Авторы

  • Maqsadoy Egamova
    Kimyo Xalqaro Universiteti “Koreys tili filologiyasi” fakulteti KORE-73U guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.131180

Ключевые слова:

neyrofiziologik sabablar o‘quv masalalari bilim olish motiv o‘quv faoliyati verballik faoliyat

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tilini o`rgatish zarurati, ularning  psixik rivojlanishida ta’limning ta’siri, ta’limda jiddiy o‘zgarishlar yuz berishining va bu ularning o‘zlarini anglashda duch keladigan ayrim masalalari yoritilgan va xorijiy tillarni o‘rganishda duch keladigan ayrim muammolar hamda ularni hal qilish uchun ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.


background image


139

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA XORIJIY TILLARNI

O’RGATISH METODLARI

Egamova Maqsadoy

Kimyo Xalqaro Universiteti “Koreys tili filologiyasi”

fakulteti KORE-73U guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16734898

Annotatsiya.

Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tilini o`rgatish

zarurati, ularning psixik rivojlanishida ta’limning ta’siri, ta’limda jiddiy o‘zgarishlar yuz
berishining va bu ularning o‘zlarini anglashda duch keladigan ayrim masalalari yoritilgan va
xorijiy tillarni o‘rganishda duch keladigan ayrim muammolar hamda ularni hal qilish uchun
ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlari:

neyrofiziologik sabablar, o‘quv masalalari, bilim olish, motiv, o‘quv

faoliyati, verballik, faoliyat,

METHODS FOR TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO PRESCHOOL

CHILDREN

ABSTRACT

The article describes the significant changes in the impact of education on the mental

development of young school-age children, and some of the problems they face in
understanding themselves, and some problems they face in learning foreign languages and
some methodological recommendations for solving them.

Keywords:

neurophysiological causes, learning problems, learning, motive, learning

activity, verbal, activity.

KIRISH

Chet tillarini o’rganish zamon talabagiga bo‘lgan bir davrda nafaqat maktab yoshi, balki

maktabgacha yoshdagi bolalarga ham erta xorijiy tillarni o‘rgatish dolzarb hisoblanadi. Koreys
tilini har jabha va har sohada kuzatishimiz mumkin. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga
xorijiy tillarni o’rgatish birmuncha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Maktabgacha ta’lim yoshida
bolalar tabiatan o’yinqaroq bo’lishadi. Bu davrda ularga xorijiy tillarni o‘rgatishda o‘yin tarzda
va qiziqarli metodlardan foylanish yaxshi samara beradi

1

. O‘qituvchi bolalarni qiziqtira olishi

va osonlashtirilgan usullarda mavzuni tushintira olishi muhimdir. Shuning uchun kichik
yoshdagi bolalarni o‘qitishda o‘qituvchining mahorati va metodikasi katta rol o'ynaydi.
O'zbekiston Respublikasi prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori tasdiqlandi. Bu qarorda maktabgacha
yoshdagi zamonaviy o‘qitish usullari, samarali metodikalardan foydalanish va maktabgacha
ta’lim tizim tarmoqlari yanada yaxshilash hamda malakali, tajribali kadrlar bilan ta’minlash
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash kabi muammolar aytib o'tilgan. Hozirgi kunda dunyo
globalashuv jarayoni insonlardan o‘z ona tilisidan tashqari yana bir necha boshqa xorijiy tillarni
o`rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi kunda tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash
yaxshi samara berishini ko`rsatmoqda. Yurtimizda ham ushbu masalaga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda, xorijiy tillarni o‘qitishda xususan koreys, rus, ingliz tillarini o‘qitishda dunyoning
yetakchi tashkilot va universitetlari hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab

1

Spencer-Oatey, H. (2009). Intercultural Interaction. Palgrave Macmillan.


background image


140

chiqilmoqda. Ushbu maqolada сhet tillarini xususan, koreys tilini kichik maktab yoshidagi
bolalarga o‘rgatish yuzasidan fikrlar yoritilgan.

Davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish uchun bugungi kunda

maktabgacha va boshlang‘ich ta’limga e’tibor qaratish juda muhim maqsadlardan biri bo‘lib
kelmoqda. Bizning yoshlarimizni har taraflama va zamonaviy yetuk kadr bo‘lib ulg‘ayishlari
uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Avvallari ingliz tili yuqori sinfga ko‘chganda o‘qitilardi.
Hozirda esa nafaqat boshlang‘ich balki bog‘chada ya’ni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham
ingliz tili o‘yin tariqasida bolalarga o‘rgatilmoqda. Xalqimiz orasida “Yoshlikda olingan bilim ,
toshga o‘yilgan naqsh” degan naql bekorga aytilmagan. Chunki maktabgacha va boshlang‘ich
ta’lim yoshidagi bolalarning xotirasi juda kuchli bo‘ladi, ya’ni ular shu davrlarda ma’lumotlarni
tezda qabul qilishadi, hamda o‘rgangan ma’lumot va bilimlarini butun hayotlari davomida
xotiralarida saqlab qoladi. Bolalarga chet tillarini o’qitishda samarali metodlardan biri bu
“Grammartranslation” metodi hisoblanadi. Ushbu metodda ko’proq oqish (reading) va
yozish(writing)ga e’tibor qaratiladi. Gapirish(speaking) va tinglash(listening) ko‘nikmalariga
kamroq urg‘u beriladi. Ushbu metoddan foydalanganimizda ikki til(m-n ingliz-o’zbek)laridagi
matnlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning ona lidagi matn ularning til o’rganishga bo‘lgan
qiziqishlarini saqlab, yangi tilni osonroq o‘rganishiga ko‘mak beradi. Keyingi metod bu “Direct
method” metodi. Uni kichik yoshdagi bolalarga foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu
metodda til o‘rganuvchiga faqat o‘sha o‘rganayotlan tilida dars olib borishdir. Til
o‘rganuvchining ona tili va birinchi tilidan umuman foydalanilmaydi. Tushuntirish jarayonida
esa yuz mimikasi, tana harakatlaridan hamda qo‘shimcha materiallardan foydalanish mumkin.
Yuqoridagi metodlardan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun chet tilini o‘qitishda
o‘qituvchidan alohida yondashuv va metodlarni talab qiladi. Bog‘chadagi bolalarga chet tilini
o‘rgatish uchun tinglab tushunish “Listening” va “Speaking” ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali
mashg‘ulotlar olib borish o‘qitishning samarali yo'llardan hisoblanadi. Chunki maktabgacha
yoshdagi bolalar hattoki o‘zlarini ona- tillarida ham matnlarni na o‘qiy oladi va na yoza olishadi.
Shuning uchun ustozlar bolalarga xorijiy tilni o‘rgatishda birinchi navbatda eshitib tushinish
metodi orqali tushintiriladi ya’ni ular biror yangi so‘zni o‘rgatayotganda o‘sha so‘zni to‘g‘ri
talaffuz qilib bolalarga aytadi va ular o‘qituvchisining aytgan so‘zlarini tushunishga harakat
qiladi. Bundan tashqari video va multfilmlar orqali o‘rganish, bolalar yoqtirgan va zavqlanib
ko‘radigan multfilmlarni misol uchun ingliz tilida qo‘yib berish, ularning tilni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi hamda tez,oson bu tilni o‘zlashtirishga yordam beradi. Agar
ustozi multfilimdagi yangi so‘zlarni bolalarga tarjimasini aytib, tushintirib bergandan so‘ng
ushbu multfilmni qo‘yib berish bolalar uni qiyinchiliksiz tushunishiga yordam beradi.
Shuningdek ko‘nglini ko‘taradigan turli xil qo‘shiqlar va she’rlar bolalarning eslab qolish
qobiliyatini rivojlantirishda yordam beradi. Chet tilidagi qo‘shiqlarni eshitib, bolalar talaffuzni
va yangi so‘zlarni yod olishlari oson yoki yosh bolalarning o‘rtoqlari bilan o‘zaro suhbatlashgan
dialoglarini qo‘yib berish orqali ham ularga chet tilini o‘rgatish mumkin. Rasmlar yordamida
o‘qitish ham samarali usullardan biridir. Bolalarga rasmlar orqali nafaqat so‘zlarni, balki
ularning ma’nolarini ham tushintirish mumkin. Yana bir usulardan biri bu “Speaking” ya'ni
bolalarning eshitgan narsalarini o‘rtoqlari, oila a’zolari yoki ustozlariga gapira olishidir. Bu
o‘zlashtirish usuli ham xorijiy tillarni o‘rganishda qo‘l keladi. Misol uchun ular o‘rgangan
lug‘atlarini birbirlariga aytishlari yoki eshitgan dialoklarini kundalik hayotlarida ishlatishlari,
chet tillarini o‘zlashtirishda va o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun samaradorroq


