Авторы

  • Malika Ravshanova
    Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro Maqom san’riga ixtisoslashtirilgan Maktab-internati o’qituvchisi
  • Shaxina Qurbonova
    Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro Maqom san’riga ixtisoslashtirilgan Maktab-internati o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.101334

Ключевые слова:

Abu Ali ibn Sino ” Tib qonunlari” oila alla bola ona.

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda allaning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bolaning rivojlanishida allaning ta’siri, onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari tahlil qilingan.


background image

73

HOZIRGI KUNDA ALLANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Ravshanova Malika

Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro Maqom san’riga ixtisoslashtirilgan

Maktab-internati o’qituvchisi

Qurbonova Shaxina

Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro Maqom san’riga ixtisoslashtirilgan

Maktab-internati o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15590865

Annotatsiya:

Maqolada hozirgi kunda allaning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati,

bolaning rivojlanishida allaning ta’siri, onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari tahlil
qilingan.

Kalit so’zlar:

Abu Ali ibn Sino,” Tib qonunlari”, oila, alla, bola, ona.

Alla –umuminsoniy qo’shiqdir.U turli tillarda turlicha aytilishi mumkin,ammo uning

zamirida bir nara onaning farzandiga cheksiz mehr-u muhabbati yotadi. Alla o’z davrininglirik
kayfiyatdagi ruhiy ko’zgusidir. Onaning yoqimli ohanglari ichida davr muhabbati, kishilar
tirikchiligi, ijtimoiy-maishiy hayot, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar
oddiy so’zlarning go’zal va badiiy, ruhiy qudrati o’z ifodasini topgan.

Ma’lumki,alla kuylari o’zbek xalq ijodida o’ziga xos o’rin egallaydi. ”Alla xalq og’zaki

ijodining bola shaxsida ota-onaga, vatanga,millatga muhabbat tuyg’usining dastlabki
kurtaklarini shakllantiruvchi vositasi sifatida maydonga kelgan.Alla vositasida bola milliy til
ohanglariga, badiiy idrokka o’rgatib boriladi”,–deb yozadi professor O.Musurmonov. Demak,
alla qo’shiqlari bolalarga o’z ona tilini tanitadi, uning imkoniyatlarini, yorqin va jozibadorligini
anglatadi. Qolaversa, bola alla orqali xalqning kechagi kuni va buguni haqida ham ma’lumot
ham oladi.

Allalarda tinchlik bevosita va bilvosita ulug’lanadi. Bolaning ma’rifatli allalar tinglab

voyaga yetishi kelgusida uning ma’naviy- axloqiy yetuk shaxs bo’lib kamol topishiga yordam
beradi.Oila muhitida bolalarga singdiriladigan axloq tamoyillarining asosiylari-odamlarga
yaxshilik qilish, ezgu ishlar bilan nom chiqarish, dilozorlikdan yiroq bo’lishdir. Demak, ona
farzandida ana shunday insoniy xislatlarni shakllantirishda pedagog vazifasini ham bajaradi.
Ona tinchlikning qadrini, qimmatini, uning inson hayotidagi ahamiyatini oddiy so’z bilan emas,
balki alla qo’shiqlarida ham ifodalaydi. Xalqimiz tinchlikni, millatlar, elatlar o’rtasida o’zaro
totuvlik, do’stlikni qadrlaydi.

Binobarin, onalar alla qo’shiqlari orqali bolaning komil inson bo’lib shakllanishi yo’lida

ma’naviy xizmat qiladi. Oilada bolalarga alla qo’shiqlari vositasida tarbiya berilar ekan, bu
uning yuksak ma’naviyatli, axloqli shaxs bo’lib shakllanishida omil bo’ladi. Demak, alla
qo’shiqlari tarbiya jarayonida zaruratga aylanishi kerak. Bunda xalqning asriy qadriyatlari va
hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashiladi.Chunki bola ertaklar, maqollar,
matallarning mag’zini intellektual darajada tushunadigan bo’lgunicha, uning ongida bo’shliq
bo’lmasligi, bu ruhi alla qo’shiqlari bilan to’yintirilishi kerak. Sababi, allalarda xalq hayotining
eng kichik qirralarigacha aks etadi. Ona alla kuylash chog’ida o’z orzu-umidlarini, armonlarini,
dard-hasratlari, farzandiga bo’lgan mehrini namoyon etadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, alla
o’z tabiiy musiqasi, ohangi,sodda tizilgan so’zlar orqali bolaga ona nafasini yetkazib
turadi.Ta’kidlash o’rinliki, har bir onaning o’z allasi bo’ladi. Bu alla onaning hayot tarzi, ko’rgan-
kechirganlari, hayotdan chiqargan sabog’i asosida paydo bo’ladi. Lekin allalarda bir butun
yaxlitlik, umumiylik borki, bu–mehr-muhabbatning aks etishidir. Ta’kidlash joizki, alla bolaning


