47
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI BUZISH: TERGOV
JARAYONINING HUQUQIY ASOSLARI VA DOLZARB MASALALAR
Usmonov Najmiddin Qo’shboq o’g’li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Xudoyberganov Sardor Sherimbetovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15536546
Annotatsiya
Mazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish jinoyatining mohiyati va mazmuni, uning
o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda uchraydigan
muammo va kamchiliklar keng ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugungi kundagi mehnatni
muhofaza qilish jinoyatlarining statistikasi va ularning yechimiga qaratilgan takliflar tahlil
etiladi.
Kalit so’zlar
Мehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, shaxsiy himoya vositalari, baxtsiz
hodisa, ishlab chiqarish omili, xavfsiz ishlash huquqi.
Mehnatni muhofaza qilish– inson hayoti va sog‘lig‘ini ishlab chiqarish jarayonida himoya
qilish, xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Ishlab chiqarishdagi
xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan jinoyatlar jamiyat uchun og‘ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqola ushbu jinoyatlarni tergov qilishning huquqiy
asoslari va dolzarb masalalarini o‘rganishga bag‘ishlanadi
1
.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq
jinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bir qator normativ hujjatlar bilan tartibga
solinadi. Bularga quyidagilar kiradi:
–
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (42-46-moddalar): Har bir fuqaro xavfsiz va
sog‘lom mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
– “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonun: Ushbu qonun xavfsiz ish sharoitlarini
yaratish bo‘yicha ish beruvchilarning majburiyatlarini belgilaydi.
– Mehnat kodeksi: Ishchilarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat
sifatida ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashni talab qiladi.
– Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-24-moddalar): Har bir inson xavfsiz va
odil mehnat sharoitlariga ega bo‘lish huquqiga ega
2
.
Mehnatni muhofaza qilish
–
mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i,
ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,
sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Mehnatda mayib bo‘lish– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga
oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
1
B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari // Xususiy ayblov va yarashuv
institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
2
B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2012. B.24
48
Shaxsiy himoya vositalari– xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab
chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan
himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa–xodimning ish beruvchining hududida ham, uning
tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish
beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda
mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va
xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki
turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
Zararli ishlab chiqarish omili– ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
Ishchilarning xavfsiz ishlash huquqi– ishchi har doim xavfsiz sharoitda ishlashni, o'z
sog'lig'i va hayotini xavf ostiga qo'ymasdan mehnat qilishni talab qilish huquqiga ega.
Mehnatni muxofaza qilish jinoyati– bu mehnat qonunlariga, xususan, ishchilarni himoya
qilishga oid huquqiy me'yorlarning buzilishi bilan bog'liq jinoyatdir. O'zbekiston
Respublikasida mehnat huquqini buzish, ishchilarni xavfsiz sharoitda ishlashini ta'minlashga
qaratilgan talablarning amalga oshirilmasi jinoyat sifatida baholanishi mumkin
3
.
1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasida,shuningdek
boshqa bir qator xalqaro xuquqiy hujjatlar xamda mamlakatimiz milliy qonunchilik
normalarida xar kim mexnat qilish,erkin kasb tanlash ,adolatli mexnat sharoitlarida ishlash va
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega deb mustahkamlangan.Inson huquqlarini taqiqlovchi
xatti-xarakatlar,shu jumladan fuqarolarni majburiy mexnatga jalb qilish xalqaro hamjamiyat
tomonidan qabix ishlar qatorida etirof etilib,ularni taqiqlashga oid bir qancha jora-tadbirlar
amalga oshirilib kelinmoqda.Bu borada xalqaro xamkorlikning ifodasi sifatida bir qator xalqaro
hujjatlar qabul qilindi.Shular orasida quyidagi eng nufuzli va universal xalqaro hujjatlarni
keltirish joiz
4
.
Mehnatni muxofaza qilish, avvalo, ishchining hayoti va sog'lig'ini himoya qilishga
qaratilgan.
1. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-24 moddalari "
2. ”Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt 6-8 moddalari”
3. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42-46 moddalari”
4. “O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi”
5. “Mexnatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun
Bundan tashqari mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish joylarida xavf-xatarni kamaytirish
va ishchilarni zararli ish sharoitlaridan himoya qilishga oid bir qator normativ hujjatlar mavjud.
Mexnatni muxofaza qilish qoidalarining buzilishi ushbu normalarga zarar etkazadi. Mexnatni
muxofaza qilish qoidalarini buzish quyidagi shakllarda namoyon bo’lishi mumkin:
Xavfsiz mehnat sharoitlarining taminlanmasligi– agar ish joyida ishchining hayotiva
sogligiga tahdid soluvchi sharoitlar mavjud bo’lsa (masalan, to’liq sanitariya-gigiena talablariga
3
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni.
