Авторы

  • Anvar Abduraxmanov
    Alfraganus universiteti Raqamli texnalogiyalar kafedrasi katta o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.62100

Ключевые слова:

mobil ilova interfeys dinamik o’zgarish komponent Flutter boshqaruvi Desktop platformasi.

Аннотация

Ushbu maqolada Flutterda holat boshqaruvi texnikalarining qiyosiy tahlili to’g’risida fikr yuritilgan.Unda Provider, Riverpod, Bloc va GETX texnikalarining ishlash samaradorligi, amaliy qo’llanilishi, mobil ilovalarning afzalliklari va kamchiliklari borasida tahlillar asosida ma’lumotlar berilgan.


background image


103

FLUTTERDA HOLAT BOSHQARUVI (STATE MANAGEMENT)

TEXNIKALARINING QIYOSIY TAHLILI: PROVIDER, RIVERPOD, BLOC VA

GETX SAMARADORLIGI

Abduraxmanov Anvar Abbasovich

Alfraganus universiteti Raqamli texnalogiyalar kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14545598

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Flutterda holat boshqaruvi texnikalarining qiyosiy tahlili

to’g’risida fikr yuritilgan.Unda Provider, Riverpod, Bloc va GETX texnikalarining ishlash
samaradorligi, amaliy qo’llanilishi, mobil ilovalarning afzalliklari va kamchiliklari borasida
tahlillar asosida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

mobil ilova, interfeys, dinamik o’zgarish, komponent, Flutter boshqaruvi,

Desktop platformasi.

Abstract.

This article discusses a comparative analysis of state management techniques

in Flutter. It provides information on the performance, practical application, advantages and
disadvantages of Provider, Riverpod, Bloc and GETX techniques based on an analysis of
mobile applications.

Key words:

mobile application, interface, dynamic change, component, Flutter

management, Desktop platform.


Mobil ilovalarni ishlab chiqishda holat boshqaruvi texnikalari dasturiy ta'minotning

barqarorligi va samaradorligi uchun muhim o‘rin tutadi. Flutter texnologiyasi bu jarayonni
osonlashtirish uchun turli xil vositalarni taklif qiladi. Ular orasida Provider, Riverpod, Bloc va
GetX keng qo‘llaniladi. Ushbu texnikalarning ishlash samaradorligi, xotira sarfi, kod
murakkabligi va amaliy qo‘llanilishdagi qulayliklari alohida o’rin egallaydi. Qiyosiy tahlil demo
ilovalarda o‘tkazilgan tajribalar va benchmark natijalari asosida olib boriladi.

Natijada har bir texnikaning kuchli va zaif tomonlari aniqlanib, loyihalarning o‘lchami va

murakkabligiga qarab qaysi yondashuvni tanlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu ish mobil
ilovalar ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish va to‘g‘ri texnologik qarorlar qabul qilish
uchun amaliy ahamiyatga ega. Flutter, holat boshqaruvi, provider, riverpod, bloc, GetX, mobil
ilovalar, state management, performance tahlili, kod murakkabligi, ma'lumot oqimi,
samaradorlik, flutter texnologiyalari boshqaruvning asosiy faktorlari va mezonlari sanaladi.

So‘nggi yillarda mobil ilovalarni ishlab chiqish sohasida ko‘p platformali (cross-

platform) yondashuvlar ommalashib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda Google tomonidan taqdim
etilgan Flutter texnologiyasi ilovalarni tezkor, samarali va chiroyli ko‘rinishda yaratish
imkoniyatlari bilan dasturchilar orasida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Flutter ilovalari "bir
kod bazasida" iOS, Android, Web va Desktop platformalari uchun ishlaydi, bu esa ishlab
chiqarish jarayonini sezilarli darajada optimallashtiradi.

Mobil ilovalarni ishlab chiqishda samaradorlik va barqarorlikni ta'minlashda holat

boshqaruvi (State Management) muhim rol o‘ynaydi. Holat boshqaruvi dasturiy ilovaning
foydalanuvchi interfeysi (UI) va biznes logikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tartibga soladi.
Flutter holat boshqaruvi uchun turli xil yondashuvlarni taklif qiladi, ular orasida Provider,

Riverpod,

Bloc

va

GetX eng keng qo‘llaniluvchi vositalardir.

Bundan tashqari Flutter ilovalarida holat boshqaruvi texnikalarining qiyosiy tahlilini

o‘tkazishda bir qancha tamoyillar muhim rol o’ynaydi. Unda har bir texnikaning ishlash tezligi,


background image


104

xotira sarfi, kod murakkabligi va katta miqyosli loyihalarda qo‘llanilishdagi samaradorligi
tajribalar va o‘rganishlar asosida ko‘rib chiqiladi. Dasturchilarga texnik yondashuvlarni to‘g‘ri
tanlashga va ilovalarni rivojlantirish jarayonida eng samarali qarorlarni qabul qilishga
yordam beradi.

