Авторы

  • Fotimaxon Mamajonova
    Andijon davlat tibbiyot instituti Akademiya litseyi Biologiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.130179

Ключевые слова:

Ekologik madaniyat ekologik ong ekologik qadriyat ekologik mas’uliyat ekologik ta’lim eko-pedagogika xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim loyiha asosidagi o‘qitish raqamli vositalar barqaror rivojlanish fanlararo integratsiya.

Аннотация

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv, emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan.


background image


128

YOSH AVLODDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM

TIZIMINING ROLI

Mamajonova Fotimaxon O‘ktamovna

Andijon davlat tibbiyot instituti

Akademiya litseyi Biologiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16719457

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy

komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai
nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat
va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv,
emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu
komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya
vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar
va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv
dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik
yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning
muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning
hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan.

Kalit so‘zlar.

Ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik qadriyat, ekologik mas’uliyat,

ekologik ta’lim, eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi o‘qitish,
raqamli vositalar, barqaror rivojlanish, fanlararo integratsiya.


Bugungi kunda global miqyosda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar – iqlim

o‘zgarishi, suv tanqisligi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, havo va tuproq ifloslanishi kabi
jarayonlar insoniyatning barqaror taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda. Xususan, bu
muammolar kelajak avlod hayoti, salomatligi va ekologik xavfsizligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shu sababli yoshlarning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatli
munosabatini shakllantirish, ularning ekologik ongini chuqurlashtirish, xatti-harakatlarini
barqaror rivojlanish tamoyillariga moslashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga
aylanmoqda. Chunki ekologik inqirozlar faqat texnik yechimlar bilan emas, balki ijtimoiy-
madaniy va pedagogik choralar orqali hal etilishi mumkin. Bu esa yosh avlodni ekologik ongli,
mas’uliyatli va faol fuqarolar sifatida tarbiyalash zaruratini yuzaga keltiradi.

Mazkur kontekstdan kelib chiqib, ta’lim tizimi ekologik madaniyatni shakllantirishda

strategik mexanizm sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim – inson ongini shakllantiruvchi,
qadriyatlar tizimini barpo qiluvchi, ijtimoiy xulq-atvorga yo‘naltiruvchi asosiy institut bo‘lib, u
orqali ekologik madaniyatni shakllantirish barqaror, uzluksiz va tizimli tarzda olib borilishi
mumkin. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ekologik
savodxonlikni oshirish, amaliy ekologik ko‘nikmalarni shakllantirish va axloqiy mas’uliyat
hissini uyg‘otish orqali ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlarini shakllantirish
imkoniyati yaratiladi. Shu boisdan, ekologik tarbiya va ta’limni ta’lim tizimining ajralmas qismi
sifatida joriy etish, yoshlar ongiga ekologik barqarorlik g‘oyalarini singdirish dolzarb ilmiy-
metodik masala sifatida e’tirof etiladi.

Ayni paytda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, 2022–2026


background image


129

yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da, “Yashil makon”

1

umummilliy loyihasida, “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarda ta’lim tizimi
orqali ekologik ong va madaniyatni shakllantirish zarurati alohida ta’kidlangan. Shuningdek,
ekologik ta’lim bo‘yicha UNESCO, UNEP va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab
chiqilgan konseptual yondashuvlar milliy ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya
qilinmoqda. Bu esa ekologik masalalarni shunchaki fan doirasida emas, balki ta’lim-tarbiya
jarayonining gumanistik va aksiologik asosi sifatida qarashni taqozo etmoqda. Shunday qilib,
mavzuning dolzarbligi nafaqat ekologik xavfga javob, balki yoshlarning ma’naviy-axloqiy
kamolotini ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalish sifatida qaralmoqda.

1-rasm. Ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlari

Ekologik madaniyat – bu insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatida namoyon

bo‘ladigan bilim, qadriyat, axloqiy me’yor va amaliy faoliyatlarning uyg‘unlashgan tizimidir. U
shaxsning ekologik ongini, ekologik mas’uliyatini va barqaror rivojlanish tamoyillariga
asoslangan hayot tarzini ifodalaydi.