background image


141

metodlardan hisoblanadi. Qaytarish va mustahkamlash metodi bolalarning o‘zlashtirgan
so‘zlari va iboralarini muntazam takrorlash va mustahkamlashda o‘z samarasini beradi.
Takrorlash bilimning onasi degan naql bekorga aytilmagan chunki o‘rgangan bilim takrorlab
turilmasa u yodingizdan chiqishi mumkin. Bu metodlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar
chet tilini o'rganish jarayonida quvnoq va samarali vaqt o'tkazishlari mumkin. Chet tilini
o‘rganishni juda ham yosh paytdan boshlash ma’qul sanaladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning miya faoliyati to‘xtovsiz rivojlanish va o‘sishda to‘xtamaganligi uchun ularning
miya faoliyati tamomila shakillanib bo‘lgan, ma'lumotlarni qabul qilish teezligi kattalarnikiga
qaraganda ancha tezroq kichadi. Aytishimiz mumkinki, til o‘rganish jarayoni bolalarda qancha
erta boshlansa shuncha til o‘rganish ko’nikmasini egallash darjasi ortadi va bolalarda bu
jarayonga qiziqish ortadi

2

. Shuni aytish kerakki, 6–7 yoshli bolalar so‘zlar ma’nosini tushunib

emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Bu borada bolalarga chet tilini o‘rgatishning o‘z metod va
yondashuv usullari bor. Zeroki, bugungi zamonaviy malakali pedagogikaning vazifasi bola
rivojlanishining barcha qirralariga uyg`un ta’sir qiladigan, murakkab va noyob bo‘lmagan
usullarni izlash va yaratishdan iborat. Olimlarning fikricha til o‘rganish ham yosh davrlariga
bog‘liq. Bolani erkin fikrlashga o‘rgatish, undagi qiziquvchanlikni va atrofni o‘rganishga bo`lgan
rag`batni kuchaytirish, bolaning tasavvurini boyitish, ijodkorligini yuzaga chiqarishni eng oson
va maqbul yo‘li bu o‘yindir. Bolalar o‘ynashganda ular o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq qiladilar,
farazlarni sinovdan o‘tkazadilar, zaruriy ko‘nikmalarni egallaydilar, o‘z tasavvurlaridan
foydalanishadi va o‘zlarining dunyolarini kashf etishadi

3

. Koreys tilini o‘qitish metodikasi

koreys tilini samarali o‘rgatish uchun turli yondashuv va usullarni o‘z ichiga oladi.

Bolalarga koreys tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan

foydalanish mumkin:

- qo‘shiq va she’rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma’noga ega

bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o‘rgatish. Bunga misol qilib, bolalarning koreys
tili alifbosini qo‘shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini
ko‘rsatish mumkin

4

;

- aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo‘g‘liq bo'lgan o‘yinlar;
- multfilmlar - bolalar til o‘rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada,

multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.
Bu esa bolalar uchun qiziq va til o‘rganishlari uchun samarali yo‘l.

- rol ijro etish - o‘qituvchi biror ma’lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini

o‘rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim.

- mavzuga oid muhit - o‘qituvchi mavzusiga qarab o‘sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar

tilni yaxshi o‘rganishadi. Masalan:

여행

,

생일

,

부엌

안에

va boshqalar.

