Авторы

  • Dilnoza Xamroyeva
    JDPU doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.130180

Аннотация

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga kochiriladi. Ahmad Azamning Royo yoxud Gulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oraligidagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida roy beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson ozligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni oz ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qorquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.


background image


125

“RO

YO YOXUD G

ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI

Xamroyeva Dilnoza Jahongir qizi

JDPU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16719336

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir.

Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi
ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga ko

chiriladi. Ahmad A

zamning

Ro

yo yoxud

G

ulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat

oralig

idagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida

ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida ro

y beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki

monologlar orqali inson o

zligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni o

z

ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qo

rquvning psixologik tahlili,

assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va
tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining
imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni
maqsad qiladi.

Bosh qahramon g‘uliylar dahosining rasmi bilan xayolan muloqot qiladi, o‘z ongida ikki

qismga bo‘linib, o‘zining ichki ovozi bilan bahslashadi. Bu ichki monolog orqali insonning o‘ziga,
dunyoga va mavjud tartibotga bo‘lgan shubhalari va ichki kechinmalari ochib beriladi: bir
tomoni o‘zi, bir tomoni g‘uliy daho. Bu ichki ziddiyatni, inson tafakkurining o‘z-o‘zi bilan
kurashishini ifodalaydi. O‘ziga ochiq savollar beradi, javob izlaydi, lekin aniq javob topa
olmaydi. “Kunduzlari yorug‘da, kechalari elektr chirog‘ida ko‘zim bilan teshib yuborgudek
qadaldim…”

1

Qahramonning ko‘zlari orqali chuqur tahlil qilishga, haqiqatni topishga bo‘lgan

intilishi aks ettiriladi. Tasvir kuchayib boradi, vaqt o‘tishi bilan qahramon g‘uliy dahosi
nazarida tobora o‘z ojizligini his qila boshlaydi.

Romanning “Tabiat baribir yurakka yaqin” bobida G‘ulistondagi voqealar to‘lqinida

bevosita Paxmoq ahmoq tilga olinadi. Qahramon ko‘ngli qo‘rquv hissini tuymay qo‘ygani aks
ettiriladi. Qahramon qo‘rquvni mantiqan tahlil etadi, uni o‘z tajribasi asosida tushuntirishga
harakat qiladi. Avvaliga u qo‘rqish tabiiy ekanini anglaydi, lekin vaqt o‘tishi bilan qo‘rquvning
o‘ziga xos evolyutsiyasi borligini tushunadi. Inson nimadandir haddan tashqari qo‘rqsa, oxir-
oqibat qo‘rqmay qo‘ya boshlaydi, chunki qo‘rquvning chegarasi yo‘qolgandek bo‘ladi. Bu joyda
inson ruhiyatidagi ziddiyatlar aks ettirilgan. Qo‘rquv ongni hushyor saqlaydi, u yo‘q bo‘lganda
esa odam o‘zini yo‘qotib qo‘yishi ehtimoli bor. Chunki qo‘rquv insonning bu dunyoda yashab
qolishi uchun muhim bo‘lgan tuyg‘udir.

Qahramon g‘uliylarning zanjirga bo‘lgan e’tiqodini, ularning ushbu hayotda qanday

yashashlarini kuzatib o‘rganadi. Fikrlar ochiq-oydin davom etib, qahramonning analiz qilish
jarayoni namoyon bo‘ladi. U nafaqat oddiy kuzatuvchi, balki ilmiy-tahliliy yondashuv bilan
masalaga qaraydi. Qahramon g‘uliylarning so‘zlari, lab harakatlari, yurak urishlari, jumlalar
orasidagi to‘xtamlarini o‘rganadi. Bu detallar uning chuqur tafakkurini ko‘rsatadi – u o‘zining
real hayotdagi tajribasi (TVda ishlaganligi) bilan g‘uliylar jamiyatidagi o‘ziga xoslikni
qiyoslashga harakat qiladi. Zanjir ularning hayotining asosiy markazi – ular unga chin dildan

1

A’zam A. Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. – B. 156.


background image


126

ishonishadi, hech qanday soxtalik yo‘q. Bu yerda o‘z fikridan voz kechgan, faqat yuqori
amaldorlar yoki jamiyat talab qilgan narsalarni gapiradigan insonlar g‘uliylarga qiyoslanadi,
jamiyatdagi illatlar tanqid qilinadi.