2

Ilmiy manbalarda ekologik madaniyat ko‘pincha kognitiv

(bilim), emotsional-aksiyologik (qadriyat) va amaliy-komportamental (xatti-harakat)
komponentlardan tashkil topgan kompleks tizim sifatida izohlanadi. Kognitiv komponent
insonning tabiat, ekologik tizimlar, muammolar va ularning yechimlari haqidagi bilimlari bilan
bog‘liq bo‘lsa, emotsional-aksiyologik komponent tabiatga nisbatan hissiy munosabat, ekologik
axloq va qadriyatlarni qamrab oladi. Amaliy-komportamental komponent esa ekologik bilim va
qadriyatlarning konkret xatti-harakatga aylanishini, ya’ni shaxsning kundalik hayotda ekologik
mezonlarga asoslangan faoliyatini bildiradi.

Yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirishda ushbu komponentlarning har biri

uzviy bog‘liqlikda rivojlanishi zarur. Ekologik bilimlar orqali o‘quvchilar atrof-muhitda yuz
berayotgan o‘zgarishlarni tushunishga o‘rganadi, ekologik qadriyatlar orqali tabiatga nisbatan
mas’uliyat hissi va ekologik axloqiy pozitsiyaga ega bo‘ladi, amaliy xatti-harakatlar orqali esa
ushbu bilim va qadriyatlarni real hayotda aks ettira boshlaydi.

3

Shuning uchun ekologik

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.11.2024 yildagi 804-son

“Yashil makon” umummilliy

loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

// Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 09/24/804/0991

2

Siddikov I.B., Maxamadaliev L. Development of ecological culture in students in the process of education of history of

uzbekistan // European Journal of Humanities and Educational Advancements. – 2021. – Vol. 2, No. 5. – P. 103-107.

3

Gurova V. An Ecological Culture for Teachers // In: Hautecoeur J. (ed.) Ecological Education in Everyday Life: ALPHA

2000. – Toronto: University of Toronto Press, 2002. – P. 94-106.

Ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlari

Kognitiv komponent

Emotsional-aksiologik

komponent

Amaliy-

komportamental

komponent

Bilim

Tushunchalar

Hissiyot

Qadriyat

Axloq

Xatti-harakat

Kundalik faoliyat


background image


130

madaniyatning mazmuni nafaqat nazariy bilimlar, balki ularni axloqiy-ruhiy va amaliy darajada
mustahkamlashni ham o‘z ichiga oladi.

Mazkur jarayonda yoshlarning ekologik ongini shakllantirish ijtimoiy-pedagogik nuqtai

nazardan muhim vazifa hisoblanadi. Avvalo, ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarni ekologik
muammolarga nisbatan befarqlikdan holi, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, ekologik
qadriyatlarga sodiq shaxslar sifatida shakllantirish zarur. Bu esa o‘qituvchilarning ekologik-
pedagogik savodxonligini oshirish, o‘quv dasturlariga ekologik mazmunni integratsiyalash,
sinfdan tashqari faoliyatni ekologik ruhda tashkil etish, maktab va mahalla hamkorligida
ekologik tadbirlar o‘tkazishni taqozo etadi. Bundan tashqari, ekologik ongni shakllantirishda
ota-onalar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik tashkilotlari va jamiyatdagi umumiy
madaniy muhit ham faol ishtirok etmog‘i lozim.

Shunday qilib, ekologik madaniyat yosh avlodni kelajak uchun ekologik xavfsiz, barqaror

va ijtimoiy mas’uliyatli hayotga tayyorlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Uning shakllanishida
esa ta’lim tizimi bilan bir qatorda ijtimoiy-pedagogik yondashuvlar uyg‘unlashgan holda amal
qilishi zarur. Ekologik madaniyat bu borada nafaqat shaxsiy sifat, balki ijtimoiy zarurat
darajasiga ko‘tarilayotgan muhim tarbiyaviy mezondir.

