Авторы

  • Ruxshona Jumamuratova
    Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
  • H. Allambergenov
    Ilmiy rahbar: Nukus davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.101346

Ключевые слова:

Zamonaviy ona tili ta’limi matn yaratish ko‘nikmasi mustaqil fikrlash tanqidiy fikrlash imloviy-uslubiy savodxonlik interfaol metodlar debat darslari kommunikativ savodxonlik ijodiy tafakkur.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Matn yaratishga tayyorlashda imloviy-uslubiy savodxonlikni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni shakllantirish va til sathlari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatilishining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, interfaol usullar, xususan, parlament debatlari asosidagi seminar-treninglar orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, ularni og‘zaki va yozma nutqda erkin ifoda qilishga o‘rgatish tajribalari bayon etiladi. Maqolada o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, fikrlarni ilmiy asoslangan tarzda ifodalash hamda muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


background image

35

O‘QUVCHI IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA “PARLAMENT

DEBATLARI” METODIDAN FOYDALANISH

Jumamuratova Ruxshona Saparbayevna

Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

Ilmiy rahbar:

H.Allambergenov

https://doi.org/10.5281/zenodo.15576403

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda

mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Matn
yaratishga tayyorlashda imloviy-uslubiy savodxonlikni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni
shakllantirish va til sathlari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatilishining ahamiyati tahlil qilinadi.
Shuningdek, interfaol usullar, xususan, parlament debatlari asosidagi seminar-treninglar orqali
o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, ularni og‘zaki va yozma nutqda
erkin ifoda qilishga o‘rgatish tajribalari bayon etiladi. Maqolada o‘quvchilarning kommunikativ
savodxonligini oshirish, fikrlarni ilmiy asoslangan tarzda ifodalash hamda muloqotga kirishish
malakalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy ona tili ta’limi, matn yaratish ko‘nikmasi, mustaqil fikrlash,

tanqidiy fikrlash, imloviy-uslubiy savodxonlik, interfaol metodlar, debat darslari,
kommunikativ savodxonlik, ijodiy tafakkur.

Zamonaviy ona tili ta’limida o‘quvchilarning mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini

shakllantirish, til sathlarini o‘zaro bog‘liqlikda, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida
o‘rganish, o‘quvchida mantiqiy fikrlash va birlamchi uslubiy savodxonlikni ta’minlash muhim
ahamiyat kasb etadi.

Matn yaratishga tayyorlash ishlarining asosiy maqsadi o‘quvchida imloviy-uslubiy

savodxonlikni ta’minlash, unda muayyan darajada shakllangan nutqiy ko‘nikmalarni hosil
qilish, mustaqil fikr mahsulini to‘g’ri, ravon, o‘rinli ifodalashga yo‘naltirishdan iborat. Shuning
uchun o‘qituvchi o‘quvchini asar tahliliga tayyorlov jarayonida bolani matn va uning qurilishi,
grammatik xususiyatlari bilan birma-bir tanishtiradi. Belgilangan maqsadni amalga oshirish
uchun berilgan matnlar ustida ishlanadi, xatboshi, kirish va xulosa qismlari ajratiladi,imloviy-
uslubiy nuqsonlar topilib, tahlil va tahrirlash ko‘nikmalari oshiriladi.[G‘ulomov A.: 2001, 45]

Matn ustida ishlash jarayonida esa zaruriy til vositalari faollashtirilib, so‘zlar, so‘z

birikmalari, gaplar leksik-semantik guruhlarga ajratiladi, lug‘at daftarchasiga yozdiriladi. Ijodiy
fikrlash va ilmiy muloqot jarayonida, ijobiy yoki tanqidiy nuqtayi nazarni ifodalashda, dialogik
matn tarkibida qo‘llaniladigan kirish so‘z va so‘z birikmalarining, bog‘lamalarning
tuzilishio‘rganiladi. Zotan, bugungi adabiy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga, dunyoqarashini rivojlantirishga, tafakkurida kechayotgan o‘y-mushohadalarini,
maqsadlarini og‘zaki va yozma shakllarda erkin ifoda etishga yo‘naltirilishi lozim. [G‘ulomov A.
Shukurov A.: 1989, 32]

G‘arb davlatlar ta’lim tizimida pedagogik texnologiya markazlari ko‘pdan buyon ilmiy-

amaliy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular ta’lim tizimida axborot texnologiyasi va boshqa
didaktik vositalardan samarali foydalanishning ilg‘or usul va vositalarini ishlab
chiqmoqdalar.Ta’limda “portlash effekti” beradigan, o‘quvchini mustaqil va ijodiy faoliyatga
yo‘naltiradigan zamonaviy “dars-munozara”, “dars-sud”, “dars-nuqtai nazar”, “dars-muloqot”,
“dars-axborot”, “aqliy hujum”, “debat dars”, “tanqidiy fikrlash”, “trening”, “auksion”, “lingvistik


background image

36

kashfiyot” darslari kabi ilg’or texnologik metodlarni to‘plash va ommalashtirishgaastoydil
harakat qilinmoqda.

