UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA DTS, DTT VA KASB STANDARTLARI

Annotasiya

Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’limning standarti va maktab direktorining kasb standartlari haqida ma’lumot berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Toshkent shahar Shayxontohur tuman 102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
25-27
53

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduraxmonov, Y. . (2024). UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA DTS, DTT VA KASB STANDARTLARI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 3(11), 25–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/62516
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’limning standarti va maktab direktorining kasb standartlari haqida ma’lumot berilgan.


background image


25

UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA DTS, DTT VA KASB STANDARTLARI

Abduraxmonov Yodgorbek Abdulaziz o‘g‘li

Toshkent shahar Shayxontohur tuman

102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib

o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi

o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498821

Annotatsiya:

Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’limning standarti va maktab direktorining

kasb standartlari haqida ma’lumot berilgan.

Tayanch soʻz va iboralar:

davlat ta’lim standarti, davlat ta’lim talablari, kasbiy

standartlar, mehnat vazifalari, malaka darajalari, kasbiy mahorat.


Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda - davlat ta’lim

standarti) DTSning maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat
ta’lim standartini joriy etish hamda davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat
qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Davlat ta’lim standartining

maqsadi

– umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga

oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or
tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni
tarbiyalashdan iborat.

Davlat ta’lim standartining

vazifalari

quyidagilardan iborat:

- umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali
shakllari va usullarini joriy etish;
-

o‘quv-tarbiya

jarayoniga

pedagogik

va

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari

Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga
mosligi;
- umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim
mazmunining uzviyligi;


background image


26

- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
- umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya
texnologiyalariga asoslanilganligi;
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga
oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
- rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari

Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

o

umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;

o

umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;

o

umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;

o

baholash tizimi.

Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi

(keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv

reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv
yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat
hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va
maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.

Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi

(keyingi o‘rinlarda — o‘quv dasturi deb

ataladi) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi,
mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat
hisoblanadi.

O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari

umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim

mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga
hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

bilim

— o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

ko‘nikma

— o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;

malaka

— o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay

olish va yangi bilimlar hosil qilish;

kompetensiya

— mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay

olish qobiliyati.

Baholash tizimi

— davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka

talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.


background image


27

References:

1.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmon (2019-yil 29-aprel)
2.

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida” PF-60-son Farmon (2022-yil 28-yanvar)
3.

“2022 — 2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash

to‘g‘risida” PF-134-son Farmon (2022-yil 11-may)
4.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini

samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-79-son Farmon (2023-yil 26-may)

Bibliografik manbalar

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmon (2019-yil 29-aprel)

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmon (2022-yil 28-yanvar)

“2022 — 2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” PF-134-son Farmon (2022-yil 11-may)

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-79-son Farmon (2023-yil 26-may)