Авторы

  • Sofiya Abduraximova
    NDU Tillar fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.101335

Ключевые слова:

Sinonimik qator sinonimlar badiiy uslub semantika.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri – Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanishning imkoniyatlari, ularning morfologik xususiyatlari, semantik va stilistik jihatlari yoritiladi. Sinonimik birliklarning poetik matndagi ekspressivlik, emotsional ta’sirchanlik, uslubiy boylik kabi jihatlarni kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi.


background image

71

MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA SINONIMIK QATORNING BADIIY-USLUBIY

FUNKSIYALARI

Abduraximova Sofiya

NDU Tillar fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15590704

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri –

Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanishning imkoniyatlari, ularning
morfologik xususiyatlari, semantik va stilistik jihatlari yoritiladi. Sinonimik birliklarning poetik
matndagi ekspressivlik, emotsional ta’sirchanlik, uslubiy boylik kabi jihatlarni kuchaytirishdagi
roli tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Sinonimik qator, sinonimlar, badiiy uslub, semantika.


Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimik qatorlardan foydalanish, uning badiiy uslubining

muhim jihatlarini tashkil etadi. Shayxzoda she’riyatida sinonimlar nafaqat ma’no jihatidan,
balki stilistik funksiyalar nuqtai nazaridan ham muhim rol oynaydi. Ularning individual
xususiyatlari quyidagi jihatlardan iborat:

1.

Sinonimlarning ma’no va stilistik funksiyalarining rang-barangligi.

2.

She’riy obrazlar yaratish mexanizmlarining ustunligi

3.

Zamonaviy lingvopoetika nazariyalariga asoslangan tahlillarning mavjudligi.

4.

Stilistika va semantikaning uyg‘unligi.
Sinonimlarning ma’no va stilistik funksiyalari quyidagi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi.

Shayxzoda sinonimlarni tanlab olishda ularning ma’nosini chuqur anglab, har bir so‘zning
o‘ziga xos rang-barangligini aks ettiradi. Bu esa uning she’rlariga o‘ziga xos hissiyot va
tasviriylik qo‘shadi. Sinonimlar orqali u bir xil ma’noni ifodalash bilan birga, turli xil emotsional
va stilistik rang-baranglikni yaratadi. Maqsud Shayxzodaning “Tashlangan” she’rida quyidagi
quyidagi parchani tahlil qilamiz.

Sen tashlanding ....
Sen unutilding....
Sen xor bo‘lding....(Maqsud Shaxzoda “Tashlangan” 12- bet)
Bu yerda “tashlanding”, “unutilding”, “ xor bo‘lding” so‘zlari sinonimik qatorni tashkil

etadi. Har bir so‘z sinonimligi bilan birga o‘ziga xos emotsional ta’sirni ham ifodalaydi.
“Tashlanding” – bepisandlik, “Unutilding” – yoddan chiqqanlik, “Xor bo‘lding” – kamsitilganlik
holatini ifodalaydi.Bu qatorlar ketma-ketligi orqali shoir she’rga chuqur psixologik ruh
bag‘ishlaydi.

Maqsud Shayxzoda G‘afur G‘umlarga bag‘ishlab yozgan “Yaxshilik” she’rida ham

sinonimlardan unumli foydalanadi.

Shashmaqom, qo‘shiq, o‘yin, ashula –
Radio karnayidan oqar baralla ....(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet)
“Shashmaqom, qo‘shiq, ashula” – bular musiqiy atamalar bo‘lib, har biri alohida uslub va

janrni bildiradi, ammo birgalikda ular sinonimik yaqinlikni – paradigmani hosil qiladi: barchasi
ohang, musiqiy ifoda tushunchasini anglatadi.

“O‘yin” esa bu parchada san’at turining bir bo‘lagi bo‘lib ifodalangan.
She’rning keyingi parchasi ham shoir o‘zgacha sinonimlardan foydalanadi.
Unlar. Nafis ovozlar. Tezob tovushlar...


background image

72

Pianino. Rubob. Nay. Gʻijjak va tambur.(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet)
“Nafis ovozlar, tezob tovushlar” – bu yerda “nafis” va “tezob” so‘zlari qarama-qarshi

ma‘nodagi sifatlardir, ammo bu yerda tovush haqida gap ketayotgani uchun biri yumshoqlikni,
boshqasi keskinlikni bildiradi. Sinonimik qator hosil bo‘lmagan bo‘lsa-da, bu o‘rinda stilistik
kontrast yaratilgan.

“Pianino. Rubob. Nay. G‘ijjak va tambur”, – bularning barchasi musiqa asboblari. Ular turli

asrlar, madaniyat va janrlarga oid bo‘lsa-da, birgalikda sinonimik qator sifatida xizmat
qilmoqda – ya’ni: musiqiy vositalarning xilma-xilligi.

Keyingi parchada ham shoir stilistik funksiyani ifodalaydi.
So‘z bilan soz va ovoz bo‘lishib hamroz,
Vaqt torida yurarlar misoli dorboz.(Maqsud Shayxzoda “Yaxshilik” 8-bet)
“So‘z bilan soz va ovoz bo‘lishib hamroz”, – “So‘z” – she’riyat, “soz” – musiqa, “ovoz” –

umumiy ifoda shakli sifatida ishlatilgan.

Ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lib, ijodiy ifoda, estetik ta’sir, ohangdorlilik kabi

umumiy ma’noga ega.

Stilistik funksiya o‘z va ohang uyg‘unligining san’atdagi ahamiyatini ifodalaydi.
Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimlar quyidagi stilistik funksiyalarni bajaradi:

Emotsional-ekspressivlikni oshirish: sinonimlar orqali shoir bir his tuyg‘uning turli

ko‘rinishlarini ifodalab berib, ta’sirchanlikni kuchaytiradi.

Uslubiy xilma-xillik yaratish: Sinonimik qatorlar poetik matnni uslubiy jihatdan boyitadi.

Ritm va musiqiylikni ta’minlash: ayrim hollarda sinonimlar she’r ritmiga qarab tanlanadi

va ohangdorlikni kuchaytiradi.

Tafsilot berish va tasvir chuqurligini oshirish: sinonimlar orqali bir holatning turli

holatlari, qirralari ochiladi.

Maqsud Shayxzoda sinonim so‘zlarni shunchaki ma’nodosh so‘zlar sifatida emas, balki

poetik vosita sifatida qo‘llab, ularga badiiy-falsafiy ma’nolarni aks ettirishga hissa qo‘shadi.
Uning she’rlarida sinonimlar obrazli fikrlash mahsuli bo‘lib, badiiy tafakkurning ifodasi sifatida
xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shayxzoda, M. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983. 8-

15-betlar
2.

Jo‘rayev, S. O‘zbek poeziyasida badiiy ifoda vositalari. – Toshkent: Fan, 2001.

3.

Tursunov, S. Sinonimik qatorlar va ularning funksional-stilistik. – O‘zMU ilmiy jurnali,

2015.

Библиографические ссылки

Shayxzoda, M. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983. 8-15-betlar

Jo‘rayev, S. O‘zbek poeziyasida badiiy ifoda vositalari. – Toshkent: Fan, 2001.

Tursunov, S. Sinonimik qatorlar va ularning funksional-stilistik. – O‘zMU ilmiy jurnali, 2015.