Авторы

  • Gʻulomjon Sharipov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112972

Ключевые слова:

Qashqadaryo raqamli reklama sanoat tarmoqlari marketing texnologiyalari reklama samaradorligi brend targ‘iboti ijtimoiy media raqamli transformatsiya sanoat mahsulotlari Google reklamalari.

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining sanoat tarmoqlarida raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish holati, bu texnologiyalarning korxona mahsulotlari sotuviga va brend tanilishiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sanoat korxonalarining internet reklama vositalari (Google Ads, ijtimoiy tarmoqlardagi targeting, banner reklama va boshqalar)dan qanday darajada foydalanayotgani o‘rganilib, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari (sotuvlar o‘sishi, auditoriya qamrovi, brend xabardorligi) baholanadi. Shuningdek, raqamli reklama texnologiyalarini yanada samarali joriy etish uchun mahalliy sharoitlarga mos strategik takliflar ishlab chiqiladi.


background image

62

QASHQADARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARIDA RAQAMLI REKLAMA

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli

Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15744605

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining sanoat tarmoqlarida raqamli

reklama texnologiyalaridan foydalanish holati, bu texnologiyalarning korxona mahsulotlari
sotuviga va brend tanilishiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri hamda mavjud muammolar tahlil
qilinadi. Tadqiqotda sanoat korxonalarining internet reklama vositalari (Google Ads, ijtimoiy
tarmoqlardagi targeting, banner reklama va boshqalar)dan qanday darajada foydalanayotgani
o‘rganilib, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari (sotuvlar o‘sishi, auditoriya qamrovi, brend
xabardorligi) baholanadi. Shuningdek, raqamli reklama texnologiyalarini yanada samarali
joriy etish uchun mahalliy sharoitlarga mos strategik takliflar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Qashqadaryo, raqamli reklama, sanoat tarmoqlari, marketing

texnologiyalari, reklama samaradorligi, brend targ‘iboti, ijtimoiy media, raqamli
transformatsiya, sanoat mahsulotlari, Google reklamalari.

Аннотация:

В статье анализируется использование цифровых рекламных

технологий в промышленных отраслях Кашкадарьинской области, положительное
влияние этих технологий на продажи продукции предприятий и узнаваемость бренда,
а также существующие проблемы. В исследовании рассматривается степень
использования промышленными предприятиями инструментов интернет-рекламы
(Google Ads, таргетинг в социальных сетях, баннерная реклама и т. д.) и оцениваются
показатели их эффективности (рост продаж, охват аудитории, узнаваемость бренда).
Также будут разработаны стратегические предложения, учитывающие местные
условия, для более эффективного внедрения технологий цифровой рекламы.

Ключевые слова:

Кашкадарья, цифровая реклама, промышленные отрасли,

маркетинговые технологии, эффективность рекламы, продвижение бренда,
социальные сети, цифровая трансформация, промышленные товары, реклама Google.

Abstract:

This article analyzes the use of digital advertising technologies in the

industrial sectors of the Kashkadarya region, the positive impact of these technologies on the
sales of enterprise products and brand recognition, and existing problems. The study
examines the extent to which industrial enterprises use Internet advertising tools (Google
Ads, targeting on social networks, banner advertising, etc.) and evaluates their performance
indicators (sales growth, audience coverage, brand awareness). In addition, strategic
proposals suitable for local conditions are developed for more effective implementation of
digital advertising technologies.

Keywords:

Kashkadarya, digital advertising, industrial sectors, marketing technologies,

advertising effectiveness, brand promotion, social media, digital transformation, industrial
products, Google ads.

Kirish:

Zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonlari global iqtisodiyotning barcha

sohalariga, xususan, sanoat tarmoqlariga ham chuqur kirib bormoqda. Bugungi kunda ishlab
chiqarilgan mahsulotni faqat ishlab chiqarish bilan cheklab bo‘lmaydi — uni bozorda tanitish,
maqsadli auditoriyaga yetkazish va brend imijini shakllantirish sanoat korxonalari uchun


background image

63

dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, raqamli reklama texnologiyalarining joriy
etilishi korxonalar faoliyatida marketing samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston sanoati rivojlanayotgan hududlaridan biri sifatida turli

yo‘nalishlarda — qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, mashinasozlik va
boshqa tarmoqlarda faoliyat yurituvchi o‘nlab kichik va o‘rta sanoat korxonalarini o‘z ichiga
oladi. Ushbu korxonalar ichki bozor bilan birga tashqi bozor ehtiyojlariga ham javob berishi
uchun raqamli reklama vositalaridan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Aynan raqamli reklama texnologiyalari (Google Ads, Facebook Ads, Instagram targeting,

