31
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI YETISHTIRISHDA YANGI
AGROTEXNOLOGIYALAR QO‘LLASH
M.Xoldarova
1
, Sh.G‘iyosova
2
1
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchi
2
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6723116
Annotatsiya:
O‘g‘itlar qator oralariga o‘simlikka yaqinroq qilib berilishi
maqsadga muvofiq. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari parvarishidagi barcha
agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida sifatli bajarilsa, mo‘l va sifatli hosil olishga
erishiladi.
Kalit so‘zlar:
qishloq xo‘jaligi, azot, unumdor tuproq, o‘g‘itlar, agrotexnik
tadbir, fosfor
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlaridan yuqori hosil olishda navlarni
to‘g‘ritanlash,
ekish,
oziqlantirish,
sug‘orish, turli kasallik va
zararkunandalariga qarshi kurashishlarini maqbul muddatda sifatli o‘tkazish
muhim
o‘rin tutadi. Bu borada quyidagi agrotexnologiya tadbirlariga amal
qilishni tavsiya etamiz.
Kartoshka eng muhim oziq-ovqat ekinidir. U kraxmal, uglevod, oqsil, S vitamini,
mineral tuzlar va boshqa moddalarga boyligi ajralib turadi. Xalq iste’molida
kartoshkadan yil davomida foydalaniladi. Mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida
kartoshkani erta bahorda ekib, xalqimiz ehtiyojini to‘la qondirish imkoniyati
bor. Kartoshkani ekish muddatlari mintaqlarning iqlim sharoitiga qarab yillik
tajriba va ilmiy tadqiqotlar asosida muqobil muddatlari :
-Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysida 25 fevral – 10 mart; -
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida 15 fevral – 1 mart;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 10–20 mart hisoblanadi.
Ekish muddati 10 kunga kechiksa, hosil 10–12 % kamayishiga olib keladi. Bunda
pishib yetilish davri qisqa bo‘lgan kartoshkaning ertapishar navlardan: Sante,
Nevskiy, Rozara, Latona, Agave, Granola, Zarafshon, Red skarlet va o‘rta
ertapisharlardan: Alvara, Arinda, Beluga, Viktoriya, Draga, Kondor, Karlena,
Marfona, Fabula, Ramona navlarini ekish tavsiya etiladi. Agar kartoshka navini
aniq bilmasdan o‘rtapishar yoki o‘rta kechki navlar ekilsa, oq tuganak ildizlari
kech paydo bo‘ladi va kunlar isib ketib g‘ovlab ketadi. Kartoshka hosilini oshirish,
sifatini yaxshilash va erta yetilishini ta’minlash uchun o‘rta va yirik hajmli urug‘lik
tuganaklarni undirib ekish kerak. Urug‘lik tuganak vazni 35–70–130 g hajmli qilib
ekilganda unib chiqish 2–3 kun, ekishdan gullashgacha bo‘lgan davr 8–13 kun
qisqarib, hosildorlik 35–40 foizgacha ortishiga erishiladi. Ertagi kartoshkani
ekishga tayyorlashda asosiy omillardan biri tuganaklarni undirishdir. Undirib
32
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
ekilgan tuganaklar undirilmaganga nisbatan 12–25 kun oldin unib chiqadi va
hosildorlik ortadi.
Ertagi kartoshkadan yuqori hosil olish uchun o‘simliklar o‘suv davri davomida
o‘tloqi-tuproqli maydonlarda 4–6, bo‘z tuproqli maydonlarda esa 5–7 marotaba
sug‘orish tavsiya etiladi. Har ikki sug‘orish oralig‘ida qator oralari 10–12 sm
chuqurlikda yumshatiladi. Bu tadbir KRN-2,8A, KON-2,8A, KXO-4 rusumli
kultivator bilan o‘simliklar shonalaguncha amalga oshiriladi. Ertagi kartoshkadan
yuqori hosil olish uchun bo‘z tuproqlarga gektariga sof holda 220 kg azot, 170 kg
fosfor, 115 kg kaliy, o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq yerlarda esa 180 kg azot, 150 kg fosfor,
100 kg kaliy berish tavsiya etiladi. Bunda 70–75% fosforli, kaliyning hammasi
kuzda yerni ekishga tayyorlaganda beriladi. Qolgan 25% fosfor, 20–25% azot
bilan ekish egatlari olishda ekish bilan berish zarur. Azotning qolgan 30–35 foizini
tuganaklar to‘liq unib chiqqanda, 50 foizini esa qiyg‘os shonalashda bergan
ma’qul.
