30
IKKINCHI JAXON URUSHI DAVRIDA TIBBIYOT TIZIMINI FRONT
EHTIYOJLARI UCHUN JALB QILINISHI
Madaminov Ulug’bek Maxamadjon o‘g‘li
University of Business and Science
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15737372
Annotatsiya:
Ikkinchi jahon urushi butun dunyo xalqlari xotirasida o‘zining fojiaviy
izini qoldirgan tarixiy voqealardan biridir. O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi
tarixini xolisona va adolat nuqtai-nazaridan o‘rganish tarixiy xotira uchun muhim
ahamiyatga egadir. Urush boshlanishi bilan barcha sohalar faoliyati harbiy izga solinib, front
ehtiyojlari uchun xizmat qila boshladi. Shuningdyek, jamiyat taraqqiyotida muhim
ahamiyat kasb etuvchi sog‘liqni saqlash tarixida ham bu davr o‘zining yorqin izini qoldirdi.
Respublika sog‘liqni saqlash tarmog‘i og‘ir sinovlardan o‘tdi va ko‘plab malakali, iqtidorli
tibbiyot xodimlari urushga safarbar etildi. Tibbiyot bilim yurtlari va ilmiy-tadqiqot
institutlarining professorlari, dotsent va oddiy o‘qituvchilari, davolash muassasalarida xizmat
qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari-feldsherlar, sanitarlar, hamshiralar ham urushga ketdi.
Maqolada shu va shu kabi masalalar atroflicha dalillar bilan yoritib berilgan.
Kalit so`zlar:
sog‘liqni saqlash tarmog‘i, evakuatsiya, harbiy gospital, evakogospital,
feldsher-akusherlik punktlari.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tarmog‘i moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash davlatning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Chunki evakuatsiya
qilingan va yangidan tashkil etilgan harbiy gospitallarni binolar, kerakli tibbiy asbob-
uskunalar va kadrlar bilan ta’minlash, tibbiyot sohasiga fanning yangi-yangi yutuqlarini joriy
etish uchun katta mablag‘ talab qilindi. Respublika sog‘liqni saqlash tarmog‘i og‘ir
sinovlardan o‘tdi va ko‘plab malakali, iqtidorli tibbiyot xodimlari urushga safarbar etildi.
Tibbiyot bilim yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professorlari, dotsent va oddiy
o‘qituvchilari, davolash muassasalarida xizmat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari-
feldsherlar, sanitarlar, hamshiralar ham urushga ketdi.
1941 yil respublika sog‘liqni saqlash tizimiga 330556 ming rubl sarflangan bo‘lib,
shuning 282455 ming rubli davolash ishlariga, 43600 ming rubli kadrlar tayyorlashga, 4800
ming rubli soha fanini rivojlantirish uchun ajratildi. 1944 yilga kelib soha uchun ajratilgan
umumiy mablag‘ 482653 ming rublni tashkil qildi.
1
Urush yillarida O‘zbekistonda davolash muassasalari, o‘rinlar va tibbiyot xodimlari
evakuatsiya qilinganlar hisobiga ortib bordi. 1941 yil O‘zbekistonda 368 ta kasalxona va
19498 davolash o‘rinlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1945 yilga kelib shifoxonalar 481 ta, davolash
o‘rinlari 24848 taga, vrachlar esa 2561 tadan 2984 taga ortdi. Har 10 000 aholiga
vrachlarning to‘g‘ri kelishi 4 dan 4,9 taga ko‘paydi.
2
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash organlari zimmasiga yuklangan murakkab vazifalardan biri
bu evakuatsiya qilingan gospitillar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning ish jarayonlarini
tashkil etib, yarador va bemorlarni davolash ishlarini olib borish edi. Qoida bo‘yicha
harbiy gospitallar asosan temir yo‘l yaqinidagi shahar hududlariga joylashtirildi va
gospitallar faoliyatiga respublika Sog‘liqni saqlash xalq komissari o‘rinbosari B.I.Berliner
rahbarlik qildi. Gospitallar uchun maktab va institut, klub va teatr binolari bo‘shatib berildi.
