11
ASOSIY VA TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SABZAVOT MAKKAJO‘XORI
NAV VA DURAGAYLARIDA O’SIMLIK YER OSTKI VA USTKI QISMLARINING
SHAKLLANISHI
Nurillayev I. X.
Doktorant, Qarshi davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15504342
Annotatsiya.
Maqolada sabzavot makkajo‘xori nav va duragaylarini asosiy va takroriy
ekin sifatida o‘stirilganda o’simlik yer ostki va ustki qismlarining shakllanishi o‘rganish
natijalari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
sabzavot (shirin) makkajo‘xori, nav, duragay, asosiy ekin, takroriy ekin,
ekish muddati, o‘suv davri, barg sathi, hosildorlik.
Аннотация:
В статье представлены результаты изучения формирования
надземной и подземной частей растений при выращивании овощных сортов и гибридов
кукурузы в качестве основной и повторной культуры.
Ключевые слова:
овощная (сахарочная) кукуруза, сорт, гибрид, основная
культура, повторная культура, дата посадки, вегетационный период, уровень листьев,
урожайность.
Abstract:
The article presents the results of a study of the formation of aboveground and
underground parts of plants when growing vegetable corn varieties and hybrids as a main and
repeated crop.
Keywords:
vegetable (sweet) corn, variety, hybrid, main crop, repeat crop, planting date,
growing season, leaf level, yield.
Kirish.
Shirin makkajo‘xorini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirish eng avvalo ekish
muddatlarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Bahorda ekish tuproq urug‘ ko‘miladigan qatlamda 10-
12
0
C qiziganda boshlanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, juda ertagi ekilganda
urug‘lar chirib ketadi, kech ekilganda begona o‘tlar bosishi mumkin. Takroriy ekin sifatida esa
Respublika turli hududlarida 5-20 iyungacha ekish tavsiya etiladi [3].
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shirin makkajo‘xoridan yuqori va sifatli don hosili
olish uning moslanuvchan nav-duragaylarini to‘g‘ri tanlashga, ekin biologiyasining hisobga
olgan holda asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirish uchun qulay ekish muddatlarini
aniqlashga bog‘liq.
Shuni hisobga olib, biz moslanuvchan shirin makkajo‘xori nav-duragaylarini turli
muddatlarda takroriy ekin sifatida o‘rganish maqsadida dala tajribasi o‘tkazdik.
Dala tajribalari Qarshi tumani Turdiyeva Gulzoda fermer xo‘jaligi qadimdan
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida olib borildi.
Material va uslublar.
Shirin (sabzavot) makkajoʻxori oʻrganilgan nav va duragaylar
toʻplamini asosiy va takroriy ekinlar sifatida oʻstirib, yer ustki va ostki qismlarinining massasini
aniqlash maqsadida modul oʻsimliklar ajratilib olindi. Modul oʻsimliklarni rivojlanish davrlari
boʻyicha, ya’ni 5-6, 10-12 chinbarglik, roʻvaklash, soʻtalash, sut pishish, mum pishish va toʻla
pishish davrlarida yigʻishtirib olinib, yer ustki va ostki hoʻl massa vazni alohida-alohida tortildi.
Olingan ma’lumotlarning koʻrsatishicha, sabzavot makkajoʻxori nav va duragaylari asosiy
va takroriy ekin sifatida oʻstirilganda, yer ustki va ostki qismlari vazni boʻyicha oʻsuv davri
davomida sezilarli oʻzgarishi aniqlandi.
12
Barcha agrotexnik tadbirlar, kuztish, o‘lchash, hisoblash va tahlillar umumqabul qilingan
uslublar, meyoriy-huquqiy hujjatlar va tavsiyalar asosida olib borildi [1,2,4,5].
Tadqiqot natijalari va uning muhakamasi
. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, Asosiy ekin
sifatida shirin makkajoʻxori nav va duragaylari oʻstirilganda, oʻsuv davri boshida, ya’ni 5-6
chinbarglik davrida yer ostki qismi 10,1-12,9 g, yer ustki qismi 49,9-72,3 g, 10-12 chinbarglik
davrida yer ostki qismi 115,3-149,5 g, yer ustki qismi – 726,2-756,8 g, roʻvaklash davrida, mos
ravishda 136,5-165,8 va 989,2-1024,5 g, soʻtalash davrida 151,9-178,9 va 1159,5-1195,3 g, sut
pishish davrida 152,2-185,2 va 1187,9-1235,9 g, mum pishish davrida 161,6-189,6 va 1209,1-
1267,8 g, toʻla pishish davrida esa 156,1-184,1 va 1198,8-1259,3 g ekanligi aniqlandi.
