Авторы

  • Intizor Inatullayeva
    TDIU Moliya fakulteti, moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi 1-kurs talabasi
  • G. Sirliboyeva
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.84973

Ключевые слова:

Yangi O‘zbekiston islohotlar Yangi tahrirdagi Konstitutsiya referendum Taraqqiyot strategiyasi O‘zbekiston-2030 strategiyasi adolatli jamiyat inson qadri mahalla instituti Ombudsman.

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda “Taraqqiyot strategiyasi”, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z boradi.


background image


33

YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISH YO‘LIDA OLIB BORILAYOTGAN

ISLOHOTLAR

Inatullayeva Intizor Jamshid qizi

TDIU Moliya fakulteti, moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi

1-kurs talabasi

+998 93 690 79 94

Sirliboyeva G.

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340247

Annotatsiya:

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli

islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi
o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda “Taraqqiyot strategiyasi”,
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi va Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, islohotlar,

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, referendum,

Taraqqiyot strategiyasi,

O‘zbekiston-2030 strategiyasi, adolatli jamiyat, inson qadri, mahalla

instituti, Ombudsman.

Kirish:

Bugungi kunda mamlakatimiz yangi davr sari dadil qadam tashlamoqda.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘plab jadal islohotlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda yurtimizda boshlangan islohotlar “Yangi
O‘zbekiston” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. Islohotlar davlat boshqaruvi, iqtisodiyot,
ijtimoiy soha va sud-huquq tizimlarida tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda
olib borilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar bevosita xalq manfaatlariga qaratilgan. “Yangi
O‘zbekiston”ni barpo etishdan asosiy maqsad – xalqimiz farovonligini ta’minlash, adolatli
jamiyat qurish va har bir fuqaroga munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Asosiy qism:

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekistonni barpo etishning

konstitutsiyaviy asoslarini mustahlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2023-yil 30-aprel
kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha Referendum o‘tkazildi. Referendumda qatnashgan
fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi [2]. O‘zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bosh Qomusimizning 26-moddasida:

“Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos

bo‘lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson

qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas”. deb

belgilab qo‘yilgan [1]. Konstitutsiyaning yangi tahririda ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni
muhofaza qilish, gender tengligi haqida va yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning
huquqlari borasida keng imkoniyatlar belgilangan. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida
Bosh qomusimiz asosiy huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar

tizimli va uzoq muddatli strategiyaga asoslangan holda olib borilmoqda. 2022-yilda qabul
qilingan “Taraqqiyot strategiyasi” — bu faqat hujjat emas, balki amalda Yangi Oʻzbekiston sari
olib borayotgan ishonchli va qatʼiy yoʻldir. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda


background image


34

uni amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
davlatimiz rahbari shunday degan edi: “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum,
balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va
xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda
tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va
zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy
himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz. Bu maqsadga erishish
uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo‘lgan mahalla instituti imkoniyatlaridan
samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani
jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniǵa aylantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymoqdamiz.
Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod bo‘lsa, butun mamlakat obod bo‘ladi” [3].
Taraqqiyot strategiyasi Yangi Oʻzbekiston gʻoyasining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berar
ekan, eng avvalo inson qadri, uning huquq va erkinliklarini taʼminlashni bosh maqsad qilib
olgan.

Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot yoʻlida muhim bosqichlardan biri boʻlgan

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli
islohotlar, ochiqlik siyosati va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlarning
uzviy davomi hisoblanadi. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks
ettirilgan: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar
qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim,
tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni
yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning
suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash. [4] Shubhasiz, “O‘zbekiston-2030”
strategiyasining izchil amalga oshirilishi orqali yurtimizdagi hayot sifati va darajasi yangi
bosqichga olib chiqadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini taʼminlash
maqsadida Ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xalqaro
tajribani o‘rgangan holda yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini
ishlab chiqdi [5]. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalda himoya qilish maqsadida
“Ombudsman” instituti faoliyati kengaytirilmoqda.

Bundan tashqari, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, soliq va bank tizimlarini

liberallashtirish, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ham qator chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim tizimi bosqichma-bosqich xalqaro
standartlarga moslashtirilmoqda, sog‘liqni saqlash tizimi raqamlashtirilmoqda, zamonaviy
texnologiyalar joriy qilinmoqda, fuqarolarning muammolarini aniqlab, ularga yordam berish
maqsadida, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi ijtimoiy mexanizmlar joriy
qilindi.

Xulosa:

Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni

o‘rganib chiqarkanmiz, keng ko‘lamli bu islohotlar zamirida Yangi Oʻzbekistonning asosiy
g‘oyasi – inson manfaatlari ustuvorligini taʼminlash ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Har
birimizning islohotlarga bo‘lgan munosabatimiz, faol ishtirokimiz Yangi O‘zbekistonning


background image


35

ertangi porloq kelajagini belgilaydi. Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonni barpo etish
yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning orzularini, milliy g‘oyalarini va tarixiy
tajribasini mujassam etgan amaliy harakatlar tizimidir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-modda.

2.

https://www.constitution.uz

3.

https://www.president.uz

4.

https://www.lex.uz

5.

https://www.ombudsman.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-modda.