background image

74

tarbiyasida tamal toshini qo’yuvchi kuch ekan, u, albatta, bolada ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
tarkib toptirishga xizmat qilishi kerak. Unda vatanga muhabbat, milliy g’urur , mehnatsevarlik,
insonparvarlik, tinchlikni asrash, ota-onaning qadrini baland tutish kabi insoniy tamoyillar aks
etishi zarur. Onasi o’z allasi orqali bolani yaxshiliklarga yo’llay olishi darkor. Ana shundagina,
oila va jamiyat o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erisha oladi, alla o’z tarbiyaviy ta’sir kuchini
ko’rsatadi. Bunday alla aytgan ona chinakam xalq pedagogi hisoblanadi.Ona kuylaydigan alla
qo’shiqlarining o’z oldiga qo’ygan maqsadi, faqat bolani uxlatish emas, balki uning ruhini,
qalbini, ichki dunyosini uyg’otish hamdir.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, alla bola ruhiyati, salomatligiga va bardam-baquvvat

o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatarkan.Ona va bolani ko’rinmas rishta bilan bog’lab, ona organizmi
tiklanishiga ham katta yordam berar ekan.

Psixologlarning tasdiqlashicha, ona va bola o’rtasida o’ziga xos aloqa o’rnatilishi lozim.

Negaki, ona alla ayta turib,kun davomida o’zida yig’ilib qolganhadik, hayajonlashish va turli
salbiy hissiyotlarni chetga surib, butun diqqat-e’tiborini go’dakka qaratadi.Unga ijobiy iliqlik,
mehr berib, silab-siypalaydi.Go’dak ham uning ovozi ohangini, erkalashlarini tez va oson qabul
qiladi, o’zini himoyalangan hisoblaydi. Bu esa unga seskanib uyg’onib ketavermasdan, tiniqib
uxlashiga yordam beradi. Alla nafaqat go’dakning atrofidagi olam bilan tanishishga yordam
beradi, balki psixologik jarayonlarning yaxshilanishi va me’yoriga tushishiga ko’maklashadi

ALLANI KIMDAN, QAYERDAN O’RGANSA BO’LADI?

Aslida allaning aniq bir matni yo’q. Unihar bir ona yurak tubidan chiqarib aytadi.O’zining

hayoti, farzandidan kutayotgan orzu-niyatlarini alla ohangiga moslab aytaveradi.

***
Alla aytay,jonim bolam,
Quloq solgin, alla
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin,alla
***
Qo’li arslon bilagim,alla,
Botir,qoplon yurakligim,alla,
Yaxshi-yomon kunimda,alla
Menga juda kerakligim,alla

Xulosa

Abu Ali ibn Sino o‘zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning

ahamiyati to‘g‘risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki
narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat
bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi
bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi».

Afsuski, hozirgi kunda oʻzbek ayolining qalb qoʻridan chiquvchi allani baʼzi yosh onalar

aytmay qoʻyishyapti. Alla unutilish arafasida turibdi, uning oʻrniga onalarimiz bola ruhiyatiga
salbiy taʼsir etuvchi allaqanday ohanglar orqali farzandini uxlatishga harakat qilmoqda. Allani
onalar qalbiga qaytarish kerak, shunda insonlarga mehr va shafqatni ham qaytargan boʻlamiz.

Hozirgi kunda allaning jamiyat hayotida tutgan o’rni va muhim ahamiyati haqida bayon

qilindi.


background image

75

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”asari va quyidagi saytlardan foydalanildi

2.

https://shifo.uz/article/alla-haqida

3.

https://xs.uz/uz/post/alla-ozlikni-anglash-sari-ilk-qadam-uni-onalar-qalbiga-qajtarish-

kerak

Библиографические ссылки