida nizodan so‘nggi kayfiyatning buzilishi va
tinchlanguncha o‘tadigan vaqt shu nizoga tayyorlanish davriga nisbatan uch baravar ko‘proq
muddatni egallar ekan. Jamoalarda nizo sabablarini tadqiq etish natijasida ziddityalarni yuzaga
keltiruvchi qator omillar aniqlandi. Bular qatoriga mehnat resuslarining chegaralanganligi,
ishlab chiqarishga oid masalalarning uzviy bog‘liqligi, xodimlarning tashkilot kelajagi
haqidagi tasavvurlarning noanqiligi, ta’lim muassasasi ichidagi kommunikatsiyalardan
qoniqmaslik, kadrlarni tayyorlash darajasining pastligi va shu kabi sabablar kiradi.
Rahbar ta’lim muassasasi boshqaruv faoliyatida sanab o‘tilgan nizolarning har biri bilan
to‘qnash keladi. Shu munosabat bilan quyida ular yuzasidan ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz.
81
Shaxsiy nizolar
.
Nizoninig bu turi ayrim paytda ichki nizo deb ham nomlanadi. Nizoning
bu ko‘rinishiga shaxsning ichki ziddiyatlari sabab bulib, bunday tafovutlarni yuzaga keltiruvchi
omillarni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: 1) Insonning ehtiyoji, intilishi va qadriyati
uning o‘z bo‘yniga olayotgan mas’uliyati bilan qarama-qarshi bo‘lib qoladi; 2) Shaxsning unga
qo‘yilayotgan talablarga bosh ko‘tarishi natijasidagi ichki tug‘yonlari. Misol tariqasida ta’lim
muassasasi miqyosida uchrab turadigan quyidagi holatlarni eslash mumkin: Xodim biron ishni
puxta bajargisi keladi, lekin vazifani yakunlash muddati uni shoshiltiryapti. Natijada,
muddatdan kechikmaslik xohishi va mehnatga sidqidildan munosabatda bo‘lish kabi ikki
xohish o‘rtasida nizo yuzaga keladi. Demak, insonning dunyoqarashi va odatlari o‘rtasidagi
bunday nomuvofiqlik ichki nizoning asosida yotadi. Ichki nizoga yana bir misol sifatida
xodimning ikki raxbardan bir vaqtning o‘zida topshiriq olishi va qaysinisini birinchi navbatda
bajarishi masalasida qiynalishini xam keltirish mumkin. Bu ikkala misolda qamrab olingan nizo
sababi tashqi muhit bilan belgilangan.
Shaxslararo nizo.
Ta’lim muassasalarida nizoning bu turi ko‘plab uchraydi. Aksariyat
rahbarlarning fikricha, bunday nizoning yagona sababi – xodimlar xarakterlarining o‘zaro
nomutanosibligidir. Biroq, mazkur nizoga oid vaziyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo
ziddiyatlar asosida, ko‘p hollarda, ob’ektiv sabablar yotar ekan. Rahbar bilan xodim o‘rtasida
nizo yuzaga kelaganda esa, xodim o‘ziga ajratilayotgan ish xajmini adolatsiz deb hisoblashi,
rahbar esa xodim ishga sovuqqonlik bilan qarayapti degan fikrda bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarishda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi nizolarni ham ko’rib
chiqishimiz mumkin.
Ta'lim va tarbiya jarayonini boshqarish qarama-qarshiliklar va nizolarsiz mumkin emas.
Shuningdek hozirgi kunda ham bunday nizolar yo'q deb ayta olmaymiz. o'qituvchi va o’quvchi
o'rtasidagi ziddiyatlar quyidagicha tasniflanishi mumkin:
- o'quvchining darsga o’z vaqtida tayyorlanib kelmasligiga
- o'quvchining maktab ichi tartib qoidalariga amal qilmasligi
- o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi shaxsiy-emotsional muhitga
O'qituvchi va o’quvchi o'rtasidagi nizo o'quvchining ta'lim vazifasini bajarishdan yoki
uning yomon bajarilishidan voz kechishida namoyon bo'ladi. Bu turli sabablarga ko'ra sodir
bo'lishi mumkin o’qituvchining darsga puxta tayyorlanib kelmasligi, o’qituvchining darsga o’z
vaqtida kirmasligi 5-6 daqiqa kechikib kirib kelishi , o’quvchi bergan savollarga aniq va lo’nda
javob bera olmasligi. Dars vaqtida o’qituvchi telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishi. Natijada
nima bo’ladi o’quvchi darsga qiziqmay qo’yadi.O’qituvchini darsida shunchaki tanaffus
bo’lguncha majburlikdan o’tiradi.Bu jarayon shunday davom etsa o’quvchi o’qituvchini
mensimay qo’yadi va bu xolat o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida nizo va ziddiyat paydo bo’lishiga
olib keladi.