31
1941 yilning dekabrida respublikada 96 ta evakuatsiya qilingan gospitallar bo‘lib, ularda
31700 davolash o‘rni mavjud edi. Davolash o‘rinlarining 70 foizi ixtisoslashgan, 30 foizi esa
jarrohlik bo‘yicha edi
3
. 1942 yilning oxiriga kelib O‘zbekistonda 113 ta harbiy gospitallar
va ularda 39140 ta davolash o‘rni ishlab turdi. Harbiy gospitallarda 1941 yil oktyabrdan 1945
yil 1 iyulga qadar 164 ming 382 nafar yarador askar va zobitlar davolanib, bemorlarda 1942
yil 16073 ta, 1944 yili esa 24509 ta jarrohliklik operatsiyalari amalga oshirildi.
Harbiy gospitallar asosan Toshkent va Samarqand shaharlariga joylashtirilib, ularning
har biriga 20 tadan, Farg‘ona viloyatida esa 16 ta shunday davolash muassasasi faoliyat olib
bordi. Andijon viloyatida 1941 yili 1200 o‘rinli 5 ta harbiy gospital tashkil etilib, 1943 yilga
kelib ushbu viloyatda 10 ta ko‘chirib keltirilgan gospitallar ishlab turdi. Shahardagi madaniy-
ma’rifiy muassasalarning binolari ularga berildi. Masalan, Andijon shahrining 24-sonli
maktabi binosiga 5161-evakogospitali joylashtirildi. Urush yillari Andijonda g‘arbdan
ko‘chirib kelingan N.I. Panishevskaya, A.I. Aslibekyan, I.P,Garinina, N.I.Mixaylova,
A.I.Romanenko kabi tibbiyot xodimlari bor edi.
1941 yilning noyabirida Moskva yaqinidan 2903-sonli harbiy gospital Namangan
viloyatining Pop tumaniga ko‘chirib keltirilib, umuman viloyatda 19 ta gospitallar ish olib
bordi. O‘zbekistondan g‘arbga harakatdagi armiya qismlari uchun ham gospitallar tuzilib,
frontga jo‘natildi. Masalan, Andijon viloyatida shunday davolash muassasalaridan 8 tasi
tuzildi va eng zarur tibbiy asbob-uskunalar, kadrlar bilan ta’minlanib, frontga yuborildi. Urush
yillari qishloq aholisiga tibbiy xizmat ishini tashkil etish borasida ham muayayn ishlar olib
borildi. Bu davrda O‘zbekistonda qishloq vrachlik uchastkalarida 9,1 martaga, ulardagi
davolash o‘rinlari 9,4 martaga ko‘paydi.
Qishloqlarda dehqonchilik ekinlarini ekish va hosilini yig‘ish paytida shahar va tuman
markazlaridan tibbiy xizmatchilar brigadalari yuborilib, ular aholining yashash va mehnat
sharoitlarini o‘rganib, kerakli tibbiy yordam ko‘rsatadi. Masalan, 1942 yili Toshkent, Andijon,
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida qishloqlariga 47 ta shifokor brigadasi yuborildi.
Respublika qishloq davolash muassasalari 1941 yili 200 ta bo‘lsa, 1945 yilga kelib 296
taga yetdi. Ulardagi davolash o‘rinlari soni 6134 taga ortdi. Qishloqlarda asosiy tibbiy
maskan hisoblanmish feldsher-akusherlik punktlari soni shu yillarga taalluqli ravishda 928
tadan 1158 taga ko‘paydi.
Urush yillarida O‘zbekistonda yuqumli kasalliklar bilan birga ijtimoiy kasalliklar ham
ko‘paydi. Oddiy aholi moddiy turmush sharoitlari nihoyatda nochorlashdi. Ayniqsa bu
davrda kolxozchilarning moddiy ahvoli og‘ir edi. Masalan, Toshkyent viloyati Xovos tumani
Frunze nomli kolxoz a’zolarining moddiy ahvoli tahlil etilganda, juda nochor holat namoyon
bo‘ladi. Kolxoz a’zolari asosan qishloqlarda yashasalarda, 40 foiz oilalarda umuman chorva
bo‘lmagan. Iqtisodiy nochorlik tufayli qo‘y va katta qora mollar so‘yilgan yoki sotib
yuborilgan. 1942 yili 25 foiz kolxozchilar mehnat haqlarini, 20 foizi mehnat ish kunlariga
olishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ololmaganlar. Kolxozchilarning turmush
sharoitidagi nochorlik, oziq-ovqat ta’minotining umuman talabga javob bermaganligi
tufayli, ular orasida jismoniy zaiflik, to‘yib ovqat yemaslik holatlari turli kasaliklarning
tarqalishiga va ularning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 1942 yilning dekabr oyida shu kolxozning
o‘zida 20 kishi yuqorida ta’kidlangan omillar sababli vafot etdi.
