SURUNKАLI SАLPINGOOFORIT BILАN KАSАLLАNGАN REPRODUKTIV YOSHDАGI АYOLLАRDА OVАRIАL ZАXIRА HOLАTINI O’RGANISH

Annotasiya

Tuxumdon zahirasi  - tuxumdonlarning urug'lanishga qodir bo'lgan etuk oositlarni ishlab chiqarish qobiliyati. Tuxumdonlar zahirasining kamayishi ayollarning tug'ilishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. Surunkali salpingo-ooforit  uzoq muddatli yallig'lanish kasalligi bo'lib, bachadon qo'shimchalariga, shu jumladan tuxumdonlar va fallop naychalariga ta'sir qiladi. Bu holat, ayniqsa, o'z vaqtida tashxis qo'yilmasa va to'g'ri davolanmasa, ayolning sog'lig'i va tug'ilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4
19

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Usmonova , G. . (2025). SURUNKАLI SАLPINGOOFORIT BILАN KАSАLLАNGАN REPRODUKTIV YOSHDАGI АYOLLАRDА OVАRIАL ZАXIRА HOLАTINI O’RGANISH. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(5), 4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/78441
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tuxumdon zahirasi  - tuxumdonlarning urug'lanishga qodir bo'lgan etuk oositlarni ishlab chiqarish qobiliyati. Tuxumdonlar zahirasining kamayishi ayollarning tug'ilishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. Surunkali salpingo-ooforit  uzoq muddatli yallig'lanish kasalligi bo'lib, bachadon qo'shimchalariga, shu jumladan tuxumdonlar va fallop naychalariga ta'sir qiladi. Bu holat, ayniqsa, o'z vaqtida tashxis qo'yilmasa va to'g'ri davolanmasa, ayolning sog'lig'i va tug'ilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.


background image


4

SURUNKАLI SАLPINGOOFORIT BILАN KАSАLLАNGАN REPRODUKTIV

YOSHDАGI АYOLLАRDА OVАRIАL ZАXIRА HOLАTINI O’RGANISH

Usmonova Gavxaroy Asqarovna

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15165217

Kalit so’zlar:

surunkali yallig’lanish kasalliklari, ovarial zaxira, reproduktiv yosh.

Annotatsiya.

Tuxumdon zahirasi - tuxumdonlarning urug'lanishga qodir bo'lgan etuk

oositlarni ishlab chiqarish qobiliyati. Tuxumdonlar zahirasining kamayishi ayollarning
tug'ilishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. Surunkali salpingo-ooforit uzoq muddatli
yallig'lanish kasalligi bo'lib, bachadon qo'shimchalariga, shu jumladan tuxumdonlar va fallop
naychalariga ta'sir qiladi. Bu holat, ayniqsa, o'z vaqtida tashxis qo'yilmasa va to'g'ri
davolanmasa, ayolning sog'lig'i va tug'ilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Mavzuning dolzarbligi.

Аyollarning tugʼish qobiliyatini saqlash va tiklash zamonaviy

ginekologiya va reproduktologiyaning global vazifalaridan biri boʼlib qolmoqda (Radzinskiy
V.E., 2018). Bachadon ortiqlarining surunkali yalligʼlanish kasalliklari ayollarning reproduktiv
sogʼligʼi uchun tahdid hisoblanadi, koʼp hollarda simptomlarsiz kechadi, hatto pastki jinsiy
aʼzolarda infektsiya belgisi boʼlmagan hollarda ham. Garchi ushbu holat odatda yosh ayollarga
xos deb hisoblansa ham, ular 16 yoshdan 45 yoshgacha boʼlgan ayollarda 1,1% holatlarda
aniqlanadi (Ross J., 2013). Bachadon ortiqlarining oʼtkir yalligʼlanishi koʼproq 20–25 yoshdagi
ayollarda uchrasa, surunkali jarayonlar va ularning oqibatlari 26–40 yoshli ayollarda
kuzatiladi (Ozolinya L.А., Ovsepyan N.R., va boshq., 2018). Surunkali yalligʼlanish
kasalliklariga chalingan ayollarning 20% da bepushtlik rivojlanadi, 40% da esa surunkali
ogʼriq yuzaga keladi. Bugungi kunda surunkali yalligʼlanish kasalliklarini diagnostika qilish va
davolash boʼyicha yondashuvlar belgilangan (Belokrinitskaya T.E., 2018), uning ovarial
zaxiraga salbiy taʼsiri maʼlum (Cui L., Sheng Y., Sun M. va boshq., 2016). Hozirgi vaqtgacha
reproduktiv tizim faoliyatiga yosh omilining taʼsiri oʼrganilmoqda (Vidal J.D., 2016), kechki
reproduktiv yoshdagi ayollarda esa implantatsiya oldi skriningni amalga oshirish yordamchi
reproduktiv texnologiyalarning samaradorligini oshirishda muhim hisoblanadi (Beyk Ye.P.,
Korotchenko O.E., Gvozdeva А.D. va boshq., 2018).

Tadqiqotning maqsadi:

Surunkali salpingooforitga chalingan reproduktiv yoshdagi

ayollarda ovarial zaxiraning patologik kamayishini prognozlash orqali uni aniq baholash
samaradorligini oshirish, reproduktiv funktsiyani saqlash va estrogen yetishmovchiligining
oldini olish boʼyicha choralarni belgilash.

Tadqiqot metodologiyasi va uslublari.

Ushbu ishda umumiy klinik va maxsus usullardan foydalangan holda tizimli

yondashuvga asoslangan umumilmiy metodologiya qo‘llanildi. Tadqiqotni amalga oshirishda
klinik, ultratovush tekshiruvlari, biokimyoviy va statistik usullarni o‘z ichiga olgan kompleks
yondashuvdan foydalaniladi.

Kutilayotgan ilmiy yangiliklar:

Ovarial zaxiraning patologik kamayishi va estrogen

yetishmovchiligi xavfining patogeneziga oid bilimlar kengaytiriladi. Surunkali salpingoofarit
reproduktiv yoshdagi ayollarda ovarial zaxiraning kamayishi uchun mustaqil xavf omili
ekanligi koʼrsatiladi. Reproduktiv yoshning turli bosqichlarida antral follikullar soni, estradiol
va АMG darajalari tuxumdon zaxirasi holatini belgilaydi. Surunkali salpingoofarit taʼsirida 12
oy davomida ovarial zaxira markerlari dinamika koʼrsatkichlari aniqlanadi.