Respublikamizda mustaqil fikrlash darajasini o‘stirishga doir bir qancha jarayonlar,

ayniqsa, 4K modeli barcha darslarga tatbiq qilingach, shaxs (o‘quvchi)ning mustaqil fikrlash,
fikrini ifodalash va himoyalash huquqlari tan olindi, o‘quvchi tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini
egallashga, nutqiy mahoratini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirildi.
[Mahmudov N., Nurmonov A.,Sobirov A. va boshqalar: 2004, 87]

Yuqorida eslatib o‘tilgan interfaol metodlarga asoslangan seminar-treninglar

kommunikativ savodxonlik darajasiga ega bo‘lgan mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlovchi “ijodiy
tafakkur sohibi”ni tarbiyalab yetishtirishning modernizatsiyalashgan usullariga misol bo‘la
oladi.

Yuqorida tavsiflangan seminar-treninglarning eng ko‘p tarqalgan turi debatlarga

asoslangan darslardir. Zotan “Parlament debatlari” insondagi tug’ma qobiliyat va qiziqishlarga
tayanib ish ko‘radi. Biz doim haqiqatning ro‘yobga chiqishi uchun kurashamiz, doim uni
axtaramiz.Debat tushunchasi qadimgi yunonda paydo bo‘lgan. U “argumentlarga asoslangan
bahs”, ma’nosida ishlatiladi. [K.Qosimova S.Matchonov va boshqalar: 2009, 305]

Mashg‘ulotlarda faol qo‘llash mumkin bo‘lgan Parlament debatlari(PD)da uchta prinsipga

asoslanadi:

1.Nutqiy vaziyatga qarab, tez, to‘g’ri va ishonarli so‘zlash;
2.O‘zgalarni o‘z nuqtai nazarining to‘g’riligiga ishontirish;
3.Ilmiy-muloqot me’yorlariga amal qilish, o‘zida nutqiy madaniyat kurtaklarini

shakllantirish;

Bunday mashg‘ulotlarning rivojlantiruvchi xususiyatlari:1.Argumentlashtirilgan tanqidiy

fikrlash va uni qisqa ifodalanishi; 2.Notiqlik san’atini; 3.Ilmiy tanqidiy malakalarni; 4.Tashkiliy
malakalarni; 5.Anglab tinglash va yozma qayd qilish malakasini shakllantirish bo‘lsa,
ijtimoiyligi–muammoni nafaqat ikki tomonlama ko‘rib chiqish, balki uni yechish yo‘llarini
topish, eng qisqa, engfoydali variantini tanlash va tavsiya qilishdir.

Shunday yo‘nalishlar va ko‘rsatmalar orqali shaxs (o‘quvchi) ni zamonaviy muloqot

matnlarini yaratishga yo‘naltirish, interfaol muloqot (masofadano‘qitish, o‘qish, ijtimoiy
tarmoqlar orqali mintaqalararo muloqatga kirishish, elektron pochta xizmatidan
foydalanish)ga o‘rgatish,unda sun’iy idrok bilan muloqot chog’ida favqulodda matn yaratish
malakalarini hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Debatlarga asoslangan aseminar-treninglarida qatnashish, undagi ta’limiy o‘yin

talablarini bajarish, o‘quvchidagi og’zaki nutq malakalarini shakllantirishga (mavzu bo‘yicha
egallangan bilimlarni izchil va bosqichli ifodalash,o‘z yo‘nalishining (keys) argument va dalillar
yordamida to‘g’riligi, dolzarbligi, muhimligini isbotlash, aniq va ishonarli yechim va xulosalar
berish)mustaqil matn yaratishga oid kompetensiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.PD va
shu kabi boshqa debatlar, seminar-treninglar o‘tkazish orqali o‘quvchida ijobiy o‘quv motivlari,
mustaqil faoliyatga ehtiyoj, o‘zligini namoyish qilishga istak uyg’onadi. [K.Qosimova
S.Matchonov va boshqalar: 2009, 315]