1
O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilishi bilan barcha sohalarda yangi tartib-
qoidalar va o‘ziga xos boshqaruv tizimi, faoliyat shakllari tarkib toptirilganligini ta’kidlash
32
bilan birga, sog‘liqni saqlashning ijtimoiy funksiyasiga jiddiy e’tibor qaratdik. Jumladan,
sog‘liqni saqlash sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilishga kirishildi-ki, bu
jarayon o‘ta murakkab tarixiy shart-sharoitlarga, xususan mamlakatda siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar keskinlashgan, aholi maishiy turmush sharoiti nihoyatda
qashshoqlashgan, bir-biriga qarama-qarshi kuchlar to‘qnashuvlari kuchaygan, tabiiy ofatlar
tufayli qirg‘oqchilik va buning oqibatida xalq orasida ocharchilik va yo‘qsillik avj olgan
bir davrga to‘g‘ri kelganligi ma’lum bo‘ldi. Sovet hokimiyati yillarida sog‘liqni saqlash
sohasiga muayyan e’tibor qaratilib, davolash muassasalari va o‘rinlari, tibbiyot kadrlar
sonini ko‘paytirib borsada, ammo mablag‘ taqsimotida, sohada amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan chora tadbirlarni rejalashtirishda noaniqliklar va xatolarning ko‘pligi aholi orasida
turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi epidemiya xarakteriga ega bo‘lishiga zamin
hozirlaganligi ayon bo‘ldi. Tadqiqotda aniqlanishicha, O‘zbekiston qishloqlarida ba’zi
hollarda aholining 90 foizi ijtimoiy va yuqumli kasalliklarga chalindiki, ushbu holatlarning
ob’yektiv va sub’yektiv sabablari mavjud bo‘ldi va omillar dissertatsiyada birlamchi manbalar
asosida tahlil etildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida sog‘liqni saqlash sohasi faoliyati ham front ehtiyojlari
tomon yo‘naltirilib, uning zimmasiga g‘arbdan evakusiya qilingan harbiy gospitallarni
joylashtirish, epidemiyalarning oldini olish, sanitariya-profilaktika ishlarini jonlantirish,
davolash muassasalari ishini yo‘lga qo‘yish kabi murakkab vazifalarning yuklanishi, bu esa
tibbiy xodimlar ishini yanada og‘irlashtirganligi aniqlandi. E’tiborli tomoni shundaki,
Ikkinchi jahon urush yillari o‘zbyekistonlik tibbiyot xodimlari ham Vatan himoyasi ishiga
o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib, ko‘rsatgan jasorati va fidokorona mehnati evaziga
orden va medallar bilan taqdirlanishi vatanparvarlikning yaqqol na’munasi sifatida
namoyon bo‘ldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Агдамходжаев С.А. Медики Узбекистана в годы Великой Отечественной войны.
// Советской здравоохранение М. Медицина. 1975.№10, С.67.
2.
Фашизм устидан қозонилган ғалабада Ўзбекистоннинг тарихий ҳиссаси. (1941-
1945 йй.) (Илмий-назарий конференция материаллари) –Т.,1996, Б.73
3.
Мўминова Г. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими тарихи (1917-1991йй).
монография. Тошкент, 2015, Б. 83-86.
4.
Уруш кўрган докторлар. Андижон, 1995, Б.4.
5.
Ўзбекистонлик шифокорлар. Улуғ Ватан уруши йилларида. Т., Ибн Сино, 1991, 70-
73 бетлар
6.
Хотира. Наманган вилояти. 1-китоб. –Т ., 1994, Б.6.
7.
Ходжаков А.Х Здравоохранение Андижанской области в годы Великой
Отечиственной войны. Медиценский журнал Узбекистана.1985,№5, C. 9-10
8.
“Tibbiyot tarixi” darsligi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021. –B. 348