66
INTERNET YОZISHMАLАRINING SАVОDXОNLIKKА TА’SIRI
Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Abduxamidova Diyora G‘ulomjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15590102
Annotatsiya:
Mazkur maqolada internet yozishmalarining zamonaviy o‘zbek tilida
savodxonlik darajasiga ko‘rsatayotgan ta’siri lingvistik va psixolingvistik yondashuvlar asosida
tahlil qilingan. Virtual muloqotdagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar, ayniqsa, yoshlar
jargonlari, slenglar, abbreviatsiyalar, emotikonlar orqali tilda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, so‘zlarning konnotativ ma’nosi, talaffuzdagi o‘zgarishlar hamda
ularning emotsional-ekspressiv funksiyasi savodxonlikka qanday ta’sir etayotgani tadqiq
etilgan. Maqolada tilning ijtimoiy tarmoqlardagi noan’anaviy ishlatilish holatlari tahlil qilinib,
amaliy tavsiyalar berilgan.
Kirish so‘zlar:
Internet yozishmalari, savodxonlik, fonetik o‘zgarishlar, sleng, jargon, til
madaniyati, leksik sistema, ijtimoiy tarmoq muloqoti.
THE IMPACT OF INTERNET CORRESPONDENCE ON LITERACY
Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna
Doctor of Philosophy (PhD) in Philological Sciences,
Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
Abdukhamidova Diyora Gulomjon qizi
4th-year student of Alisher Navo’i
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
Annotation:
This article analyzes the impact of Internet correspondence on the level of
literacy in modern Uzbek based on linguistic and psycholinguistic approaches. The changes in
the language through phonetic, lexical and grammatical features of virtual communication,
especially youth jargon, slang, abbreviations, emoticons, are considered. Also, the connotative
meaning of words, changes in pronunciation, and their emotional-expressive function are
studied. The article analyzes cases of unconventional use of language in social networks and
gives practical recommendations.
Keywords:
Internet correspondence, literacy, phonetic changes, slang, jargon, language
culture, lexical system, social network communication.
O‘zbek tiliga xos tovushlar nutqiy jarayonda o‘z imkoniyatlarini namoyon etadi. Xususan,
virtual muloqot jarayonida, ya’ni internet yozishmalarida ham o‘ziga xos lisoniy
qonuniyatlarning nutqda qay tarzda reallashishini ko‘rsatuvchi maydon sanaladi. Ayni
jarayonda tovushlarning internet tarmoqlarida qo‘llanishi ham individual va qaysidir ma’noda
umumiy uslubiy me’yorlarning shakllanishidan darak beradi. Bu esa, albatta, internet
tarmoqlaridagi savodxonlikka ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, so‘zdagi ma’no tovushlar vositasida voqe bo‘ladi, tinglovchi ham ma’noni
tovushlar vositasida qabul qiladi. Shuning uchun so‘zdagi biror tovushning talaffuzdagi
67
o‘zgarishi, ya’ni cho‘zilishi, almashtirilishi, tushirib qoldirilishi, albatta, ma’noga ta’sir qiladi.
Bunday hollarda so‘zning denotativ ma’nosi emas, konnotativ ma’nosi o‘zgaradi
1
. Konnotativ
ma’no, ayniqsa, so‘z tarkibidagi ayrim unli va undosh fonemalarni cho‘zib yoki o‘rnini
almashtirib talaffuz qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. So‘zdagi unlining cho‘zilishi
emotsionallikni kuchaytiradi.
Nutq organlariga bog‘liq ravishda nutq tovushlari ham turlicha talaffuz etiladi va
eshitiladi. Fonostilistik jihatdan nutq tovushlarining talaffuzidagi emotsional-ekspressivlik va
akustik (eshitib) ta’sirlanish tomonlarini o‘rganish muhimdir. Tovushlarga biror ma’no yuklash
jiddiy ilmiy asosga ega bo‘lmasa-da, bunday shartlilik zamirida emotsional-ekspressiv funksiya
turadi
2
. Bu holatda quyidagi ma’nolar yuzaga chiqadi:
1)
shodlanish, xursandlik, kayfiyatning yaxshiligini;
2)
hayratlanish;
3)
taajjub;
4)
iztirob, o‘kinish;
5)
g‘azablanish, kuchli to‘lqinlanish;
6)
ma’yuslik;
7)
ikkilanish va.h.k.