Takroriy ekin sifatida sabzavot makkajoʻxori nav-duragaylari oʻstirilganda ham asosiy
ekin singari qonuniyatlar takrorlanadi. Lekin, koʻrsatkichlar bir oz kichikligi bilan farqlandi.
O’simlik yer ostki va ustki qismlarining jadal oʻsishi soʻtalash davrigacha kuzatilib, soʻngra
susaygan ham asosiy, ham takroriy ekinlar sifatida oʻstirilganda qayd etildi.
Asosiy ekin sifatida turli nav va duragaylar oʻstirilganda yer ostki va ustki qismlarining
baquvvat va jadal oʻsishi dastlabki oʻlchashdayoq qayd etilib, oʻsuv davri 5-6 chinbarglikdayoq
farqlanib, yuqori darajada oʻsish (11,2-12,9 g yer ostki, 64,2-72,3 g – yer ustki) Sherzod, Zamin,
Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton F
1
, Bonus F
1
, Gold F
1
, Sentinel F
1
nav-duragaylarda
kuzatildi. Ushbu ustunlik oʻsuv davri davomida saqlanib, eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari (mos
ravishda, 163,5-178,9 va 1175,2-1195,3 g) soʻtalash davrida aniqlandi. Keyingi rivojlanish
davrida oʻsimlik yer ostki va ustki qismlarining oʻsishi sezilarli oʻzgarmadi. Xuddi shunga
oʻxshash qonuniyat oʻrganilgan nav va duragaylar takroriy ekin sifatida oʻstirilganda ham
takrorlandi.
O’rganilgan shirin makkajoʻxori nav va duragaylari asosiy va takroriy ekinlar sifatida
oʻstirilganda baquvvat ildiz tizimli va yashil massali oʻsimlik yer ustki qismi butun oʻsuv davri
davomida (shu jumladan soʻtalash davrida 160,3-175,7 g yer ostki, 1168,4-1188,7 g – yer ustki
massa) Sherzod, Zamin, Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton F
1
, Bonus F
1
, Gold F
1
, Sentinel F
1
nav-duragaylarda, eng past yer ostki (148,7-155,3 g) va yer ustki massa (1152,3-1162,3 g)
Evrika, Driver F
1
, Trophy F
1
nav-duragaylarda kuzatildi.
Xulosa.
Demak, shirin makkajoʻxori Sherzod, Zamin, Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton
F
1
, Bonus F
1
, Gold F
1
, Sentinel F
1
nav-duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida oʻstirish
orqali baquvvat ildiz tizimi va yashil massali (poya va bargli) oʻsimlik shakllanishiga zamin
yaratadi. Bu esa oʻsimlikning mahsuldorlik koʻrsatkichlarida oʻz ifodasini topadi.
Shirin (sabzavot) makkajoʻxori nav va duragaylarini aossiy hamda takroriy ekinlar
sifatida oʻstirilganda oʻsimlikning mahsuldorligini ta’riflash uchun bosh poyadagi barg soni,
bosh poyadagi boʻgʻin oraliqlari soni, birinchi dastlabki soʻtaning joylashish balandligi, bir
tupdagi soʻtalar soni olindi. Asosiy va takroriy
ekinlar sifatida shirin makkajoʻxori oʻrganilgan
nav-duragaylari mahsuldorlik koʻrsatkichlari boʻyicha farqlandi
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ostonaqulov T.E., Ismoyilov A.I., Amanturdiyev I.X., Nabiyev Ch.K. Sabzavot (shirin)
makkajo‘xori nav va duragaylaridan yuqori hosil olishga oid tavsiyalar. Samarqand.2019.-B.12
2.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari
13
davlat reyestri. Toshkent, 2025. -B.98.
3.
Ostonaqulov T.E., Ismoyilov A.I., Xolmurodov Sh.M. Shirin va tishsimon makkajo‘xori
seleksiyasi, birlamchi urug‘chiligi va agrotexnologiyasining dolzarb masalalari.
Monografiya.Samarqand. 2022.-B.123.
4.
Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: “Колос”, 1985. -С.351.
5.
Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. ГНУ ВНИИО. 2011.
-С.648.