PD da aqliy mushohada (fikrlash) qoidalarini quyidagicha belgilash maqsadga muvofiq:
1.Barcha g’oya va qarashlarni yozish.
2.G’oyalarni tanqid qilmasdan mavjud vaziyat uchun eng samarali bo‘lganini qabul qilish

lozim, chunki bitta yaxshi g’oya ishlab chiqarish uchun bir nechta o‘rtacha g’oyalarni o‘rganib


background image

37

chiqish kerak bo‘ladi.

3.Hamma g’oyalar aytilgach, eng maqbulini tanlash.
4. Ushbu g’oyalardan aniq va ishonarli tuzilgan argumentlarni hosil qilish.
Trening shartlari faqatgina hammaga ma’lum bo‘lgan faktlar va bilimlar qo‘llashdan

iborat.

Debat ishtirokchilari uchun umumiy maslahatlar sifatida quyidagi tavsiyalarni havola

etish mumkin: nutqda gumon olmoshlari, mavhum tushunchalarning ishlatilishi
ishonchsizlikni ko‘rsatadi. Shuning uchun “allaqayerda”,“kimdir” “bo‘lishi mumkin”, “kim
bilsin”,“iloji bo‘lsa” so‘zlarini o‘z nutqingizda qo‘llamang.

-to‘liq ishonch bilan gapiring.
-nutq aniq, ixcham mantiqan bog’langan bo‘lishi kerak.
-asabiylashish, jahlni bosmaslik sizga ziyon keltiradi.
-o‘z nutqingizda o‘rinli hazillarni ishlating.
-tez gapirmang, shoshilmang
-diqqatli va e’tiborli bo‘ling. Opponentlaringizning hamma gaplarini diqqat bilan eshiting

va yozma qayd etib boring. [Muhiddinov A: 1995, 75]

Parlament debatlari– maqsadli nutqiy faoliyat,unda o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish,

ko‘tarilgan muammoning yechimini topish va xulosa chiqarishga qaratilgan, og’zaki ilmiy nutq
tizimi hosil qilinadi.Umuman, debatlarga asoslangan rolli o‘yinlar, seminar-treninglar o‘quvchi
(shaxs) ni mustaqil fikrlash,izlanish va topish, o‘z fikrini to‘g’ri xulosalashni o‘rganish, uni ilmiy-
ijodiy matnda ifodalash uchun zaruriy tayyorlov bosqichi vazifasini o‘taydi. O‘quvchi til va
tafakkur o‘rtasidagi bog’lanishlarni chuqur his etishni, o‘z matnida maqol, hikmatli
so‘z,falsafaga oid stitatalar, fakt va dalillardan unumli foydalanishni o‘rganadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

K.Qosimova S.Matchonov va boshqalar.Ona tili o‘qitish metodikasi: Nosir,2009.

2.

Mahmudov N., Nurmonov A.,Sobirov A. va boshqalar.Ona tili.5-sinf o‘qituvchilar uchun

metodik qo‘llanma.T,:Ma’naviyat.2004.
3.

G‘ulomov A. Ona tili ta’limi mazmuni. T.: Universitet. 2001.

4.

G‘ulomov A. Shukurov A. Ona tilidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. T.:

“O‘qituvchi” 1989.
5.

Muhiddinov A. O‘quv jarayonida nutq faoliyati.T,: O‘qituvchi.1995.

6.

G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilashning asosiy yo‘nalishlari.

T.: “O‘qituvchi” 1992.

7.

internet materiallari.

www.google

. uz

Библиографические ссылки

K.Qosimova S.Matchonov va boshqalar.Ona tili o‘qitish metodikasi: Nosir,2009.

Mahmudov N., Nurmonov A.,Sobirov A. va boshqalar.Ona tili.5-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.T,:Ma’naviyat.2004.

G‘ulomov A. Ona tili ta’limi mazmuni. T.: Universitet. 2001.

G‘ulomov A. Shukurov A. Ona tilidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. T.: “O‘qituvchi” 1989.

Muhiddinov A. O‘quv jarayonida nutq faoliyati.T,: O‘qituvchi.1995.

G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilashning asosiy yo‘nalishlari. T.: “O‘qituvchi” 1992.

internet materiallari. www.google. uz