4

Ekologik madaniyatni shakllantirishda ta’lim tizimi hal qiluvchi vosita sifatida qaraladi.

Chunki aynan ta’lim orqali inson ekologik muammolar haqida bilim oladi, tabiatga nisbatan
qadriyatlar tizimini shakllantiradi va ekologik jihatdan mas’uliyatli xatti-harakatlarni
amaliyotda qo‘llay boshlaydi. Bunda ta’limning barcha bosqichlari – maktabgacha, umumiy
o‘rta va oliy ta’lim – uzviy bog‘langan holda ekologik tarbiya va ta’limni izchil rivojlantirishga
xizmat qilishi kerak. Bosqichma-bosqich yondashuvning afzalligi shundaki, har bir ta’lim
bosqichida yoshga mos, bosqichli pedagogik maqsadlar asosida ekologik madaniyat
komponentlari izchil shakllantiriladi.

5

Maktabgacha ta’limda bu asosan tabiatga mehr,

kuzatuvchanlik va hissiy munosabatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, boshlang‘ich va
umumiy o‘rta ta’limda ekologik bilimlar, tabiat qonuniyatlari, inson faoliyatining oqibatlari
tushuntiriladi. Oliy ta’lim bosqichida esa ekologik tafakkur, barqaror rivojlanish konsepsiyalari,
ekologik yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

O‘quv dasturlarining fanlar kesimidagi ekologik komponentlari ham muhim ahamiyatga

ega. Biologiya, geografiya, kimyo kabi tabiiy fanlarda ekologik bilimlar bevosita o‘rganilsa, tarix,
adabiyot, texnologiya, hatto matematika kabi boshqa fanlarda ham ekologik mavzularni
integratsiyalash orqali o‘quvchilarda keng dunyoqarash shakllantirish mumkin. Masalan,
adabiyot darslarida tabiat tasvirlari orqali ekologik estetikani rivojlantirish, texnologiya fanida
chiqindilardan foydalanish, matematikada ekologik statistikani tahlil qilish orqali
multidisplinar yondashuvlar amalga oshiriladi. Bu esa o‘quvchilarni ekologik masalalarga turli
burchaklardan qarashga, tizimli fikrlashga, kompleks yechimlar topishga o‘rgatadi.

Shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirishda interfaol metodlar, loyiha asosidagi

o‘qitish, eko-darslar va amaliy faoliyat shakllari muhim pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi.
Eko-kuzatuvlar, eko-audit, ekologik eksperimentlar orqali o‘quvchilar tabiat bilan bevosita

4

Volkmann L., Fraunhofer H. Environmental literacy, sustainable education and posthumanist pedagogy: teaching the

climate crisis in a global, transatlantic online setting // International Journal of Development Education and Global
Learning. – 2023. – Vol. 15, No. 2. – Article ID 3069.

5

Karimov A.Sh. Ekologik ong va ekologik madaniyat: nazariy asoslar // O‘zbekistonda fan va texnologiyalar. – 2022. –

№ 2. – B. 60-65.


background image


131

aloqa o‘rnatadi.

6

Loyiha faoliyati orqali esa ular muayyan ekologik muammoni tanlab, uning

yechimi ustida mustaqil ishlashga o‘rganadi, ekologik his-tuyg‘ularini amaliy ko‘nikmaga
aylantiradi. Eko-darslar, ekologik teatrlar, tanlovlar, viktorinalar, “yashil sinf”lar va “ekologik
xabardorlik kunlari” orqali o‘quvchilarda ekologik faol fuqarolik hissi uyg‘onadi. Shuningdek,
zamonaviy AKT vositalaridan – raqamli xaritalar, ekologik ilovalar, QR-kodli eko-marshrutlar,
interaktiv o‘yinlar va mobil dasturlardan foydalanish orqali ekologik bilimlar yanada qiziqarli
va samarali o‘zlashtiriladi.