NATIJALAR
Tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, avvaldan ham biror-bir oila, qabila mahallada
nizo kelib chiqadigan boʻlsa, oʻsha urugʻ yoki mahallaning yoshi kattalari, barcha hurmat
qiladigan aʼzolari nizolashayotgan taraflarni kelishuvga chaqirib, ularning munosabatlarini
yaxshilashga, ular oʻrtasidagi nizoni tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishgan va bu holat bu kungi
zamonamizda ham davom etmoqda. Bu borada yuridik fanlar nomzodi, professor
M.M.Mamasidiqov quyidagicha fikr bildirgan, “Nizodagi taraflarni yarashtirishga qaratilgan
82
milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimiz, mamlakatimiz hududida muqaddam amalda boʻlgan
tartib-taomillar toʻgʻrisida soʻz yuritish joiz koʻrinadi”
Maʼlumki, aholisining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiluvchi yurtimizda tomonlar
oʻrtasida yuzaga kelgan turli kelishmovchiliklar va nizolarni oʻzaro murosa yoʻli bilan hal
etishga asosiy eʼtibor berib kelingan. Zero, dinimiz anʼanalari inson hayotining barcha
jabhalariga daxldor boʻlib, oqilonalik va boshqalarga yaxshilik qilish orqali odamlar oʻrtasidagi
munosabatlarni yengillashtirishga xizmat qilgan va taraflarni yuzaga kelgan nizolarni tinch yoʻl
bilan hal qilishga daʼvat qilgan. Ayniqsa, ta’lim muassasida rahbari boshqaruv jarayonida
xodimlar munosabatlarini saqlab qolish maqsadida kechirimli boʻlish va shu orqali
kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirgan. Mamlakatimizda nizolarni hal
qilishning muqobil usullarini joriy qilishga oid izchil islohotlar amalga oshirilib, ularning
huquqiy asoslari moddiy protsessual qonunchilikda mustahkamlanib, bosqichma-bosqich
takomillashib bormoqda. Bu usullardan ta’lim muassasasi boshqaruvida ham qo’llanlib
kelinmoqda.
MUHOKAMA
Ta’lim muassasasini boshqarishda nizolarni aniqlash va ularni hal qilish qoʻllaniladigan
usullar orqali munosabatlarda nizolashayotgan tomonlarning aloqalarini saqlab qolish, ular
oʻrtasidagi munosabatlarni xolislikda olib borish, nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish,
nizolarni hal qilishning huquqiy asoslari nizoni hal qilish yakuniy va barcha tomonlarni
qoniqtiradigan tarzda yakuniy xulosaga kelish, nizoni tezda hal qilish, uzoq vaqtdan ta’lim
muassasasida davom etayotgan nizolarni anqilash va ularni hal qilish orqali murosai-
madoraga keltirish, nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida koʻplab nizolarni birdaniga hal qilish,
vaziyat yuqori darajadagi maxfiylikni saqlash, tomonlar mojaroni rasmiy ravishda hal qilish
kabi ijobiy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, bir qator hollarda nizolarni hal qilishning orqali
taraflar oʻrtasida munosabat jiddiy tusda boʻlsa, tomonlardan biri oʻz manfaatlarini yetarli
darajada himoya qila olmasligi, ishtirokchilardan birini sogʻligi yomonlashib qolishi, ular
orasida yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan konfliktni yuzaga kelishi, nizolashayotgan
taraflardan birini aniq koʻrsatilmasligi, nizoni tinch yoʻl bilan hal qilishni beparvolik va
istamaslikka yoʻl qoʻyilishi, manfaatlar toʻqnashuvi yuza kelishi, tomonlardan biri ikkinchi
tomonga nisbatan zaifligi yoki noilojlik pozitsiyasida boʻlishi, taraflar nizolarni hal qilish
usullari qoʻllash davomida erishilgan kelishuvlarni keyinchalik amalga oshirish masalasida
ishonmasliga oʻxshash salbiy jihatlari mavjud.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ta’lim muassasasida nizolar tabiiy holat bo‘lib, ularni inkor
etish emas, balki to‘g‘ri boshqarish muhimdir. Nizolarni o‘z vaqtida aniqlash, chuqur tahlil
qilish va ilmiy asoslangan usullar bilan hal etish ta’lim muassasasida sog‘lom iqlimni
ta’minlaydi. Bu esa nafaqat ta’lim sifatiga, balki jamoaviy birdamlik, o‘zaro hurmat va samimiy
munosabatlarning shakllanishiga ham xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 20230-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
83
5712-sonli Farmoni.
2.
M.M. MAMASIDDIQOV - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti boʻlim boshligʻi. S.I.XASANOV Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagiAmaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yetakchi ilmiy xodimi
“Mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish zarurati va ahamiyati” maqolasi. Toshkent-2017
3.
Milushkina I. V. O'qituvchilar tarkibidagi nizolarni boshqarish texnologiyasi//Iqtidorli
o'qituvchi. 2013 yil. № 4.
4.
5.
6.