23
QASHQADARYO VILOYATIDA TURISTIK AGLOMERATSIYASIYANI OPTIMAL
JOYLASHTIRISH BOSQICHLARI
i.f.d, professor.
Muxitdinov Xudayor Suyunovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Toshev Nurbek Janon o‘g‘li
Qarshi davlat universiteti Turizm va marketing kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14649611
Аnnоtаtsiyа
. Ushbu maqolada Optimal joylashtirish uchun viloyatning turistik salohiyati,
ya’ni madaniy-tarixiy obidalar, tabiiy resurslar, ekologik zonalar va boshqa diqqatga sazovor
joylar asosiy o‘rinni egallaydi.
Keywords:
hududiy resurslardan samarali va uzoq muddatli foydalanish, iqtisodiy
geografiya, mehmonxonalar, restoranlar va ko‘ngilochar maskanlar qurish.
Kirish
: Mintaqa turistik aglomeratsiya shaklida rivojlantirilganda, sayyohlar uchun keng
ko‘lamli xizmatlar va imkoniyatlar yaratiladi, bu esa mintaqaga sayyohlar oqimini ko‘paytiradi.
Shunday qilib, mintaqada mavjud tabiiy va madaniy resurslardan samarali foydalanish orqali
turistik salohiyat to‘liq amalga oshiriladi. Bu esa, hududning turistlarga bo‘lgan jozibadorligini
oshiradi, turizmga investitsiyalar oqimini jalb qiladi va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash
imkonini beradi.
Turistik aglomeratsiyalar barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish uchun muhim omil
hisoblanadi. Bu jarayon atrof-muhitni himoya qilish, resurslardan oqilona foydalanish va
mahalliy aholini iqtisodiy rivojlanish jarayoniga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Barqaror
turizm ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarning uyg‘unligini ta’minlab, uzoq muddatli
rivojlanishni kafolatlaydi. Shu bilan birga, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi, mahalliy
aholining turizm bilan bog‘liq daromadlarini oshiradi va hududiy resurslardan samarali va
uzoq muddatli foydalanishni ta’minlaydi.
Turistik aglomeratsiyalarni iqtisodiy samaradorlik va o‘sish nazariyasi turli olimlar
tomonidan o‘rganilgan.
Paul Krugman
, Nobel mukofoti sovrindori, o‘zining
“Yangi iqtisodiy
geografiya”
(New Economic Geography) nazariyasida iqtisodiy faoliyatning geografik
joylashuvini va o‘sishini tahlil qiladi. U aglomeratsiya jarayonini tushuntiradi va iqtisodiy
faoliyatning muayyan hududlarda to‘planishining samaradorlik va o‘sishga qanday ta’sir
qilishini o‘rganadi. Krugmanning modeli turizm aglomeratsiyalarini ham o‘rganishda foydali,
chunki u iqtisodiy faoliyatning klasterlashuvi orqali mintaqaviy o‘sish va raqobatbardoshlikni
tushuntirishga yordam beradi. Robert Solow
1950-yillarda ishlab chiqqan Solow o
‘
sish modeli
iqtisodiy o‘sishni kapital, ishchi kuchi va texnologik rivojlanish omillari bilan bog‘laydi.
Solowning iqtisodiy o‘sish modeli turistik aglomeratsiyalar doirasida foydalanilishi mumkin,
chunki bu nazariya resurslar samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy faoliyatni qanday rivojlantirish mumkinligini
ko‘rsatadi.
Ushbu tadqiqotlar iqtisodiy geografiya, o‘sish nazariyalari va turizm sohasidagi
tadqiqotlar bilan bog‘liq bo‘lib, aglomeratsiyani chuqur o‘rganishga alohida rol o‘ynagan.
Mintaqada turistik aglomeratsiyalarni tashkil qilish bosqichlari bir necha muhim
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlar mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun muhim
strategik rejalashtirish va resurslarni samarali boshqarishni talab etadi.
24
Birinchi
tahlil qilish va tadqiqot bosqichi bo
‘
lib,
mintaqaning tabiiy, madaniy va
iqtisodiy salohiyati o‘rganiladi. Shu jumladan, mavjud sayyohlik joylari, infratuzilma, xizmat
ko‘rsatish darajasi va mahalliy resurslar baholanadi. Bozor tadqiqoti, Sayyohlar ehtiyojlari,
afzalliklari va talablari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib, potensial turistik oqim va turlari
aniqlanadi. Raqobatbardoshlik tahlil qilinadi, mintaqaning boshqa hududlarga nisbatan
raqobatbardosh jihatlari va kamchiliklari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich, strategik rejalashtirish bosqichi bo‘lib, turistik maqsad va
strategiyalarni belgilaydi.
