72
O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMI – G‘AFUR ABDUMAJIDOVNING YURIDIK
TAFAKKURGA QO‘SHGAN HISSALARI: HAYOTI VA IJODIY YO‘LI TAHLILI
Xaydaraliyeva Nafosat Xomidjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi
e-mail: xaydaraliyeva18@gamil.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15386314
Annotatsiya:
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng va undan oldingi yillarda bir
qator o‘zbek olimlari huquqshunoslik maktabining shakllanishi va rivojlanishiga o‘zlarining
salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Ulardan ayrimlari ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat
huquqi kabi bir qator huquqlarning rivojlanishida o‘z ilmiy faoliyatlarini olib borgan.
Mazkur maqolada ana shunday yetuk shaxslardan biri, o‘z ilmiy hayotini jinoyat huquqi,
kriminalistika va konstitutsiyaviy huquq sohalariga bag‘ishlagan, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, akademik, professor, “Shuhrat” medali sohibi
G‘afur Abdumajidovning hayoti va ilmiy yo‘li, yurdik hayotgan qo‘shgan hissalari haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
G‘afur Abdumajidov, jinoyat huquqi, kriminalistika, konstitutsiyaviy
huquq, professor, sud, O‘zbekiston SSSR.
Annotation:
After Uzbekistan gained independence and in the years before it, a number
of Uzbek scholars made a significant contribution to the formation and development of the
school of law. Some of them carried out their scientific activities in the development of a
number of areas of law, such as administrative law, civil law, criminal law.
This article discusses the life and scientific path of one of such prominent figures, a
distinguished scientist in Uzbekistan, Doctor of Law, Academic, Professor, the winner of
“Shukhrat” medal Gafur Abdumajidov, who devoted his scientific life to the fields of criminal
law, criminology and constitutional law.
Key words:
Gafur Abdumajidov, criminal law, criminology, constitutional law,
professor, court, Uzbek SSR.
Аннотация:
После обретения Узбекистаном независимости и в предшествующие
этому годы ряд узбекских ученых внесли значительный вклад в становление и
развитие юридической школы. Некоторые из них вели собственную научную
деятельность по развитию ряда отраслей права, таких как административное право,
гражданское право, уголовное право.
В данной статье рассматривается жизненный и научный путь одного из таких
выдающихся деятелей, академический, профессора, лауреат медали “Shuhrat” Гафура
Абдумаджидова, доктора юридических наук, заслуженного деятеля науки Узбекистана,
посвятившего свою научную жизнь областям уголовного права, криминологии и
конституционного права, а также его вклад в развитие нашей страны.
Ключевые слова:
Гафур Абдумажидов, уголовное право, криминология,
конституционное право, профессор, суд, УзССР.
O‘zbek huquqshunosligining yetuk namoyondasi, yuridik fanlar doktori, akademik,
professor, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abdumajidov
G‘afur Abdumajidovich 1928-yil 28-iyun sanasida Samarqand viloyatida Bibixonim tashabbusi
bilan qurilgan Sobor masjididan uncha uzoq bo‘lmagan joyda dunyoga kelgan. Bolaligi
73
Ulug‘bek Rasadxonasi atrofida o‘tgan G‘afur Abdumajidovning oilasi 1933-yillarda mahalliy
xavfsizlik organlarining tahdididan so‘ng Samarqandni tark etishga majbur bo‘ladi. Besh
yoshidan maktabga qatnay boshlagan bo‘lajak professor-yurist o‘rta maktabda matematikaga
ixlos qo‘ygan bo‘lsa-da, otasi uni advokat, adolat himoyachisi sifatida ko‘ra oldi.
Otasining ra’yiga ko‘ra huquq yo‘nalishiga o‘zini bag‘ishlagan G‘afur Abdumajidov 1943-
1945-yillarda O‘zbeksiton SSSR Adliya xalq komissarligi qoshidagi ikki yillik Respublika
yuridik bilim yurtini tamomlash barobarida bir vaqtning o‘zida tuman sudida ikki lavozimda:
sud kotibi va sud ijrochisi bo‘lib ishlagan.
