Авторы

  • Muxlisa Xayitbekova
    Talaba Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112980

Ключевые слова:

Pomidor xoʻjalik seleksiya urugʻchilik agrotexnika nav gektar.

Аннотация

Pomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil hisoblanadi. Bunda pomidorni oʻrta pishar TMK 22 va Maxintos navlarini taqqoslab oʻrganib, ulardan qaysi biri uzoq muddat yuqori va sifatli hosil berishga loyiq ekanligini aniqlash maqsadida tajriba maydonchasida tasdiqlangan dasturga muvofiq turli xildagi fenalogik, biometik va boshqa kuzatuv ishlari oʻtkazildi.


background image

36

MAXALLIY TMK 22 POMIDOR NAVINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN

QIYOSIY OʻRGANISH

Xayitbekova Muxlisa Mirkomiljon qizi

Talaba

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15737408

Annotatsiya:

Pomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan

koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil
hisoblanadi. Bunda pomidorni oʻrta pishar TMK 22 va Maxintos navlarini taqqoslab oʻrganib,
ulardan qaysi biri uzoq muddat yuqori va sifatli hosil berishga loyiq ekanligini aniqlash
maqsadida tajriba maydonchasida tasdiqlangan dasturga muvofiq turli xildagi fenalogik,
biometik va boshqa kuzatuv ishlari oʻtkazildi.

Kalit soʻzlar:

Pomidor, xoʻjalik, seleksiya, urugʻchilik, agrotexnika, nav, gektar.

Аннатация:

При выращивании томатов в качестве основной культуры качество

подготовленной к посадке рассады является определяющим фактором для качества и
количества будущего урожая. В соответствии с утвержденной программой на опытном
участке были проведены различные фенологические, биометические и другие работы
по наблюдению с целью сравнения среднеспелых сортов томата ТМК 22 и Maxintos и
определения того, какой из них достоин многолетнего качественного урожая.

Ключевые слова:

Помидор, хозяйство, селекция, семеноводства, агротехника,

сорт, гектар.

Annotation:

When growing tomatoes as the main crop, the quality of seedlings

prepared for planting is a determining factor for the quality and quantity of the future crop. In
accordance with the approved program, various phenological, biometric and other
observational works were carried out on the experimental plot in order to compare mid-
ripening tomato varieties TMK 22 and Maxintos and determine which of them is worthy of a
long-term quality crop.

Keywords:

Tomato, economy, selection, seed production, agricultural technology,

variety, hectare.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari

ekiladigan maydonlarini optimallashtirish va ularni ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralari”
Farmonida hamda 2020 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni gʻoʻza
yetishtiriladigan maydonini qisqartirish hisobiga kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish
boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Qarorida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarishni oshirish, ularning assortimentini kengaytirish va axolini oziq-ovqat bilan
ta’minlashni yaxshilab koʻrib chiqildi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi.

Respublikamiz qishloq xoʻjaligi vazirligining bergan tezkor ma’lumotiga koʻra 2021 yilda

sabzavotdan 11 mln. 275 ming tonna yalpi hosil yetishtirilib, ular bir iste’molchiga 325 kg dan
toʻgʻri keladi. Bu, albatta marra emas, chunki respublikamiz axolisi tobora koʻpayib borishi
bilan birga qayta ishlash korxonalari hamda mamlakatimiz eksport potentsiali jadal sur’atda
rivojlanishi sabzavot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni taqozo etmoqda. Shuning uchun
sabzavot yetishtirish-ishlab chiqarish xajmi yil sayin koʻpayib bormoqda.

Ushbu dolzarb masalarni hal etish yoʻlida biz ham pomidorni yetishtirishda oziqlanish


background image

37

maydoni, ekish sxemasi va ekish muddati hamda mahsuldorlik belgilarini maxalliy TMK 22
pomidor navini xorijiy navlarning mahsuldorlik va boshqa koʻrsatkichlariga qiyosiy tarzda
oʻrgandik.

Pomidor navlari koʻchatlari tajriba maydonining ochiq qismida yetishtirildi. Pomidor

urugʻlari koʻchatxonaga 2021 yil 15 fevralda ekildi, nixollar 6-8 kun mobaynida hosil boʻldi.
Koʻchatlar 50-55 kunlik boʻlganidan soʻng yerga 5 aprelda 70x30 sm sxemada ekildi.