“Internet tili”, “internet-til” va “internet-uslubi” butunjahon o‘rgimchak to‘ri tarmog‘idagi
barcha matnli axborotlarni bildiradi; “runet tili” esa internetdagi barcha rus tilidagi
axborotlarni jamlaydi; “Kompyuter argosi”, “Kompyuter slengi”, “Kompyuter jargoni”larda
amaliy va texnik mavzular asosiy hisoblanadi”
3
.
Leksik tizim asosida leksik qatlamga xos birliklar asrlar osha til zaxirasi sifatida avloddan
avlodga o‘tib keladi. Chunki leksika ochiq sistema bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas
tarzda taraqqiy etib boradi. Ya’ni ma’lum vaqtda so‘zlar faol qo‘llansa, ma’lum vaqtdan keyin
iste’moldan chiqishi mumkin. Deylik, sobiq tuzumda
viloyat, tuman, bekat
kabi leksik birliklar
eskirgan so‘zlar sifatida qaralsa, bugun ular til sandig‘idan chiqib faol qo‘llanuvchi birlikka
aylandi. Aksincha, u davrda faol qo‘llangan
rayon, oblast, ostanovka
kabi so‘zlar bugun eskirgan
qatlamga o‘tdi. Shunday bo‘lishiga qaramay,
bekat
so‘zi o‘rnida hali ham
ostanovka
so‘zi xalq
jonli so‘zlashuv nutqida faol qo‘llanib kelinmoqda.
1.
Slenglar;
2.
Evfemizmlar;
3.
Abbreviatsiya;
4.
Grammatika;
5.
Emotikonlar.
6.
Jargonlar (yoki internet – jargoni).
Lingvist N.B.Mechkovskiy internet kommunikatsiyaning quyidagi xususiyatlarini
ko‘rsatadi:
- umumiy iste’moldagi tilning me’yorlashmagan (substandart) varianti;
- ingliz terminologiyasi va yoshlar slengining eksopansiya xususiyatlari;
1
Kabuljonova G.K. Nazariy va amaliy stilistika. O‘quv qo‘llanma. – Andijon, 2022. – B.20.
2
Турсунова О. Ўзбек тили фонетик бирликларининг поэтик имкониятлари: Фил. фан. фалc. док. (PhD) … дисс. –
Фарғона, 2019. – Б. 45.
3
Свинцов В.В. Язык рунета: к вопросу о содержании термина // Литература в Интернетею 2006. [Электронный
ресурс].
: // sem115.rocit/ru/articles/petpsy/comp zh. (Дата обращения: 16 .11.2022).
68
- internet-kommunikatsiyaning bir vaqtda uning ustki o‘ng‘aylik va ichki murakkablikni
biriktiruvchi uslubiy ikkilanishi
4
.
Yuqoridagi fikrlardan anglashiladiki, leksik sistema o‘ziga xos xususiyatga ega. Nutqiy
jarayonda so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, uslubiy nozik jihatlarga e’tibor qaratish muhim
ahamiyatga ega. Lekin shunday bo‘lsa-da, virtual nutqiy muloqotda leksik birliklarni tanlash va
qo‘llashda ham o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlanadiki, u aynan so‘zlashuv uslubiga xos jihatlarga
asoslanganligi bilan izohlanadi.
Ma’lumki, biror ijtimoiy guruhning o‘ziga xos did va talablarini ifodalovchi sun’iy, shartli
so‘z va iboralar yig‘indisi jargonizmlardir. Jargonlar o‘z grammatik qurilishi va lug‘at fondiga
ega emas. Ular keng xalq ommasiga emas, balki tor doiradagi kishilarga xizmat qiladi. Jargon
so‘zlarning ma’nosi shartli va subyektiv xarakterga ega bo‘ladi
5
. Internet tilining to‘ldirilishi
oldindan qabul qilingan jargon va slenglardan tashqari so‘z yasalishi orqali ham bajarilmoqda.