01.10.2022 yil B. 105-109.
4
A.T.Ashirboev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik faoliyat: istiqbollar va
innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
49
javob bermaydigan sharoitlar, xavfli ish uskunalari, yomon havo o’zgarishi),bu mehnatni
muxofaza qilishga nisbatan jinoyat hisoblanadi
5
.
Ishchilarni xavf-xatar bilan bog’liq ishlar uchun zaruriy himoya vositalarsiz ishlashga
majburlash– masalan, ishchilarni xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlashda zaruriy himoya
vositalarisiz ishga jalb etish
6
.
Ishchilarni notog’ri ishlash sharoitlari bilan taminlash– ishchi normal ishlash
sharoitlariga ega bo’lmasligi, masalan, juda baland yoki past haroratda ishlashga majburlash
ham mehnatni muxofaza qilish qonunlarini buzish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida Mehnatni muxofaza qilish jinoyatlariga qarshi kurash.
O'zbekistonda mehnatni muxofaza qilish qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Mehnatni muxofaza qilishga oid jinoyatlar O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va
Mehnat kodeksida ko'rsatilgan me'yorlarga asoslanadi. Bu qonunlar mehnatni muxofaza
qilishni ta'minlash uchun davlat tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni, shuningdek, ish
beruvchilar va ishchilar o'rtasidagi huquqiy aloqalarni tartibga soladi
7
.
Mehnatni muxofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi
shakllarda bo'lishi mumkin:
1. Ma'muriy javobgarlik– Ish beruvchilar mehnatni muxofaza qilishga doir talablarni
buzishsa, ma'muriy jarimalarga tortilishi mumkin.
2. Jinoyat javobgarligi– Agar mehnat sharoitlari sababli ishchining sog'lig'iga jiddiy zarar
yetkazilsa (masalan, jarohat olish, kasallik), ish beruvchi jinoyat javobgarligiga tortilishi
mumkin.
3. Fuqarolik javobgarligi– Mehnatni muxofaza qilish talablari buzilgan taqdirda, ishchi
zarar ko'rgan bo'lsa, ish beruvchi fuqarolik javobgarligini o'z zimmaga oladi.
Mehnatni muxofaza qilish jinoyatlari, mehnat sharoitlarining etarlicha xavfsiz emasligi va
ishchilarga nisbatan diskriminatsion yoki xavfli sharoitlar yaratish bilan bog'liq holda yuzaga
keladi. Bu kabi jinoyatlar nafaqat mehnat huquqining buzilishi, balki inson huquqlarining ham
poymol qilinishiga olib keladi. Shuning uchun, mehnat qonunlariga rioya etilishi zarur,
ishchilarning xavfsiz ishlash huquqi ta'minlanishi va mehnat muhofazasi sohasida jiddiy
monitoring olib borilishi kerak. Bu mavzu bo'yicha aniq qonuniy normalarni va holatlarni
o'rganish, mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus mutaxassislar bilan maslahatlashish foydali
bo'ladi
8
.
References:
Используемая литература:
5
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
6
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining
sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar (Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava,
finansov i prikladnыx. 2023 g.
7
Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash
xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi.
8
N.A. Xushvaktova. Prospects for the use of public opportunities in pre-trial proceedings // World Bulletin of
Management and Law (WBML) Available Online at: https://www.scholarexpress.net Volume-36, July -2024 ISSN:
2749-3601 Impact Faktor:10.25 SJIF:7.8 B. 8-11.
50
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.
5.
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy
yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki //
“Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. –
Toshkent, 2010. B. 171-175.
7.
B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //
Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
8.
B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.
B.B.Murodov. Predvaritelnoe sledstvie v organax vnutrennix del. Uchebnik. T.:
Akademiya MVD Respubliki Uzbekistan, 2014. 395 B.
10.
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
11.
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati
turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
12.
Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat
sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
13.
Sh.Sh.Suyunov. Some aspects of qualifying drug-related crimes. Koreya Respublikasining
“Digital Fashion Conference” jurnali 5.10.2022 y B. 13-15
14.
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini
to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-
320 b.
15.
A.T.Ashirboev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik
faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T.,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
16.
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda
dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
17.
A.Y.Abdullaev. Guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi
jinoyatlarini sodir etish izlarining yuzaga kelish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari.
Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. 2023 yil.
51
18.
A.Y.Abdullaev. Guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi sabablari. Yevraziyskiy
jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2023 g.
19.
A.Y.Abdullaev. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilishning taktik jihatlari. Yevraziyskiy
jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2022 g.
20.
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish jinoyatining sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar
(Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2023 g.