Umuman olganda, ta’lim tizimi orqali ekologik madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari

juda keng bo‘lib, u bosqichma-bosqich, fanlararo va metodik yondashuvlar orqali amalga
oshirilgandagina ijtimoiy ta’sirga ega bo‘ladi. Bunday yondashuv ekologik madaniyatni
shunchaki bilim emas, balki yashash falsafasi darajasiga ko‘tarish imkonini beradi.

Ekologik madaniyatni yosh avlod ongida samarali shakllantirishda zamonaviy pedagogik

strategiyalar va innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy ta’lim
shakllari ekologik ong, qadriyat va xatti-harakatlarni rivojlantirishda yetarli samaradorlikka
ega bo‘lmagan holatlarda, interfaol, xizmatga yo‘naltirilgan va eko-loyihaga asoslangan ta’lim
shakllari ta’lim-tarbiya mazmunini chuqurlashtirish va o‘quvchilarning ekologik ongini faol
holatga keltirishga xizmat qiladi.

7

Bunday strategiyalar shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish

tamoyillariga tayanadi va o‘quvchilarni ekologik muammolarga nisbatan befarq bo‘lmagan,
muammoni anglaydigan va hal qilishda ishtirok etadigan subyekt sifatida shakllantirishga
yo‘naltiriladi.

Eko-pedagogika konsepsiyasi zamonaviy ekologik ta’limning falsafiy-metodik asosini

tashkil etib, shaxsning tabiat bilan uyg‘unlikda yashash falsafasini, ekologik ong va barqaror
rivojlanishga asoslangan faol hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Eko-pedagogik
yondashuvda insonning atrof-muhit bilan munosabatlari, ekologik mas’uliyat, ekologik axloqiy
mezonlar, tabiat bilan ruhiy-emotsional bog‘liqlik asosiy nuqtaga chiqadi. Bu esa faqat bilim
emas, balki hissiy va aksiologik jihatdan ta’sirchan pedagogik muhit yaratishni taqozo etadi.

Shuningdek, xizmatga yo‘naltirilgan o‘qitish (service learning) ekologik tarbiyada juda

samarali yondashuvlardan biridir. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar real ekologik muammolar
asosida ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilinadi va o‘z bilimi, kuchi, tashabbusi orqali jamoaga,
maktabga yoki mahalliy atrof-muhitga foydali xizmat qiladi.

8

Masalan, maktab hududida daraxt

ekish, chiqindilarni saralash, ekologik xabardorlik kampaniyasi o‘tkazish orqali o‘quvchilar
ekologik faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Bu esa ekologik madaniyatni amaliy
faoliyatga bog‘lovchi kuchli pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi.

Ekologik loyihalarga asoslangan ta’lim esa ekologik tafakkur, jamoaviy ishlash,

muammolarni tahlil qilish va echim ishlab chiqish kompetensiyalarini shakllantirishda katta
ahamiyatga ega. O‘quvchilar muayyan ekologik muammoni tanlab, loyiha tuzadi, tahlil qiladi,
ilmiy ma’lumotlar to‘playdi va yakunda amaliy takliflar beradi. Bu esa ularni ekologik
izlanishga, tanqidiy va reflektiv tafakkurga, mas’uliyatli qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Loyiha

6

Abdullayeva N.M. Ekologik tarbiya va ekologik madaniyat: o‘zaro bog‘liqlik masalalari // O‘zbekiston pedagogik

jurnali. – 2021. – № 3. – B. 30-35.

7

Duda E. Building the Learning Environment for Sustainable Development: a Co-creation approach // arxiv preprint

arxiv:2208.14151. – 2022.

8

Spínola H. Environmental Culture and Education: A New Conceptual Framework // Creative Education. – 2021. – Vol.

12, No. 5. – P. 983-998.


background image


132

asosidagi ta’lim ekologik madaniyatni chuqurlashtirishda, ayniqsa o‘rta va oliy ta’lim
bosqichlarida samarali uslub hisoblanadi.