V.A.Letyagina va A.A.Pechekladovalar yoshlar muloqotining leksikasini bir necha guruhga
ajratishadi: sleng, IKTda ishlatiladigan so‘zlar, IT texnologiyasiga oid so‘zlar, jargonlar
(talabalar, maktab yoshidagi bolalarning va ba’zan qamoq jargonlari)
6
.
Ijtimoiy tarmoqlar shunday bir ummonki, uning sarhadlarini chegaralash juda mushkul
masaladir. Chunki internet tarmog‘idagi guruhlarning turli-tumanligi, maqsad va ehtiyojlarning
rang-barangligi, shitobligi, tildan foydalanish me’yorlarining o‘ziga xos shakllanganlik darajasi,
shevalarning murakkabligi, umuman olganda, mazkur tizimning erkinligi, keng qamrovliligi va
murakkabligining o‘ziyoq bu masalaning naqadar muammoli ekanligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy
tarmoq foydalanuvchilarining til me’yorlarini (og‘zaki va yozma) bilish, unga amal qilishi
alohida muammo bo‘lsa, muloqotchilarning xalqning turli qatlamiga mansubligi, kasb-kori,
mashg‘ulotlari, muloqotdagi ishtiroki kabi yana bir talay muammolarning mavjudligi ham
masala mohiyatini yanada murakkabligini ifodalaydi.
Ilmiy tilshunoslikda jargonlar turli sotsial guruhlar tilida qo‘llanuvchi va ma’lum vaqt
o‘tishi bilan tildan yo uloqtirilishi, yo til zaxirasiga o‘tishi bilan bog‘liq jihatlar tadqiqotchilar
tomonidan o‘rganilgan. Biz bu o‘rinda virtual muloqotdagi ma’lum bir tarmoq
iste’molchilarining maxsus jargonlarini emas, hozirda faqat internet muloqoti jarayonida
maxsus, ko‘pchilikka birdek tushuniladigan ayrim so‘zlarnigina jargon sifatida belgilashni
lozim deb hisobladik. Aslini olganda, ijtimoiy tarmoqdagi turli guruhlar jargonlarini maxsus
o‘rganish alohida tadqiqot obyekti bo‘lib, kelajakda bu muammo ham o‘z tadqiqotchisini
kutayotganligini aytib o‘tish joizdir.
Masalan, talabalar muloqotida qo‘llanadigan jargonlarga virtual muloqotdan olingan
quyidagi misolni keltirish mumkin:
1.
Men 407-guruhdagi talabangizman.
Ustoz dushanba kuni kelasizmi
o‘qishga?
Sizdan
qarzdorman
(
Talaba jargoni)
Ustoz
pullikka
qop ketmay yordam bering iltimos
4
Qarang: Горошко Е.И. Современная Интернет-коммуникaция: структура и основные параметры // Интернет-
коммуникaции как новая речевая формaция: коллект. Монография. – М.: Флинта: Наука, 2012.– С. 22-25.
5
Қиличев Э. Ўзбек тилининг практик стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – Б.57.
6
Летягина В.А., Печекладова А.А. Особенности лексики молодёжи в сети Интернетю // Молодой учёный, 2022. –
№12 (407). – С.294-296. URL:
https://moluch.ru/archive/407/89761
. (Дата обращения: 22.08.2023).
69
Hozir 2chi vedmostga qolganim hisobiga stipendiya ham
kesilyapti
.
Keyin pullikka 600 ming to‘lash kerekanda ustoz
(Talabalar muloqotidan)
2.
Mazza qilib
MILKAXO‘RLIK
qildik.
Mega
marojna
xonasida
muzqaymoqxorlik
qildik
(rasmlar) (“Friend’s blog” telegram
kanalidan)
3.
Salatxor
licga qaren
Okey (kulgich stik.)
Misollarda qo‘llanilgan
o‘qishga, qarzdorman, pullikka, kesilyapti,
milkaxo‘rlik,
muzqaymoqxo‘rlik, mega marojna, salatxo‘r
jargon so‘zlari alohida tor (yoshlar) guruhlar tilida
foydalaniladi. Bu kabi so‘zlar hozirgi yoshlarning dunyoqarashini, ishtiyoqlarini ifodalash
vazifasini bajaradi va tilda qo‘llanishi ham boshqalarga qaraganda cheklangan.