여행

(sayohat) mavzusida o‘qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar

orqali (

음식

,

자전거

,

자동차

,

기차

,

,

비행기

) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat

2

Jo‘rayeva, S. N., & Jumayev, S. Q. (2021). Psixologlarning etiket tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-

Texnik Instituti Axborotnomasi, 1(13), 95-101.

3

R.P Milrud, I. R. Maksimova Chet Tillarni Kommunikativ O‘qitishning Zamonaviy Kontseptual tamoyillari. // Iyas., - 2000

4

Chet tili ta’limini rivojlantirishda pedagog imijini shakllantirishning ahamiyati. “xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali, 6, 14-16.


background image


142

qilish(

타슈켄트

,

사마르칸드

,

부카라

,

영국

,

미국

) muhimligi haqida ma’lumot beradi. Bu hol

o‘quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytirib, yanada o‘stiradi.

Til o‘qitishni individuallashtirish va ko‘p bosqichli yondashuvni amalga oshirishning

samarali vositasi elektron o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
zamonaviy multimediya o‘quv qo‘llanmalarining xilma-xilligi mavjud, til o‘qitishga
programmalashtirilgan multimedialar orqali talabalar telefon yoki kompyuter ekranida
artikulyar harakatlarni kuzatadilar va to‘g‘ri intonatsiyalarni eshitadilar takrorlaydilar

5

.

Bunday multimedia va ilovalarga quyidagilarni misol qilish mumkun:

naver korean-lessons+ learn korean

korean by nemo flashcards

korean lesson

speak korean

korean language.
Bugungi kunda koreys tilini chet tili sifatida o‘rganish zamonaviy pedagogikaning muhim

va istiqbolli vazifalaridan biri hisoblanadi. Xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi professional
ta’limning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Bu maktabgacha ta’lim jarayonini ham
chetda qoldirgani yo’q. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘rgatish, ular
uchun zarur bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ishlanmalarni tayyorlash, koreys tilini o‘rgatish
bo‘yicha metodlarni tanlash, maqsad va vazifalarni belgilash masalalari maktabgacha ta’lim
muassalaridagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tilni o‘rganish uzoq vaqt talab qiladigan
murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchi va ota-onalardan ehtiyotkorlik bilan tashkillashtirishni
talab qiladi. Koreys tilini o‘qitish amaliyotida ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ishlanmalar,
koreys tilida turli o‘yinlarni o‘tkazish uchun materiallar qo‘llaniladi. Bolaga o‘z ona tili bilan bir
vaqtda chet tilini ham o‘rgatish katta mehnatni talab qiladi. Har bir ta’lim dargohi bu jarayonga
an’anaviy va noan’anaviy tarzda yondashadi. Natija esa yillar o‘tib ma’lum bo‘ladi. Koreys tilini
o‘rgatishning barcha asosiy komponentlari (o‘qitish maqsadi, metod va vositalari, o‘quv fan
mazmuni) bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqligi, koreys tilini o‘rgatishning maqsadi
muomala asoslarini yaratishga, o‘z fikrini erkin bayon qilish va oddiy kommunikativ
vaziyatlarda suhbat olib borish malakalaridan iborat. Shundan kelib chiqqan holda birinchi
navbat ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan bu
mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatini tashkil
qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga nisbatan munosabatlarini ham kiritish
masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida nutq faoliyatining tinglab tushunish,
gapirish, o‘qish va yozishlardan iborat ko‘nikmalarini shakllantirishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Shuning uchun ham bog‘cha bolalarini koreys tilida muloqotga kiritish jarayonida didaktik
o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘yinlar bolalarga nafaqat quvonch, zavq va
xo‘rsandchilik bag‘ishlaydi, balki koreys tilini o‘rganishlarida cheksiz qiziqish uyg‘otadi.
Mazkur faoliyat yordamida ular bosqichma-bosqich ijtimoiylashadilar. O‘yinlarda o‘zbek
xalqining barqaror an’analari, xarakat me’yorlari o‘z aksini topadi. O‘yinlarga xos bo‘lgan bir
qator didaktik xolatlar mavjud. Ular quyidagilar:

5

Bim I.L. Chet tillarini o‘qitish metodikasi masalasi to‘g‘risida. // Iyash 1974, - N2 – S, 19 – 32.


background image


143

• pedagogikada o‘yinlar turli yoshdagi bolalarning mustaqil faoliyatini rivojlantirish

shakli sifatida namoyon bo‘ladi;

• o‘yinlar bolalar faoliyatining erkin shakli bo‘lib, mazkur jarayonda ular atrof-olamni

anglaydilar, o‘rganadilar, shaxsiy ijodiy faoliyatlari uchun qulay sharoitga ega bo‘ladilar,
mustaqil bilish va o‘z faoliyatlarini jadal tarzda namoyon qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar;

• o‘yinlar bolalar uchun rivojlanish amaliyoti hisoblanadi;
• o‘yinlar jarayonida bolalar aql-idrokka tayangan holda ijod qiladilar, o‘z imkoniyatlari

va ijodiy faoliyatlarini namoyon etadilar.

Koreys tilini o‘yin orqali o‘rgatish borasida ko‘p mulohazalar mavjud bo‘lib, bunda o‘yin

faqat vaqtni o‘tkazish uchun va uni mashg‘ulot xonasidan tashqarida o‘ynalgani ma’qul deb
hisoblanadi. Ammo bolalarga koreys tilini o‘rgatish vaqtida didaktik o‘yinlardan foydalanish
samarali natija berib, koreys tilida so‘zlashish xususiyatlarini rivojlantirishga sabab bo‘ladi.
O‘yin shunday kuchga egaki, u nafakat bolalarning kayfiyatini ko‘tara oladi, balki ularga xorijiy
tilni o‘rganishlarida ruhiy kuch bag‘ishlay oladi.

Didaktik o‘yinlardan foydalanishda quyidagi metodik talablarni e’tiborga olish talab

qilinadi:

1. O‘yinlardan mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida

foydalanish mumkin. Buning uchun bolalarni qiziqtiridigan va ularning yosh xususiyatlariga
mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish zarur.

2. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinlarga 15-20 daqiqa vaqt ajratish mumkin.
3. Har bir o‘yinni o‘tkazishda avval unga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi hamda mashg‘ulot

mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.

Koreys tilini o‘rgatish va o‘rganish uzoq va mukammal jarayon. U kishidan muntazam

mehnatni va o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Og‘zaki nutq malakalarini o‘stirish uchun koreys
tilini o‘qitish jarayonida har xil interfaol o‘yinlarni qo‘llash, mashg‘ulotni zerikarli emas,
aksincha, qiziqarli va sevimli mashg‘ulotga aylantirishi aniq. Interfaol o‘yinlar orqali koreys
tilini o‘rganuvchi bolalar o‘zlarini ancha erkin tutadilar, hatto uyatchan bolalarni ham ushbu
o‘yinlarda qatnashishga undaydi. Interfaol o‘yinlarni, ayniqsa, grammatika va so‘z boyligini
orttirish jarayonida qo‘llash samarali natija beradi. Ammo bu o‘yinlarni qo‘llashdan oldin
pedagog bolalarga o‘yindan ko‘zlangan maqsadni, o‘yin qoidalarini aniq tushuntirishi va
o‘tilayotgan mavzu bilan chambarchas bog‘lashi kerak. Interfaol o‘yinlar bolalarning tasavvuri,
zexni, xotirasi va narsa buyumlarga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. Bolalarga til o‘rgatishda to‘rli
o‘yin turlaridan foydalanish ijobiy samara beradi. Masalan, yakka individual, juftli, guruhli,
ommaviy o‘yinlar yoki rolli, tashkiliy kommunikativ, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi, intellektual
musobaqaga asoslangan, didaktik, yo kompyuterli o‘yinlar shular jumlasiga kiradi. Ta’limning
zamonaviy texnologiyalarida bir nechta interfaol metodlar bo‘lib, ular koreys tili
mashg‘ulotlarining samarali darajada o‘tilishini ta’minlaydi. Didaktik o‘yinlar koreys tili
mashg‘ulotining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bular, “O‘zim tekshiraman”, “Tez
javob”, “Rasmlar”, “Pantomima”, “Harflarni top” o‘yini, “Sirli so‘z”, “Zanjir”, “O‘yin topishmoq”
va boshqalar.

