Авторы

  • Nodirbek Xabibillayev
    Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.45619

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishi bugungi kunda tarkibga ajratilishi murakkab hisoblangan birliklardan biri bo‘lmish izofali birikmalarning morfemik tuzilishiga bag‘ishlanadi. Muallif bunday birliklarni tarkibga ajratish orqali ushbu bahsli mavzuga o‘z shaxsiy munosabatini bildirgan. Natijada izofalarning tarkibga ajratilmasligi ochiqlangan.


background image


18

IZOFALI BIRIKMALARNING TARKIBGA AJRATILISHI BORASIDAGI

QARASHLAR VA ULARNING AYRIMLARI TAHLILI (2-QISM)

Nodirbek Nosirjon o‘g‘li Xabibillayev

Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi

(morfemik1997@gmail.com)

Tel: +998944979772

https://doi.org/10.5281/zenodo.13999667

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqot ishi bugungi kunda tarkibga ajratilishi murakkab

hisoblangan birliklardan biri bo‘lmish izofali birikmalarning morfemik tuzilishiga
bag‘ishlanadi. Muallif bunday birliklarni tarkibga ajratish orqali ushbu bahsli mavzuga o‘z
shaxsiy munosabatini bildirgan. Natijada izofalarning tarkibga ajratilmasligi ochiqlangan.

Tayanch so‘z va iboralar:

izofa, izofali birikma, tarkib, morfema, so‘z yasalishi, qo‘shib

yoziluvchi izofa, ajratib yoziluvchi izofa.

Abstract.

This research work is devoted to the morphemic structure of isophasic

compounds, which is one of the units that are difficult to separate into content. By dividing
such units into content, the author expressed his personal attitude to this controversial topic.
As a result, it was revealed that extras cannot be divided into content.

Basic words and phrases:

isofa, isopha compound, composition, morpheme, word

formation, isofa that is written by addition, isofa that is written separately.

Аннотация.

Данная исследовательская работа посвящена морфемному строению

изофазных соединений, которое относится к числу трудноразделимых по содержанию
единиц. Разделив такие единицы на содержание, автор выразил свое личное
отношение к этой спорной теме. В результате выяснилось, что массовку нельзя
разделить на контент.

Основные слова и словосочетания:

изофа, соединение изоф, состав, морфема,

словообразование, изофа, которая пишется сложением, изофа, которая пишется
раздельно.

Izofali birikmalar bu fors va arab tillarida aniqlovchi-aniqlanmish yoki qaratqich-

qaralmish munosabatidagi so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar o‘zbek tilida ko‘plab uchraydi.
Ularning tarkibga ajratilishi borasida ham bir qancha qarashlar mavjud.

(Ba/mayl/i/xotir)/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular

mayl

va

xotir

so‘zlaridir.

Mayl

so‘zi o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va u

istak, xohish

kabi ma’nolarni anglatadi.

Xotir

so‘zi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va u

o‘y, fikr, g‘oya, farosat, qalb, istak

kabi

ma’nolarni aks ettiradi. Ushbu so‘zning birinchi qismida kelayotgan

ba-

qismi fors tilida

bilan

ko‘makchisi o‘rnida ishlatiladi. O‘zbek tiliga fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda ushbu
morfemaning ana shu mazmunda kelishini uchratish mumkin:

baodob, baayni, bahamjihat,

bahavo, bahaq, bahuzur

… So‘zning o‘rtasida kelayotgan

-i

morfemasi forsiy izofa hisoblanib,

ushbu so‘zda ikki leksemaning qaratqich-qaralmish munosabatida bir-biri bilan bog‘lanishi
uchun xizmat qilmoqda. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda.

(Bulbul/i/go‘yo)/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular

bulbul

va

go‘yo

so‘zlaridir.

Ushbu ikki leksema ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va ikkisi ham faol so‘zlar
bo‘lganligi sababli ularning alohida tahliliga ehtiyoj yo‘q deb o‘ylaymiz.

-i

morfemasi haqida

ham yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali yangi so‘z

yasalmoqda.


background image


19

(Mol/i/mardum)/xo‘r/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular mol va mardum

so‘zlaridir.

Mol

so‘zi o‘zbek tilida

boylik, mulk, pul, kelinning kiyim-kechaklari: sep, sotiladigan

narsa, buyum, tovar, hayvon

kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu izofali birikma tarkibidagi

mol

so‘zi

mulk

ma’nosida kelgan.

Mardum

so‘zi izohli lug‘atda

kishi, xalq, odamlar, el, ko‘zning

qorachig‘i, gavhari

ma’nolarini anglatib kelgan. Ushbu izofali birikma tarkibidagi

mardum

so‘zi

xalq

ma’nosida kelgan.

-i

morfemasi haqida ham yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik.

Yemoq

mazmunini beruvchi -

xo‘r

morfemasi ham o‘zbek tiliga fors tilidan o‘tgan. Hosil bo‘lgan

so‘zdan

-lik

morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda.

(Dard/i/sar)/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema mavjud bo‘lib, ular

dard

va

sar

so‘zlaridir.

Ikkisi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi.

Dard

so‘zi o‘zbek tilida

og‘riq, kasallik, ozor

ma’nolarida ishlatiladi.

Sar

so‘zi ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llana oladi va

bosh

mazmunini

aks ettiradi.

-i

morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda.

Dardisarlik

so‘zi

bosh og‘rig‘i

mazmunini anglatadi.

(Dard/i be/davo)/lik

so‘zi tarkibida ham ikki leksema mavjud bo‘lib, ular

dard

va

davo

so‘zlaridir.