Har qanday gapni tushunish psixolingvistikada dekodlash deb yuritiladi. Bunda til
yordamida yetkazilgan ma’noni toʻliq va toʻgʻri tushunish nazarda tutiladi. Boshqacharoq
aytganda, gapdagi har bir soʻz anglatgan tushuncha bir-biri bilan qanday munosabatga koʻra
bogʻlanganini tushunish demakdir.
Masalan, ushbu gap: Aeroport chegarani kesib oʻtishday muhim qadam oldidan avvalgi
joy bilan bogʻliq xotiralarni oʻchiradi.
Mana shu gapni toʻliq va toʻgʻri tushunishimiz uchun soʻzlar orasidagi munosabatni
miyamiz qanday tahlil qiladi:
Avvalo, bu gapda harakatni bildirayotgan soʻz koʻchma ma’noda qoʻllanganligini hisobga
olish zarur.
Aeroport
soʻzi harakatning bajaruvchisi,
xotiralar
- harakat obyekti (aeroport nimani oʻchiradi? - xotiralarni);
avvalgi joy bilan bogʻliq
- bu soʻzlar majmui xotiralar soʻzining bir sifatini
bildirayotganligi (qanday xotiralar? - avvalgi joy bilan bogʻliq xotiralar),
gapda bajarilayotgan harakatning qanday vaqtda/shartda bajarlishi
- muhim qadam
oldidan (qachon oʻchiradi? - muhim qadam oldidan o ‘chiradi);
chegarani kesib oʻtish
- muhim qadam tushunchasiga tafsilot oʻlaroq ishlatilgani
(muhim qadam deganda nimaga nisbatan baho berilyapti - chegarani kesib oʻtish harakatiga
nisbatan).
Aeroport chegarani kesib oʻtishday muhim qadam oldidan avvalgi joy bilan bogʻliq
xotiralarni oʻchiradi.
Har bir soʻz boshqa soʻzga nisbatan qanday mavqeda turgani, qanday vazifa
bajarayotganini farqlash - gapni toʻgʻri tushunishga olib keladi.
Odam qachon gapni toʻgʻri tushunmasligi mumkin?
Bu ikki tomondagi omillarga bogʻliq: ham gapning lingvistik xususiyatlariga, ham
insonning kayfiyati va aqliy qobiliyatiga. Masalan, gap juda uzun boʻlsa, uni toʻgʻri tushunmay
qolishimiz mumkin. Gapda bizga notanish soʻzlarning qoʻllanishi ham tushunishga xalal beradi.
Insonning hissiyotga berilishi, gapning mazmuni haqida shoshilib xulosa chiqarishi va uni
qayta tekshirib koʻrmasligi ham tushunmay qolishimizga sabab boʻladi.
7
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, internet yozishmalarida mavjud so‘zlarni
aniqlashning leksik-semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini tahlil qilishga doir
7
https://t.me/psixolingvist/15
70
tadqiqotlarni savodxonlik darajasiga ta’sir etishdagi asosiy unsur deb qarash, uni amaliyotga
joriy etish va bu orqali oʻzbek tilshunosligida uning nazariy asoslarini mukammal ishlab chiqish
amaliy tilshunoslik oldida turgan asosiy masalalardan biri ekanligini ta’kidlash lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kabuljonova G.K. Nazariy va amaliy stilistika. O‘quv qo‘llanma. – Andijon, 2022. – 136 b.
2.
Қиличев Э. Ўзбек тилининг практик стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. –
104 б.
3.
Рахимов С. Речевая коммуникация и проблема дейксиса в разносистемных языках.
– Тошкент: Фан, 1989. – 119 c.
4.
Телия В.Н. Коннотативный аспект семантики номинативных едениц. – Москва:
Наука, 1986. – 141 с.
5.
Межевникова О.Р. Виртуал жараёнларнинг ижтимоий воқелик субъекти онгида акс
этишининг ўзига хослиги. Фалс. фан. фалс. док. (PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2023. –
49 б.
6.