Ekish oldidan pomidor navlari koʻchatlarini sifat koʻrsatkichlari oʻrganilganda

quyidagilar aniqlandi. (1-jadval)

1-jadval

Sinalgan pomidor navlari koʻchatlarini sifat koʻrsatkichlari

Nav

na’munalar

Koʻchatning

balandligi,

sm

Koʻchatdagi

barglar soni,

dona

Koʻchatdagi

gʻunchalar soni,

dona

Koʻchatlarning

tutishi, %

TMK22

16,1

6,4

1,2

99,0

Maxintos

14,9

6,1

1,0

98,5


3.1.1-jadvalda keltirilgan raqamlardan ma’lum boʻlishicha pomidor navlari koʻchatlari

ekish oldidan biri-ikkinchisidan sezilarli darajada farq qilar ekan.

Ya’ni, oʻrtapishar TMK 22 navi koʻchati boʻyi dalaga ekish paytida 16,1 sm, barglari soni

6,4 donani hamda hosil boʻlgan toʻliq yetilib gullashga yaqin boʻlgan gunchalari esa, xar tupda
oʻrtacha - 1,2 donani tashkil etdi.

Bu sifat koʻrsatkichlar Maxintos chet el navida navida taqqosnalayotgan TMK 22 naviga

nisbatan ma’lum darajada kam boʻldi.

Maxintos navi nixollari boʻyining balandligi 14,9 sm yoki TMK 22 navi koʻchatiga

nisbatan 1,2 sm ga past, koʻchatdagi barglari esa 0,3 donaga kam boʻlishi bilan birga,
g’unchalari soni 0,2 donaga kam hosil boʻladi.

Pomidorning sinalgan nav-na’munalari yer ustki vegetativ qismini turlicha

shakillantirishi bilan ham bir ikkinchisidan farq qildi, (2-jadval).

2-jadval

Sinalgan pomidor nav na’munalari yer ustki vegetativ qismini shakllanishi

Nav

na’munalar

Asosiy

poyasining

uzunligi, sm

Birinchi tartib

shoxchalari soni,

dona

Ikkinchi tartib

shoxchalar soni,

dona

1

tupdagi barg

satxi, dm

2

TMK 22

65,4

5,4

6,1

68,0

Maxintos

65,4

5,3

7,1

69,9


Kuzatuvlardan ma’lum boʻlishicha (3.1.3-jadval) oʻrganilgan pomidor navidan TMK 22

va Maxintosning asosiy poya balandligi deyarli bir xil koʻrsatkich 65,4 sm. ni tashkil etdi.

Birinchi tartib shoxchalari TMK 22 navida 5,4 donani, Maxintos pomidor navida esa oʻrta

hisobda 5,3 donani tashkil qildi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, qiyosiy oʻrganilayotgan pomidor navlarini ekish

muddatini toʻgʻri tanlay bilish hamda ekish sxemasiga ilmiy yondoshilsa yuqori


background image

38

mahsuldorlikka erish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasida

iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida farmoni. Toshkent, 2020 yil 9
yanvar.
2.

Abdullaxayevich, Q. O., Shavvazovna, A. F., Oʻgʻli, T. X. A. T., & Oʻgʻli, O. M. U. B. (2023).

YANGI VA ISTIQBOLLI S-7303 GʻOʻZA NAVIDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH.

Science and

innovation

,

2

(Special Issue 6), 301-303.

3.

Абдуллахаевич, Қ. О. (2024). ЭЛИТА УРУҒЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИНИНГ УРУҒЛИК

КЎЧАТЗОРЛАРИДА ОЛИБ БОРИЛГАН ДАЛА КЎРИКЛАРИ.

Science and innovation

,

3

(Special

Issue 21), 892-895.
4.

Qodirov, O. A. (2023). VALUABLE VARIETAL CHARACTERISTICS OF SEED

VARIETIES.

Экономика и социум

, (12 (115)-1), 588-591.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasida iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida farmoni. Toshkent, 2020 yil 9 yanvar.

Abdullaxayevich, Q. O., Shavvazovna, A. F., Oʻgʻli, T. X. A. T., & Oʻgʻli, O. M. U. B. (2023). YANGI VA ISTIQBOLLI S-7303 GʻOʻZA NAVIDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 301-303.

Абдуллахаевич, Қ. О. (2024). ЭЛИТА УРУҒЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИНИНГ УРУҒЛИК КЎЧАТЗОРЛАРИДА ОЛИБ БОРИЛГАН ДАЛА КЎРИКЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 21), 892-895.

Qodirov, O. A. (2023). VALUABLE VARIETAL CHARACTERISTICS OF SEED VARIETIES. Экономика и социум, (12 (115)-1), 588-591.