44
“HIBATUL-HAQOYIQ” DOSTONINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Maftuna Masharipova
Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15576705
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” dostonining badiiy-
g‘oyaviy mazmuni, adabiy tilning go ‘zal namunasi hisoblanmish pand-nasihatlar,shuningdek
asarning hozirgi davrdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Dod Spohsolor, o‘git, ma’naviyat, Tangri, ilm, islom dini, e’tiqod.
“Hibatul-haqoyiq” asari pand-nasihatga yo‘g‘rilgan. Uni o‘qish orqali inson hayotidagi
barcha jabhalarda faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Unda nafaqat insonning o‘z ichki
olamini isloh qilish uchun o‘gitlar, balki jamiyatda qanday yashash kerakligi kabi savollarga
javob beruvchi nasihatlarni uchratamiz.
Asar olamni bor qilgan Tangri yodi bilan boshlanadi:
Yo‘q edim, yaratding, yana yo‘q qilib,qayta (ikkinchi) vujudga keltirasan,bunga
iqrorman[3:415 ].
Demak anglanadiki, asar muallifi islom diniga e’tiqod qiladi. Bu ham asarni yanada
chuqurroq o‘rganishimizda va tahlilni aniqroq olib borishimizga xizmat qiladi. Islom dinida har
bir xayrli ish Tangri nomi bilan boshlanadi. Inson umr yo‘lining mash’ali, zulmatda,
qorong‘ulikda nurli yo‘ldosh bo‘ladigan bitiklarni muallif Boqiy Zot yodi bilan boshlab,
avlodlarning ma’rifatli hayoti uchun o‘zida hayot haqiqatlarini namoyon qiluvchi xazinani
meros qildi.
Shuningdek, muallif asarning yozilish maqsadidan biri o‘sha davr Farg‘ona begi Dod
Spohsolorga bag‘ishlaganini, asarni o‘qiganlar shunday go‘zal fazilatlarga ega davlat boshlig‘i
haqida bilishlari lozimligini ham ta’kidlab o‘tadi. Bek kitobning to‘rtinchi bobida madh etiladi.
Nasimxon Rahmonov ta’kidlashicha, bu bobni Dod Spohsolor bekka qasida deb ham atash
mumkin. Zotan, bu bobning hajmi 14 bayttan iborat bo ‘lib, qasidaning talablariga javob
beradi[30:204 ].
Bundan ko‘rinadiki, muallifning siyosiy mavqega egaligini, o‘z tajribalarini badiiy yo‘sinda
podshohga tortiq qilish jur’atini ham ko‘ramiz.
Madh yakunlanganidan keyin birinchi bo‘limda ilm manfaati haqida so‘z boradi. Zero, har
bir ish boshida yechim talabi bo‘ladi. Yechim esa ilmdir, anglashdir. Ishning boshi ilm bilan
boshlansa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Asardagi haqiqatlar xazinasida yuksaklik yo‘li ilm
bilan boshlanishi, uning o‘nggi ham so‘li ham manzili ham bilim ekanligi go‘zal jumlalar bilan
bayon qilinadi:
Bilim haqda so‘zlay,ey do‘st,quloq sol,
Ilmliga yaqin yur, undan ibrat ol.
Bilim bilan ochilur saodatga yo‘l,
Baxt yo‘lini izla,do‘stim, baxtli bo‘l[3:5 ]
E’tibor berilsa, har bir bo‘lim ,go‘yoki, komillikning bir bekati vazifasini bajargan.
Asarning ahamiyati, mohiyati keng. O‘sha paytdagi muammolar, ilimsizlikning oqibati,
xasislik,kibr va shunga o‘xshash yomon illatlarning da’vosi go‘zal fikrlar bilan beriladi. Asarni
o‘rganib,uning ma’nosini anglagan har bir inson uni boshqalarga ham yetkazish lozimligini
45
anglaydi.Chunki,ayni zamonda insonda ma’naviy tomondan oqsash oqibatida yo‘lini yo‘qotib
qo‘yish, hayotdagi yashash ma’nosini topolmaslik kabi muammolar uchramoqda.Allomalarimiz
esa bu muammolar yechimi sifatida o‘z asarlarini meros qoldirishdi. Moziyga qaytib ish ko‘rish
xayrlik deganlaridek, inson faqat yaxshilik va xayrni ushbu asardan topadi.G‘arb hozirda
o‘zidagi ma’naviy tanazzul yechimini Sharq allomalarining asarlarini tahlil qilib topishyapti va
o‘rganishyapti.Shunday vaziyatda biz o‘zimizda mavjud badiiy meroslarni o‘rganmasligimiz-
yo‘qotish,boy berish hisoblanadi deb o‘ylayman.
Xulosa qilib aytamanki, asarni o‘rganish jarayonida qanday ajdodlar avlodi ekanligimizni,
badiiy adabiyotning o‘zgacha sayqallangan namunasini ko‘rdim. “Hibatul-haqoyiq” ning
g‘oyaviy mazmuni inson umrining barcha davri ehtiyoji bo‘lgan ma’naviyatni o‘zida mujassam
qiladi.Asarda jamiyat va insonning ham moddiy ham ma’naviy taraqqiyoti uchun xizmat
qiladigan haqiqatlar xazinasi mavjud.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmad Yugnakiy. “Hibatul haqoyiq” Bahrom G‘oyipov tarjimasi, ziyouz.com kutubxonasi
2002 yil sentyabr. 415 bet.
2.
Nasimxon Rahmonov. O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning
birinchi yarmigacha). O‘quv qo‘llanma.-Toshkent:”sano-standart” nashriyoti,2017.-555 bet