Mazkur maqolada metaverse tushunchasi va uning iqtisodiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Metaverse – bu virtual reallik va kengaytirilgan reallik texnologiyalari asosida yaratilgan raqamli olamdir. Ushbu yangi iqtisodiy muhitda iste'mol, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari virtual platformalar orqali amalga oshiriladi. Maqolada metaverse iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, raqamli mol-mulk, virtual xizmatlar, kriptovalyutalar va tokenizatsiya kabi elementlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, metaverse’ning startaplar, korporatsiyalar va investitsiya sohasidagi imkoniyatlari, shuningdek, global mehnat bozoriga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Maqola metaverse iqtisodiyoti rivojlanishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va xavflarni ham ko‘rsatib o‘tadi.