105
SHE’RIY TARJIMADA MILLIY RUH VA ESTETIK IFODA UYG‘UNLIGI
Dadebayeva Malika Miratbayevna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15779391
Annotatsiya
: Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf
she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z
san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari tahlilga tortilgan. O‘zbekcha
she’rlarning qoraqalpoqcha tarjimalarida milliy ruhning ifodalanishi haqida fikr-mulohazalar
bayon qilingan.
Kalit so‘zlar.
O‘zbek adabiyoti, qoraqalpoq adabiyoti, lirika, obraz, o’ziga xoslik,
badiiylik, milliylik, mushtaraklik, lirik qahramon.
Qardosh xalqlar — xususan, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti namoyandalari azaldan bir-
biriga mehr bilan yondashib, o‘zaro ijodiy aloqalarni rivojlantirib kelganlar. Bu bugungi kunda
ham davom etmoqda, zamonaviy tarjimalar va adabiy uchrashuvlar orqali yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Bunday jarayonlar nafaqat adabiy taraqqiyot, balki umumiy madaniy
integratsiyaning muhim ifodasidir.
Shu bois, o‘zaro adabiy aloqalarni o‘rganish, qadrlash va davom ettirish bugungi yosh
avlodning ma’naviy-ma’rifiy burchidir. Bu orqali nafaqat boy adabiy meros saqlab qolinar,
balki xalqaro madaniy muloqotga xizmat qiladigan, millatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlik
rishtalarini yanada mustahkamlaydigan muhim qadriyatlar rivoj topadi.
Muhammad Yusuf kabi yirik shoirlarning asarlarini qardosh qoraqalpoq tiliga tarjima
qilish jarayoni nafaqat adabiy, balki madaniy va ruhiy hamkorlikning yorqin ifodasidir.
Shoirning “Xavotir” she’rining Keńesbay Karimov va Bazarbay Seytayev tomonidan amalga
oshirilgan tarjimalarda, tarjimonlar nafaqat matnning mazmunini yetkazishga, balki she’riy
asarning ohangdorligi, emotsional ta’siri va estetik ruhi saqlanishiga alohida e’tibor
qaratganlar.
Shoirning “Xavotir” she’ri ham Keńesbay Karimov va Bazarbay Seytayevlar tomonidan
tarjima qilingan. Bularni ham tahlil qilib ko‘rsak. Asliyatda:
Qo‘rqaman, ertaga men o‘lib ketsam,
Yotar bo‘lsam qumga botib ko‘zlarim,
Ko‘nglimni ko‘chkiday bosadi bir g‘am –
Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim…[3:11]
B.Seytayev tarjimasida:
Qorqaman kúni erteń ólip ketsem,
Jatar bolsam qumǵa batıp júzlerim,
Kewlimdi kóshkidey basadi bir ǵam –
Joqlawdı bilmeydi meniń qızlarım. [5:23]
Asliyatning ikkinchi misrasida “Yotar qumga botib mening ko‘zlarim” B.Seytayev
tarjimasida “júzlerim” tarzida tarjima qilingan. To‘rtinchi misrasida esa “yig‘lashni” so‘zi esa
“joqlawdı” so‘zi tarzida tarjima qilingan. Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligida bu so‘z
“geypara xalıqlardıń ólgen adamdı qayǵırıp, qosıq-jır aytıp jılaw salt dástúri” ma’nosini
anglatadi. Bunga ko‘ra tarjimon bu so‘zni to‘g‘ri qo‘llagan va bu orqali ma’nosi yana ham
kuchaygan. Bu orqali tarjimon o‘z xalqining lingvomadaniy xususiyatlarini ham ko‘rsatib
o‘tgan desak yanglishmaymiz.
106
K.Karimov tarjimasida esa:
Qorqaman, bir kúni men ólip ketsem,
Jatar qumǵa batıp meniń kózlerim.
Kóńlimdi kóshkidey basadı bir ǵam,
J ılawdı bilmeydi-aw, meniń qızlarım. [1:68]
Ikkinchi misrasidagi B.Seytayevdagi kamchilik “kózlerim” tarzida to‘g‘ri tarjima qilingan.
To‘rtinchi misrasida esa “jılawdı bilmeydi-aw” ya’ni kuchaytiruvta’kid yuklamasi qo‘shilib
tarjima qilingan va ma’no kuchaytirilgan. Bu esa she’rdagi ma’noning yana ham ta’sirli
bo‘lishini ta’minlab bergan.
Bazarbay Seytayev tarjimasida “joqlawdı” so‘zining qo‘llanishi orqali qoraqalpoq
xalqining lingvomadaniy jihatlari, ya’ni marhumni motam bilan yod etish an’anasi ifodalangan
bo‘lsa, bu tarjimada milliy madaniyat xususiyatlarining asarga singdirilishi kuzatiladi.
Keńesbay Karimov esa “jılawdı bilmeydi-aw” kabi kuchaytiruv yuklamasi orqali emotsional
ta’sirni yanada kuchaytirgan. Bu ikki tarjima namunasida ham tarjimonning individual
yondashuvi, badiiy-estetik tafakkuri va madaniyatlararo muloqotga qo‘shgan hissasi yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Umuman olganda, bunday tarjimalar orqali ikki xalq o‘rtasidagi adabiy-madaniy
rishtalar yanada mustahkamlanmoqda. Tarjimonlar faqatgina til vositachilari emas, balki
xalqlararo do‘stlik, hamjihatlik va madaniy uyg‘unlik elchilari sifatida faoliyat yuritadilar.
Bugungi yosh avlod uchun bunday tarjimalarni o‘rganish, tahlil qilish va davom ettirish
nafaqat adabiyotshunoslik uchun, balki umumiy milliy-ma’naviy taraqqiyot yo‘lida ham
dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, bunday izlanishlar orqali biz nafaqat she’riy asarlarning
go‘zalligini anglaymiz, balki xalqimizning tarixiy, madaniy va ruhiy boyliklarini chuqurroq
idrok etamiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Amudarya” jurnali., – Nukus: Nukus, 2014.
2.
Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo‘lamiz., – Toshkent:Nihol, 2008
3.
Muhammad Yusuf. Oq tulpor,. – Namangan: Namangan, 2003.
4.
Muhammad Yusuf. Saylanma,. – Toshkent: Sharq, 2007.
5.
Seytayev B. Biz baxitli bolamiz,. – Nukus: Qaraqalpaqstan, 2004.
6.
G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi., – Toshkent:Tafakkur bo‘stoni,
2012