YANGI O‘ZBEKISTONDAGI ZAMONAVIY TA’LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR TALABA-YOSHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Annotasiya

Maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar, ularning natijalari hamda talaba yoshlarning bu jarayondagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Maktab, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tizimidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, yoshlarning jamiyatdagi roli va ilmiy innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
106-108
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Akromova , S., & Oltmishev , T. . (2025). YANGI O‘ZBEKISTONDAGI ZAMONAVIY TA’LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR TALABA-YOSHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(5), 106–108. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/81416
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar, ularning natijalari hamda talaba yoshlarning bu jarayondagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Maktab, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tizimidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, yoshlarning jamiyatdagi roli va ilmiy innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan.


background image


106

YANGI O‘ZBEKISTONDAGI ZAMONAVIY TA’LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI

ISLOHOTLAR TALABA-YOSHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Akromova Shahlo

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi I-bosqich talabasi

e-mail:akromovashahlo80@gmail.com

Tel:+998 997058512

Oltmishev Toxirjon Turgunovich

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.15280737

Annotasiya:

Maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim va ilm-fan

sohasidagi islohotlar, ularning natijalari hamda talaba yoshlarning bu jarayondagi o‘rni
haqida so‘z yuritiladi. Maktab, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tizimidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib,
yoshlarning jamiyatdagi roli va ilmiy innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan.

Kalit so’zlar

: Yangi O‘zbekiston, ta’lim islohatlari, ilm-fan rivoji, oliy ta’lim, maktab

ta’limi, innovatsion ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, yosh olimlar, talabalar roli, raqamli ta’lim,
xalqaro ta’lim hamkorligi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ta’lim va ilm-fan sohasida ko‘plab

islohatlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’lim tizimini xalqaro andozalarga
moslashtirish, ilmiy innovatsiyalarni rivojlantirish va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada Yangi
O‘zbekistondagi ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning talaba
yoshlar uchun ahamiyati va jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda ta’lim
tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro tajribaga moslashtirish, ta’lim sifatini oshirishga
qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dasturlarini yangilash O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida
ilg’or pedagogik texnologiyalar va innovatsion ta’lim usullari joriy etilmoqda. Xalqaro
universitetlar va hamkorlik yurtimizda xalqaro oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochilib,
talabalar xorijiy tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Talabalarga imtiyozlar
va grantlar davlat tomonidan yetakchi universitetlar, xorijiy va mahalliy grantlar, kreditlar
orqali yoshlarning ilm olishiga sharoit yaratib berilmoqda. Ta’limning raqamlashtirilishi o‘quv
jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinib, onlayn ta’lim tizimi
rivojlantirilmoqda. Ilm-fanni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida
quyidagi islohotlar amalga oshirilmoqda: Ilmiy tadqiqotlarga e’tibor kuchaytirildi, yangi
innovatsion texnologiyalarini o‘rganish va tatbiq etish maqsadida ilmiy markazkar tashkil
etildi. Doktorantura va ilmiy loyihalar soni oshmoqda. Yosh olimlarning tadqiqot olib
borishlari uchun xalqaro ilmiy loyihalarida ishtirok etish imkoniyati kengaymoqda. Starup va
innovatsion g‘oyalar talabalarning ilmiy innovatsiyalari va startup loyihalarini
moliyalashtirish uchun davlat va xususiy sektor tomonidan mablag‘ ajratilmoqda. Yangi
O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotida talaba yoshlar muhim o‘rin tutadi. Ularning
faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda ahamiyatlidir: Kelajak yetakchilari bugungi talabalar ertangi
kunning mutaxassislari bo‘lib, mamlakat taraqqiyotida muhim ro‘l o‘ynaydi. Ilmiy
innovatsiyalarni ilgari surishda talabalar turli ilmiy loyihalar va startuplar orqali jamiyatda
texnologik yangiliklarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Talaba yoshlar jamiyatda faollik