Mintaqani qanday turistik maqsadlar uchun rivojlantirish
kerakligini aniqlash (ekoturizm, madaniy turizm, sog‘lomlashtirish turizmi va h.k.). Bunda uzoq
muddatli strategiyalar ishlab chiqiladi. Mintaqaning brendi yaratiladi. Mintaqani sayyohlar
orasida taniqli qilish uchun uni noyob turistik brend sifatida shakllantirish. Bu brend
mintaqaning o‘ziga xos jihatlari va madaniy boyliklarini aks ettirishi kerak. Mintaqaviy
hamkorlikni shakllantirish
,
hududiy tashkilotlar va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik
aloqalarini o‘rnatish va turizm rivojlanishiga hissa qo‘shadigan klasterlar yaratishni ko‘zda
tutadi.
Uchinchi bosqich, infratuzilma va xizmatlar yaratish bosqichi bo‘lib, transport va
logistika infratuzilmasini yaxshilaydi.
Sayyohlar uchun qulay va xavfsiz transport
yo‘nalishlari, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari yaratiladi. Mintaqaning sayyohlik maskanlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni kuchaytirish, mehmonxonalar, restoranlar va ko‘ngilochar
maskanlar qurish, mintaqada zamonaviy talablar asosida turizm xizmatlarini taqdim etuvchi
infratuzilmani yaratish, axborot markazlari va gid xizmatlarini rivojlantirish, Sayyohlarga
kerakli axborotlarni oson topishlari uchun turistik axborot markazlari tashkil qilish uchun,
malakali gidlar xizmatini yo‘lga qo‘yiladi.
To‘rtinchi bosqich, marketing va reklama bosqichi bo‘lib, targ‘ibot kampaniyalari,
raqamli marketing va boshqa reklama kanallari orqali mintaqaning turistik salohiyatini keng
miqyosda targ‘ib qiladi. Mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar, festivallar va tadbirlarda ishtirok
etish uchun turistik paketlarni ishlab chiqiladi. Mintaqa bo‘ylab sayohat qilish uchun turistik
paketlarni shakllantiriladi va bu paketlar mehmonxona, transport va ekskursiyalarni o‘z ichiga
oladi. Onlayn platformalarni rivojlantirish orqali,
sayyohlar uchun mintaqaning turistik
xizmatlari, ekskursiyalari va tadbirlarini onlayn tarzda buyurtma qilish imkoniyatini
yaratiladi.
Beshinchi bosqich, monitoring va rivojlantirish bosqichi bo‘lib, natijalarni
tahlil qilish,
mintaqaga kelayotgan sayyohlar soni, ularning qoniqish darajasi, xizmatlar
sifatini doimiy monitoring qilish,
tashqi sarmoyalar jalb qilish
: mahalliy va xalqaro
sarmoyalarni jalb qilish uchun moliyaviy manbalar va grantlarni izlash.
Xususiy sektor bilan hamkorlikni mustahkamlash, i
nnovatsion texnologiyalarni joriy
etish,
raqamli texnologiyalar va zamonaviy turizm xizmatlarini takomillashtirish orqali
mintaqani yanada jozibador qilish kabi mintaqaning turistik aglomeratsiya sifatida
shakllanishini ta’minlaydi va bu jarayon mintaqaviy iqtisodiyotga katta foyda keltiradi,
sayyohlar oqimini ko‘paytiradi va mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratadi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” qonuni 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-
son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. [20.12.2022].
25
2.
R.Butler. Tourism Area Life Cycle: Contemporary Tourism Reviews-2006. P.45-46
3.
D. Ioannides “Tourism in the Age of Globalisation” 2000. P.90-112
4.
Leiper N.Tourism system: an interdisciplinary perspective. Palmerston North, New
Zealand: Department of Management Systems, Business Studies Faculty, Massey University,
1990, 289 p
5.
Qodirov, F. "OPTIMIZATION OF TELECOMMUNICATIONS POWER SUPPLY SYSTEMS
BASED ON RELIABILITY CRITERIA." Science and innovation 2.A12 (2023): 15-20.
6.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
7.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
8.
Farrux Qodirov. Zamonaviy trenajyor va simulyatsiya qiluvchi dasturlarning hozirgi
kundagi ahamiyati. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1
9.
Farrux Qodirov. BUSINESS INNOVATION MODEL OF INCOME AND COSTS FROM THE
PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection. 2023/1/1
10.
Farrux Qodirov. ECONOMIC-MATHEMATICAL MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection. 2023/1/1
11.
Farrux Qodirov. THE PLACE OF ECONOMETRICAL MODELING OF HEALTHCARE
QUALITY IMPROVEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scienceweb academic papers collection.
2023/1/1
12.
Farrux Qodirov. DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL SYSTEM OF
MANAGEMENT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES. Scienceweb academic papers collection.
2023/1/1
13.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.
14.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE
DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 80-83.