Raqamli vositalar va media resurslar ekologik ta’limni zamonaviy shakllarda tashkil qilish

imkonini beradi. Interaktiv ilovalar, QR-kodli ekologik marshrutlar, ekologik vizualizatsiyalar,
sun’iy intellektdan foydalaniladigan ekologik tahlil dasturlari orqali o‘quvchilar ekologik
muammolarni nafaqat tushunadi, balki ularni ko‘radi, his qiladi va raqamli vositalar yordamida
tahlil qiladi. Ayniqsa, virtual laboratoriyalar, onlayn eko-eksperimentlar, raqamli xaritalar
orqali o‘rgatish ekologik kontentni vizual, emotsional va kognitiv darajada birlashtirish
imkonini beradi. Media vositalari orqali esa ekologik xabardorlikni keng ommaga yetkazish,
o‘quvchilarni jamiyatga yo‘naltirish, ekologik kampaniyalarda qatnashishga jalb qilish
imkoniyati yaratiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirishda zamonaviy pedagogik
strategiyalar – eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi o‘qitish hamda
raqamli va media vositalardan foydalanish orqali yosh avlodni ekologik jihatdan yetuk, ijtimoiy
mas’uliyatli, barqaror tafakkur egasi bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalash imkoniyati keskin
oshadi.

9

Bu strategiyalar ekologik madaniyatni faqat bilim doirasida emas, balki qadriyat va

amaliy faoliyat darajasida mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish – bu nafaqat ta’lim tizimining dolzarb

vazifasi, balki jamiyatning barqaror ekologik rivojlanishiga xizmat qiluvchi strategik
yo‘nalishdir. Ekologik xavf va iqlim inqirozlari kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda
insonning tabiatga nisbatan ongli munosabati, mas’uliyatli xatti-harakati va ekologik
qadriyatlarga asoslangan hayot falsafasini shakllantirishning yagona barqaror yo‘li – bu
uzluksiz va izchil ta’lim orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishdan iboratdir. Maktabgacha
yoshdan to oliy ta’lim bosqichigacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim zanjirida ekologik mazmun, metod
va muhit bir-biri bilan uyg‘unlikda harakat qilgan taqdirdagina, ekologik ongli, ekologik faol va
barqaror tafakkur egasi bo‘lgan yosh shaxsni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Ekologik
madaniyatni shakllantirishda ta’limning mazmuni, metodikasi va muhitini ekologik jihatdan
qayta ko‘rib chiqish va boyitish zarur. O‘quv dasturlariga ekologik yo‘naltirilgan fanlararo
mavzularni integratsiyalash, eko-pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, xizmatga yo‘naltirilgan
ta’lim va loyiha asosida o‘qitish metodlarini joriy etish orqali ekologik ongni chuqurlashtirish
mumkin. Ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya uchun qulay sharoit – yashil makonlar,
ekologik laboratoriyalar, tajriba uchastkalari va interaktiv vositalar bilan boyitilgan muhit –
ekologik qadriyatlarning amaliy ifodasiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning
ekologik kompetentligini oshirish, ularga zamonaviy ekologik metodikalar bo‘yicha malaka
oshirish imkoniyatlarini yaratish ham bu jarayonning muhim tarkibiy qismidir.

Ekologik madaniyatni tizimli shakllantirish uchun ta’lim, davlat siyosati va ommaviy

axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani mustahkamlash zarur. Davlat ekologik
siyosati – qonunchilik asoslari, milliy dasturlar, strategiyalar orqali ekologik ta’limni
muvofiqlashtirsa, OAV esa keng jamoatchilik orasida ekologik xabardorlikni tarqatishda
vositachilik qiladi. Ta’lim tizimi esa bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish, ularni shaxsiy hayot
falsafasiga aylantirish vazifasini bajaradi. Shunday qilib, har bir tizim o‘z funksiyasi doirasida
harakat qilar ekan, ular o‘zaro uzviylikda faoliyat yuritgan taqdirdagina, ekologik madaniyat

9

Artikov O., Murodova M. Opportunities to develop ecological culture of students // BIO Web of Conferences. – 2024.

