Mazkur maqolada mamlakatimizda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish va rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yurtimizda anʼanaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.Va bu maqolada moliyaviy xizmatlarda fintechni qoʻllanishi, amaliy ahamiyati, moliyaviy xizmatlarni ishlab chiqishda yengillashtirish maqsadida fintechning oʻrni yoritib berilgan.