1948-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagach, tuman prokurorining yordamchisi
etib tayinlangan. 1951-1957-yillar oralig‘ida tergovga o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston SSR
prokuraturasi huzuridagi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi lavozimida faoliyat yuritib,
o‘sha paytda eng mashhur shaxslar tomonidan sodir etilgan 100 dan ortiq jinoyat ishlarini
tergov qilgan. Bu vaqtda uning mehnatlari yuqori baholanib, SSSR Bosh prokurorining
mukofoti bilan taqdirlangan. Keyinchalik o‘zbek huquqshunos olimasi, O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi akademigi Xadicha Sulaymonovaning taklifi bilan ilmiy izlanish yo‘lini boshladi
va 1957-1960-yillarda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) Davlat universiteti yuridik
fakultetining kunduzgi aspiranturasini tamomlab, ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish
nazariyasi va amaliyotlarining muammosiga bag‘ishlangan
1961-yilda “Paxtachilik bilan
bog‘liq jinoyatlar va ularni tergov qilish”
mavzuida nomzodlik, 1983-yil SSSR Fanlar
akademiyasi Davlat va huquq institutida
“O‘zbekiston SSR jinoyatlarini tergov qilish
nazariyasi, qonunchilikni tartibga solish va amaliyoti muammolari (O’zbekiston SSR
materiallari asosida)”
mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Aspiranturani tamomlagandan keyin bir necha yillar davomida turli lavozimlarda
faoliyat yuritib, huquqshunoslik faniga o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Jumladan,
-
1961-1966-yillarda O‘zbekiston SSSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida
katta ilmiy xodim, sektor mudiri;
-
1974-1991-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika
kafedrasi mudiri;
-
1991-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
boshlig‘ining o‘rinbosari;
-
1995-2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi;
-
2000-yillardan keyingi yillarda Toshkent davlat yuridik instituti yuridik fakultetining
“Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Professor yuqoridagi lavozimlarda faoliyat yuritish bilan birga talabalarga ilmiy-amaliy
nazariyalarga boy jinoyat huquqi, kriminalistika va konstitutsiyaviy huquq sohalarini qamrab
olgan bir nechta asarlar yozgan. Chunonchi G‘afur Abdumajidov
“O‘zbekiston davlati va
huquq tarixi”
,
“Jinoyat huquqi”
kabi darsliklarning hammuallifi bo‘lgan. Bundan tashqari
1986-yilda professor muallifligida
“Jinoyatlarni tergov qilish. Protsessual-huquqiy
tadqiqot”
nomli monografiyasi hamda 1991-yil O‘zbekiston SSRning
“O‘zbekiston SSR
davlat tili to‘g‘risida”
gi qonuniga sharhi nashrdan chiqqan.
Professorning ko‘rsatgan xizmatlari yuqori baholanib, 1987-yilda
“O‘zbekiston SSRda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”
, mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillarida esa, ya’ni
1995-yilda
“Shuhrat”
medali bilan mufokotlangan.
74
O‘zining samarali mehnat faoliyati bilan o‘zbek huquqshunosligiga uklan hissalarini
qo‘shgan O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlari doktori, akademik, professor Abdumajidov
G‘afur Abdumajidovich 2013-yil 28-martda 84 yoshida vafot etdi.
Professor ko‘plab tadbir va suhbatlarda ishtirok etib, o‘z qarashlarini bayon etgan.
Ulardan biri Qozog‘iston jurnalistlarining
“Hech kim sudyaning vakolatiga ega bo‘lmasligi
yoki unga teng bo‘lmasligi kerak”
(“Никто не должен обладать полномочиями судьи и
быть к нему приравнен”) nomli maqolasiga bergan intervyusida SSSR Fanlar
akademiyasining akademigi V.N.Kudryavtsev, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi
I.S.Strogovich, taniqli professorlar I.F.Krilov, R.S.Belkin, I.L.Petuxin kabi olimlarga o‘z
minnatdorchiligini bildirib, hali ustozlarining darajasiga yetib kelmaganini aytgan. Qozoq
huquqshunos hamkasblaridan akademik S.Z.Zimanov, olimlar M.S.Narikboyev, I.I.Rogov,
E.I.Kairjanov, M.CH.Kogamovlarning ilmiy izlarinishlarini tufayli sud-huquq islohotlari
muvafaqqiyatini yuqori baholab, Qozog‘iston sud-huquq islohotlarining muvafaqqiyatlisi
sifatida quyidgilarni keltirgan:
-
sudyalar mustaqilligi va ularning samarali tashkiliy, moddiy-texnik va texnik
ta’minlanishi;
-
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayinlash;
-
xalq maslahatchilari tizimidan voz kechish, sudlov hay’atining sudlov ishlarini joriy etish
va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qayta tashkil etish choralari.