– Vol. 13. – Article No. 04025.


background image


133

shunchaki bilimlar majmui emas, balki jamiyatda ommalashgan, barqaror ijtimoiy qadriyatga
aylanishi mumkin. .Yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish bugungi ta’lim
siyosatining muhim vazifasi bo‘lib, u uzluksiz, integratsiyalashgan va innovatsion
yondashuvlarni talab qiladi. Ushbu jarayonda ta’lim tizimi yetakchi rol o‘ynashi bilan birga,
uning samaradorligi davlat siyosati va axborot muhitining qo‘llab-quvvatlashi bilan bevosita
bog‘liqdir. Ekologik madaniyatni shakllantirishga doir strategik yondashuvlar nafaqat shaxsiy,
balki ijtimoiy va milliy taraqqiyot barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladigan omilga aylanishi
lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Artikov O., Murodova M. Opportunities to develop ecological culture of students // BIO

Web of Conferences. – 2024. – Vol. 13. – Article No. 04025.

2.

Abdullayeva N.M. Ekologik tarbiya va ekologik madaniyat: o‘zaro bog‘liqlik masalalari //

O‘zbekiston pedagogik jurnali. – 2021. – № 3. – B. 30-35.

3.

Duda E. Building the Learning Environment for Sustainable Development: a Co-creation

approach // arxiv preprint arxiv:2208.14151. – 2022.

4.

Spínola H. Environmental Culture and Education: A New Conceptual Framework //

Creative Education. – 2021. – Vol. 12, No. 5. – P. 983-998.

5.

Siddikov I.B., Maxamadaliev L. Development of ecological culture in students in the

process of education of history of uzbekistan // European Journal of Humanities and
Educational Advancements. – 2021. – Vol. 2, No. 5. – P. 103-107.

6.

Gurova V. An Ecological Culture for Teachers // In: Hautecoeur J. (ed.) Ecological

Education in Everyday Life: ALPHA 2000. – Toronto: University of Toronto Press, 2002. – P. 94-
106.

7.

Volkmann L., Fraunhofer H. Environmental literacy, sustainable education and

posthumanist pedagogy: teaching the climate crisis in a global, transatlantic online setting //
International Journal of Development Education and Global Learning. – 2023. – Vol. 15, No. 2. –
Article ID 3069.

8.

Karimov A.Sh. Ekologik ong va ekologik madaniyat: nazariy asoslar // O‘zbekistonda fan

va texnologiyalar. – 2022. – № 2. – B. 60-65.

Библиографические ссылки

Artikov O., Murodova M. Opportunities to develop ecological culture of students // BIO Web of Conferences. – 2024. – Vol. 13. – Article No. 04025.

Abdullayeva N.M. Ekologik tarbiya va ekologik madaniyat: o‘zaro bog‘liqlik masalalari // O‘zbekiston pedagogik jurnali. – 2021. – № 3. – B. 30-35.

Duda E. Building the Learning Environment for Sustainable Development: a Co-creation approach // arxiv preprint arxiv:2208.14151. – 2022.

Spínola H. Environmental Culture and Education: A New Conceptual Framework // Creative Education. – 2021. – Vol. 12, No. 5. – P. 983-998.

Siddikov I.B., Maxamadaliev L. Development of ecological culture in students in the process of education of history of uzbekistan // European Journal of Humanities and Educational Advancements. – 2021. – Vol. 2, No. 5. – P. 103-107.

Gurova V. An Ecological Culture for Teachers // In: Hautecoeur J. (ed.) Ecological Education in Everyday Life: ALPHA 2000. – Toronto: University of Toronto Press, 2002. – P. 94-106.

Volkmann L., Fraunhofer H. Environmental literacy, sustainable education and posthumanist pedagogy: teaching the climate crisis in a global, transatlantic online setting // International Journal of Development Education and Global Learning. – 2023. – Vol. 15, No. 2. – Article ID 3069.

Karimov A.Sh. Ekologik ong va ekologik madaniyat: nazariy asoslar // O‘zbekistonda fan va texnologiyalar. – 2022. – № 2. – B. 60-65.