background image


107

ko‘rsatib, turli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etmoqda. Davlat siyosatining yetakchi
ishtirokchilari-talabalar davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan ta’lim va innovatsion
islohatlarning amaliy natijalarini shakllantirishda bevosita qatnashmoqda. Maktab ta’limida
ham bir qancha islohotlar o‘tkazildi. 11 yillik ta’lim tizimi tiklandi, o‘quvchilarga kengroq
bilim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyati yaratildi. Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish
tizimi joriy qilindi. Ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlariga alohida
e’tibor qaratildi. Xalqaro baholash tizimlari joriy etildi. PISA, TIMSS kabi xalqaro baholash
tizimlari orqali ta’lim sifati oshirilmoqda. Shuningdek, Oliy ta’lim tizimida ham yangilanishlar
olib borildi. Yangi universitetlar ochildi, so‘nggi besh yil ichida 40 dan ortiq yangi oliy ta’lim
muassasalari tashkil etildi. Xalqaro universitetlar filiallari faoliyat boshladi. Turin, Webster,
MGIMO, INHA universitetlarining filiallari O‘zbekistonda ochildi. Qabul kvotalari oshirildi.
Ilgari oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9-10% bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40% ga yetdi.
Ikkinchi mutaxassislik olish imkoniyati yaratildi. Talabalar bir vaqtda ikkita yo‘nalishda tahsil
olishi mumkin. Modul tizimi va kredit-modul tizimi joriy etildi. Talabalar dars jadvalini
mustaqil tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi. ,, Elektron ta’lim“ platformalari yaratildi, UzEdu,
Ziyonet kabi ta’lim platformalari orqali masofaviy o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi. Raqamli
universitetlar va elektron kutubxonalar tashkil etildi. Talabalar dars materiallarini onlayn
shaklda olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlarga davlat tomonidan ko‘maklashildi.
Ilmiy loyihalar uchun davlat granti ajratilmoqda. Har yili yosh olimlarning innovatsion
loyihalariga mablag‘ ajratilmoqda. Doktorantura o‘rinlari ko‘paytirildi. Ilmiy kadrlar
yetishtirish uchun magistratura va doktorantura bosqichlari qabul kvotalari oshirildi. Ilmiy–
tadqiqot institutlari modernizatsiya qilinmoqda. Fan va innovatsiya markazlari zamonaviy
laboratoriyalar bilan ta’minlanmoqda. ,, Yosh olim “ davlat dasturi joriy etildi . bu dastur
doirasida yosh tadqiqotchilar ilmiy ishlari xalqaro Scopus, Web of Science kabi platformalarda
e’lon qilgan tadqiqotchilarga moddiy rag‘batlantirish joriy etilgan. Talabalar xalqaro
olimpiadalar, ilmiy konferensiyalar va amaliyot dasturlarida ishtirok etmoqda. Chet el
universitetlari bilan almashinuv dasturlari kengaytirilmoqda. Davlatimizda ta’lim turi
mezonlarga qarab tasniflanadi. Rasmiy ta’lim yani formal ta’lim bu davlat yoki xususiy ta’lim
muassasalarida beriladigan, rasmiy dasturlar asosida tashkil etilgan ta’limdir. Maktabgacha
ta’lim bolalar bog‘chalari va boshqa muassasalarda beriladi. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich,
o‘rta va yuqori sinflarni o‘z ichiga oladi. Kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar kollejlari va
texnikumlarda o‘qitiladi. Oliy ta’lim – universitet, institut va akademiyalarda beriladi.
Magisturatura va doktorantura, ilmiy darajalar olish uchun davom etadigan ta’lim. Norasmiy
ta’lim, bu odatiy ta’lim muassasalaridan tashqarida, hayot davomida o‘rganiladigan bilim va
ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Masalan:

-Mustaqil o‘rganish (kitob o‘qish, onlayn kurslar, videodarsliklar).
-Tajriba orqali o‘rganish ( ish jarayonida yoki oilada).
-Murabbiylik va maslahatlar orqali o‘rganish.
Noformal ta’lim. Bu rasmiy tizimdan tashqarida, lekin ma’lum bir tuzilishiga ega bo‘lgan

ta’lim shaklidir.

-kurslar va treninglar (til kurslari, IT kurslari, biznes seminarlari).
-Repitetorlik darslari.
-Kasbiy malaka oshirish dasturlari.


background image


108

Masofaviy ta’lim, bu internet yoki boshqa texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan

ta’lim shakli bo‘lib u quyidagilarga bo‘linadi:

-Onlayn universitet va kurslar.
-Videodarsliklar va vebinarlar.
-Mustaqil ta’lim platformalari ( Coursera, Udemy, Khan Academy va boshqalar).
Hayot davomiy ta’lim, bu inson butun hayoti davomida yangi bilim va ko‘nikmalarni

egallab borishini anglatadi. Kasbiy rivojlanish, shaxsiy o‘sish va yangi texnologiyalarga
moslashish bu ta’lim turiga kiradi.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri - ta’lim va ilm-fan

sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishdir. Mamlakatda innovatsion va zamonaviy bilimlarga
asoslangan ta’lim tizimi shakllanmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilib, xalqaro standartlarga
mos ilmiy tadqiqotlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bunday islohotlarning amalga oshirilishida
talaba yoshlarning o‘rni va ahamiyati juda katta. Bugungi kunda talabalar nafaqat bilim
oluvchi, balki ilm-fan va texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shuvchi, yangi go‘yalar muallifi
hamdir. Ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun stipendiyalar, grantlar, startup
loyihalar va ilmiy markazlar tashkil etilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonda
ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning har tomonlama
rivojlanishi va ularga mustahkam bilim berishga xizmat qilmoqda. Bu esa mamlakatning
kelajakdagi taraqqiyoti va barqaror rivojlanishining mustahkam asosi hisoblanadi. Talabalar
esa ushbu jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lib, yangi g‘oya va startap loyihalari bilan Yangi
O‘zbekistonni barpo etishda sezirarli hissa qo‘shmoqdalar.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-2030-yillarga mo‘ljallangan Ta’lim tizimini

rivojlantirish konsepsiyasi.
2.

“Ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni.

3.

“2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi”.

4.

UNESCO – O‘zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohasidagi rivojlanish ko‘rsatgichlari haqida

hisobotlar (https://unesdoc.unesco.org).
5.

Kun.uz- https://kun.uz/uz/news/category/education.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining 2019-2030-yillarga mo‘ljallangan Ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi.

“Ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni.

“2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi”.

UNESCO – O‘zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohasidagi rivojlanish ko‘rsatgichlari haqida hisobotlar (https://unesdoc.unesco.org).

Kun.uz- https://kun.uz/uz/news/category/education.