kontekstual reklama, SEO va SMM xizmatlari) sanoat korxonalariga maqsadli xaridorlarni
aniqlash, brendga sodiqlikni oshirish va mahsulot sotuvini ko‘paytirishda an’anaviy
marketing usullaridan sezilarli darajada ustunlik beradi.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab korxonalar hali bu texnologiyalarni

to‘laqonli joriy qilmagan yoki ularning samaradorligini baholash tizimiga ega emas. Mazkur
tadqiqot aynan shu holatni chuqur o‘rganib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf
etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish
samaradorligini oshirish yo‘llarini asoslab berishga qaratilgan.

Adabiyotlar tahlili

Raqamli reklama texnologiyalari sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlar hozirgi kunda

marketing va biznesning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston va jahon
miqyosida raqamli reklamaning rivojlanishiga doir ko‘plab ilmiy ishlar mavjud. Shu bilan
birga, sanoat tarmoqlarida raqamli reklama texnologiyalarining samaradorligi, uning turli
sanoat yo‘nalishlarida qo‘llanilishi bo‘yicha salmoqli ilmiy ishlar mavjud.

Kotler va Keller

raqamli marketing va reklama texnologiyalarining turli sanoat

tarmoqlarida qo‘llanilishiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida, brendni yaratishda va uni targ‘ib
qilishda raqamli vositalarning o‘rni katta ekanligini ta’kidlashadi. Ularning fikriga ko‘ra,
raqamli platformalar (Google Ads, Facebook, Instagram va boshqalar) sanoat korxonalariga
maqsadli auditoriyani aniq belgilab, samarali reklama qilish imkonini beradi.

Chaffey va Ellis-Chadwick o‘zlarining kitobida raqamli marketingning asosiy tamoyillari

va amaliyoti haqida keng qamrovli tahlil taqdim etgan. Ular raqamli reklama
texnologiyalarining samaradorligini oshirish uchun SEO (Search Engine Optimization) va SEM
(Search Engine Marketing) strategiyalarini qo‘llashni tavsiya etadilar. Shuningdek, kontent
marketingining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

Zorin tomonidan olib borilgan tadqiqotda, raqamli reklama vositalari, xususan, ijtimoiy

tarmoqlar orqali sanoat mahsulotlarini targ‘ib qilishda qanday samarali natijalarga erishish
mumkinligi haqida batafsil tahlil keltirilgan. Tadqiqotda, ijtimoiy tarmoqlarda targetlangan
reklama va influencer marketingning sanoat tarmoqlarida muvaffaqiyatli ishlatilganligi
haqida misollar keltirilgan.

Shahrisabz davlat pedagogika institutining ilmiy jurnali, mahalliy sanoat tarmoqlarida

raqamli reklama vositalaridan foydalanishning samaradorligi masalasiga doir maqolalar e’lon
qilgan. Tadqiqotlar natijasida, Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarning ko‘plab raqamli
vositalardan hali to‘liq foydalanmasligi va bu holatning mahsulotlar sotuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi qayd etilgan.

Anderson o‘zining “Branding your business in the digital age” kitobida, sanoat

brendlarini raqamli muhitda rivojlantirishda reklama texnologiyalarining ahamiyatini va


background image

64

qanday qilib brendning ijobiy imijini yaratish mumkinligini o‘rganadi. Ularning fikriga ko‘ra,
raqamli reklama samaradorligi nafaqat mahsulot sotuviga, balki brendning bozordagi o‘rniga
ham bevosita ta’sir qiladi.

Qarshi viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari (2024) va Tashqi savdo axborot

byulleteni O‘zbekistonning eksportga yo‘naltirilgan sanoat mahsulotlari va ular uchun raqamli
reklama vositalari orqali qanday imkoniyatlar yaratish mumkinligini taqdim etadi.
Shuningdek, bu tadqiqotlar viloyatdagi sanoat korxonalarining raqamli reklama
texnologiyalaridan foydalanish darajasini baholashda muhim resurs bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar tahlili, sanoat tarmoqlarida raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish

samaradorligi O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, Qashqadaryo viloyatida
o‘rganilayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ta’kidlashicha, raqamli platformalarning
maqsadli

auditoriyani

aniqlashdagi

samaradorligi,

reklama

xabarlarining

shaxsiylashtirilganligi va kontentning ta’sirchanligi sanoat brendlarini rivojlantirishda muhim
omil hisoblanadi. Shuningdek, raqamli vositalardan to‘liq foydalanmaslik yoki noto‘g‘ri
foydalanish mahsulot sotuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, Qashqadaryo
viloyatidagi sanoat korxonalariga raqamli reklama texnologiyalarini to‘g‘ri va samarali joriy
etish zarur.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotning metodologiyasi sifatida kvalitativ va kvantitativ usullar qo‘llanilgan.

