95
KOMPYUTER DASTURLARIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL
ETISHDA FOYDALANISH
Orif Xatamov
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
E-mail: orifxatamov07@gmail.com
Mamanova Bahora
Samarqand shahar 16-maktab Informatika fani õqituvchisi
E-mail: mamanovabahora@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14514462
Annotatsiya.
Maqolada kompyuter dasturlari yordamida amaliy mashg‘ulotlarni virtual
tarzda bajarish qulayliklari, yo‘llari haqida fikr yiritilgan va amaliy mashg‘ulotlarni Multisim
dasturidan foydalanib bajarish ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
virtual, dastur, simulyatsiya, amaliy mashg‘ulot, elektr zanjiri, dizayn.
Аннотация.
В статье рассматриваются удобство и способы проведения
практических занятий виртуально с помощью компьютерных программ и показано, как
выполнять практические занятия с помощью программы «Мультисим».
Ключевые слова:
виртуальный, программа, моделирование, практические
занятия, электрическая схема, проектирование.
Abstract.
The article discusses the convenience and methods of conducting practical
classes virtually using computer programs and shows how to carry out practical classes using
the Multisim program.
Key words:
virtual, program, modeling, practical exercises, electrical circuit, design.
Sxemonexnikaga va elektronikaga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida
asboblar yetishmasligi, vaqtdan unumli foydalanish kabi muammolar mashg‘ulot maqsadiga
erishish jarayonini qiyinlashtiradi. Bunday holatga barham berishning asosiy usullaridan biri
amaliy mashg‘ulotlarda hamda laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual tarzda bajarish imkonini
beruvchi dasturlardan foydalanish hisoblanadi. National Instruments (NI) kompaniyasining
Multisim elektron dasturini shunday dasturlar qatoriga kiritishimiz mumkin.
Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi oddiydan boshlab juda
murakkab bo‘lgan elektron qurilmalarni loyihalash, amaiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish
imkoniyatini yaratadi. Bunday vosita o‘qitishda ideal bo‘lib hisoblanadi, chunki elementlar va
asboblar bo‘yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash imkoniyati mavjud. Bundan tashqari
NI Multisim dasturi real elektron va o‘lchash asboblari hamda sxemalarning ishlash
prinsiplarini o‘rganish uchun trenajyor vazifasini bajarishi ham mumkin [1,2].
Hozirda ushbu dasturdan o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda dunyoning
yetakchi mamlakatlari tomonidan samarali foydalanib kelinmoqda [3,4,5].
Ushbu dasturning imkoniyatlaridan Elektr bo‘limiga oid amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari jarayonida ham foydalanish mumkin.
Misol tariqasida “Reostat yordamida tok kuchini rostlash” nomli amaliy mashg‘ulotni
amalga oshirish jarayonini qarab chiqamiz. Multisim dasturi interfeysi menyu, asboblar paneli
va ishchi sohadan iborat (1-rasm).
96
1-rasm. Multisim kompleksining interfeysi.
1.Asboblar panelidan amaliy mashg‘ulot sxemasini tuzish uchun zarur bo‘lgan asboblar
tanlab olinadi.
2-rasm. Amaliy mashg‘ulot sxemasini tuzish uchun zarur bo‘lgan asboblar.
2. Dasturning ishchi maydonida asboblarni kerakli joyga joylashtiramiz va ulovchi simlar
(sichqonchaning chap tugmasini bosib sudrash orqali chiziladi) yordamida o‘zaro tutashtirib
rasmdagidek sxemani tuzamiz.
97
3-rasm. Amaliy mashg‘ulotning prinsipial sxemasi.
3. Tayyor sxemada
uzib-ulagich yordamida simulyatsiya jarayonini ishga
tushiramiz. Sichqoncha yordamida (“Bo‘sh joy” tugmasi yordamida) kalitni ulaymiz. Reostat
surgichini (sichqoncha olib borilganda ko‘rinadi) siljitish orqali tok kuchini rostlaymiz va
ampermetr ko‘rsatkichlarini kuzatamiz (4-rasm).
4- rasm. Amaliy mashg‘ulotni bajarish.
4. Reostat surgichini surib qarshilikni o‘zgartiramiz va ampermetr ko‘rsatkichlarini
kuzatamiz. Natijalarni jadvalga qayd qilamiz:
Reostat surgichining holatlari.
1
2
3
4
5
Tok kuchi (A).
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, fizika fanini o‘qitishda fizik jarayonlarni
modellovchi amaliy kompyuter dasturidan foydalanib amaliy mashg‘ulotlarni bajarish orqali
98
o‘quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ulardan amaliyotda foydalana
olishlarini ta’minlaydi, o‘quvchilarning AKT savodxonligini yanada oshiradi.
References:
1.
M. M. Xasanov. Multisim dasturi muhitida radiotexnik zanjirlar va signallarni
modellashtirish: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, ToshDTU, 2014, 60 bet.
2.
Хернитер М. Е. Multisim 7. Современная система компьютерного моделирования и
анализа схем электронных устройств. — М.: ДМК_пресс, 2006, 488 с.
3.
Kholikov K. T., Duvlayev K. A. et al. Methods of virtual organization of research, practical
and laboratory activities in physics. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III. ISSN 2056-5852
4.
Khalikov Kurbanbay Tuychievich, Duvlayev Komil Abdirashidovich. Methods of
organizing practical classes and laboratory works in physics with the help of multisim software.
JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. ISSN: 2581-4230, Website:
journalnx.com, June 18th & 19th, 2020
5.
Xoliqov Q. T., Duvlayev K. A. Use of multimedia programs in students' extracurricular
activities. Novateur Publication India’s International Journal of Innovations in Engineering
Research and Technology [IJIERT]. ISSN: 2394-3696, Website: www.ijiert.org, 15th June, 2020.
