Bugungi kunda dunyo mamlakatlari uchun barqaror rivojlanish konsepsiyasi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanish nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, balki tabiiy resurslarni muhofaza qilish, atrof-muhitni saqlash, shuningdek ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi tabiiy resurslarga boy, ammo ekologik muammolari mavjud bo‘lgan mamlakatlar uchun barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu tezisda O‘zbekiston misolida iqtisodiy va ekologik maqsadlarni muvozanatlash orqali barqaror rivojlanish loyihalarining mohiyati, amaliyoti, muammolari hamda istiqbolli yo‘nalishlari batafsil tahlil qilinadi.