Holat boshqaruvi dasturiy ta'minotda foydalanuvchi interfeysi (UI) va ilovaning biznes

logikasi o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlarni boshqarish imkoniyatini beradi. Mobil ilovalar ko‘p
darajali ma'lumot almashuvi va murakkab komponentlar o‘rtasidagi muloqotga muhtojdir.
Flutterda holat boshqaruvi texnikalari ilovaning ishlash samaradorligini oshirish,
barqarorlikni ta'minlash va kodni strukturaviy ravishda boshqarish uchun muhim o‘rin tutadi.

Flutter tavsiya etgan asosiy state management texnikasi bo‘lgan Provider soddaligi va

ishlatishdagi qulayligi bilan ajralib turadi. Bu texnika afzalliklari

sifatida

kodni oson yozish va

tushunish, Flutter ekotizimi bilan yaxshi integratsiya qilish uslublarini keltirish mumkin.
Uning kamchiliklari sifatida katta loyihalarda murakkab holatlarni boshqarish
cheklanganligini ko’ramiz.

Riverpod – Provider texnikasining evolyutsion shakli bo‘lib, holat boshqaruvini yanada

xavfsiz va fleksibil qilishga mo‘ljallangan bo’lib, deklarativ uslub, xotira va ishlash
samaradorligi yuqoriligi uning afzalliklari sifatida, kamchiliklari nuqtai nazaridan esa
Provider bilan solishtirganda o‘rganish nisbatan murakkabroqdir.

Bloc (Business Logic Component).

Bloc texnikasi reaksion dasturlash yondashuvi bo‘lib,

ma'lumot oqimlarini boshqarish va sinovdan o‘tkazishni osonlashtiradi.

Unda ma'lumot

oqimlarini qat'iy boshqarish. Katta va murakkab loyihalar uchun idealligi uning samaradorligi
sanaladi. Kodni yozish jarayoni murakkab va ko‘p vaqt talab etishi bu texnikaning muammoli
qismidir,

GetX – yengillik va kuchli imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi texnika bo’lib, minimal kod

bilan maksimal boshqaruvni ta'minlaydi. Ushbu texnikaning tez ishlash, o‘rganish va qo‘llash
osonligi muhim asosiy qismi sanaladi.

Texnika

Ishlash

tezligi

Xotira

sarfi

Kod

murakkabligi

Moslashuv

darajasi

Tavsiya etiladigan

loyihalar turi

Provider O‘rtacha

Past

Past

Yuqori

Kichik va o‘rta miqyosli

ilovalar

Riverpod

Yuqori

Past

O‘rta

Yuqori

O‘rta va katta loyihalar

Bloc

Yuqori

O‘rta

Yuqori

Yuqori

Katta va murakkab

ilovalar

GetX

Juda yuqori

Past

Juda past

Yuqori

Tezkor ishlab

chiqiluvchi ilovalar


Demo ilovalarda har bir texnikada ishlab chiqilganligi va quyidagi natijalar olinganligini

ko’rish mumkin:

Provider

: Soddalikni talab qiluvchi ilovalar uchun ideal.

Riverpod

: Resurslardan samarali foydalanishda yetakchi.

Bloc

: Murakkab ma'lumot oqimlari uchun eng yaxshi tanlov.


background image


105

GetX

: Minimal vaqt va resurslar bilan natijaga erishishda samarador.

Har bir texnikaning afzallik va kamchiliklari o‘rganilib, ularning qo‘llanish doirasi

aniqlanadi. Loyihaning hajmi va murakkabligiga qarab, to‘g‘ri state management texnikasini
tanlash dasturchilarga vaqt va resurslarni tejashda yordam beradi.

References:

1.

Google Developers. Flutter Documentation. URL:

https://flutter.dev/docs

2.

Remi Rousselet. "Riverpod Documentation". URL:

https://riverpod.dev

3.

Felix Angelov. "Bloc: State Management for Flutter". URL:

https://bloclibrary.dev

4.

GetX Documentation. URL:

https://pub.dev/packages/get

5.

Mahmud

Ahsan.

"Flutter

State

Management

Explained".

URL:

https://medium.com/flutter-community

6.

Mark Moeykens. "Flutter Widgets and State Management".

7.

Thomas Burkhart. "Effective State Management in Flutter".

8.

Stack Overflow Developer Surveys. URL:

https://stackoverflow.com

9.

Open Source Contributors. "State Management Benchmarks". URL: GitHub repository

https://github.com

10.

Books: "Flutter Projects" by Simone Alessandria and Alessandro Biessek.

Библиографические ссылки

Google Developers. Flutter Documentation. URL: https://flutter.dev/docs

Remi Rousselet. "Riverpod Documentation". URL: https://riverpod.dev

Felix Angelov. "Bloc: State Management for Flutter". URL: https://bloclibrary.dev

GetX Documentation. URL: https://pub.dev/packages/get

Mahmud Ahsan. "Flutter State Management Explained". URL: https://medium.com/flutter-community

Mark Moeykens. "Flutter Widgets and State Management".

Thomas Burkhart. "Effective State Management in Flutter".

Stack Overflow Developer Surveys. URL: https://stackoverflow.com

Open Source Contributors. "State Management Benchmarks". URL: GitHub repository https://github.com

Books: "Flutter Projects" by Simone Alessandria and Alessandro Biessek.