Shuningdek, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlohotlarning jinoyat qonunchiligini
insonparvarlashtirish va liberallashtirish, sud protsessini demokratik tamoyillarini yanada
rivojlantirishga qaratilgani yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etish barobarida O‘zbekiston sud
amaliyotining muammoli jihatlarini yoritib o‘tgan. Jumladan, sudlar faoliyatini tashkiliy va
moddiy-texnik ta’minlash ijro hokimiyati organlariga bog‘liq bo‘lmasligi; ma’muriy organlar
tomonidan inson huquqlaridan mahrum qilinishi yoki cheklanishi alohida hollarda yo‘l
qo‘yilishi kerakligi; har qanday mansabdor shaxslarning harakatlari va qarorlari sud ta’siri
doirasidan chetda qolmasligi kabilar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilishi natijasida
professorning yuqorida aytib o‘tgan barcha muammolariga barham berildi.
Ta’kidlash lozimki, G‘afur Abdumajidov bir necha yillar davomida Toshkent davlat
yuridik universitetida faoliyat yuritgan va oliygohning rivoji uchun munosib hissa qo‘shgan.
Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida olimning yorqin xotirasiga bag‘ishlab
“Abdumajidov saboqlari”
mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib
kelinmoqda. Jumladan, 2023-yil 23-iyun sanasida “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi
tomonidan tashkil etilgan “Abdumajidov saboqlari” mazvusidagi anjumanda bir qator nufuzli
universitetlar, professorlar va agentlik vakillari ishtirok etishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti,
M.S.Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti, Tojikiston davlat huquq,
biznes va siyosat universiteti, Batum davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etgan
tadbirda G‘afur Abdumajidovning umr yo‘li, ilmiy ijodi, mehnat faoliyati, huquqshunoslik
faniga qo‘shgan hissasi, shuningdek, olimning ilmiy asarlarida yoritilgan mavzularning
dolzarbligi, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan jinoyat protsessi, tergov va sud
75
faoliyatidagi o‘zgarishlar, ayblanuvchiga bo‘lgan huquqni ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi,
“Xabeas korpus” instituti va shaxs huquq va erkinliklarini kuchaytirishda tergov faoliyatini
yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilingan.
Bundan tashqari muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni hamda 2024-yil 5-fevral sanasida Ijtimoiy
sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkizilgan videoselektor yig‘ilishida
berilgan vazifalarga asosan Toshkent davlat yuridik universitetida “Jinoiy-odil sudlov”
fakulteti talabalari uchun professorning xotirasini abadiylashtirish, uning ilmiy-ijodiy hayotini
talabalar orasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan
“G‘afur Abdumajidov nomiga
bag‘ishlangan”
yangi stipendiya joriy qilindi. Mazkur stipendiya faxriy professorning ilm-fan
rivoji, huquqiy davlat qurishdagi qo‘shgan hissalari, saboqli hayoti, ilmiy madaniy merosini
teran o‘rgangan munosib talabalarga taqdim etilishi belgilandi. Bu esa fakultet talabalarining
professor hayoti va ilmiy ijodini yanada keng ko‘lamda o‘rganishga, uning ilmiy izidan
borishga va G‘afur Abdumajidov hissa qo‘shgan fanlarni to‘laqonlicha o‘rganishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda G‘afur Abdumajidovning hayoti va ilmiy yo‘li huquqiy davlat barpo
etishda, konstitutsiyadagi huquq va kafolatlarni to‘laligicha ta’minlashda, jinoyat huquqi,
jinoyatlarni samarali tergov qilishda o‘zining nazariyasi hamda amaliyoti bilan har bir bo‘lajak
yurist, yurisprudensiya talabalari uchun ilmiy rahbar, ustoz sifatida o‘chmas huquqiy meros
qoldirgan. Professorning nazariyalarini chuqur o‘rganish, amaliyotda qo‘llash, xotirasini
abadiylashtirish barcha huquq sohasida ta’lim olayotgan talabalarning burchidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo ‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2020-
yildagi PF-5987-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-4802181
2.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev raisligidagi 05.02.2024 kuni “Ijtimoiy sohalardagi uustuvor
vazifalar
muhokamasi
yuzasidan
videoselektor
yig‘ilishi.
https://president.uz/oz/lists/view/7008
3.
Никто не должен обладать полномочиями судьи и быть к нему приравнен.
https://www.zakon.kz/redaktsiia-zakonkz/211907-nikto-ne-dolzhen-obladat-
polnomochijami.html
4.
Абдумаджидов,
Гафур
Абдумаджидович.
Абдумаджидов Гафур Абдумаджидович (Abdumajidov Gafur Abdumajidovich)
https://crimcongress.com/abdumadzhidov-gafur-abdumadzhidovich/
6.
The international scientifik-practical conference “Lessons of Abdumajidov” will be held
at Tashkent State University of Law. https://tsul.uz/en/news/1017/Study/The-international-
scientific-practical-conference-Lessons-of-Abdumajidov-will-be-held-at-Tashkent-State-
University-of-Law