Asarda bosh qahramonning ruhiy kechinmalari, xotiralari, voqealarga bo‘lgan

munosabati asta-sekin murakkablashadi. Dastlabki manzaralar an’anaviy tasvirlardan
boshlanadi: oddiy kundalik voqealar, oilaviy suhbatlar, qishloq manzaralari. Ammo tasvir
davomida ong oqimi kuchayadi, bu esa rivoyaviy aniqlikni pasaytiradi va o‘quvchini xayoliy,
tushga o‘xshash dunyoga olib kiradi. Shu bilan birga, mantiqiy bog‘liqlik yo‘qolmagani sababli
realizm butunlay yo‘qolmaydi – bu ong oqimi uslubining asosiy xususiyatidir. Voqealarning
ba’zilari siyosiy, ba’zilari ijtimoiy-maishiy mavzularni aks ettiradi. Roviy tarjimayi holini bir-bir
ko‘zdan kechirar ekan, na’mataklarning juda kamayib ketganligiga e’tiborini qaratadi.
Yoshligida “ajinapita” (ajinabuta) sifatida el orasida mashhur bo‘lgan ushbu daraxt jin va
ajinalarning makoni sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramon fikrlarini berishda vaziyatga
subyektiv yondashmay, turli rakurslarni kitobxonga ko‘rsatib, fikrlashga va xulosa chiqarishga
undaydi. Ajinalar bo‘yicha fikrga obyektiv munosabatda bo‘lgan qahramon yoshligidagi paxta
terimi siyosatini eslarkan, davlat paxtasini ajina qo‘riqlashi haqidagi xalq og‘zidagi mish-
mishlarni yodga oladi. Davlat va ajina o‘zaro solishtiriladi va davlat siyosati hajv ostiga olinadi,
garchi tonnalab paxta ishlab chiqarilsa-da, paxtaning do‘konlarda, odamlar xonadonida o‘ta
taqchilligi ko‘rsatib beriladi. Ajina doirasida onasining molxonada akasi ko‘rinishidagi ajinaga
duch kelgani tahlil qilinadi. Roviy ba’zan onasining ongini, ba’zan xayolotni ajinaga sabab qilib
ko‘rsatsa ham, ong hayotida guvohi bo‘lgan Orziqul voqeasini misol sifatida keltiradi. Yosh
Orziqulning onasi ona bola oq eshakni ko‘rganda qo‘rqqan bo‘lib, ruhiyatida o‘g‘liga hech nima
qilmasinda degan shubha oralaydi. Natijada Orziqulning og‘zi qiyshayib, bormagan tabiblari,
ko‘rsatmagan shifokorlari qolmaydi, foyda bermaydi. Orziqul va onasi ko‘ziga gallyutinatsiya
ko‘ringan bo‘lishi mumkin deya bir tarafdan tahlil qilinsa ham, tafakkur bunga qarama-qarshi
insonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, hayvonlar ham his qilib sezgan g‘ayrioddiy voqea bayon
qilinadi. Qambar ota qabristonidan Ko‘pkaridan o‘tayotganda otlarning seskanib bir qadam
ham yurolmaganlik holatini roviy mahorat bilan oldingi voqealarga assotsiya qiladi. Har bir
vaziyat batafsil, mayda detallarigacha tasvirlanadi. Bu – ongning tabiiy, betartib harakati, har
bir assotsiatsiya boshqa xotirani chaqiradi, u orqali muallif ma’no qatlamlarini ochadi. O‘z
akasining boshiga tushgan ko‘rgiliklar uni ko‘proq mushohada qilib, o‘ylashga undaydi. Spirtli
ichimlik oqibatida hayoti barbod bo‘layotgan aka qiyofasida jamiyatdagi ko‘pchilik shu
toifadagi insonlarning umumlashma tipi mavjud. Shunday ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslarni
ajinaga ro‘baro‘ qilib, butunlay ushbu odatdan voz kechishga majburlay oladigan
qahramonning otasi irratsional holatni ifodalaydi.

Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida ong oqimi uslubining

qo‘llanishi orqali inson tafakkurining ichki ziddiyatlari, ruhiy kechinmalari va ijtimoiy
voqelikka nisbatan tanqidiy munosabati o‘ziga xos badiiy shaklda ifodalangan. Bosh
qahramonning g‘uliy daho bilan xayoliy muloqoti, ichki monologlar, qo‘rquvning psixologik
tahlili, ajina obrazi va zanjir timsoli orqali asarda inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar chuqur
ochib beriladi. G‘uliylar dunyosi, o‘zini yo‘qotgan insonlarning metaforik ifodasi sifatida,
mavjud ijtimoiy tuzumning bo‘ysundirish mexanizmlarini tanqid ostiga oladi. Shu bilan birga,
tush va haqiqat, xotira va gallyutsinatsiya, realizm va irrealizm chegarasining xiralashuvi
roman poetikasida zamonaviy badiiy ifoda vositasi sifatida xizmat qiladi. Asardagi har bir


background image


127

assotsiatsiya, har bir detaldagi tafakkur tarmog‘i muallifning murakkab ruhiy olamga chuqur
kirib borishini, uni badiiy tafakkur darajasida ifoda etishga intilishini ko‘rsatadi. Demak, “Ro‘yo
yoxud G‘ulistonga safar” romani nafaqat shaxsiy kechinmalarning badiiy tasviri, balki umumiy
jamiyat muammolarining psixologik va ramziy talqini sifatida e’tiborga loyiq badiiy asardir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A’zam A. Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. – 307 b.

2.

Жўраев Т. Онг оқими модерн. – Фарғона: Фарғона нашриёти, 2009. – 203 б.

3.

Истамова Ш. Бадиий асарда тушнинг поэтик-композицион вазифалари. филол. фан.

фалсафа докт. дис. –T., 2017. – 142 б.
4.

Жўраев Т. Онг оқими ва тасвирийлик (М.М.Дуст, Г.Хотамов, О.Отахон асарлари

асосида). филология фан. номзоди. дисс.– Тошкент. 1994. – 162 б.
5.

Muqimova D. Adabiyotda ong oqimi yo‘nalishining vujudga kelishi va rivojlanishi haqida.

https:inlibrary.uz

Библиографические ссылки

A’zam A. Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. – 307 b.

Жўраев Т. Онг оқими модерн. – Фарғона: Фарғона нашриёти, 2009. – 203 б.

Истамова Ш. Бадиий асарда тушнинг поэтик-композицион вазифалари. филол. фан. фалсафа докт. дис. –T., 2017. – 142 б.

Жўраев Т. Онг оқими ва тасвирийлик (М.М.Дуст, Г.Хотамов, О.Отахон асарлари асосида). филология фан. номзоди. дисс.– Тошкент. 1994. – 162 б.

Muqimova D. Adabiyotda ong oqimi yo‘nalishining vujudga kelishi va rivojlanishi haqida. https:inlibrary.uz