XULOSA

Shuni xulosa qilib aytib o‘tish kerakki, farzandlarimiz yetuk kadr bolib yetishlarida avvalo,

maktabgacha talimning o‘rni ahamiyatlidir. Biz ularni zamonaviy texnalogiyalar va zamonaviy
ta`lim tizimi bilan taminlashimiz talab etiladi. Maktabgacha talim jamiyatdagi har bir inson


background image


144

ildizlarining rivojlanishi, ularning kelajakda ona yurtiga munosib farzand, kuchli shaxs bo‘lib
voyaga yetishlarida ham katta ahamiyatga ega. Biz farzandlarimiz ta`limiga ko‘proq etibor
berishimiz, zamonaviy shart-sharoitlar yaratishimiz, yangi-yangi usullar orqali ularning
o‘rganishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Shuning uchun ham bolalarimizga yoshligidan ta`lim
berib borishimiz, o‘qishga qiziqtirishimiz, jamiyatimizdagi har bir bolani nazardan chetda
qoldirmasligimiz, o‘rganishga qiynalgan bolalar bilan ham alohida shug‘ullanishimiz, to‘rli xil
qiziqarli o‘yinlar bilan e’tiborlarini tortishimiz, chet tillarini o‘rgatish davomida muntazam
rag‘batlantirib borishimiz ularni kelgusidagi ta`limlari uchun dastlabki qadam bo‘ladi.
Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tilini o‘rgatishlarida ularni qiziqtirish ya’ni
turli xil o‘yinlar orqali, tushinishi oson bo‘lgan qo‘shiqlar va multfilmlar yoki o‘zlari do‘stlari
bilan kichikkichik dialoglarni uyushtirish orqali har qanday tilni o‘rganish uchun foydali bolgan
metodlardan hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xamrayeva D.R. Maktabgacha ta’limda bolalar uchun chet tilini o‘qitish metodlari va

ulardan foydalanish usullari. – T.: O`zbekiston, 2021
2.

Chet tili ta’limini rivojlantirishda pedagog imijini shakllantirishning ahamiyati. “xalq

ta’limi” ilmiy-metodik jurnali, 6, 14-16.
3.

Bim I.L. Chet tillarini o‘qitish metodikasi masalasi to‘g‘risida. // Iyash 1974, - N2 – S, 19 –

32.
4.

R.P Milrud, I. R. Maksimova Chet Tillarni Kommunikativ O‘qitishning Zamonaviy

Kontseptual tamoyillari. // Iyas., - 2000
5.

Hofstede, G. (2001). Culture’s Consequences. Sage Publications. 895. Spencer-Oatey, H.

(2009). Intercultural Interaction. Palgrave Macmillan.

Библиографические ссылки

Xamrayeva D.R. Maktabgacha ta’limda bolalar uchun chet tilini o‘qitish metodlari va ulardan foydalanish usullari. – T.: O`zbekiston, 2021

Chet tili ta’limini rivojlantirishda pedagog imijini shakllantirishning ahamiyati. “xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali, 6, 14-16.

Bim I.L. Chet tillarini o‘qitish metodikasi masalasi to‘g‘risida. // Iyash 1974, - N2 – S, 19 – 32.

R.P Milrud, I. R. Maksimova Chet Tillarni Kommunikativ O‘qitishning Zamonaviy Kontseptual tamoyillari. // Iyas., - 2000

Hofstede, G. (2001). Culture’s Consequences. Sage Publications. 895. Spencer-Oatey, H. (2009). Intercultural Interaction. Palgrave Macmillan.