Tadqiqotda quyidagi metodlar ishlatilgan.

Anketalar va so‘rovnomalar shuni ko’rsatadiki, Qashqadaryo viloyatidagi sanoat

korxonalari vakillaridan, ayniqsa marketing va reklama bo‘limi rahbarlaridan anketalar
to‘plandi. Bu anketalarda raqamli reklama vositalaridan qanday foydalanish, samaradorlikni
qanday o‘lchash, va bu texnologiyalarning mahsulot sotuviga ta’siri haqida savollar mavjud
edi.

Intervyularda yoritilishicha viloyatdagi sanoat korxonalarida faoliyat yuritayotgan

marketing mutaxassislari bilan intervyular o‘tkazildi. Bu intervyular orqali raqamli reklama
texnologiyalaridan foydalanishning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari, qiyinchiliklari va
muammolari o‘rganildi.

Ma’lumotlar tahliliga ko’ra tadqiqotda, Qashqadaryo viloyatining statistika boshqarmasi

va Tashqi savdo axborot byulleteni kabi manbalardan olingan iqtisodiy va marketing
ma’lumotlari tahlil qilindi. Mahsulotlar sotuvining o‘sish ko‘rsatkichlari va raqamli reklama
vositalarining ta’siri aniqlashga harakat qilindi.

Korxonalarning raqamli faoliyatini tahlil qilish bu- viloyatdagi sanoat korxonalarining

raqamli reklama kampaniyalarini o‘rganib chiqish, ayniqsa ularning Google Ads, Facebook,
Instagram va boshqa platformalarda qanday ishlashini tahlil qilish.

Natija va muhokama

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Qashqadaryo viloyatidagi sanoat tarmoqlarida

raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish darajasi turlicha. Ko‘plab kichik va o‘rta
korxonalar hali to‘liq raqamli marketingni joriy etmagan bo‘lsa-da, ba’zi yirik korxonalar bu
texnologiyalarni muvaffaqiyatli ishlatib, brendlarini rivojlantirishda katta yutuqlarga
erishgan.

Samaradorlik: Raqamli reklama texnologiyalarining samaradorligi, ayniqsa ijtimoiy

tarmoqlarda targeting (maqsadli reklama) va kontekstual reklama vositalari orqali yuqori


background image

65

darajada o‘lchandi. Maqsadli auditoriya uchun optimallashtirilgan reklama kampaniyalari
mahsulot sotuvining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.

Muammolar: Ko‘plab sanoat korxonalari, raqamli reklama texnologiyalarini to‘liq

tushunmasdan yoki texnik infratuzilmasiz qo‘llashmoqda. Ba’zi korxonalar o‘z mahsulotlari
uchun samarali reklama strategiyasini tuzishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Foydalanuvchi xulqini o‘rganish: Raqamli reklama vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri

xaridor bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati, mahsulotga bo‘lgan qiziqishni oshirishga yordam
berdi. Biroq, reklama materiallarining sifatini yaxshilash va auditoriya bilan yanada samarali
muloqot o‘rnatish zarur.

Xulosa va takliflar.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatidagi sanoat

korxonalari uchun raqamli reklama texnologiyalarini kengaytirish va optimallashtirish juda
muhim. Ba’zi korxonalar bu texnologiyalarni to‘g‘ri joriy qilgan bo‘lsa-da, kengaytirish va
samaradorlikni oshirish uchun hali ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Raqamli reklama
texnologiyalari orqali mahsulotlar sotuvini oshirish, brend tanilishini kuchaytirish va
eksportni qo‘llab-quvvatlash mumkin.

Takliflar: Raqamli reklama vositalarini kengaytirish. Qashqadaryo viloyatidagi sanoat

korxonalariga raqamli marketing vositalarini kengaytirish zarur. Google Ads, Instagram va
Facebook platformalaridan foydalangan holda, maqsadli auditoriyaga erishish imkoniyatlarini
yanada rivojlantirish kerak.

Mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan strategiyalar. Raqamli reklama strategiyalari

mahalliy bozorning xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi zarur. Mahsulotlar va xizmatlarni
targ‘ib qilishda, Qashqadaryo viloyati aholisi va ehtiyojlarini hisobga olish lozim.

Korxonalarga treninglar tashkil etish. Sanoat korxonalarini raqamli reklama vositalarini

samarali qo‘llash uchun muntazam ravishda treninglar va seminarlar tashkil etish kerak. Bu
marketing va reklama bo‘limi mutaxassislariga zamonaviy texnologiyalarni to‘g‘ri
ishlatishning ahamiyatini tushuntiradi.

Brend menejmentini raqamlashtirish. Sanoat korxonalarida brend menejmentini

raqamli vositalar orqali boshqarish va rivojlantirish uchun maxsus platformalar yaratish
tavsiya etiladi. Bu brend xabardorligini oshirish va global bozorlarda muvaffaqiyat
qozonishda yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kotler, F., & Armstrong, G. (2021).

Marketing asoslari

. Toshkent: “Iqtisodiyot”.

2.

Hasanov, U. B. (2022).

Raqamli marketing: nazariyasi va amaliyoti

. Toshkent:

“Innovatsiya ziyo”.
3.

Karimov, T. S. (2023).

Sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarishda raqamli

marketingning o‘rni

. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023, №1. – B. 65–72.

4.

Xudoyberganov, N. (2020).

Marketing strategiyasining raqamli transformatsiyasi

.

Samarqand: “Ilm ziyo”.
5.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Use of Information Analysis Tools in Electronic Commerce

Management." Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture 1 (2023): 30.
6.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Main Strategic Directions of Organizing the Process of


background image

66

Digital Transformation in Industry Electronic Commerce." Vital Annex: International Journal
of Novel Research in Advanced Sciences 1 (2023): 30.
7.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Improving Electronic Commerce in the Digital

Economy." AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND LEARNING FOR DEVELOPMENT 1 (2023):
30.
8.

Шарипов, Ғулом. "ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШДА РАҚАМЛИ

ПЛАТФОРМАЛАР ВА IOT ТЕХНОЛОГИЯСИДАН ФОЙДАЛАНИШ." Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования 1 (2023): 25.
9.

Шарипов, Ғулом. "РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ШАРОИТИДА ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ." Наука и технология в современном мире 1 (2023): 25.
10.

Шарипов, Ғулом. "САНОАТ ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТДА РАҚАМЛИ ТРАНСФОРМАЦИЯ

ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ АСОСИЙ СТРАТЕГИК ЙЎНАЛИШЛАРИ."
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 1 (2023): 25.
11.

Шарипов, Ғулом. "ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ БОШҚАРИШДА АХБОРОТ-ТАҲЛИЛ

ВОСИТАЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ." Прикладные науки в современном мире: проблемы и
решения 1 (2023): 25.

Библиографические ссылки

Kotler, F., & Armstrong, G. (2021). Marketing asoslari. Toshkent: “Iqtisodiyot”.

Hasanov, U. B. (2022). Raqamli marketing: nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: “Innovatsiya ziyo”.

Karimov, T. S. (2023). Sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarishda raqamli marketingning o‘rni. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023, №1. – B. 65–72.

Xudoyberganov, N. (2020). Marketing strategiyasining raqamli transformatsiyasi. Samarqand: “Ilm ziyo”.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Use of Information Analysis Tools in Electronic Commerce Management." Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture 1 (2023): 30.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Main Strategic Directions of Organizing the Process of Digital Transformation in Industry Electronic Commerce." Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences 1 (2023): 30.

Qarshi o’g, Sharipov G’ulom. "Improving Electronic Commerce in the Digital Economy." AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND LEARNING FOR DEVELOPMENT 1 (2023): 30.

Шарипов, Ғулом. "ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШДА РАҚАМЛИ ПЛАТФОРМАЛАР ВА IOT ТЕХНОЛОГИЯСИДАН ФОЙДАЛАНИШ." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 1 (2023): 25.

Шарипов, Ғулом. "РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ШАРОИТИДА ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ." Наука и технология в современном мире 1 (2023): 25.

Шарипов, Ғулом. "САНОАТ ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТДА РАҚАМЛИ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ АСОСИЙ СТРАТЕГИК ЙЎНАЛИШЛАРИ." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 1 (2023): 25.

Шарипов, Ғулом. "ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ БОШҚАРИШДА АХБОРОТ-ТАҲЛИЛ ВОСИТАЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ." Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 1 (2023): 25.