Dard

so‘zi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik.

Davo

so‘zi

shifo

mazmunida o‘zbek

tilida faol qo‘llanadi.

Be-

morfemasi ushbu so‘zda so‘z yasash vazifasini bajarmoqda.

-i

morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali

yangi so‘z yasalmoqda.

Dardi bedavo

so‘zi imlo lug‘atda ajratib yozilgan. Ushbu izofali birikma

bedavo dard

mazmunini aks ettiradi.

(Bag‘r/i/tosh)/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular

bag‘ir

va

tosh

so‘zlaridir. Ikkisi

ham o‘zbek tilida faol ishlatiladi.

-i

morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil

bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda. Ushbu so‘z ijtimoiy hayotda

qalbi

qattiq

insonlarga nisbatan ishlatiladi.

(Vaqt/i/chog‘)/lik

so‘zi tarkibida ikki leksema bo‘lib, ular

vaqt

va

chog‘

so‘zlaridir. Ikkisi

ham o‘zbek tilida mustaqil holatda faol ishlatiladi.

Vaqt

so‘zi o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan

bo‘lib

zamon, muddat, on, mavsum

kabi ma’nolarni bildirib keladi.

Chog‘

so‘zi o‘zbek tilida to‘rt

o‘rinda omonim bo‘lib kela oladi. Ushbu so‘z tarkibida

xursand, shod, yaxshi

ma’nosida kelgan.

-i

morfemasi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-lik

morfemasi orqali

yangi so‘z yasalmoqda.

Vaqtichog‘lik

so‘zi

vaqtni shod o‘tkazish

mazmunini aks ettiradi.

(Vaqt/i/xush)/lik

so‘zi ham

vaqtichog‘lik

so‘zi bilan deyarli bir xil tarkibga ega bo‘lib, bu

so‘zda ikkinchi leksema vazifasini

chog‘

so‘zi bilan sinonimlik hosil qiluvchi

xush

so‘zi

bajarmoqda. Mazkur so‘zning ma’nosi ham yuqoridagi so‘z bilan bir xil bo‘lib, gapda ular erkin
o‘rin almashishlari mumkin.

(Toj/i/xo‘roz)/dosh/lar

so‘zi tarkibida ikki leksema mavjud bo‘lib, ular

toj

va

xo‘roz

so‘zlaridir. Ikkisi ham o‘zbek tilida mustaqil holatda faol ishlatiladi.

-i

morfemasi haqida

yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Hosil bo‘lgan so‘zdan

-dosh

morfemasi orqali yangi so‘z

yasalmoqda.

-lar

morfemasi so‘zga ko‘plik mazmunini qo‘shish uchun ishlatilgan. Ushbu so‘z

ma’lum bir o‘simlik turi

ma’nosida biologiya sohasida keng ishlatiladi.

Xulosa qilib shuni ayta olamizki, izofali birikmalar o‘zbek tilida ko‘plab uchrashi

mumkin. Bunday so‘zlarning tarkibga ajratilmasligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Sababi ular
tarkibida kelayotgan

-i

izofasi o‘zbek tili uchun xos bo‘lmay, fors tilidan shu holatda kirib

kelgan.


background image


20

References:

1.

Berdialiyev A., Ermatov I. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. – T.: Tamaddun, 2022. – бет 121.

2.

Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – бет 80.

3.

Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Т.: Ўқитувчи, 2007. – бет 168.

4.

Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – T.: Fan, 2008. – бет 436.

5.

Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Т.: 2007. – бет 142.

6.

Habibullayev, Nodirbek Nosirjon O’G’Li. "Qozoq Va O’Zbek Tilidagi Modal So’Zlar

Chog’Ishtirmasi."

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

3.5

(2023): 27-33.

7.

Ogli, Nodirbek Khabibillayev Nosirjon. "ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK WITH

COMPLEX MORPHOLOGICAL COMPOSITION."

Next Scientists Conferences

. 2024.

8.

Nosirjon O'g'li, Nodirbek Khabibullaev. "ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK

LANGUAGE THAT ARE DIFFICULT TO SEGMENT."

International Scientific and Current

Research Conferences

. 2024.

9.

Nosirjon o'g'li, Xabibullayev Nodirbek. "ANALYSIS OF SOME WORDS WHICH ARE

DIFFICULT TO DISTRIBUTE INTO UZBEK LANGUAGE."

International journal of artificial

intelligence

4.03 (2024): 592-594.

Библиографические ссылки

Berdialiyev A., Ermatov I. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. – T.: Tamaddun, 2022. – бет 121.

Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – бет 80.

Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Т.: Ўқитувчи, 2007. – бет 168.

Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – T.: Fan, 2008. – бет 436.

Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Т.: 2007. – бет 142.

Habibullayev, Nodirbek Nosirjon O’G’Li. "Qozoq Va O’Zbek Tilidagi Modal So’Zlar Chog’Ishtirmasi." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 27-33.

Ogli, Nodirbek Khabibillayev Nosirjon. "ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK WITH COMPLEX MORPHOLOGICAL COMPOSITION." Next Scientists Conferences. 2024.

Nosirjon O'g'li, Nodirbek Khabibullaev. "ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK LANGUAGE THAT ARE DIFFICULT TO SEGMENT." International Scientific and Current Research Conferences. 2024.

Nosirjon o'g'li, Xabibullayev Nodirbek. "ANALYSIS OF SOME WORDS WHICH ARE DIFFICULT TO DISTRIBUTE INTO UZBEK LANGUAGE." International journal of artificial intelligence 4.03 (2024): 592-594.