Respublikamizning janubiy viloyatlarida ertaki navlar martning III o‘n kunligida,
o‘rta va kechpishar navlar aprelning I-II o‘n kunligida; markaziy mintaqada
joylashgan viloyatlarda ertapishar navlar aprelning I o‘n kunligida, o‘rta va
kechpisharlari aprelning II-III o‘n kunligida hamda mayning I-II o‘n kunligida,
urug‘ bilan ochiq maydonga aprelning I o‘n kunligida; shimoliy mintaqalarda
ertapishar navlar aprelning II o‘n kunligida, o‘rta va kechpisharlari aprelning III
o‘n kunligida, mayning I o‘n kunligida va urug‘ bilan ochiq maydonga aprelning II
o‘n kunligida ekiladi. Pomidorning ertapishar va o‘rtapishar navlari u qadar
nishab bo‘lmagan dalalarda 70×25 sm, tekis maydonlarda 90×25 sm, uzun palakli
navlar 90×40 sm sxemada ekiladi. Ekilgandan keyin ko‘chatlarni albatta sug‘orish
zarur. Oradan 10–12 kun o‘tgach, birinchi ishlov beriladi. Bunda qator oralari
KRN-2,8A, KXO-4, KON-2,8A rusumli agregatlar bilan 12–14 sm chuqurlikda
yumshatiladi. O‘simliklar atrofi ham yengil yumshatilib, mineral oziqalar
solingach sug‘oriladi. 13–15 kundan keyin yana sug‘oriladi va tuproq yetilishi
bilan ikkinchi ishlov o‘tkaziladi. Bunda qator oralari kultivator bilan 15–16 sm
chuqurlikda yumshatilib, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun yaxshilab chopiq
qilinadi.
Sabzi boshqa ko‘plab sabzavotlar qatorida tuproq unumdorligiga, asosiy oziqa
elementlariga talabchandir. O‘simlik uchun oziqa yetarli miqdorda berilganda
yuqori hosil olish imkoni ortadi. Bo‘z tuproq yerlarda ertagi va o‘rtagi sabzi
maydonlariga gektariga sof holda 220 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy o‘g‘itlar
berish kerak. O‘tloqi, o‘tloqi-botqoq tuproqli maydonlarda esa 175 kg azot, 130
kg fosfor, 80 kg kaliy berish tavsiya etiladi. Bunda fosfor o‘g‘itining yillik
miqdorining 75 foizi, kaliyning hammasi yerlarni asosiy ishlov davrida, fosforning
33
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
qolgan qismi yerni boronalab, egat olishda beriladi. Azotli o‘g‘it o‘simlik
vegetatsiya davrida ikkiga bo‘lib beriladi. Birinchisi o‘toq qilinib, o‘simliklar
siyraklashtirilgandan so‘ng, ikkinchisi esa 2–3 tadan chinbarg paydo bo‘lganda
solinadi. O‘g‘itlar qator oralariga o‘simlikka yaqinroq qilib berilishi maqsadga
muvofiq. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari parvarishidagi barcha agrotexnik
tadbirlar o‘z vaqtida sifatli bajarilsa, mo‘l va sifatli hosil olishga erishiladi. Bu esa
o‘z navbatida, xalqimiz dasturxonini to‘kin-sochin bo‘lishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
“Musaev .s. “Agrokimyo” t.: «Sharq» matbaa-aktsiyadorlik kompaniyaei, 2001.
2.
Sattorov J. va boshqalar ”Agrokimyo”.”Cho’lpon”,T., 2011
3.
Abdraxmonov T., Jabbarov Z.A. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishi va
4.
muhofaza qilish tadbirlari. Toshkent, “Universitet”, 2007.
5.
Tashxo‘jaev R. Tuproqshunoslik. Toshkent, 2009.
6.
Eshova X., Vaxobov A., Rasulova T., Ibodov K., Jo‘raeva U., Tuproq
7.
biologiyasi. Toshkent. “Universitet”, 2006.