7
KIMYO DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH
Normurodova Lobar Baxtiyor qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15844958
Annotatsiya:
Ushbu maqola kimyo darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samarali usullari
va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada interfaol usullar orqali
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligi oshishi, tanqidiy fikrlash va mustaqil
o‘rganish ko‘nikmalari va laboratoriya ishlari, guruhda hamkorlik, virtual laboratoriyalar va
boshqa innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kimyo fanini chuqurroq va amaliy
tarzda o‘rgatish imkoniyatlarini beradi .
Kalit so‘zlar:
interfaol metod, kimyo darsi, ta’lim, laboratoriya ishlari, guruhda
hamkorlik, tanqidiy fikrlash, virtual laboratoriya, o‘quv faolligi, innovatsion usullar, mustaqil
o‘rganish.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются эффективные способы использования
интерактивных методов на уроках химии и их значение в учебном процессе. Показано,
что применение интерактивных методов способствует повышению интереса и
активности учащихся на занятиях, развитию критического мышления, навыков
самостоятельного обучения. Также подчёркивается значение лабораторных работ,
группового сотрудничества, виртуальных лабораторий и других инновационных
педагогических технологий для более глубокого и практико-ориентированного
освоения химии.
Ключевые слова:
интерактивный метод, урок химии, обучение, лабораторные
работы, групповое сотрудничество, критическое мышление, виртуальная лаборатория,
учебная активность, инновационные методы, самостоятельное обучение
.
Annotation:
This article discusses effective ways of using interactive methods in chemistry lessons
and their significance in the educational process. It shows that interactive methods increase
students’ interest and engagement in class, develop critical thinking, and foster independent
learning skills. The importance of laboratory work, group collaboration, virtual labs, and other
innovative pedagogical technologies is also emphasized for a deeper and more practical
understanding of chemistry.
Keywords:
interactive method, chemistry lesson, education, laboratory work, group
collaboration, critical thinking, virtual laboratory, learning engagement, innovative methods,
independent learning.
Kirish.
Bugungi kunda kimyo fanini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish asosiy
metodikaga oid g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘qitishning interfaol usullari va
interfaol shakllari va usullaridan foydalanish, talabalarni kognitiv faolligini faollashtirishga,
o‘quv materialini mustaqil ravishda tushunishga yordam beradi. Interfaol usullar bilim,
ko‘nikma, yangi malakalarni ya’ni talabaning asosiy kompetensiyalarini bo‘lishi: o‘rganish,
izlash, fikrlash, hamkorlik qilish kabi o‘z ustida ishlash, mashq qilish va rivojlanish imkonini
8
beradi. Aynan interfaol ta’lim o‘qituvchiga bilim faoliyatini tashkil etishga yordam beradi,
deyarli barcha o‘quvchilar izlanish, o‘rganish jarayonida ishtirok etadilar.
Kimyo fanini o‘qitishda interfaol tushunchasini o‘rganar ekanmiz, “interaktiv, interfaol”
atamasi pedagogikaga birinchi marta 1975 yilda nemis tadqiqotchisi Xans Frits tomonidan
qo‘llanilgan.
Hozirgi vaqtda pedagogika fanida “interfaol ta’lim, interfaol metod, interfaol
mediavosita” tushunchalari shakllanib, takomillashtirilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va Metodologiya.
Kimyo darslarida interfaol metodlardan foydalanish zamonaviy ta'lim jarayonining
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularni faollikka undaydi hamda bilimlarni chuqurroq
va mustahkamroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu usullar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash,
mustaqil qaror qabul qilish, tahlil qilish va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Shu bilan birga, interfaol metodlar o‘quvchilarni guruhda ishlashga, hamkorlik
qilishga rag‘batlantiradi, bu esa kimyo fanining amaliy ahamiyatini yaxshiroq tushunishga
yordam beradi.
Interfaol ta'lim usullari orqali o‘quvchilar laboratoriya tajribalari, guruhlarda
hamkorlikdagi loyihalar, rolli o‘yinlar, muhokamalar va multimedia vositalari yordamida
kimyo fanini o‘rganishda faol ishtirok etadilar. Bu esa nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
ko‘nikmalarni ham shakllantirishga imkon yaratadi. Natijada, o‘quvchilar kimyo faniga
nisbatan qiziqishlari ortadi, o‘rganish jarayoni esa yanada samarali bo‘ladi.
