122
MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTIDA MILLIY QADRIYATLAR VA
GLOBALLASHUV ZIDDIYATLAR
Sanaqulova Lobar Hamidullo qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Universiteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16719235
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston mustaqillikka erishgach o’zbek adabiyotida
ro’y bergan milliy qadriyatlar,tarixiy shaxslar, milliy an’analar, g’arb adabiyoti, internet
davrining kirib kelishi va globallashuv ziddiyatlar haqida gap boradi.
Kalit so’zlar:
Milliy qadriyatlar, tarixiy xotiralar, urf-odat,vatanparvarlik, globallashuv,
shaxsiy erkinlik, texnika, milliy o’zlik.
Kirish:
O‘zbekiston o‘z taraqqiyoti tarixining yangi davriga qadam qo‘ydi. Jahon
hamjamiyati “Yangi O‘zbekiston” deya e’tirof etayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini barpo etish yo‘lida ijtimoiy hayotda adolat va insonparvarlik tamoyillari
mustahkamlanmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng ma’rifatli jamiyatni
qaror toptirishning huquqiy asoslari shakllantirilmoqda. Mamlakatda aholi ma’naviyati va
ma’rifatini yuksaltirish O‘zbekison taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Hayotimizda
ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli odamlarning ongu tafakkuri o‘zgarib bormoqda. Ayni
vaqtda bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan mafkuraviy globallashuv tufayli milliy
o‘zlik va milliy g‘ururning rivojiga, millatning intellektual, ma’naviy-axloqiy, etno-madaniy va
tarixiy qadriyatlarining barham topishiga, inson tafakkur tarzi va dunyoqarashini toraytirishga,
e’tiqodini, ruhiy dunyosini izdan chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani e’tirof etilmoqda.
Milliy va an’anaviy umumbashariy qadriyatlar xiralashib, inson taqdiri, jamiyat hayotiga
bepisandlik, individual, korporativ va milliy xudbinlik kabi illatlar ildiz otmoqda. Bu kabi
ayanchli holatlarning oldini olish uchun Yangi O‘zbekistonni mustaqil tafakkur va sog‘lom
dunyoqarashga, yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega, erkin va baxtli insonlar yashaydigan
mamlakatga aylantirish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli
texnologiyalar ijtimoiy hayotimizning muhim va jaralmas qismiga aylangan yangi davrda milliy
o‘zlikni 4 anglash va anglatish, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un
ravishda asrash va rivojlantirib borishda oldingi ish uslubimiz kutilgan natijalarni
bermayotgani tobora ayon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yangi avlodda moddiy va ma’naviy
merosimizga bepisandlik, urf-odatlarimiz, ana’ana va qadriyatlarimizni eskilik namunasi talqin
qilishi, yengil-yelpi hayot tarzini targ‘ib qilayotgan xorijiy axborot manbalari ta’siriga tushib
qolish holatlari tobora ustuvorlik kasb etayogan bir davrda ming yillardan buyon halqimiz
genofondida mustahkam o‘rnashgan qadriga ega. Bugun mamlakatimizda Uchinchi Renessans
poydevori barpo etilar ekan, biz hech shubhasiz bu fenomen hodisa quruq yerda, yo‘q joyda
yaratilmayotganini anglab yetishimiz lozim. Gap shundan iboratki, O‘zbekiston qadim-
qadimdan buyuk sivilizatsiyalar, jahon ahamiyatiga ega kashfiyotlar yurti hisoblanadi. Biz
bekorga bunday kashfiyotlar yaratgan mutafakkir olimlarimiz bilan faxrlanmaymiz.
Darhaqiqat, ming yillar davomida mamlakatimiz hududida yaratilgan Birinchi va Ikkinchi
Renessans davrlari keyinchalik jahon tamadduniga sezilarli hissa qo‘shgan va bu hodisa jahon
olimlari tomonidan keng e’tirof etilgan. Shu ma’noda bugungi kunda O‘zbekistonda ma’rifatli 6
jamiyatni barpo etish maqsadi, jamiyat a’zolarini yaxshilik, ezgulik, insonparvarlik kabi
fazilatlar sari yetaklaydigan g‘oyalar mavjudligi aslida bizning boy milliy-madaniy merosimiz
123
borligidan darakdir. O‘zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish eng avvalo odamlarimizda
bugungi murakkab zamonda turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan yot g‘oyalarga qarshi sog‘lom
ma’naviy immunitetni hamda ming yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimizga
suyanishni talab etadi.
Asosiy qism:
An’ana va urf-odat. O‘tmish va kelajak. Ushbu tushunchalarning zaminida
insonning o‘zligini namoyon qilib turadigan ma’no mujassam. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy
taraqqiyotning mahsuli sifatida o‘z ildiziga, vorisiylikka ega. Qadriyat insonlar uchun qadrli,
e’zozli bo‘lgan narsalar, jarayonlardir. Qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushuncha.
U birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini ifodalasa, ikkinchidan, ijtimoiy
ongning normativ belgilovchi – baholovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni
ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadriyatlari bir-biridan
farqlanadi. Qadriyatning birinchi ko‘rinishi, ya’ni ob’ektiv (ashyoviy) qadriyatlarga – tabiiy
boyliklar va tabiat hodisalari (yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi); mehnat
mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan
ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reaktsion ahamiyati;
hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziyning madaniy merosi;
ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati; kishilarning xatti-harakatlarida
ifodalanuvchi axloqiy yaxshilik yoki yomonlik; tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarning hamda san’at
asarlarining estetik estetik jihatdan tavsiflanishi.Milliy an’anaga asoslangan jamoatchilik
qadriyatlari bilan shaxs erkinligi o’rtasida ziddiyatlar paydo bo’ldi.Texnika va internet davri
kirib keldi.Yozuvchilar yangi axbarot texnalogiyalari ta’siridagi hayot tarzini o’z asarlarida
tasvirlay boshladilar. Globbalashuv jarayoni milliy qadriyatlarni asrash masalasini dolzarb
qildi.Yozuvchilar asarlarida o’z ona tilini asrash unga g’arbona atamalar ta’siridan himoya qilish
mavzusini ko’tardi.G’arbona hayot tarzi,boytlikka intilish kabi unsurlar adiblar tomonidan
tanqid qilinadi.Omon Matjon,Usmon Azim,kabi ijodkorlarning asarlarida globallashuv tufayli
inson qalbidagi ma’naviy inqiroz va qadriyatlar yo’qolib borishi mavzusi yoritildi.
Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarning salbiy ta’siri:
G’arbona turmush tarzi va iste’molchining madaniyatning tarqalishi ayrim milliy urf-
odatlar va an’analarni zaiflashtirdi.
Xulosa
: Jahon sivilizatsiyasi hozirgi globallashuv davrida siyosiy, iqtisodiy, diniy va
ma’naviy ziddiyatlarga to‘la. Katta davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat, tabiiy resurslar
uchun kurash, milliy va diniy identifikatsiya masalalari, shuningdek, globallashuv va milliy
qadriyatlar to‘qnashuvi asosiy ziddiyat manbai bo‘lib qolmoqda.
Globallashuv bir tomondan millatlararo madaniy almashinuv va taraqqiyotga xizmat
qilsa, ikkinchi tomondan, ayrim milliy qadriyatlarning yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Shu
bois dunyo xalqlari o‘z milliy an’analarini saqlash va uni rivojlantirish bo‘yicha faol choralar
ko‘rmoqda (Yaponiyaning an’anaviy marosimlarni saqlashi, Fransiyaning til siyosati va h.k.).
Globallashuvning ijobiy tomonlari – ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi, madaniy
aloqalar kengayishi bo‘lsa-da, u ko‘pincha mahalliy xalqlarning tili, an’anasi va ma’naviy
merosiga bosim o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston misolida:
Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar (Navro‘z, milliy kiyimlar, xalq og‘zaki ijodi)
tiklandi;
Shu bilan birga, G‘arbona hayot tarzi yoshlar ongiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda.
124
Shu sababli, bugungi kunda asosiy vazifa – milliy qadriyatlarni globallashuv oqimida
saqlab qolish va zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish.
Ziddiyatlar insoniyat rivojlanishining tabiiy qismi bo‘lib, ularni butunlay yo‘qotib
bo‘lmaydi, biroq to‘g‘ri boshqarish mumkin.
2. Milliy qadriyatlar – har bir xalqning ma’naviy poydevori, uni asrash milliy o‘zlikni
saqlash bilan barobardir.
3. Globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni himoya qilish davlat siyosati va madaniyat
arboblarining asosiy vazifasidir.
4. Mustaqillik davrida yuzaga kelgan ziddiyatlar asta-sekinlik bilan hal etilib, bugungi
kunda O‘zbekiston barqaror rivojlanish va milliy o‘zlikni tiklash yo‘lidan bormoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
B. Qosimov – Mustaqillik davri o‘zbek adabiy jarayoni
2.
Sh. Rashidov – O‘zbekiston mustaqilligi va davlat qurilishi
3.
M. Yo‘ldoshev – O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichlari
4.
JDPU ilmiy to‘plami – Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
5.
Koshanova, N. M. (2023) _Milliy tarbiyani rivojlantirish globallashuv sharoitida_
6.
Jabborova, D. (2022–23) _Jadidizm mustaqillik davrida: zamonaviy adabiy tadqiqot_
7.
Zaripova, B. (2025) _National Identity and Independence in Uzbek Literature_
8.
Hojimatov, M. (2025) _National Identity – National Poetry – National Independence_
9.
Mamadaliyev, M. M. (2025) _National Traditions in Ethical
‑
Aesthetic Development_
10.
Ashurova, G. N. (2023) _Alisher Navoiy obrazining mustaqillik davri adabiyotida badiiy
talqini