Interfaol so‘zi o‘zaro faoliyat, muloqotga asoslangan degan ma’noni anglatadi. Ta’lim
jarayonida interfaol metodlar — bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot, fikr
almashish, bahs-munozara va hamkorlik asosida olib boriladigan o‘qitish usullari hisoblanadi.
Interfaol metodlar ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, faol ishtirok etishga undaydi,
ularni o‘rganish jarayonining markaziga qo‘yadi va bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga
yordam beradi. Bu usullar orqali o‘quvchilar o‘zaro fikr almashadi, muammolarni birgalikda
hal qiladi va o‘qituvchi bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
9
Interfaol metodlar turlari
1.Guruh muhokamalari: Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, muayyan bir kimyoviy
jarayon yoki hodisa haqida muhokama olib borishadi. Bu metod talabalarning fikrlarini
qanday ifodalash, bahslashish va bir-birining fikrlarini tinglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
2. Tajribalar o‘tkazish: Kimyo darslarida tajribalar o‘tkazish talabalarga nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Bu esa sifatni, asosiy kimyoviy qonunlarni va
jarayonlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
3. Simulatsiya va model yaratish: Talabalar kimyoviy jarayonlarni simulyatsiya qiladigan
dasturlar yordamida tajribalarini o‘tkazishlari mumkin. Masalan, kimyoviy reaksiyalarni
modellash orqali ularning sabab va oqibatlarini tushunish mumkin.
4. Kichik loyiha yoki tadqiqotlar: Talabalar o‘zlariga qiziq bo‘lgan biron-bir kimyoviy
mavzu bo‘yicha tadqiqot olib borishi va bu boradagi natijalarni taqdim etishi mumkin. Bu
metod o‘zu uchun qiziqarli bilimlarni kashf etish va muayyan mavzu bo‘yicha chuqur
tushuncha hosil qilish imkoniyatini beradi.
10
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, zamon talab darajasida o’quv jarayonini tashkil etishda kimyo
fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilarning darsga bo’lgan
qiziqishlarni oshiradi, darslarda faol ishtirok etish uchun bilimlarni chuqurroq va
mustahkamroq o’zlashtirishga, vaqtni tejab dars mashg’ulotlarni qiziqarli, zamon talabiga xos
bo’lgan tarzda o’tishda interfaol metod muhim o’rin tutib kelmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Berdikulov, R.S. (2022). Kimyo ta’limiga mantiq qoidalarini integratsiyalash to‘g‘risida.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali.
2.
Klarin M.V. Jahon pedagogikasida yangiliklar: so‘rov, o‘yin va muhokama orqali
o‘rganish. (Xorijiy tajribani tahlil qilish). // Klarin M.V. – Riga: SPD “Tajriba”, 1998. – 56 b.
3.
Pometun O.I., Pirozhenko L.V. Kundalik dars. Interfaol ta’lim texnologiyalari. / O.I.
Pometun – K.: A.S.K., 2004. – 12 b.
4.
Ishmuhamedov R.J. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini
oshirish yo‘llari» Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari uchun uslubiy
tavsiyanoma. / R.J. Ishmuhamedov. – T.: O‘qituvchi, 2013. – 80 b.
5.
Ismailov S.A. The methodology of using information and communication technologies
and the method of working in small groups in teaching chemistry. // S.A., Ismailov. //
Academic research in educational sciences. (SIJF) 2021. – p. 514–522.
6.
Mullaboyev N.A. Mineral o‘g‘itlar mavzusini o‘qitishda yangi axborot va pedagogik
texnologiyalardan foydalanish. / N.A. Mullaboyev. – F.: 2021. – 20 b.
7.
Ismailov S.A. Kimyo fanidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini axborot
texnologiyalar yordamida o‘qitish. / S.A., Ismailov // Science and Education. (SIJF) 2022. –
864 b.
8.
Ergashovich, S.I. (2022, December). Preparation of students for international
11
examination studies of future chemistry teachers.
9.
Ergashovich, S.I. (2022). Tasks and implementation of international evaluation studies
in Uzbekistan. Pedagogical sciences and teaching methods, 2(18), 85–90.
10.
Juraev, B., & Turaev, H. (2022). Xalqaro baholash tadqiqotlar materiallaridan
foydalanishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Science and innovation, 1(88), 1578–
1582
11.
Bektosheva, S., & Shermazarov, I. (2022). O‘quvchilarda funksional savodxonlikni
rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. Science and innovation, 1(88), 1570–1577.